22.02.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2352-4
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatmalarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 22-fevralda 2352-4-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizom va Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 9-apreldagi 83-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352, 2012-yil 9-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 15-son, 173-modda) bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatmalarga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jinoiy, maʼmuriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi (D. Kalandarov) va Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (D. Ogay) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Usmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir M. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 22-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 22-fevraldagi 40-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatmalarga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagi mazmundagi 51 va 52-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“51. Qonun loyihalarini ishlab chiqish ishlab chiquvchining birinchi rahbari (istisno hollarda — uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan tasdiqlanadigan reja-grafik asosida amalga oshiriladi. Boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish ham reja-grafik asosida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Loyihalarni ishlab chiqish reja-grafigi toʻrtta grafadan iborat (mazkur Uslubiy koʻrsatmalarga 1-ilova):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chora-tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul ijrochilar.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 106-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“106. Agar ishlab chiqilayotgan loyiha bilan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilayotgan boʻlsa, ishlab chiquvchi tomonidan uning birinchi rahbari (istisno hollarda — uning birinchi oʻrinbosari) imzolaydigan taqqoslash jadvali tayyorlanadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 107-bandning birinchi xatboshisidagi “1” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 1071-bandning birinchi xatboshisidagi “tahliliy qiyosiy jadvallarni tayyorlashi shart (mazkur Uslubiy qoʻllanmalarga 1a va 1b-ilovalar)” degan soʻzlar “ishlab chiquvchining birinchi rahbari (istisno hollarda — uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolangan tahliliy qiyosiy jadvallarni tayyorlashi shart (mazkur Uslubiy koʻrsatmalarga 3 va 4-ilovalar)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 108-bandning birinchi xatboshisidagi “2” raqami “5” raqami bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 1, 1a, 1b va 2-ilovalar mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1, 2, 3 va 4-ilovalarga muvofiq tahrirda bayon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 5-ilovaga muvofiq 5-ilova bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi boshligʻi N. TOYChIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 18-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatmalarga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatmalarga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

“TASDIQLAYMAN”

(ishlab chiquvchi rahbarining lavozimi)


(imzo)

__________________ (ishlab chiquvchi
rahbarining F.I.O.)

20__ yil “____” ____________

“________________________________________”gi qonun loyihasini ishlab chiqish
REJA-GRAFIGI

T/r

Chora-tadbirlar

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarga qonun loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhiga kiritish uchun nomzodlar taqdim etish toʻgʻrisida xat yuborish (zarurat boʻlganda).

20__ yil ___ _______

Ishlab chiquvchining rahbariyati

2.

Ishchi guruhini tuzish boʻyicha ishlab chiquvchi birinchi rahbarining buyrugʻini qabul qilish (“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasi).

20__ yil ___ _______

Ishlab chiquvchining rahbari

3.

Vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarga ishchi guruhining birinchi yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida xat yuborish (zarurat boʻlganda).

Ishchi guruhining birinchi yigʻilishini oʻtkazish (ishni tashkillashtirish va rejalashtirish, vazifalarni taqsimlash va boshq.)

20__ yil ___ _______

Ishlab chiquvchining rahbariyati

4.

Qonun hujjatlarining holatini, qonun loyihasini tartibga solish predmeti boʻyicha qoʻllanilish amaliyotini oʻrganish.

Ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solishga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan nuqsonlar va ziddiyatlarni, shuningdek huquqiy jihatdan tartibga solishga boʻlgan ijtimoiy ehtiyojni, qonun hujjatlarining samaradorligiga taʼsir etuvchi sabablar hamda sharoitlarni aniqlash.

Xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalarini, shuningdek huquqiy jihatdan tartibga solish borasida boshqa davlatlar tajribasini oʻrganish (“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 20-moddasi).

20__ yil ___ _______

F.I.O.

5.

Tayyorlangan maʼlumotlar asosida qonun loyihasining konsepsiyasini ishlab chiqish va uni ishlab chiquvchining rahbari tomonidan maʼqullash (mazkur Uslubiy koʻrsatmalarning 15 — 17-bandlari).

20__ yil ___ _______

F.I.O.

6.

a) qonun loyihasi;

b) qonun loyihasiga boshqa zarur maʼlumotlar:

tushuntirish xati;

xalqaro hujjatlarning tegishli qoidalari va chet el mamlakatlari qonun hujjatlarini, tegishli xalqaro tajribani Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida qoʻllash maqbulligi toʻgʻrisidagi asosli takliflarni ketma-ketlik tartibida koʻrsatgan holda qiyosiy jadval;

taqqoslash jadvali — qonun hujjatlariga yoki ularning qismlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoxud ularni yoki ularning qismlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish nazarda tutilgan qonun loyihasi uchun;

moddiy xarajatlar talab qilinadigan qonunlar loyihalari uchun moliyaviy-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 15-sentabrdagi 220–III/KQ-41–III-son Qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan Qonun loyihasi tayyorlanayotganda xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar qonun hujjatlari qoidalarining qiyosiy tahlilini oʻtkazish uslubiyoti, mazkur Uslubiy koʻrsatmalarning 8-bandi).

20__ yil ___ _______

F.I.O.

7.

Qonun loyihasini iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy va boshqa turdagi ekspertizalardan oʻtkazish (“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 21-moddasi).

Qonun loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish (“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasi).

20__ yil ___ _______

F.I.O.

Ishlab chiquvchining yuridik xizmati

8.

Qonun loyihasini va u boʻyicha maʼlumotlarni manfaatdor vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarga dastlabki kelishish uchun yuborish (“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun loyihasining huquqiy ekspertizasini boshqa turdagi ekspertizalar oʻtkazilganidan keyin amalga oshiradi).

20__ yil ___ _______

F.I.O.

9.

Qonun loyihasini jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasidan (seminarlar, davra suhbatlari) oʻtkazish (“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 20-moddasi).

20__ yil ___ _______

F.I.O.

10.

Qonun loyihasi va u boʻyicha maʼlumotlarni:

ishlab chiquvchining rasmiy veb-saytiga joylashtirish. Bunda qonun loyihasining matni va u boʻyicha maʼlumotlar bilan tanishish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, teskari aloqa mexanizmlarni oʻrnatish;

agar ishlab chiqilayotgan qonun loyihasi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan boʻlsa — Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portaliga joylashtirish.

20__ yil ___ _______

F.I.O.

11.

Qonun loyihasini yakuniy kelishish (viza qoʻyish) uchun yuborishdan oldin manfaatdor vazirlik va idoralarning masʼul xodimlari, zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamenti masʼul xodimi ishtirokida moddama-modda koʻrib chiqish va muhokama qilish (Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev tomonidan 2015-yil 14-dekabrda tasdiqlangan (2015-yil 17-dekabr, chiqish raqami EDO-01-12-19-20-son) Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining qonun ijodkorligi va qonunlar ijrosini tashkil etishdagi faoliyati boʻyicha kengaytirilgan selektor yigʻilishining 114-son bayoni).

20__ yil ___ _______

Ishchi guruhi,

manfaatdor vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar,

Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari

12.

Qonun loyihasini va u boʻyicha maʼlumotlarni manfaatdor vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarga kelishish (viza qoʻyish) uchun yuborish (mazkur Uslubiy koʻrsatmalarning 88–102-bandlari. “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun loyihasining huquqiy ekspertizasini boshqa turdagi ekspertizalar oʻtkazilganidan keyin amalga oshiradi).

20__ yil ___ _______

Ishlab chiquvchining rahbariyati

13.

Zarurat boʻlganda, qonun loyihasini takomillashtirish, vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning qonun loyihasi yuzasidan eʼtirozlari boʻyicha kelishmovchiliklar jadvalini tayyorlash (m�zkur Uslubiy koʻrsatmalarning 99 va 100-bandlari).

20__ yil ___ _______

F.I.O.

14.

Qonun loyihasi va u boʻyicha maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun yuborish (“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasi).

20__ yil ___ _______

Ishlab chiquvchining rahbariyati

15.

Zarurat boʻlganda, qonun loyihasini takomillashtirish, qonun loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining eʼtirozlari yuzasidan kelishmovchiliklar jadvalini tayyorlash (qayta ishlash) (mazkur Uslubiy koʻrsatmalarning 99 va 100-bandlari).

20__ yil ___ _______

F.I.O.

16.

Qonun loyihasi va u boʻyicha maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish (“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 23-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentining III-boʻlimi).

20__ yil ___ _______

Ishlab chiquvchining rahbari



.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatmalarga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatmalarga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasiga
TAQQOSLASh JADVALI

Amaldagi tahrir

Taklif etilayotgan tahrir

Asoslantirish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 12-son qarori

3. Bo� vazir kotibiyati, axborot tahlil departamentlari va boshqa tarkibiy boʻlinmalar faoliyatini muvofiqlashtirib borishni taʼminlash, ular ishining samaradorligini oshirish va ijro intizomini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasiga Apparat Rahbari lavozimi kiritilsin. Belgilab qoʻyilsinki, Vazirlar Mahkamasi apparati Rahbari maqomiga koʻra Bosh vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

Belgilansinki, Bosh vazir kotibiyati, axborot-tahlil departamentlari oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha — tegishli ravishda Bosh vazirga va uning oʻrinbosarlariga;tashkiliy

masalalar va ijro intizomi masalalari boʻyicha — Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga boʻysunadilar.

Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari zimmasiga:

Bosh vazir kotibiyati, axborot-tahlil departamentlari va funksional boʻlimlari ishlarini muvofiqlashtirib borish;

Vazirlar Mahkamasi farmoyishlari va qarorlari loyihalarini tayyorlash hamda imzolash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti kotibiyatiga va Bosh vazirga taqdim etish;

Vazirlar Mahkamasi komplekslarida va apparatning tarkibiy boʻlinmalarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, farmoyishlari va topshiriqlarining bajarilishi boʻyicha ijro intizomini mustahkamlash;

Bosh vazir oʻrinbosarlari bilan birgalikda tegishli apparatning tarkibiy boʻlinmalariga bosh mutaxassis va yetakchi mutaxassis kadrlarni tanlash;

apparat mutaxassislari va xodimlarining ish va kasb malakasi darajasini oshirish, ularni muntazam ravishda attestatsiyadan oʻtkazish masalalari yuklansin.

Oʻz kuchini yoʻqotmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 9-apreldagi PQ-834-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qarorining 1-bandiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi Apparati rahbari lavozimi tugatilib, oʻrniga Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi lavozimi kiritilgan. Ushbu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorining 2-bandi bilan Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi vakolatlari belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisida nizom

4. Mol-mulkni olib qoʻyish toʻgʻrisida vakolatli organ mansabdor shaxsi tomonidan protokol tuziladi, unda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

a) tuzilgan vaqti va joyi;

b) protokolni tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;

v) mol-mulk egasi va mol-mulk olib qoʻyilgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili, pasportiga oid maʼlumotlar va shu kabilar), ularni aniqlash imkoniyati boʻlmagan hol�ar bundan mustasno;

g) mol-mulkni olib qoʻyishda ishtirok etgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar ular boʻlsa;

d) huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mazmuni;

e) mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat;

j) huquqbuzarning tushuntirish xati;

z) olib qoʻyilayotgan har bir buyumning nomi va miqdori, uning oʻziga xos belgilari (ogʻirligi, uzunligi va boshqalar);





i) olib qoʻyilayotgan mol-mulkning saqlanishi taʼminlanishi, shu jumladan ham buyumlarning oʻzini, ham ular vaqtincha saqlanayotgan joyni muhrlab qoʻyish, agar bu ishlar amalga oshirilgan boʻlsa.



Toʻldirilmoqda

4. Mol-mulkni olib qoʻyish toʻgʻrisida vakolatli organ mansabdor shaxsi tomonidan protokol tuziladi, unda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

a) tuzilgan vaqti va joyi;

b) protokolni tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;

v) mol-mulk egasi va mol-mulk olib qoʻyilgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili, pasportiga oid maʼlumotlar va shu kabilar), ularni aniqlash imkoniyati boʻlmagan hollar bundan mustasno;

g) mol-mulkni olib qoʻyishda ishtirok etgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar ular boʻlsa;

d) huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mazmuni;

e) mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat;

j) huquqbuzarning tushuntirish xati;

z) olib qoʻyilayotgan har bir buyumning nomi va miqdori, uning oʻziga xos belgilari (ogʻirligi, uzunligi va boshqalar). Qimmatli qogʻozlarni olib qoʻyishda olib qoʻyilgan qimmatli qogʻozlarning umumiy miqdori, ularning turi va qimmatli qogʻozlarning emitenti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi;

i) olib qoʻyilayotgan mol-mulkning saqlanishi taʼminlanishi, shu jumladan ham buyumlarning oʻzini, ham ular vaqtincha saqlanayotgan joyni muhrlab qoʻyish, agar bu ishlar amalga oshirilgan boʻlsa.

Vakolatli organning mansabdor shaxsi olib qoʻyish toʻgʻrisidagi protokol toʻgʻri tuzilganligi, shuningdek unda ushbu bandda nazarda tutilgan barcha maʼlumotlar koʻrsatilishi uchun javobgar boʻladi.

Qoʻshimchalar qimmatli qogʻozlarni olib qoʻyishda va keyinchalik ularning miqdori, turlari va emitent haqidagi maʼlumotlari boʻyicha nizolashish imkoniyati boʻlmaganda protokolni toʻgʻri tuzish maqsadida kiritilmoqda.

Qoʻshimchalar mulkni olib qoʻyishni amalga oshiruvchi vakolatli idoralar mansabdor shaxslarining mulkni olib qoʻyish protokolini keyinchalik ularni amalga oshirish uchun toʻgʻri va toʻliq tuzishining javobgarligini oshirish maqsadida kiritilmoqda.

Shuni qayd qilib oʻtish lozimki, mulkni olib qoʻyish protokollarida barcha kerakli maʼlumotlar, shu jumladan olib qoʻyilgan mulkning sifatiga doir tavsiflar koʻrsatilmayapti, bu esa oʻz navbatida mulkning almashinuvi yoki boshqacha tarzda oʻzgarishiga va shikastlanishi uchun sharoit yaratishga sabab boʻlmoqda.

6. Olib qoʻyilgan mol-mulkning isteʼmol, foydalanish, qayta ishlash uchun yaroqliligini ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek uni baholash maqsadida vakolatli organning mansabdor shaxsi uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlarga nisbatan esa — bir sutka mobaynida ekspert tayinlaydi, ushbu Nizomning 8-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.







Toʻldirilmoqda

6. Olib qoʻyilgan mol-mulkning isteʼmol, foydalanish, qayta ishlash uchun yaroqliligini ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek uni baholash maqsadida vakolatli organning mansabdor shaxsi uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlarga nisbatan esa — bir sutka mobaynida ekspert va baholovchini tayinlaydi, ushbu Nizomning 8-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Majburiy sertifikatlanishi kerak boʻlgan (etil, oziq-ovqat spirti, alkogolli mahsulotlar, pivo, tamaki mahsulotlari, dori vositalari va tibbiyot buyumlari, oziq-ovqatga biologik aktiv qoʻshimchalar, oziq-ovqat qoʻshimchalari bundan mustasno) va ular boʻyicha muvofiqlik sertifikatlari mavjud boʻlmagan olib qoʻyilgan mahsulotlar boʻyicha ushbu mahsulotni olib qoʻygan va�olatli organning mansabdor shaxsi tomonidan uni sertifikatlashtirish va belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikatini olish uchun sertifikatlashtirish organiga buyurtmanoma beriladi.

Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati qonun hujjatlarida belgilanadi.

“Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasiga binoan majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan mahsulot agarda u sertifikatlashtirish talablariga muvofiq emasligi sababli sertifikatlashtirishdan oʻtmagan boʻlsa sotish taqiqlanadi.

Agarda majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan mahsulot xavfsizlik talablariga mos kelmasa u sotilishi mumkin emas va yoʻq qilinishi lozim. Shuning uchun mulkning birxillashtirish talablariga mos kelishi predmetiga qaratilgan tekshiruv mulkning davlat hisobiga oʻtkazilishi yoki yoʻq qilinishi haqidagi savollarni hal qilishdan oldin oʻtkazilishi lozim.

Bunda olib qoʻyilgan mahsulot sertifikatlashtirilishi olib boriladigan muddat qonunchilikda belgilanadi.

24. Diniy madaniyatga tegishli buyumlar (tarixiy, badiiy, ilmiy qimmatga ega boʻlgan, shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar va toshlar boʻlgan buyumlardan tashqari) diniy tashkilotlarga dalolatnoma boʻyicha bepul beriladi.

24. Diniy madaniyatga tegishli buyumlar (tarixiy, badiiy, ilmiy va boshqa madaniy qimmatga ega boʻlgan, shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar va toshlar boʻlgan buyumlardan tashqari) k�yinchalik dalolatnoma boʻyicha diniy tashkilotlarga tekin berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaga beriladi.

Oʻzgartirishlar koʻrsatib oʻtilgan predmetlarni keyinchalik diniy tashkilotlarga berishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaga yoʻnaltirish maqsadida kiritilmoqda.

60. Mol-mulk qiymatining bahosi (summasi) qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.

Bunda, agar sotilgan mol-mulk qiymatidan davlat organlarining maxsus hisob raqamlariga chegirishlar amalga oshirilgan boʻlsa, u holda qiymatning tegishli summasi ushbu organlar hisobidan toʻlanadi.

60. Mol-mulk qiymatining bahosi (summasi) qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.


Chiqarib tashlanmoqda

Qoplash proporsional olib borilishi toʻgʻrisidagi norma 59-bandda nazarda tutilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 30-iyuldagi 163-son qarori bilan tasdiqlangan Olimpiya zaxiralari kollejlari toʻgʻri�ida nizom

7. Sport zaxirasini tayyorlash olib borilayotgan sport turlari hamda olimpiya zaxiralari kolleji oʻquvchilari kontingenti olimpiya zaxiralari kolleji taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Olimpiya zaxiralari kolleji umumiy kontingenti 600 nafar oʻquvchidan iborat etib shakllantiriladi, umumiy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boʻgʻinlari boʻyicha — 300 nafardan.





Toʻldirilmoqda

7. Sport zaxirasini tayyorlash olib borilayotgan sport turlari hamda olimpiya zaxiralari kolleji oʻquvchilari kontingenti olimpiya zaxiralari kolleji taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Olimpiya zaxiralari kolleji umumiy kontingenti 600 nafar oʻquvchidan iborat
etib shakllantiriladi, umumiy va oʻrta maxsus,
kasb-hunar taʼlimi boʻgʻinlari boʻyicha —
300 nafardan.

Toshkent shahridagi Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzuridagi Respublika olimpiya zaxiralari kolleji umumiy kontingenti 660 nafar oʻquvchidan iborat etib shakllantiriladi, umumiy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boʻgʻinlari boʻyicha — 330 nafardan.

Toshkent shahridagi Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzuridagi Respublika olimpiya zaxiralari kolleji umumiy kontingenti aniq bir son etib shakllantirilishini aniqlashtirish maqsadida qoʻshimcha kiritilmoqda.


__________________________________

(ishlab chiquvchi rahbarining lavozimi)


_______________
(imzo)


_______________________”.
(F.I.O.)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatmalarga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasi yuzasidan xalqaro hujjatlar va chet el mamlakatlari qonun hujjatlarini oʻrganish boʻyicha
QIYOSIY JADVAL*

Xalqaro hujjatlar va chet el mamlakatlari qonun hujjatlari

Amaldagi tahrir

Taklif etilayotgan tahrir

Asoslantirish

Germaniya Federativ Respublikasining Federal vazirliklarning Reglamenti


46-§. Loyihalarning huquqiy va tizimli ekspertizasi



(1) Loyihani Federal Hukumatga yuborishdan oldin, u Adliya vazirligiga huquqiy va tizimli ekspertizadan oʻtkazilishi uchun yuborilishi lozim.

....




18
-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish


(uchinchi qism) Huquqiy ekspertiza normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlagan organning yoki normativ-huquqiy hujjatni qabul qiladigan organning yuridik xizmati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.


Toʻldirilmoqda





22
-modda. Normativ-huquqiy hujjat loyihasining huquqiy ekspertizasi


(ikkinchi qism)Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasi ishlab chiquvchining yoki normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organning yuridik xizmati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq oʻtkazilishi mumkin. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasini boshqa turdagi ekspertizalar oʻtkazilganidan keyin amalga oshiradi.







Vazirlar Mahkamasining
2005-yildagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentining 28-bandiga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari Vazirlar Mahkamasiga kiritilgunga qadar ularni qabul qilish zarurligi asoslari boʻyicha yozma mulohazalar ilova qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga xulosa berish uchun yuboriladi.

Shu bois, loyihalarning Federal Hukumatga yuborilishidan oldin Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun yuborishga oid Germaniya qonunchiligi tajribasini mazkur Qonunning 22-moddasiga kiritish maqbul hisoblanadi.

“Xitoy Xalq Respublikasining qonunchiligi toʻgʻrisida”gi Xitoy Xalq Respublikasining Qonuni


58-modda. Maʼmuriy-huquqiy hujjatlar loyihalari ustidan ishlash chogʻida tegishli organlar, tashkilotlar va fuqarolarning barcha fikrlarini eshitish lozim. Fikrlarni eshitish uchun davra suhbatlari, munozaralar, konferensiyalar va boshqa shakldagi muhokamalarni oʻtkazish mumkin.




16
-modda. Normativ-huquqiy hujjatni tayyorlashda normativ-huquqiy hujjatning qoʻllanish amaliyotini hamda jamoatchilik fikrini oʻrganish



(ikkinchi qism) Qonun loyihalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda umumxalq muhokamasiga qoʻyilishi mumkin. Boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari jamoatchilik yoki mutaxassislar muhokamasiga qoʻyilishi mumkin.








Toʻldirilmoqda




20
-modda. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda qonun hujjatlarining holatini, qoʻllanilish amaliyotini, jamoatchilik fikrini va xalqaro tajribani oʻrganish


(ikkinchi qism) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining loyihalari qonunda belgilangan tartibda umumxalq muhokamasiga qoʻyilishi mumkin. Boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari jamoatchilik yoki mutaxassislar muhokamasiga qoʻyilishi mumkin.


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi manfaatdor davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida oʻtkaziladi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaxassislar muhokamasi tegishli tarmoqlar mutaxassislari ishtirokida oʻtkaziladi.

…..















Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash sifatini ularni aholining keng qatlami vakillari, shuningdek davlat organlarining mutaxassislari hamda fuqarolar bilan keng muhokama qilish yoʻli bilan amalga oshirish lozim.

Shu bois, qonun loyihasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik yoki mutaxassislar muhokamasidan oʻtkazishni ochib berish toʻgʻrisidagi Xitoy Xalq Respublikasining mazkur tajribasini rivojlantirish maqsadga muvofiq.

Bunda muhokama shaklini uning turi koʻp boʻlganligi sababli qonun loyihasida koʻrsatmaslik maqsadga muvofiq.

* Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni, shuningdek ularni (ularning qismlarini) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda.


__________________________________

(ishlab chiquvchi rahbarining lavozimi)


_______________
(imzo)


_______________________”.
(F.I.O.)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatmalarga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

“Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi yuzasidan xalqaro hujjatlar va chet el mamlakatlari qonun hujjatlarini oʻrganish boʻyicha
QIYOSIY JADVAL*

Xalqaro hujjatlar va chet el mamlakatlari qonun hujjatlari

Taklif etilayotgan tahrir

Asoslantirish

“Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Koreya Respublikasining Qonuni


5-modda. Elektron hukumat uchun oʻrta muddatli va uzoq muddatli bosh rejalarni qabul qilish


Maʼmuriy ishlar uchun masʼul har bir markaziy organ rahbari elektron hukumat uchun Milliy axborotlashtirish toʻgʻrisidagi Hadli Qonunining 9-moddasiga muvofiq Axborotlashtirish milliy strategiyasi qoʻmitasi tomonidan qayta koʻrib chiqish imkoniyatini hisobga olgan holda elektron hukumatni amalga oshirish, uning faoliyat yuritishi va rivojlanishini oʻz ichiga olgan oʻrta muddatli va uzoq muddatli bosh rejani qabul qilishi kerak.




16-modda. Davlat organlarining elektron hukumat sohasidagi vakolatlari


Davlat organlari oʻz vakolatlari doirasida:

.......

elektron hukumat sohasidagi davlat dasturlariga va boshqa dasturlarga uzviy bogʻliq holda axborot tizimlarini, axborot resurslari va tarmoqlarini rivojlantirishning idoraviy rejalarini (dasturlarini) ishlab chiqadi;

......

Davlat organlari tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayoni muntazam hisoblanadi va ularni sifati va umuman samaradorligini takomillashtirish maqsadida doimiy monitoringni olib borishni talab qiladi.

Davlat organlari tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish tendensiyasini doimiy ravishda hisobga olishi, chuqur tahlil oʻtkazishi, shuningdek oʻz faoliyati sohasidagi elektron hukumatni takomillashtirishi zarur.

Davlat organlari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sohasidagi elektron hukumatni rivojlantirish boʻyicha idoraviy rejalarni qabul qilish shunday chora-tadbirlardan biri boʻlib hisoblanadi.

Shunga asosan, mazkur masala yuzasidan Koreya tajribasiga tayanish va uni qonun loyihasida aks ettirish maqsadga muvofiq.

“Davlat xizmatlari va munitsipal xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish toʻgʻrisida”gi Rossiya Federatsiyasining Qonuni


10-modda. Davlat xizmatlari va munitsipal xizmatlarni elektron shaklda koʻrsatishni tashkil etish talablari.


Davlat va munitsipal xizmatlarni elektron shaklda koʻrsatishda:


1) ariza beruvchilarga belgilangan tartibda maʼlumot taqdim qilish va ularga davlat va munitsipal xizmatlar haqidagi maʼlumotlarga kirishni taʼminlash.

......

5) agar federal qonunlarda boshqa qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, taqdim etilgan davlat yoki munitsipal xizmatning natijasini ariza beruvchi tomonidan olish.

.....





20-modda. Elektron davlat xizmatlariga doir talablar



Axborot davlat xizmatlari toʻliq
va ishonchli axborotni oʻz ichiga olishi kerak.

Interaktiv davlat xizmatlari:

.....

shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishni nazarda tutuvchi xizmatlardan ariza beruvchilarning xavfsiz foydalanishini taʼminlashi;

.....

soʻrov yuborish va elektron davlat xizmatining natijasini olish imkoniyatini taʼminlashi;

.....

Oʻzbekiston Respublikasining “Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan har bir fuqaroning axborot olish huquqi kafolatlanadi. Har kimning axborotni izlash, olish, tadqiq etish, uzatish va tarqatish huquqi davlat tomonidan himoya qilinadi.

Axborot xavfsizligini taʼminlash elektron hukumatning prinsiplaridan biri hisoblanadi.

Mazkur masalani axborot xavfsizligini taʼminlash prinsipi orqali koʻrib chiqishda, interaktiv davlat xizmatlari ariza beruvchilarni xizmatlardan xavfsiz foydalanishni taʼminlashlarini taʼkidlash joiz.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar davlat organlariga murojaat etish huquqiga egalar. Murojaatga javob davlat organining rahbari yoki vakolatli mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga koʻra axborotdan foydalanuvchi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati toʻgʻrisidagi ishonchli axborotni olish va tarqatish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati toʻgʻrisida axborotni olish uchun bevosita yoxud oʻz vakillari orqali soʻrov bilan murojaat etish huqu�iga ega.

Shunga asosan, mazkur masala yuzasidan Rossiya Federatsiyasining tajribasiga tayanish va uni qonun loyihasida aks ettirish maqsadga muvofiq.

* Butun (yangi) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda.


__________________________________

(ishlab chiquvchi rahbarining lavozimi)


_______________
(imzo)


_______________________”.
(F.I.O.)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatmalarga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

Vazirliklar va idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasiga berilgan taklif va eʼtirozlari boʻyicha
KELIShMOVChILIKLAR JADVALI

Taklif etilayotgan tahrir

Manfaatdor organlarning taklif va eʼtirozlari

Koʻrib chiqish natijalari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 5-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa ko�xona, muassasa, tashkilot tomonidan sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida namunaviy nizom

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi

33. Ekspert xulosasida qoidabuzarlik sabablari va ularni sodir etishga imkon bergan sharoitlar, shuningdek ularni bartaraf etishning tashkiliy-texnikaviy tavsiyalari holatlari koʻrsatilishi mumkin.

“Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunning
23-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq ish uchun ahamiyatga molik boʻlgan va sud ekspertining tashabbusiga koʻra aniqlangan holatlar xulosaning majburiy elementlariga daxldordir, Namunaviy reglamentning 33-bandidagi “holatlar” soʻzini chiqarib tashlash lozim deb hisoblaymiz.

Qabul qilindi.

33-band quyidagi tahrirda bayon etildi:
“33. Ekspert xulosasida qoidabuzarlik sabablari va ularni sodir etishga imkon bergan sharoitlar, shuningdek ularni bartaraf etishning tashkiliy-texnikaviy tavsiyalari koʻrsatilishi mumkin”.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

33. Ekspert xulosasida qoidabuzarlik sabablari va ularni sodir etishga imkon bergan sharoitlar, shuningdek ularni bar�araf etishning tashkiliy-texnikaviy tavsiyalari holatlari koʻrsatilishi mumkin.

Namunaviy nizomning 33-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinishi taklif qilinadi:

“33. Huquqbuzarlikning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi holatlar, sabablar va sharoitlar, shuningdek ekspert xulosasida oʻz aksini topmagan holda, ularni bartaraf etish boʻyicha tashkiliy-texnikaviy tavsiyalar ekspertning alohida maʼlumotnomasi ekspertning xulosasiga ilova qilinishi mumkin”.

Qabul qilinmadi.

“Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunning
23-moddasida ekspert xulosasining tuzilishi tartibi belgilangan. Mazkur moddaning uchinchi qismi xulosasida huquqbuzarlik sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar, shuningdek ularni bartaraf etishga doir tashkiliy-texnikaviy tavsiyalar koʻrsatilgan boʻlishi mumkinligi nazarda tutilgan. Shunga oʻxshash norma Jinoyat-protsessual kodeksi 184-moddasining uchinchi qismida va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 2991-moddasida berilgan.

Shu bilan birgalikda qayd qilib oʻtish lozimki, ekspertning alohida maʼlumotnomasi protsessual hujjat hisoblanmaydi, bu esa oʻz navbatida ish yuzasidan dalil boʻlib hisoblanmasligini bildiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 16-dekabrdagi 300-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

18. (Birinchi xatboshi) Majlis davomida Komissiya oʻzining koʻrib chiqishi uchun taqdim etilgan materiallarni oʻrganadi, attestatsiya qilinuvchiga sud-ekspertning faoliyatini tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjatlar, sud ekspertizasining nazariy asoslari, aniq ekspert mutaxassisligi boʻyicha savollarga javob berishni taklif qiladi, shundan keyin uning maxsus bilimlari darajasini baholaydi.

18-band “amaliy” soʻzidan soʻng “nazariy” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

Qisman qabul qilindi.

Sud ekspertizasining amaliy asoslari mavjud boʻlmaganligi sababli “nazariy asoslar” soʻzlari “nazariy asoslar va amaliy masalalar” soʻzlari bilan almashtirilgan.


__________________________________

(ishlab chiquvchi rahbarining lavozimi)


_______________
(imzo)


_______________________”.
(F.I.O.)

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 8-son, 81-modda)