1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.03.00 (Кучини йукотган) Fuqarolarning Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari / 07.92.00.00 (Кучини йукотган) Majburiy toʻlovlar, ajratmalar va yigʻimlar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 311-moddasiga muvofiq hamda chet elda ishlagan shaxslar va ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan sugʻurta badallarini toʻlashning yagona mexanizmini tashkil etish orqali pensiya qonunchiligini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ikki oy muddatda mehnat daftarchalarini yuritish toʻgʻrisida Yoʻriqnomaga chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaxslarning ayrim toifalari mehnat daftarchalarini toʻldirish qoidalarini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni belgilangan tartibda kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — moliya vaziri R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 22-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga va “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (keyingi oʻrinlarda Qonun deb ataladi) muvofiq chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda Pensiya jamgʻarmasi deb ataladi) sugʻurta badallari toʻlash tartibini, shuningdek ular tomonidan Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan sugʻurta badallarini, pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs — mehnat shartnomasi asosida, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi boʻyicha agentlik yoki fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish boʻyicha xoʻjalik hisobidagi mintaqaviy Byurolardan (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ruxsatnoma olgan chet elda yollangan holda ishlovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan xorijiy davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) savdo uylari, vakolatxonalar (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmagan holda), tashkilotlarda ishlovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq agenti hisoblanmagan ish beruvchidan daromad oluvchi xodim — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini hisoblash va ushlab qolish majburiyatlari yuklanmagan Oʻzbekiston Respublikasidagi xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonasida (elchixonasida yoki missiyasida), konsullik muassasasida (Bosh konsullikda, konsullikda, vitse-konsullikda yoki konsullik agentligida) yoki xalqaro (hukumatlararo) tashkilotlar vakolatxonalarida ishlovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkor — tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda, mustaqil ravishda, oʻziga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mol-mulk negizida yoki mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yoʻl qoʻyadigan oʻzga ashyoviy huquq asosida amalga oshiruvchi jismoniy shaxs, shuningdek oilaviy tadbirkorlik subyekti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyatni amalga oshiruvchi oila aʼzosi (keyingi oʻrinlarda oilaviy tadbirkorlik subyekti oilasi aʼzosi deb ataladi) — yakka tartibdagi tadbirkorni (oilaviy tadbirkorlik subyektini) davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida guvohnomada koʻrsatilgan xotini (eri), bolalari va nabiralari, ota-onasi, mehnatga qobiliyatli yoshga toʻlgan boshqa qarindoshlari (bolalari va nabiralarining erlari (xotinlari), tugʻishgan hamda oʻgay aka-uka va opa-singillari, ularning erlari (xotinlari) hamda bolalari, togʻa va amaki hamda amma va xolalari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xoʻjaligi aʼzosi — birgalikda yashayotgan va dehqon xoʻjaligini birgalikda yuritayotgan oila boshligʻi, uning xotini (eri), bolalari, shu jumladan farzandlikka olingan bolalari, tarbiyaga olgan bolalari, ota-onalari, mehnatga qobiliyatli yoshga yetgan boshqa qarindoshlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, soliq agenti hisoblanmagan ish beruvchidan daromad oluvchi xodim, shuningdek dehqon xoʻjaligi aʼzosi (dehqon xoʻjaligi boshligʻidan tashqari) Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini ixtiyoriy ravishda toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkor va dehqon xoʻjaligi boshligʻi Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini majburiy ravishda toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy tadbirkorlik subyekti oilasi aʼzosi uchun Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini toʻlash boʻyicha majburiyat oilaviy tadbirkorlik subyekti nomidan ish yuritadigan, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtgan oila aʼzosiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarda qoramol boqish va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bilan band boʻlgan, shuningdek shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarda qishloq xoʻjalik mahsulotlarining boshqa turlarini (oʻsimlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari) yetishtirish bilan band boʻlgan jismoniy shaxslar boʻyicha sugʻurta badallarini toʻlash va hisobini yuritish ushbu Nizomda dehqon xoʻjaligi aʼzosi uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-iyundagi 429-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 26-son, 591-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan xodimlar sugʻurta badallari hisobini yuritish ushbu Nizomda oilaviy tadbirkorlik subyekti oilasi aʼzosi uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatib oʻtilgan shaxslar Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash sharti bilan Qonunga muvofiq davlat pensiya taʼminoti huquqiga ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda pensiya miqdori Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan sugʻurta badallari miqdori va ish stajining davomiyligiga bogʻliq boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan sugʻurta badallari qaytarib berilmaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 58-moddasida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs boshqa davlatda ishlagan har bir oyi uchun Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini ixtiyoriy ravishda toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet elda yollangan holda ishlagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasiga kelgandan soʻng vakolatli organ tomonidan kelganidan keyin uch kun muddatda pasportidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar (muhrlar, shtamplar yoki belgilar) asosida Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash va mehnat daftarchasiga tegishli yozuvlarni kiritish uchun asos hisoblanadigan belgilangan shakldagi chet el davlati va u yerda boʻlgan vaqti toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet elda boʻlish davri, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining koʻrsatib oʻtilgan shaxsning boshqa davlatda boʻlgan vaqti va konsullik hisobiga qoʻyilganligi maʼlumoti koʻrsatilgan tegishli hujjatlar asosida ham tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda STIR deb ataladi) mavjud boʻlmaganda chet elga ishlashga ketayotgan shaxs soliq toʻlovchi sifatida unga STIR rasmiylashtirilishi bilan birgalikda doimiy yashash joyi boʻyicha davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs pensiya bilan taʼminlanish miqdoridan kelib chiqib Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari miqdorini mustaqil ravishda, biroq har oy uchun Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash sanasida qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir barobaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs tomonidan sugʻurta badallarini toʻlash quyidagi tartibda amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda yoki har chorakda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yoʻla — Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan kunidan boshlab uch oy mobaynida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha toʻlangan taqdirda sugʻurta badali toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjatida koʻrsatilgan sana sugʻurta badali toʻlangan kun hisoblanadi. Toʻlov hujjatida familiya, ism, otasining ismi, STIR va toʻlov amalga oshirilayotgan davr albatta koʻrsatilishi shart. Agar toʻlov hujjatida davr koʻrsatilmagan boʻlsa, toʻlov u amalga oshirilayotgan oy uchun toʻlangan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Milliy valyutadagi sugʻurta badallari chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs doimiy yashash joyi boʻyicha davlat soliq xizmati organlariga xizmat koʻrsatayotgan banklarda ochilgan Pensiya jamgʻarmasining tegishli daromad tranzit hisob raqamlariga uning tomonidan mustaqil ravishda, oila aʼzolari yoki ishonchli vakil tomonidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini toʻlash xorijiy valyutada (boshqa davlat hududidan) Pensiya jamgʻarmasining maxsus valyuta hisob raqamlariga amalga oshirilishi mumkin va toʻlov sanasiga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutaga qayta hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs tomonidan Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlanmagan taqdirda, Pensiya jamgʻarmasining tegishli boʻlimi tomonidan mehnat daftarchasiga yozuvlar kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini toʻlashni toʻxtatib turganda, pensiya tayinlash uchun olinadigan ish staji hisobi Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlangan soʻnggi sanadan boshlab toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan sugʻurta badallari miqdori sugʻurta badallarining belgilangan miqdoridan kam boʻlgan taqdirda, pensiya tayinlash uchun olinadigan tegishli davr uchun ish staji zarur mablagʻlarni qoʻshimcha kiritish sharti bilan hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Soliq agenti hisoblanmaydigan ish beruvchidan daromad oluvchi xodim Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyada koʻrsatilgan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar summasidan kelib chiqqan holda, sugʻurta badallarini toʻlash haqida jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda beriladigan ariza asosida ixtiyoriy ravishda toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat soliq xizmati organi soliq agenti hisoblanmaydigan ish beruvchidan daromad oluvchi xodimning jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlari asosida Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash boʻyicha oldingi yil uchun majburiyatlarni hisob-kitob qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini toʻlash soliq agenti hisoblanmaydigan ish beruvchidan daromad oluvchi xodimning doimiy yashash joyi boʻyicha davlat soliq xizmati organlariga xizmat koʻrsatayotgan banklarda ochilgan Pensiya jamgʻarmasining tegishli daromad tranzit hisob raqamlariga davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash muddatlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha toʻlangan taqdirda sugʻurta badali toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjatida koʻrsatilgan sana sugʻurta badali toʻlangan kun hisoblanadi. Toʻlov hujjatida familiya, ism, otasining ismi, STIR va toʻlov amalga oshirilayotgan davr albatta koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Yakka tartibdagi tadbirkor, dehqon xoʻjaligi aʼzosi va oilaviy tadbirkorlik subyekti oilasi aʼzosi tomonidan Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yakka tartibdagi tadbirkor va dehqon xoʻjaligi aʼzosi oʻzi uchun oʻzidagi mavjud imkoniyatlardan va pensiya bilan taʼminlanishning miqdoridan kelib chiqib, Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari miqdorini mustaqil ravishda, biroq Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 311-moddasida belgilangan sugʻurta badallarning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan miqdorida belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkor oilaviy tadbirkorlik subyektining har bir aʼzosi, shuningdek mehnat shartnomasi boʻyicha yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan har bir xodim uchun Pensiya jamgʻarmasiga har oyda eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida sugʻurta badali toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sugʻurta badallari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkor va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzolari tomonidan — har oyda, tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning 25-kunidan kechiktirmay toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xoʻjaligi aʼzosi tomonidan — hisobot yilining 1-oktabrigacha toʻlanadi. Bunda sugʻurta badallarining miqdori toʻlov kuniga belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi roʻyxatdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzolari tomonidan sugʻurta badallarini toʻlash ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oydan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha toʻlangan taqdirda sugʻurta badali toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjatida koʻrsatilgan sana sugʻurta badali toʻlangan kun hisoblanadi. Toʻlov hujjatida familiya, ism, otasining ismi, STIR va toʻlov amalga oshirilayotgan davr albatta koʻrsatilishi shart. Bunda oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzolari va dehqon xoʻjaligi aʼzolari boʻyicha toʻlov hujjati har bir oila aʼzosi uchun alohida-alohida yoziladi. Agar toʻlov hujjatida davr koʻrsatilmagan boʻlsa, toʻlov u amalga oshirilayotgan oy (dehqon xoʻjaliklari aʼzolari uchun — yil) uchun toʻlangan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sugʻurta badallari yakka tartibdagi tadbirkorning (dehqon xoʻjaligi aʼzosining) doimiy yashash joyi boʻyicha davlat soliq xizmati organiga xizmat koʻrsatayotgan banklarda ochilgan Pensiya jamgʻarmasining tegishli daromad tranzit hisob raqamlariga toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yakka tartibdagi tadbirkor belgilangan tartibda tadbirkorlik faoliyatini toʻxtatib turgan davrda Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini toʻlash amalga oshirilmaydi va ushbu davrda pensiya tayinlash uchun ish staji hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi aʼzosi va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosiga pensiya tayinlashda ish stajiga Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlanmagan davrlar qoʻshilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yakka tartibdagi tadbirkor (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, dehqon xoʻjaligi aʼzosi tomonidan va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosi uchun) Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan sugʻurta badallari hisobi uning doimiy yashash joyi boʻyicha davlat soliq xizmati organi va Pensiya jamgʻarmasi boʻlimida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu maqsadlarda yakka tartibdagi tadbirkor (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, dehqon xoʻjaligi aʼzosi va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosi) doimiy yashash manzili boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlari tomonidan berilgan STIR rasmiylashtirilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat va jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasi (agar mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ tomonidan rasmiylashtirilgan belgilangan shakldagi chet el davlati va u yerda boʻlgan vaqti toʻgʻrisida maʼlumotnoma — chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan berilgan shaxsiy yordamchi xoʻjaligida qoramol mavjudligi yoki qishloq xoʻjalik mahsulotlarining boshqa turlarini (oʻsimlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari) yetishtirish bilan bandligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma — qoramol oʻstirish yoki qishloq xoʻjalik mahsulotlarining boshqa turlarini (oʻsimlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari) yetishtirish bilan shugʻullanuvchi shaxs uchun.
(19-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-iyundagi 429-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 26-son, 591-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan sugʻurta badallari hisobi, shu jumladan davlat soliq xizmati organlarida, ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda toʻldirish talablariga amal qilgan holda rasmiylashtirilgan toʻlov hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Davlat soliq xizmati organi yakka tartibdagi tadbirkor (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, dehqon xoʻjaligi aʼzosi tomonidan va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosi uchun) Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlangan taqdirda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunigacha yakka tartibdagi tadbirkorning (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxsning, dehqon xoʻjaligi aʼzosining va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosining) doimiy yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga toʻlangan sugʻurta badallari toʻgʻrisida axborotni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkordan, dehqon xoʻjaligi rahbaridan va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzolari uchun — har chorakda amalga oshiradi va toʻlanmagan yoki muddati oʻtkazib yuborilgan toʻlovlar aniqlangan taqdirda koʻrsatilgan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 60-moddasiga asosan uning qarzi miqdori haqida ushbu qarz hosil boʻlgan davr, shuningdek toʻlov muddati oʻtkazib yuborilganligi uchun qoʻshilgan penya miqdorini koʻrsatgan holda talabnoma yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet elda yollangan holda ishlovchi shaxsdan — har yili amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlat soliq organi yakka tartibdagi tadbirkordan (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxsdan, dehqon xoʻjaligi aʼzosidan va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosi uchun) Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari tushishi yuzasidan doimiy nazorat olib boradi va har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigacha yakka tartibdagi tadbirkorning (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxsning, dehqon xoʻjaligi aʼzosining va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosining) doimiy yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha hisobot choragida hisobga qoʻyilgan (hisobdan chiqarilgan) yakka tartibdagi tadbirkorlar (dehqon xoʻjaligi aʼzolari va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzolari) toʻgʻrisidagi axborotni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan sugʻurta badallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yakka tartibdagi tadbirkorda (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxsda, dehqon xoʻjaligi aʼzosida va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosida) saqlanadigan Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorga (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxsga, dehqon xoʻjaligi aʼzosiga va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosiga) mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ochiladigan budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlanishini hisobga olish daftarchasi (keyingi oʻrinlarda Hisobga olish daftarchasi deb ataladi), shuningdek Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarining toʻlanganligini tasdiqlovchi bank kvitansiyalari va toʻlov hujjatlarining asl nusxalari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlanganligini tasdiqlovchi asosiy hujjatlar hisoblanadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Agar dehqon xoʻjaligidagi mehnati yoki yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati fuqaro uchun qoʻshimcha hisoblansa uning mehnat daftarchasi asosiy ish joyida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorning (dehqon xoʻjaligi aʼzosining va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosining) xohishiga koʻra mehnat daftarchasiga yakka tartibdagi tadbirkor (dehqon xoʻjaligi aʼzosi va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosi) sifatidagi faoliyat davri toʻgʻrisidagi yozuv kiritilishi mumkin. Yozuv roʻyxatdan oʻtgan joyidagi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Yakka tartibdagi tadbirkor (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, dehqon xoʻjaligi aʼzosi va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosi) faoliyati toʻgʻrisida mehnat daftarchasiga tegishli yozuvlar yakka tartibdagi tadbirkorning (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxsning, dehqon xoʻjaligi aʼzosining va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosining) doimiy yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yakka tartibdagi tadbirkor (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, dehqon xoʻjaligi aʼzosi va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosi) Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini toʻlagunga qadar mehnat daftarchasiga ega boʻlmagan boʻlsa, mehnat daftarchasi blanki aholi bandligiga koʻmaklashish tuman (shahar) markazlari tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotiladi.
(29-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat daftarchasi blankasi uchun haq uni oluvchi tomonidan, belgilangan tartibda toʻlanadi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish staji va ish haqi miqdorini hisoblab chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatib oʻtilgan shaxslar ish stajiga ular faoliyat yuritgan va Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlagan davrlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Pensiya tayinlash uchun yakka tartibdagi tadbirkorning (dehqon xoʻjaligi rahbarining va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosining) ish stajini hisoblab chiqishda, agar Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan sugʻurta badallari summasi ushbu yilning barcha oylari uchun belgilangan eng kam sugʻurta badallaridan kam boʻlmasa (toʻlangan penyalarni hisobga olmagan holda) ish stajiga kalendar yil qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Dehqon xoʻjaligi aʼzosiga pensiya tayinlash uchun ish stajini hisoblab chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 311-moddasida belgilangan Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari miqdori toʻlanganda ish stajiga bir yil qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Soliq agenti hisoblanmaydigan ish beruvchidan daromad oluvchi xodimga pensiya tayinlash uchun ish stajini hisoblab chiqishda, agar Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan sugʻurta badallari summasi jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyada koʻrsatilgan maʼlumotlar asosida hisoblab chiqilgan sugʻurta badallari miqdoridan kam boʻlmagan boʻlsa, ish stajiga kalendar yil qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Mehnat daftarchasi boʻlmagan yoki yoʻqolgan taqdirda yakka tartibdagi tadbirkorning (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxsning, dehqon xoʻjaligi aʼzosining va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosining) pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish staji toʻlov hujjatlari bilan tasdiqlangan Hisobga olish kartochkasidagi yoki Hisobga olish daftaridagi yozuvlar asosida hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkor (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, soliq agenti hisoblanmaydigan ish beruvchidan daromad oluvchi xodim, dehqon xoʻjaligi aʼzosi va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosi) tomonidan Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini toʻlash dalili guvohlar koʻrsatmalari bilan tasdiqlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Pensiya miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan aniq bir oy (yil) uchun yakka tartibdagi tadbirkorning (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxsning, soliq agenti hisoblanmaydigan ish beruvchidan daromad oluvchi xodimning va dehqon xoʻjaligi aʼzosining) daromadi Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan oylik (yillik) sugʻurta badali summasini Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini toʻlash davrida amalda boʻlgan yagona ijtimoiy toʻlov (mikrofirmalar va kichik korxonalar, shuningdek fermer xoʻjaliklari uchun) va sugʻurta badallarining umumiy stavkasiga boʻlish hamda olingan natijani 100 ga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan xodimning, shuningdek oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosining pensiya miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan aniq bir oy uchun daromadi Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlangan oydagi mehnatga haq toʻlashning qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdoriga teng qilib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini toʻgʻri hisoblab chiqarilishi hisobi, hisoboti va nazorati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) ________________________________ boʻlimiga
(tuman, shahar nomi)
________________________________________ ________________________________________ _______________________ manzilda yashaydigan (Pasporti: seriyasi _______ № ______________) _____ yil “__” ____________ da ________________________________________ (pasportni bergan organning nomi) _______________________________ da tugʻilgan fuqaro ______________________________ dan (F.I.O.)
Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimida hisobga qoʻyish toʻgʻrisida ARIZA
Meni Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimiga yakka tartibdagi tadbirkor (___________________
(dehqon xoʻjaligi nomi)
dehqon xoʻjaligi aʼzosi, yuridik shaxs tashkil etmagan holda __________________________________
(oilaviy tadbirkorlik subyekti nomi)
oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosi, chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs) sifatida roʻyxatga qoʻyishingizni soʻrayman (keraklisining tagiga chizilsin).
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-son qarori bilan tasdiqlangan Chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan tanishib chiqdim.
Sana: 20___ yil ___ _________ Imzo: ____________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20___ yilning _________ choragida _____________________ hisobga qoʻyilgan (hisobdan chiqarilgan) yakka tartibdagi tadbirkorlar (dehqon xoʻjaligi aʼzolari va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzolari) toʻgʻrisida MAʼLUMOTLAR
T/r
Toʻlovchining familiyasi, ismi, otasining ismi
STIR
Pasport (seriya, raqami)
Propiska qilingan manzili
Sana
Pensioner (ha, yoʻq)
Roʻyxatdan oʻtgan
Roʻyxatdan chiqarilan
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20___ yilning __________ choragida budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan sugʻurta badallari toʻgʻrisida MAʼLUMOTLAR
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqova
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlanishini hisobga olish DAFTARI
SARVARAQ
__________________________________ tuman (shahar) Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi Familiyasi ____________________________ Ismi _______________ Otasining ismi _______________ Tugʻilgan sanasi ______________________________
(yil, kun, oy)
Pasport: seriyasi ___________, raqami _______________, ________________________________ tomonidan berilgan. Hisobga olish daftari 20__ yilda __ __________ da berilgan.
_____________ tuman (shahar) Pensiya jamgʻarmasi boʻlim boshligʻi imzosi _____________
Toʻlovchi imzosi ____________
M.Oʻ.
Keyingi varaqlar
______________________________ tuman (shahar) Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi Toʻlangan sugʻurta badallari toʻgʻrisida MAʼLUMOTLAR
______________________________________________________, _______________ STIR raqami
(yakka tartibdagi tadbirkor, chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, dehqon xoʻjaligi aʼzosi va oilaviy tadbirkorlik subyekti oilasi aʼzosi familiyasi, ismi, otasining ismi)
20__ yil
T/r
Oylar
Badal summasi
Asos
Masʼul shaxs imzosi
1.
Yanvar
2.
Fevral
3.
Mart
4.
Aprel
5.
May
6.
Iyun
7.
Iyul
8.
Avgust
9.
Sentabr
10.
Oktabr
11.
Noyabr
12.
Dekabr
Hammasi
Solishtirib chiqildi _______________________ (Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimi xodimi F.I.O.) 20__ y. __ ____________
___________________ tuman (shahar) Pensiya jamgʻarmasi boʻlim boshligʻi imzosi ____________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2007-yil 8-maydagi 95-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 25-modda) 2-ilova 13-bandining “a” kichik bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “4-bandning uchinchi xatboshidagi, 6-bandning ikkinchi xatboshidagi, 15-banddagi,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qarorlari) 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 3-son, 12-modda) 1-ilova 33-bandining “v” kichik bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1997-yil 11-fevraldagi 74-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 2-son, 5-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar va dehqon xoʻjaliklari aʼzolarini davlat tomonidan ijtimoiy sugʻurtalash toʻgʻrisida” 2001-yil 24-avgustdagi 351-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 8-son, 50-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-apreldagi 67-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 4-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida qoramol boqayotgan va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotayotgan fuqarolarning bandligi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi, II va III boʻlimlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Dehqon xoʻjaligi aʼzolarini ijtimoiy sugʻurtalash va ularning ijtimoiy taʼminoti toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida” 2006-yil 31-maydagi 102-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 41-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar va dehqon xoʻjaliklari aʼzolarini davlat tomonidan ijtimoiy sugʻurtalash toʻgʻrisida” 2001-yil 24-avgustdagi 351-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2007-yil 5-iyuldagi 138-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 7-son, 38-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 21-dekabrdagi PF-4158-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son qarori)” 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 8-modda) ilovaning 6-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Dafn etishga nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 14-iyundagi 174-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 6-son, 51-modda) 2-ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 9-son, 75-modda) bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 73-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2015-yil 31-iyuldagi 219-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 7-son, 65-modda) 2-ilovaning 1-bandi.