14.06.2013 yildagi KQ-66-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.06.2013 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2012-yil 29-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining Senat va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari hamkorligini yanada rivojlantirish boʻyicha 2010-2011-yillar hamda 2012-yilning oʻtgan davri mobaynidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti haqida”gi KQ-32-II-sonli Qarorining ijro etilishi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan oʻzaro hamkorligi mexanizmini yanada takomillashtirish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini tashkil etish uchun xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari rahbarlari masʼuliyatini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga hamda ularning doimiy komissiyalariga oʻz vakolatlarini roʻyobga chiqarishda amaliy hamda uslubiy yordam koʻrsatish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2012-yil 29-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining Senat va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari hamkorligini yanada rivojlantirish boʻyicha 2010-2011-yillar hamda 2012-yilning oʻtgan davri mobaynidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti haqida”gi KQ-32-II-sonli Qarorining ijro etilishini oʻrganish xalq deputatlari mahalliy Kengashlari ishida ayrim ijobiy oʻzgarishlar maʼlum boʻlganligini koʻrsatdi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi (bundan buyon matnda Senat komissiyasi deb yuritiladi), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari faoliyatidagi qayd etilgan kamchiliklar umuman olganda, bartaraf etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davr mobaynida Senat komissiyasi tomonidan oʻnta nazorat-tahlil tadbiri tashkil etilgan. Nazorat-tahlil tadbirlari oʻtkazilayotganida mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal qilishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari, shuningdek deputatlar korpusining rolini kuchaytirish masalalariga alohida eʼtibor berilgan. Chunonchi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari faoliyati ustidan tizimli monitoring yuritish amaliyoti davom ettirilgan. Monitoring yakunlari Senat komissiyasi majlislarida koʻrib chiqilgan, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilingan. Xususan, 2012-yilning oktyabridagi Senat komissiyasining majlisida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ular doimiy komissiyalarining 2012-yil birinchi yarmidagi faoliyatini monitoring qilish natijalari koʻrib chiqilgan. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim masalalari koʻrib chiqilishini taʼminlash, shuningdek davlat dasturlari va hududiy dasturlarda nazarda tutilgan vazifalar hal qilinishini taʼminlash uchun Senat komissiyasi tomonidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ular doimiy komissiyalarining 2013-yilga moʻljallangan ish rejalari oʻrganib chiqilgan. Oʻrganish natijalari yuzasidan Senat komissiyasi tomonidan mazkur ish rejalarini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalarni oʻz ichiga olgan qaror qabul qilinib, ushbu tavsiyalar asosida tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan oʻz ish rejalariga tuzatishlar kiritilgan. 2012-yilning dekabrida Toshkent viloyati hokimligida Senat komissiyasi hamda Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasining qoʻshma majlisi oʻtkazilib, unda eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni roʻyobga chiqarishda hokimiyat vakillik organlari rolini oshirishda Toshkent viloyati xalq deputatlari Kengashlari deputatlarining ishtiroki toʻgʻrisidagi masalani oʻrganish natijalari muhokama qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat komissiyasining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, ularning doimiy komissiyalari va deputatlar faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida, shuningdek ish yuritishni takomillashtirish hamda ular tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlar sifatini oshirish masalalari boʻyicha uslubiy tavsiyalar va boshqa materiallarni tayyorlash borasidagi faoliyati sezilarli darajada kuchaydi. Oʻtgan davr mobaynida Senat komissiyasi tomonidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, ularning doimiy komissiyalari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan 19 ta tavsiya ishlab chiqilgan. Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari hamda ular doimiy komissiyalarining yillik ish rejalarini shakllantirish boʻyicha; namunaviy xalq deputatlari Uychi tuman Kengashining (Namangan viloyati) ijobiy tajribasini keng yoyish yuzasidan; Buxoro viloyatidagi xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari tomonidan “Mustahkam oila yili” Davlat dasturini ijro etish borasidagi ijobiy tajribani keng yoyish yuzasidan; xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash doimiy komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan statistik koʻrsatkichlardan foydalanib, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faoliyati toʻgʻrisida axborot tayyorlash boʻyicha ijobiy tajribani keng yoyish yuzasidan; Samarqand viloyatining Senat komissiyasiga yordam beruvchi ishchi guruhining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, ularning doimiy komissiyalari va deputatlar faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni ommaviy axborot vositalarida yoritish boʻyicha ijobiy tajribasini keng yoyish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan va joylarga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal qilishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari, deputatlarning rolini kuchaytirish, shuningdek ularning huquqiy madaniyati va siyosiy savodxonligini oshirish maqsadida 30 ta seminar-trening va bitta davra suhbati oʻtkazilgan. Masalan, 2012-yilning oktyabr-noyabr oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari faoliyatini yanada kuchaytirishning dolzarb masalalari” mavzuida turkum seminar-treninglar, 2013-yilning fevral-mart oylarida “Mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida senatorlar va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining mintaqaviy muammolarni hal qilishdagi roli toʻgʻrisida” mavzuida turkum seminar-treninglar oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat komissiyasiga yordam beruvchi joylardagi ishchi guruhlar tomonidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalarida ishni tashkil etish masalalarida amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha doimiy ish olib borilmoqda. Xususan, 2012-yilda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari ishini ularning reglamentlari va nizomlariga muvofiq tashkil etish masalalari Fargʻona viloyatida 16-marta, Buxoro viloyatida 15-marta, Andijon va Namangan viloyatlarida 13-marta muhokama qilingan. Bundan tashqari Senat komissiyasining 2012-yilga moʻljallangan rejasiga muvofiq xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi ijro etilishining borishini muhokama qilish boʻyicha faoliyati monitoring qilingan, shuningdek xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari qarorlari mahalliy bosma ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi ustidan monitoring oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning namunaviy xalq deputatlari tuman Kengashlariga amaliy hamda tashkiliy-texnikaviy yordam koʻrsatilmoqda. Namunaviy xalq deputatlari tuman Kengashlarida deputatlar oʻz faoliyatini bevosita amalga oshirishlari uchun tegishli texnikalar bilan taʼminlangan deputat xonasi tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga Senat komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2012-yil 29-avgustdagi KQ-32-II-sonli Qarorini ijro etish borasidagi faoliyatida roʻyobga chiqarilmagan imkoniyatlar mavjud. Xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat komissiyasining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari rahbarlarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini tinglash borasidagi vakolatlaridan foydalanilmasdan qolmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda Senat komissiyasining majlislarida Senat komissiyasiga yordam beruvchi joylardagi ishchi guruhlar rahbarlarining axborotini tinglash mexanizmini roʻyobga chiqarish toʻla-toʻkis taʼminlanmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklarining tashkiliy-nazorat guruhlari tegishli Senat komissiyasiga yordam beruvchi ishchi guruhlarga ularning oʻz vazifalarini amalga oshirishida lozim darajada tashkiliy yordamni koʻrsatmayotir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalariga uslubiy yordam koʻrsatish boʻyicha tayyorlangan uslubiy qoʻllanmalar oʻz vaqtida chop etilmayotir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari, Senat komissiyasi raisi M.A. Radjabovaning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2012-yil 29-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining Senat va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari hamkorligini yanada rivojlantirish boʻyicha 2010-2011-yillar hamda 2012-yilning oʻtgan davri mobaynidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti haqida”gi KQ-32-II-sonli Qarorining ijro etilishi toʻgʻrisidagi axborotni tinglab va muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari, Senat komissiyasi raisi M.A. Radjabovaning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2012-yil 29-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining Senat va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari hamkorligini yanada rivojlantirish boʻyicha 2010-2011-yillar hamda 2012-yilning oʻtgan davri mobaynidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti haqida”gi KQ-32-II-sonli Qarorining ijro etilishi toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Senat komissiyasi (M.A. Radjabova):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari mahalliy Kengashlari rahbarlarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ular doimiy komissiyalarining faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini muntazam ravishda tinglab borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat komissiyasiga yordam beruvchi joylardagi ishchi guruhlar rahbarlarining axborotini yilning har choragida Senat komissiyasining majlislarida tinglab borishni amaliyotga joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan konferensiyalar, davra suhbatlari, seminar-treninglar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish borasidagi ishlarni davom ettirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalarini hal qilishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorligini kuchaytirish boʻyicha tavsiyalar qabul qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil yakunlari boʻyicha namunaviy xalq deputatlari tuman Kengashlarining ishni tashkil etish borasidagi ijobiy tajribasini umumlashtirsin hamda uni boshqa xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari amaliyotida joriy etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Senat komissiyasiga yordam beruvchi joylardagi ishchi guruhlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ular doimiy komissiyalarining 2013-yilga moʻljallangan ish rejalari bajarilishini monitoring qilishga alohida eʼtibor bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat komissiyasining 2013-yil 17-maydagi “Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari boʻyicha hamda yoshlar siyosati va sogʻlom avlodni tarbiyalash masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari faoliyati toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan tavsiyalarga muvofiq xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan qabul qilingan tadbirlar rejalarining bajarilishini muntazam ravishda oʻrgansin hamda natijalari haqida Senat komissiyasiga axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalq deputatlari Jizzax (S.U. Ismoilov), Surxondaryo (N.A. Choriyev) va Qashqadaryo (T.I. Djurayev) viloyatlari Kengashlarining rahbarlari hokimliklarning tashkiliy-nazorat guruhlari tomonidan tegishli Senat komissiyasiga yordam beruvchi ishchi guruhlarga ularning oʻz vazifalarini amalga oshirishida lozim darajada tashkiliy yordam koʻrsatilishi boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ular doimiy komissiyalarining 2013-yilga moʻljallangan ish rejalarida nazarda tutilgan masalalar oʻz vaqtida, sifatli tayyorlanishi va koʻrib chiqilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaviy xalq deputatlari tuman Kengashlari bazasida tegishli hududdagi boshqa xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari doimiy komissiyalari raislarini jalb qilgan holda xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tadbirlar oʻtkazilishini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalarini hal qilishda, shuningdek nazorat va boshqa tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolik jamiyati institutlarining vakillarini jalb etishni faollashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari ushbu qarorning ijro etilishi toʻgʻrisida 2013-yilning 10-dekabriga qadar Senat komissiyasiga axborot taqdim etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari, Senat komissiyasi raisi M.A. Radjabova zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 14-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-66-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-y., 6-son, 158-modda)