19.05.2015 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Ozarbayjon Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda Tomonlar deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki davlat xalqlari oʻrtasidagi anʼanaviy doʻstona munosabatlarni mustahkamlashga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasidagi hamkorlik Tomonlar davlatlarining farovonligi va milliy xavfsizligiga koʻmaklashishini tan olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy va texnogen xususiyat kasb etuvchi favqulodda vaziyatlarning Tomonlar davlatlari uchun xavfliligini anglab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf erish sohasidagi hamkorlik Tomonlar davlatlari uchun foydaliligini inobatga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlardan birining kuch va vositalari bilan bartaraf etib boʻlmaydigan favqulodda vaziyatlar kelib chiqishi mumkinligini hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida ikkala davlatning muvofiqlashtirilgan harakatlariga boʻlgan ehtiyojini eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish sohasidagi rolini inobatga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimda qoʻllaniladigan atamalar quyidagi maʼnolarni bildiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“soʻrovchi Tomon” — boshqa Tomonga yordam koʻrsatish guruhlarini, jihozlar va taʼminot materiallarini yuborish toʻgʻrisidagi iltimos bilan murojaat qiladigan Tomon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“taqdim etuvchi Tomon” — boshqa Tomonning yordam koʻrsatish guruhlarini, jihozlarni va taʼminot materiallarini yuborish toʻgʻrisidagi iltimosini qanoatlantiruvchi Tomon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“vakolatli organ” — ushbu Bitimni amalga oshirish bilan bogʻliq ishlarga rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish uchun har ikki Tomondan tayinlanadigan davlat organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yordam koʻrsatish guruhi” — taqdim etuvchi Tomon mutaxassislarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda yordam koʻrsatish uchun moʻljallangan, favqulodda vaziyat yuzaga kelgan hududda ishlarni olib borish uchun yetarli zarur jihozlar bilan taʼminlangan uyushgan guruhi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“favqulodda vaziyat” — odamlar qurbon boʻlishiga, ularning sogʻligiga yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, aholining hayot kechirish sharoiti izdan chiqishiga hamda sezilarli moddiy talofatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki olib kelgan avariya, texnogen va tabiiy halokatlar, tabiiy va boshqa ofatlar natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“favqulodda vaziyatlarning oldini olish” — oldindan oʻtkaziladigan va favqulodda vaziyatlar roʻy berish xavfini imkon qadar kamaytirishga, shuningdek bunday vaziyatlar roʻy bergan taqdirda, odamlar hayoti va sogʻligini saqlash, atrof tabiiy muhitga zarar va moddiy talofatlar darajasini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish” — favqulodda vaziyatlar roʻy berganda oʻtkaziladigan hamda odamlarning hayoti va ularning sogʻligini saqlash, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talofatlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyatlar hududlarining kengayishiga yoʻl qoʻymaslikka va unga xos boʻlgan xavfli omillar taʼsirini bekor qilishga qaratilgan avariya-qutqaruv ishlari va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“favqulodda vaziyat hududi” — favqulodda vaziyat yuzaga kelgan hudud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“avariya-qutqaruv ishlari” — favqulodda vaziyatlar hududida odamlarning hayotini asrab qolish va sogʻligini saqlash, moddiy va madaniy boyliklarni, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlar hududlarining kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va ularni bartaraf etish yoki ularga xos boʻlgan xavfli omillar darajasini mumkin qadar kamaytirishga qaratilgan harakatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“jihozlar” — yordam koʻrsatish guruhining materiallari, texnika va transport vositalari, anjomlari hamda xizmat itlari, shu jumladan, guruh aʼzolarining shaxsiy anjomlari, dori vositalari va tibbiyot qurilmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“taʼminot materiallari” — favqulodda vaziyat natijasida jabrlangan aholi oʻrtasida bepul taqsimlash uchun moʻljallangan moddiy vositalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Vakolatli organlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar mazkur Bitimni bajarish uchun vakolatli organlarni tayinlaydilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbek tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozarbayjon tomonidan — Ozarbayjon Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa vakolatli organlar tayinlangan yoki mazkur vakolatli organlarning nomlari oʻzgargan taqdirda Tomonlar bir-birlarini yozma shaklda diplomatik kanallar orqali xabardor etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Hamkorlik shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimga muvofiq faoliyat Tomonlar davlatlarining milliy qonunchiligiga asosan va Tomonlarning har birida zarur vositalar mavjudligini inobatga olgan holda olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim doirasidagi hamkorlik quyidagilarni nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli texnogen va ekologik jarayonlar, tabiiy hodisalar monitoringini tashkil etish va olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni oldindan aniqlash va monitoringi haqida maʼlumot almashinish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini favqulodda vaziyatlardagi harakatlar, shu jumladan birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha tayyorlashni tashkillashtirishda tajriba almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha tegishli davlat tuzilmalarining faoliyatini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof tabiiy muhit va aholi uchun sanoat avariyalari, falokatlar va tabiiy ofatlar natijasida kelib chiqishi mumkin boʻlgan ifloslanishlar bilan bogʻliq xavfni baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot loyihalarni birgalikda rejalashtirish, ishlab chiqish va amalga oshirish, ilmiy-texnikaviy adabiyot va tadqiqot ishlari natijalari bilan almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlar, davriy nashrlar, uslubiy va boshqa adabiyotlar, video va foto materiallar, shuningdek favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish va ularni bartaraf etish sohasidagi texnologiyalar bilan almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma konferensiyalar, seminarlar, ishchi majlislar, oʻquv mashgʻulotlari va mashqlarni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma nashrlar va maʼruzalarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa Tomon davlati oʻquv muassasalarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida mutaxassislarni tayyorlash, stajorlar, oʻqituvchilar, olimlar va mutaxassislar bilan almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar oʻrtasida oʻzaro hamjihat harakat qilishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yordam koʻrsatish guruhini jihozlashda oʻzaro yordam koʻrsatish; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda oʻzaro yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar bilan kelishiladigan, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasidagi boshqa faoliyat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Tashkilotlar va muassasalar oʻrtasidagi hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar, zaruriyat tugʻilganda, fuqaro muhofazasi (mudofaasi), favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida faoliyat yuritadigan davlat tashkilotlari va muassasalari, yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida hamkorlikka koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ishchi guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini bajarish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish uchun Tomonlar favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida hamkorlik boʻyicha ishchi guruhini taʼsis etadilar (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruhi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruhining tarkibi, ish tartibi va vazifalari Tomonlarning vakolatli organlari tarafidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Yordam koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordam koʻrsatish soʻrovchi Tomonning favqulodda vaziyat vaqti, joyi, xususiyati va koʻlami, zarur boʻlgan yordam turi va hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim qilingan yozma soʻrovnomasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etuvchi Tomon qisqa muddatlarda soʻrovnomani koʻrib chiqadi hamda soʻrovchi Tomonni yordam koʻrsatishning imkoniyati, hajmi va shartlari toʻgʻrisida xabardor etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordam koʻrsatish guruhlariga rahbarlik qilish soʻrovchi Tomonning vakolatli organi tomonidan mazkur guruhlar rahbarlari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Yordam turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga yordam koʻrsatish guruhlari, tegishli jihozlar va taʼminot materiallarini yuborish yoʻli bilan yoki boshqa soʻralayotgan koʻrinishda yordam koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordam koʻrsatish guruhlari favqulodda vaziyat hududida avariya- qutqaruv ishlarini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovchi Tomon yordam koʻrsatish guruhlari rahbarlariga favqulodda vaziyat hududida va muayyan ish uchastkalarida yuzaga kelgan vaziyat boʻyicha maʼlumot beradi, hamda zaruriyat tugʻilganda ushbu guruhlarni tarjimonlar va aloqa vositalari, shuningdek xavfsizligini hamda bepul tibbiy xizmat bilan taʼminlaydi va ularning harakatlarini muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordam koʻrsatish guruhlari favqulodda vaziyat hududida 72 soat davomida mustaqil harakat qilishlari uchun yetarli darajada jihozlangan boʻlishi kerak. Agar boshqa holat Tomonlar oʻrtasida qoʻshimcha kelishilmagan boʻlsa, jihozlar zaxirasi tugagan holda, soʻrovchi Tomon koʻrsatilgan guruhlarni ular keyingi ishlari uchun zarur vositalar bilan taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Yordam koʻrsatish guruhlarining Davlat chegarasini kesib oʻtish shartlari va ularning soʻrovchi Tomon davlati hududida boʻlish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordam koʻrsatish guruhlari aʼzolari soʻrovchi Tomon davlat chegarasining xalqaro aloqalar uchun ochiq oʻtish punktlari orqali Tomonlar davlatlarining milliy qonunchiligi bilan belgilangan pasport asosida kesib oʻtadilar. Guruh rahbari taqdim etuvchi Tomonning vakolatli organi tomonidan berilgan guruh aʼzolarining roʻyxati hamda uning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordam koʻrsatish guruhlari aʼzolari soʻrovchi Tomon davlatining hududida boʻlgan vaqtlarida ushbu davlat milliy qonunchiligiga rioya qilishlari lozim. Shu bilan birga ular taqdim etuvchi Tomon davlatining mehnat qonunchiligi va u bilan bogʻliq boshqa masalalar sohasidagi yurisdiksiyasi ostida boʻladilar. Yordam koʻrsatish guruhi tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilarga nisbatan taqdim etuvchi Tomon davlatining mehnatga oid huquqiy munosabatlar va ijtimoiy-iqtisodiy kafolatlar boʻyicha harbiy xizmatchilar maqomini tartibga soladigan qonun hujjatlari tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordam koʻrsatish guruhlarining harakatlanishi, ularning jihozlari va taʼminot materiallarini tashish avtomobil, temir yoʻl, suv yoki havo transportlari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordam koʻrsatish uchun qayd etilgan transport turlaridan foydalanish tartibi Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari tomonidan tegishli davlat idoralari bilan kelishuvi asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda yordam koʻrsatish uchun jihozlar va taʼminot materiallarini olibkirish hamda olib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda yordam koʻrsatish uchun soʻrovchi Tomon davlatining hududiga olib kiriladigan va taqdim etuvchi Tomon davlati hududidan olib chiqiladigan jihozlar va taʼminot materiallari bojxona bojlari va boshqa soliqlardan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jihozlar va taʼminot materiallarining bojxona rasmiylashtiruvi Tomonlar davlatlari vakolatli organlari tomonidan beriladigan yordam koʻrsatish guruhining tarkibi, olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan jihozlar va taʼminot materiallarining roʻyxati koʻrsatiladigan xabarnomalar asosida soddalashtirilgan koʻrinishda va ustuvorlik asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordam koʻrsatish guruhlariga jihozlar va taʼminot materiallaridan tashqari boshqa har qanday tovarlarni tashish taʼqiqlanadi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordam koʻrsatish boʻyicha ishlar yakunlangandan soʻng olib kirilgan jihozlar soʻrovchi Tomon davlati hududidan olib chiqilishi lozim. Yuzaga kelgan ayrim vaziyatlar tufayli jihozlarni olib chiqib ketish imkoniyati boʻlmasa, soʻrovchi Tomonning vakolatli organiga kelishilgan shartlar asosida yordam sifatida bepul berilishi mumkin. Bunday holatda soʻrovchi Tomonning vakolatli va bojxona organlari beriladigan jihozlarning turlari, miqdori va joylashgan joyini koʻrsatgan holda xabardor qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanganlarga tez tibbiy yordam koʻrsatish zaruriyati boʻlganda soʻrovchi Tomon davlati hududiga zarur miqdorda tarkibida giyohvandlik, psixotrop moddalari va prekursorlari boʻlgan tibbiy preparatlar olib kirilishi mumkin. Bunday holatda yordam koʻrsatish guruhi rahbari taqdim etuvchi va soʻrovchi Tomonlar bojxona organlariga tarkibida giyohvandlik, psixotrop moddalari va prekursorlari boʻlgan tibbiy preparatlar mavjudligi haqida, ularning nomenklatura va miqdorlari koʻrsatilgan deklaratsiyani taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilgan tibbiy preparatlar soʻrovchi Tomonga berilishi mumkin emas va faqatgina shu Tomon vakillarining qatʼiy nazorati ostida malakali tibbiyot xodimlari tomonidan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarkibida giyohvandlik, psixotrop moddalari va prekursorlari boʻlgan foydalanilmay qolgan tibbiy preparatlar soʻrovchi Tomonning bojxona nazorati ostida ushbu tibbiy preparatlar nomenklaturasi va miqdorini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida olib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarkibida giyohvandlik, psixotrop moddalari va prekursorlari boʻlgan tibbiy preparatlarni ishlatilganligi toʻgʻrisida soʻrovchi Tomon bojxona organlariga ularning ishlatilganligi haqida yordam koʻrsatish guruhi rahbari va shifokori tomonidan imzolangan hamda soʻrovchi Tomon vakolatli organi vakili tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Havo kemalaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etuvchi Tomonning vakolatli organi soʻrovchi Tomonning vakolatli organiga havo kemalarining turi va tanish belgilari, yoʻnalishi, ekipaj aʼzolarining soni, yuk xususiyati, parvoz qilish, qoʻnish joyi va vaqtini koʻrsatgan holda, yordam berish uchun havo kemalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi qarori haqida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovchi Tomon oʻz davlati hududining muayyan punktiga uchib borishga ruxsat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tez yordam koʻrsatish va bir davlat hududidan ikkinchi davlat hududidagi favqulodda vaziyat yuzaga kelgan belgilangan joyga kuch va vositalarni vakolatli organ havo kemasi orqali tezkor koʻchirish maqsadida Tomonlarning vakolatli organlari oʻz davlatlarining milliy qonunchiligiga muvofiq oʻrnatilgan tartibda havo kemalaridan foydalanish imkoniyati va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda havo kemalarining davlat chegaralarini kesib oʻtish tartibini soddalashtirish masalalarida har bir Tomonning davlat organlari vakillarining (chegara, bojxona, fitosanitar, karantin xizmatlari) oʻzaro hamkorligi mexanizmi toʻgʻrisida qoʻshimcha yoʻriqnoma ishlab chiqadilar va kelishadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parvozlar Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti va har ikki Tomon davlatlari tarafidan belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Xarajatlarni qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar boshqacha kelishuvga erishmagan boʻlishsa, soʻrovchi Tomon taqdim etuvchi Tomonning yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovchi Tomon oʻzining yordam berish toʻgʻrisidagi iltimosini xohlagan vaqtda bekor qilishi mumkin. Bunday holatda, taqdim etuvchi Tomon sarflagan xarajatlari uchun tovon olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar boshqacha kelishuvga erishmagan boʻlishsa, xarajatlar taqdim etuvchi Tomonning talabnomasi kelib tushgandan soʻng 30 ish kuni mobaynida qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etuvchi Tomon yordam koʻrsatish guruhlari aʼzolarini sugʻurta qilinishini taʼminlaydi. Sugʻurtalashni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar yordam koʻrsatish boʻyicha qilinadigan umumiy xarajatlarga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etuvchi Tomon havo kemalarining uchib oʻtishi, qoʻnishi, aerodromda toʻxtab turishi va undan parvoz qilishi uchun toʻlovdan, shuningdek aeronavigatsiya xizmatlari toʻlovidan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etuvchi Tomonning havo kemalariga yoqilgʻi va texnik xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash masalalari har bir muayyan holatda alohida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Zararni qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar taqdim etuvchi Tomonning yordam koʻrsatish guruhi aʼzosi soʻrovchi Tomon davlati hududida ushbu Bitim qoidalarini amalga oshirish bilan bogʻliq vazifalarni bajarishi jarayonida jismoniy yoki yuridik shaxsga zarar yetkazsa, bunday holatda mazkur yetkazilgan zarar soʻrovchi Tomon tarafidan uning davlati milliy qonunchiligiga muvofiq qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etuvchi Tomon yordam koʻrsatish guruhi aʼzosi tomonidan soʻrovchi Tomon davlati hududida yordam koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan faoliyati natijasida jismoniy yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar soʻrovchi Tomon davlati milliy qonunchiligiga muvofiq taqdim etuvchi Tomon tarafidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etuvchi Tomon yordam koʻrsatish guruhi aʼzosining qasddan yoki qoʻpol ehtiyotsizligi oqibatida yetkazilgan zarar taqdim etuvchi Tomon tarafidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Maʼlumotlardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim doirasida olib borilayotgan faoliyat natijasida olingan maʼlumot, Tomonlar davlatlarining milliy qonunchiligiga muvofiq oshkor etilmaydigan maʼlumotdan tashqari, agar Tomonlarning vakolatli organlari tarafidan yozma shaklda boshqacha tarzda kelishilmagan boʻlsa, Tomonlardan har birining odatdagi amaliyoti va koʻrsatmalariga muvofiq eʼlon qilinadi va foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini talqin etish yoki qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar Tomonlar oʻrtasida maslahatlashuv va muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Boshqa xalqaro shartnomalarga nisbatan munosabat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalari Tomonlarning ular ishtirokchisi hisoblangan boshqa xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra mazkur Bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin, ular ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan va uning 17-moddasida belgilangan tartibda kuchga kiradigan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini Tomonlar tarafidan bajarilgani toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali oxirgi yozma xabar olingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim nomuayyan muddatga tuziladi va Tomonlardan biri boshqa Tomonning diplomatik kanallar orqali Bitim amal qilishini tugatish niyati toʻgʻrisidagi tegishli yozma xabarnomasini olgan sanadan boshlab, olti oy oʻtgunga qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻrtasida oʻzgacha kelishuv boʻlmasa, ushbu Bitimning amal qilishini tugatilishi avval boshlangan va tugatilmagan, unga muvofiq olib borilayotgan faoliyatga taʼsir etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2015-yil 19-mayda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, ozarbayjon va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda rus tilidagi matndan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)