Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq toʻlash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 408-moddasiga muvofiq hamda chet elda ishlagan shaxslar va ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan ijtimoiy soliqni toʻlashning yagona mexanizmini tashkil etish orqali pensiya qonunchiligini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq toʻlash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ikki oy muddatda mehnat daftarchalarini yuritish toʻgʻrisida Yoʻriqnomaga chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaxslarning ayrim toifalari mehnat daftarchalarini toʻldirish qoidalarini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni belgilangan tartibda kiritsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — moliya vaziri R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 22-fevral,
46-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq toʻlash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(1-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga va “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (keyingi oʻrinlarda Qonun deb ataladi) muvofiq chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda Pensiya jamgʻarmasi deb ataladi) ijtimoiy soliq toʻlash tartibini, shuningdek ular tomonidan Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan ijtimoiy soliqni, pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs — mehnat shartnomasi asosida, chet elda yollangan holda ishlovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan xorijiy davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) savdo uylari, vakolatxonalar (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmagan holda), tashkilotlarda ishlovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 766-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/766/1964-son)
Oldingi tahrirga qarang.
soliq agenti hisoblanmagan ish beruvchidan daromad oluvchi xodim — Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliqni hisoblash va ushlab qolish majburiyatlari yuklanmagan Oʻzbekiston Respublikasidagi xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonasida (elchixonasida yoki missiyasida), konsullik muassasasida (Bosh konsullikda, konsullikda, vitse-konsullikda yoki konsullik agentligida) yoki xalqaro (hukumatlararo) tashkilotlar vakolatxonalarida ishlovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
yakka tartibdagi tadbirkor — tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda, mustaqil ravishda, oʻziga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mol-mulk negizida yoki mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yoʻl qoʻyadigan oʻzga ashyoviy huquq asosida amalga oshiruvchi jismoniy shaxs, shuningdek oilaviy tadbirkorlik subyekti;
yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyatni amalga oshiruvchi oila aʼzosi (keyingi oʻrinlarda oilaviy tadbirkorlik subyekti oilasi aʼzosi deb ataladi) — yakka tartibdagi tadbirkorni (oilaviy tadbirkorlik subyektini) davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida guvohnomada koʻrsatilgan xotini (eri), bolalari va nabiralari, ota-onasi, mehnatga qobiliyatli yoshga toʻlgan boshqa qarindoshlari (bolalari va nabiralarining erlari (xotinlari), tugʻishgan hamda oʻgay aka-uka va opa-singillari, ularning erlari (xotinlari) hamda bolalari, togʻa va amaki hamda amma va xolalari);
dehqon xoʻjaligi aʼzosi — birgalikda yashayotgan va dehqon xoʻjaligini birgalikda yuritayotgan oila boshligʻi, uning xotini (eri), bolalari, shu jumladan farzandlikka olingan bolalari, tarbiyaga olgan bolalari, ota-onalari, mehnatga qobiliyatli yoshga yetgan boshqa qarindoshlari.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, soliq agenti hisoblanmagan ish beruvchidan daromad oluvchi xodim, shuningdek, dehqon xoʻjaligi aʼzosi (dehqon xoʻjaligi boshligʻidan tashqari) Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliqni ixtiyoriy ravishda toʻlaydi.
Yakka tartibdagi tadbirkor va dehqon xoʻjaligi boshligʻi Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliqni majburiy ravishda toʻlaydi.
Oilaviy tadbirkorlik subyekti oilasi aʼzosi uchun Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliqni toʻlash boʻyicha majburiyat oilaviy tadbirkorlik subyekti nomidan ish yuritadigan, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtgan oila aʼzosiga yuklanadi.
Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarda qoramol boqish va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bilan band boʻlgan, shuningdek, shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarda qishloq xoʻjalik mahsulotlarining boshqa turlarini (oʻsimlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari) yetishtirish bilan band boʻlgan jismoniy shaxslar boʻyicha ijtimoiy soliqni toʻlash va hisobini yuritish dehqon xoʻjaligi aʼzosi uchun ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan xodimlar ijtimoiy soliq hisobini yuritish oilaviy tadbirkorlik subyekti oilasi aʼzosi uchun ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatib oʻtilgan shaxslar Pensiya jamgʻarmasiga:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari;
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrgacha boʻlgan davr uchun yagona ijtimoiy toʻlov;
2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — ijtimoiy soliq toʻlash sharti bilan Qonunga muvofiq davlat pensiya taʼminoti huquqiga ega boʻladilar.
Bunda pensiya miqdori Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan ijtimoiy soliq (sugʻurta badali, yagona ijtimoiy toʻlov) miqdori va ish stajining davomiyligiga bogʻliq boʻladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Pensiya jamgʻarmasiga:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari;
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrgacha boʻlgan davr uchun yagona ijtimoiy toʻlov;
2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun ijtimoiy soliq qaytarib berilmaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 103-moddasida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
II. Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliqni toʻlash tartibi
(II bob nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1-§. Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs tomonidan Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliqni toʻlash tartibi
(1-paragraf nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs boshqa davlatda ishlagan har bir oyi uchun Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliqni ixtiyoriy ravishda toʻlaydi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Chet elda boʻlish davri mehnat daftarchasidagi yozuvlar, pasportdagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar (muhrlar, shtamplar yoki belgilar) hamda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining koʻrsatib oʻtilgan shaxsning boshqa davlatda boʻlgan vaqti va konsullik hisobiga qoʻyilganligi maʼlumoti koʻrsatilgan tegishli hujjatlar asosida tasdiqlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 766-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/766/1964-son)
7. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda STIR deb ataladi) mavjud boʻlmaganda chet elga ishlashga ketayotgan shaxs soliq toʻlovchi sifatida unga STIR rasmiylashtirilishi bilan birgalikda doimiy yashash joyi boʻyicha davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs pensiya bilan taʼminlanish miqdoridan kelib chiqib Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq miqdorini mustaqil ravishda, biroq yiliga Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq toʻlash sanasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yarim barobari miqdorda belgilashi mumkin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs tomonidan ijtimoiy soliq toʻlash quyidagi tartibda amalga oshirilishi mumkin:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
har oyda yoki har chorakda;
biryoʻla — Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan kunidan boshlab uch yil mobaynida.
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha toʻlangan taqdirda ijtimoiy soliq toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjatida koʻrsatilgan sana ijtimoiy soliq toʻlangan kun hisoblanadi. Toʻlov hujjatida familiyasi, ismi, otasining ismi, JSHSHIR va toʻlov amalga oshirilayotgan davr albatta koʻrsatilishi shart. Agar toʻlov hujjatida davr koʻrsatilmagan boʻlsa, toʻlov u amalga oshirilayotgan oy uchun toʻlangan deb hisoblanadi.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Milliy valyutadagi ijtimoiy soliq chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs doimiy yashash joyi boʻyicha davlat soliq xizmati organlariga xizmat koʻrsatayotgan banklarda ochilgan Pensiya jamgʻarmasining tegishli daromad tranzit hisob raqamlariga uning tomonidan mustaqil ravishda, oila aʼzolari yoki ishonchli vakil tomonidan toʻlanadi.
Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini toʻlash xorijiy valyutada (boshqa davlat hududidan) Pensiya jamgʻarmasining maxsus valyuta hisob raqamlariga amalga oshirilishi mumkin va toʻlov sanasiga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutaga qayta hisoblab chiqiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq toʻlashni toʻxtatib turganda, pensiya tayinlash uchun olinadigan ish staji hisobi Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq toʻlangan soʻnggi sanadan boshlab toʻxtatib turiladi.
Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan ijtimoiy soliq miqdori ijtimoiy soliqning belgilangan miqdoridan kam boʻlgan taqdirda, pensiya tayinlash uchun olinadigan tegishli davr uchun ish staji zarur mablagʻlarni qoʻshimcha ravishda kiritish sharti bilan hisobga olinadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2-§. Soliq agenti hisoblanmaydigan ish beruvchidan daromad oluvchi xodim tomonidan Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliqni toʻlash tartibi
(2-paragraf nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Soliq agenti hisoblanmaydigan ish beruvchidan daromad oluvchi xodim Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliqni jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyada koʻrsatilgan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar summasidan kelib chiqqan holda, ijtimoiy soliqni toʻlash haqida jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda beriladigan ariza asosida ixtiyoriy ravishda toʻlaydi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Davlat soliq xizmati organi soliq agenti hisoblanmaydigan ish beruvchidan daromad oluvchi xodimning jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlari asosida Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq toʻlash boʻyicha oldingi yil uchun majburiyatlarni hisob-kitob qiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliqni toʻlash soliq agenti hisoblanmaydigan ish beruvchidan daromad oluvchi xodimning doimiy yashash joyi boʻyicha davlat soliq xizmati organlariga xizmat koʻrsatayotgan banklarda ochilgan Pensiya jamgʻarmasining tegishli daromad tranzit hisob raqamlariga davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash muddatlarida amalga oshiriladi.
Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha toʻlangan taqdirda ijtimoiy soliq toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjatida koʻrsatilgan sana ijtimoiy soliq toʻlangan kun hisoblanadi. Toʻlov hujjatida familiyasi, ismi, otasining ismi, JSHSHIR va toʻlov amalga oshirilayotgan davr albatta koʻrsatilishi shart.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3-§. Yakka tartibdagi tadbirkor, dehqon xoʻjaligi aʼzosi va oilaviy tadbirkorlik subyekti oilasi aʼzosi tomonidan Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliqni toʻlash tartibi
(3-paragraf nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Yakka tartibdagi tadbirkor va dehqon xoʻjaligi aʼzosi oʻzi uchun oʻzidagi mavjud imkoniyatlardan va pensiya bilan taʼminlanishning miqdoridan kelib chiqib Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq miqdorini mustaqil ravishda, biroq Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 408-moddasida belgilangan ijtimoiy soliqning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda belgilaydi.
Yakka tartibdagi tadbirkor oilaviy tadbirkorlik subyektining har bir aʼzosi, shuningdek, mehnat shartnomasi boʻyicha yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan har bir xodim uchun Pensiya jamgʻarmasiga har oyda eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida ijtimoiy soliq toʻlaydi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Ijtimoiy soliq:
yakka tartibdagi tadbirkor va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzolari tomonidan — har oyda, tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning 15-kunidan kechikmay toʻlanadi;
dehqon xoʻjaligi aʼzosi tomonidan — hisobot yilining 1-oktabrigacha toʻlanadi. Bunda ijtimoiy soliqning miqdori toʻlov kuniga belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Yangi roʻyxatdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzolari tomonidan ijtimoiy soliqni toʻlash ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oydan keyingi oydan eʼtiboran amalga oshiriladi.
Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha toʻlangan taqdirda ijtimoiy soliq toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjatida koʻrsatilgan sana ijtimoiy soliq toʻlangan kun hisoblanadi. Toʻlov hujjatida familiyasi, ismi, otasining ismi, JSHSHIR va toʻlov amalga oshirilayotgan davr albatta koʻrsatilishi shart. Bunda oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzolari va dehqon xoʻjaligi aʼzolari boʻyicha toʻlov hujjati har bir oila aʼzosi uchun alohida-alohida yoziladi. Agar toʻlov hujjatida davr koʻrsatilmagan boʻlsa, toʻlov u amalga oshirilayotgan oy (dehqon hoʻjaliklari aʼzolari uchun — yil) uchun toʻlangan deb hisoblanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Ijtimoiy soliq yakka tartibdagi tadbirkorning (dehqon xoʻjaligi aʼzosining) doimiy yashash joyi boʻyicha davlat soliq xizmati organiga xizmat koʻrsatayotgan banklarda ochilgan Pensiya jamgʻarmasining tegishli daromad tranzit hisob raqamlariga toʻlanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Yakka tartibdagi tadbirkor belgilangan tartibda tadbirkorlik faoliyatini toʻxtatib turgan davrda Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliqni toʻlash amalga oshirilmaydi va ushbu davrda ish staji pensiya tayinlash uchun hisobga olinmaydi.
Dehqon xoʻjaligi aʼzosi va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosiga pensiya tayinlashda ish stajiga Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq toʻlanmagan davrlar qoʻshilmaydi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
III. Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliqni toʻlash hisobini yuritish tartibi
(III bob nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Yakka tartibdagi tadbirkor (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, dehqon xoʻjaligi aʼzosi tomonidan va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosi uchun) Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan ijtimoiy soliq hisobi uning doimiy yashash joyi boʻyicha davlat soliq xizmati organida yuritiladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etish uchun yakka tartibdagi tadbirkor (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, dehqon xoʻjaligi aʼzosi va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosi) doimiy yashash manzili boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:
pasport nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan ijtimoiy soliq hisobi davlat soliq xizmati organlarida, ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda toʻldirish talablariga amal qilgan holda rasmiylashtirilgan toʻlov hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Davlat soliq xizmati organi yakka tartibdagi tadbirkor (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, dehqon xoʻjaligi aʼzosi tomonidan va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosi uchun) Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq toʻlangan taqdirda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunigacha yakka tartibdagi tadbirkorning (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxsning, dehqon xoʻjaligi aʼzosining va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosining) doimiy yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga toʻlangan ijtimoiy soliq toʻgʻrisida axborotni taqdim etadi.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organi Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq tushumlari boʻyicha yakunlarni:
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yakka tartibdagi tadbirkordan, dehqon xoʻjaligi rahbaridan va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzolari uchun — har chorakda amalga oshiradi va toʻlanmagan yoki muddati oʻtkazib yuborilgan toʻlovlar aniqlangan taqdirda koʻrsatilgan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 116-moddasiga asosan uning qarzi miqdori haqida ushbu qarz hosil boʻlgan davr, shuningdek toʻlov muddati oʻtkazib yuborilganligi uchun qoʻshilgan penya miqdorini koʻrsatgan holda talabnoma yuboradi;
(20-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
chet elda yollangan holda ishlovchi shaxsdan — har yili amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Davlat soliq organi yakka tartibdagi tadbirkordan (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxsdan, dehqon xoʻjaligi aʼzosidan va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosi uchun) Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq tushishi yuzasidan doimiy nazorat olib boradi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Pensiya jamgʻarmasiga:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari;
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrgacha boʻlgan davr uchun yagona ijtimoiy toʻlov;
2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun ijtimoiy soliq toʻlanganligini tasdiqlovchi asosiy hujjatlar sifatida:
2018-yilgacha — Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarining toʻlanganligini tasdiqlovchi bank kvitansiyalari va toʻlov hujjatlari;
2018-yildan boshlab — davlat soliq xizmati organlarining maʼlumotlari hisoblanadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
IV. Ish staji hisobini yuritish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
28. Agar dehqon xoʻjaligidagi mehnati yoki yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati fuqaro uchun qoʻshimcha hisoblansa uning mehnat daftarchasi asosiy ish joyida yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(28-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 766-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/766/1964-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 889-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/889/3945-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
V. Pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish staji va ish haqi miqdorini hisoblab chiqish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
33. Ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatib oʻtilgan shaxslar ish stajiga ular faoliyat yuritgan va Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq toʻlagan davrlar kiritiladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Pensiya tayinlash uchun yakka tartibdagi tadbirkorning (dehqon xoʻjaligi rahbarining va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosining) ish stajini hisoblab chiqishda, agar Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan ijtimoiy soliq summasi ushbu yilning barcha oylari uchun belgilangan eng kam ijtimoiy soliqdan kam boʻlmasa (toʻlangan penyalarni hisobga olmagan holda) ish stajiga kalendar yil qoʻshiladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Dehqon xoʻjaligi aʼzosiga, shuningdek, maydoni toʻrt sotixdan kam boʻlmagan dehqon xoʻjaligida, tomorqa yerida band boʻlgan yoki ushbu maydonda qoramol boqayotgan yoxud 50 boshdan kam boʻlmagan parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslarga pensiya tayinlash uchun ish stajini hisoblab chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 408-moddasida belgilangan Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq miqdori toʻlanganda ish stajiga bir yil qoʻshiladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Soliq agenti hisoblanmaydigan ish beruvchidan daromad oluvchi xodimga pensiya tayinlash uchun ish stajini hisoblab chiqishda, agar Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan ijtimoiy soliq summasi jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyada koʻrsatilgan maʼlumotlar asosida hisoblab chiqilgan ijtimoiy soliq miqdoridan kam boʻlmagan boʻlsa, ish stajiga kalendar yil qoʻshiladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Boshqa barcha holatlarda ish staji Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq toʻlangan oylarga mutanosib ravishda hisobga olinadi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Yakka tartibdagi tadbirkor (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, soliq agenti hisoblanmaydigan ish beruvchidan daromad oluvchi xodim, dehqon xoʻjaligi aʼzosi va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosi) tomonidan Pensiya jamgʻarmasiga:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari;
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrgacha boʻlgan davr uchun yagona ijtimoiy toʻlov;
2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun ijtimoiy soliqni toʻlash dalili guvohlar koʻrsatmalari bilan tasdiqlanmaydi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Pensiya miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan aniq bir oy (yil) uchun yakka tartibdagi tadbirkorning (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxsning, soliq agenti hisoblanmaydigan ish beruvchidan daromad oluvchi xodimning va dehqon xoʻjaligi aʼzosining) daromadi Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan oylik (yillik):
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — sugʻurta badallari summasini Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini toʻlash davrida amalda boʻlgan yagona ijtimoiy toʻlov (mikrofirmalar va kichik korxonalar, shuningdek, fermer hoʻjaliklari uchun) va fuqarolarning sugʻurta badallarining umumiy stavkasiga;
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrgacha boʻlgan davr uchun — yagona ijtimoiy toʻlov summasini Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlash davrida amalda boʻlgan yagona ijtimoiy toʻlov (mikrofirmalar va kichik korxonalar, shuningdek, fermer hoʻjaliklari uchun) stavkasiga;
2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — ijtimoiy soliq summasini Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliqni toʻlash davrida amalda boʻlgan ijtimoiy soliq (mikrofirmalar va kichik korxonalar, shuningdek, fermer hoʻjaliklari uchun) stavkasiga boʻlish hamda olingan natijani 100 ga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan xodimning, shuningdek, oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosining pensiya miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan aniq bir oy uchun daromadi:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlangan oydagi;
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrgacha boʻlgan davr uchun — Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlov toʻlangan oydagi;
2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq toʻlangan oydagi mehnatga haq toʻlashning qonunchilik hujjatlarida belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoriga teng qilib olinadi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
VI. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
40. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41. Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliqni (sugʻurta badali, yagona ijtimoiy toʻlov) toʻgʻri hisoblab chiqarilishi hisobi, hisoboti va nazorati qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 766-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/766/1964-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 766-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/766/1964-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 766-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/766/1964-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 766-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/766/1964-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2007-yil 8-maydagi 95-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 25-modda) 2-ilova 13-bandining “a” kichik bandida:
uchinchi xatboshidagi “4-bandning uchinchi xatboshidagi, 6-bandning ikkinchi xatboshidagi, 15-banddagi,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
oltinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qarorlari) 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 3-son, 12-modda) 1-ilova 33-bandining “v” kichik bandida:
ikkinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
oʻn uchinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1997-yil 11-fevraldagi 74-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 2-son, 5-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar va dehqon xoʻjaliklari aʼzolarini davlat tomonidan ijtimoiy sugʻurtalash toʻgʻrisida” 2001-yil 24-avgustdagi 351-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 8-son, 50-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-apreldagi 67-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 4-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida qoramol boqayotgan va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotayotgan fuqarolarning bandligi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi, II va III boʻlimlari.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Dehqon xoʻjaligi aʼzolarini ijtimoiy sugʻurtalash va ularning ijtimoiy taʼminoti toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida” 2006-yil 31-maydagi 102-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 41-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar va dehqon xoʻjaliklari aʼzolarini davlat tomonidan ijtimoiy sugʻurtalash toʻgʻrisida” 2001-yil 24-avgustdagi 351-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2007-yil 5-iyuldagi 138-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 7-son, 38-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 21-dekabrdagi PF-4158-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son qarori)” 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 8-modda) ilovaning 6-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Dafn etishga nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 14-iyundagi 174-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 6-son, 51-modda) 2-ilovaning 2-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 9-son, 75-modda) bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 73-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 707-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/707/1088-son)
10. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-fevraldagi 38-f-son farmoyishi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 8-son, 77-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda, 26-son, 591-modda, 37-son, 990-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son, 26.09.2018-y., 09/18/766/1964-son, 22.10.2019-y., 09/19/889/3945-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 09/21/391/0590-son, 23.11.2021-y., 09/21/707/1088-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son; 14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)