Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.09.2020 18.02.2016 yildagi PQ-2492-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.09.2020
Hujjat 18.04.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-sentabrdagi PQ-4821-sonli “Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻlaqonli taʼminlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korporativ boshqaruvning jahon amaliyotida qabul qilingan tamoyillari va usullariga muvofiq respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarish samarali tizimini shakllantirish, tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun investitsiyalarni keng jalb etish, meva-sabzavot va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hajmlarini oshirish, ichki hamda tashqi bozorlarda raqobatdosh boʻlgan sifatli mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari turlarini ishlab chiqarishni koʻpaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2015-yil 27-oktabrdagi PF-4761-sonli Farmoniga muvofiq chigitni qayta ishlash hamda paxta yogʻi ishlab chiqarishni taʼminlash funksiyalari “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi zimmasiga yuklatilgan holda tegishli korxona va tuzilmalar Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi tarkibidan chiqarildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi muassislarining Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasini tugatish hamda “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasini tashkil etish, uning ustav kapitalini Uyushma tarkibiga kiruvchi korxonalar ustav jamgʻarmalaridagi davlat aksiyalari paketlari (ulushlari)ni balans (nominal) qiymati hisobidan shakllantirish taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xolding kompaniyaga Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda aksiyalarining 51 foizidan kam boʻlmagan qismi davlatda saqlanib qolishini nazarda tutgan holda, olingan mablagʻlarni oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga yoʻnaltirish sharti bilan qoʻshimcha aksiyalar chiqarishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavot hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarini oʻrganish boʻyicha chuqur marketing tadqiqotlari oʻtkazish va buning asosida tarmoqni oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori qoʻshilgan qiymatga ega, ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir boʻlgan yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida tarmoq korxonalarida qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat xomashyosini yanada chuqur qayta ishlash zamonaviy texnologik siklni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, qayta ishlash korxonalari, tayyorlash va sotish tashkilotlari oʻrtasida bozor munosabatlari asosida, uning tayyorlanishi, saqlanishi, yanada chuqurroq qayta ishlanishi va sotilishini hisobga olgan holda ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat xomashyosi harakatining zamonaviy logistikasini keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor xorijiy texnologiyalar va dizayndan foydalangan holda zamonaviy tara-qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavot, goʻsht-sut va boshqa qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat xomashyosini qayta ishlash boʻyicha yuqori unumli zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ushbu maqsadlar uchun, avvalambor, strategik xorijiy investorlarning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta ishlangan meva-sabzavot, shuningdek boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining eksportini tashkillashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatdoshligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish, oziq-ovqat mahsulotlari sifatini baholashning zamonaviy xalqaro tizimini ishlab chiqarishga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqariladigan mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatsiyalash boʻyicha ishlarni tashkillashtirishda tarmoq korxonalariga koʻmaklashish, tarmoq korxonalariga axborot xizmatlari koʻrsatish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 7-apreldagi PQ-2515-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 143-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xolding tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning roʻyxati 3-ilovaga* muvofiq maqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xolding tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning roʻyxati 3-ilovaga* muvofiq maqullansin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Sh. Mirziyoyev) ikki hafta muddatda puxta tanlov asosida “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasining ijro etuvchi apparatini tasdiqlangan tuzilma va shtat jadvaliga muvofiq, boshqaruvning zamonaviy korporativ usullarini egallagan yuqori malakali kadrlar bilan butlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasining moliyaviy mablagʻlari ishtirokidagi korxonalar aksiyadorlik jamiyatlari yoki masʼuliyati cheklangan jamiyatlar shaklida tashkil etiladi, bunda barpo etilayotgan korxonalarning ustav jamgʻarmasidagi tegishli ulushi xolding kompaniyasining ustav jamgʻarmasiga kapitallashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi tarkibiga oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi xususiy korxonalar uyushgan aʼzo maqomida kirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasining ustav kapitalini uning tarkibiga kiruvchi korxonalar ustav jamgʻarmalaridagi davlat aksiyalari paketlari (ulushlari)ning balans (nominal) qiymati hisobiga shakllantirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasining taʼsis hujjatlarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin, ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni taʼminlasin, kuzatuv kengashi va taftish komissiyasini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda zamonaviy savdo-logistika markazlari, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash boʻyicha muzlatish quvvatlarini tashkil etish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning uzoq muddatli kreditlarini, shuningdek chet el va mahalliy kompaniyalarning investitsiyalarini jalb etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, zamonaviy savdo-logistika markazlari, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash boʻyicha muzlatish quvvatlarini tashkil etish uchun Hukumatning kafolati bilan jalb etilayotgan xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning qarz mablagʻlari “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi tomonidan mazkur korxonalarning xoʻjalik faoliyatidan tushadigan daromadlari hisobidan qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi ishtirokchilarining tugatilayotgan Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasining huquq va majburiyatlari, shuningdek uning mol-mulkini tashkil etilayotgan xolding kompaniyasiga balans qiymatda bepul oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasining huquqiy vorisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xolding kompaniyasi ijro etuvchi apparatining joriy taʼminoti va uning faoliyatini moliyalashtirish uning tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarning dividendlari, ajratmalari, ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatidan tushadigan daromadlar, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi va uning oʻrinbosarlari kompaniyaning kuzatuv kengashi tomonidan saylanib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimlarga tasdiqlanadilar va maqomi boʻyicha tegishli ravishda vazir hamda vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligining “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi tarkibida Oziq-ovqat sanoati korxonalarini rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin va Jamgʻarma daromadlarini shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalarning davlat ulushlari boʻyicha hisoblanadigan dividendlarining 50 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar sof foydasining 0,5 foizi miqdoridagi ajratmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tarmoqda yangi korxonalar tashkil etish, amaldagi korxonalarni modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish, shuningdek xalqaro moliya institutlaridan hukumatlararo bitimlarga muvofiq Hukumatning kafolati bilan olingan kreditlarga xizmat koʻrsatishga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi, shuningdek, davlat maqsadli jamgʻarmalariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarning miqdorini hisoblab chiqishda soliqqa tortiladigan baza Jamgʻarmaga ajratmalar summasiga teng miqdorda kamaytiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi qimmatli qogʻozlar emissiyasini davlat roʻyxatiga olish uchun yigʻimlar hamda qimmatli qogʻozlar chiqarish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish yigʻimlarini toʻlashdan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda 2016 — 2020-yillarda xomashyo bazasini yanada rivojlantirish hamda meva- sabzavot va goʻsht-sut mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, shuningdek, zamonaviy savdo-logistika markazlari va muzlatish quvvatlarini, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha dastur ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasining ijro etuvchi apparati Toshkent shahri, Nukus koʻchasi, 73a-uyga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 18-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2492-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 18-fevraldagi PQ-2492-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. Meva-sabzavot sanoati korxonalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

Nukus Agro MChJ

tomat pastasi ishlab chiqarish

Andijon viloyati

2.

MACK MChJ

tomat pastasi ishlab chiqarish

Buxoro viloyati

3.

“Agromir Bukhara” MChJ XK

meva-sabzavot konservalari, meva sharbatlari va pomidor pastasi ishlab chiqarish

Qashqadaryo viloyati

4.

“East Agro International” MChJ agrofirmasi

pomidor pastasi va meva pyuresi ishlab chiqarish

Namangan viloyati

5.

“Namangan sharbati” MChJ

meva-sabzavot konservalari va meva sharbatlari ishlab chiqarish

6.

“Marvel Juice Co” MChJ

meva sharbati ishlab chiqarish

7.

“Toʻraqoʻrgʻon shirinlik agro” MChJ

quruq mevalar ishlab chiqarish

8.

“Natural Juice” MChJ

meva sharbatlari, nektari va pyuresi ishlab chiqarish

9.

“Agromir Chust” MChJ XK

meva-sabzavot konservalari va meva sharbatlari ishlab chiqarish

10.

“Natura frute Juice” MChJ

meva sharbatlari va nektari ishlab chiqarish

12.

“Turon agro fresh” MChJ

meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash

Samarqand viloyati

13

“Siyob saxovati” MChJ

meva-sabzavot konservalari, meva sharbatlari va pomidor pastasi ishlab chiqarish

14.

“Afrosiyob-meva” MChJ QK

meva-sabzavot konservalari, meva sharbatlari va pomidor pastasi ishlab chiqarish

15.

“Orifen” MChJ QK

meva-sabzavot konservalari, meva sharbatlari va pomidor pastasi ishlab chiqarish

16.

“Vulkan plus” MChJ

meva-sabzavot konservalari ishlab chiqarish

17.

“Agromir konserva” MChJ QK

meva-sabzavot konservalari ishlab chiqarish

18.

“Agromir juice” MChJ QK

sharbat va nektar ishlab chiqarish

Surxondaryo viloyati

Toshkent viloyati

21.

“Muzimpex” MChJ

meva-sabzavot konservalari va pomidor pastasi ishlab chiqarish

22.

“Asven distillaries” MChJ

meva-sabzavot konservalari va sharbatlari, alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish

23.

“Kinder Fruits” MChJ

meva-sabzavot pyuresi va pomidor pastasi ishlab chiqarish

24.

“Mega Star comfort” MChJ

meva-sabzavot konservalari ishlab chiqarish

25.

“Gazalkent Meva” MChJ

meva-sabzavot konservalari ishlab chiqarish

26.

“Ildiz Parkent agr” XK

meva-sabzavot pyuresi va pastasi ishlab chiqarish

27.

“Master global plus” MChJ

meva-sabzavot konservalari ishlab chiqarish

28.

“Big natural produktion” MChJ

meva-sabzavot sharbatlari ishlab chiqarish

30.

“Mehnat oil” MChJ

meva-sabzavot konservalari ishlab chiqarish

Fargʻona viloyati

31.

“MS food processing” MChJ QK

meva-sabzavot konservalari va pomidor pastasi ishlab chiqarish

32.

“Elit konserva” MChJ

meva-sabzavot konservalari, murabbo va tunuka qopqoqlar ishlab chiqarish

Toshkent shahri

33.

“Green World” MChJ QK

meva-sabzavot konservalari, meva sharbatlari va pomidor pastasi ishlab chiqarish

34.

“Mega Industrial Business” MChJ

meva-sabzavot konservalari ishlab chiqarish

35.

“Yaxshi yil sanoat” MChJ

kartoshka chipslari ishlab chiqarish

36.

“Favorit Elit Tex” MChJ

meva-sabzavot konservalari ishlab chiqarish

37.

“Evro Food trade” MChJ

meva-sabzavot konservalari ishlab chiqarish

II. II. Goʻsht-sut sanoati korxonalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

“Xoʻjayli goʻsht” MChJ

goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarish

Andijon viloyati

2.

“Shaxrixonsut” MChJ

sut mahsulotlari ishlab chiqarish

3.

“Rash-milk” MChJ

sut mahsulotlari ishlab chiqarish

4.

“Pokiza goʻsht mahsulotlari” MChJ

goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarish

Buxoro viloyati

5.

“Sulsherjaxon” MChJ

goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarish

Qashqadaryo viloyati

6.

“Tevaboshi” savdo-ishlab chiqarish xususiy firmasi

sut mahsulotlari ishlab chiqarish

7.

“Asadbek biznes navo” MChJ

goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarish

Navoiy viloyati

8.

“Karmana sut” MChJ

sut mahsulotlari ishlab chiqarish

9.

“Navoiy go'sht kombinati” MChJ

goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarish

Namangan viloyati

10.

“Iqbol” MChJ

sut mahsulotlari ishlab chiqarish

11.

“Nestle Agro” MChJ

sut mahsulotlari ishlab chiqarish

12.

“Musaffo iqlim trans servis” FX

sut mahsulotlari ishlab chiqarish

Samarqand viloyati

13.

“Agro Bravo” MChJ

sut mahsulotlari ishlab chiqarish

14.

“Kattaqo'rg'on-sut” MChJ agrofirma

sut mahsulotlari ishlab chiqarish

15.

“Baxt” XK

goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarish

16.

“Paxtachi sut” MChJ

sut mahsulotlari ishlab chiqarish

Sirdaryo viloyati

17.

“Sirdaryo go'sht kombinati” MChJ

goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarish

18.

“Makrovit” XK

goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarish

Toshkent viloyati

19.

“Olmaliq sut” XK

sut mahsulotlari ishlab chiqarish

20.

“Yangiyo'l sut” XF

sut mahsulotlari ishlab chiqarish

21.

“Bo'stonliq sut” MChJ QK

sut mahsulotlari ishlab chiqarish

22.

“Master delikatesov” MChJ

goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarish

23.

“Nakima nur” MChJ

goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarish

24.

“Tegen delikates” MChJ

goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarish

25.

“Ixlos kelajak” MChJ

goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarish

26.

“Baxt” fermer xoʻjaligi

sut mahsulotlari ishlab chiqarish

27.

“Inter Chess” MChJ

sut mahsulotlari ishlab chiqarish

Fargʻona viloyati

28.

“Fargona Bek-ota” MChJ

goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarish

29.

“White milk Invest” MChJ

sut mahsulotlari ishlab chiqarish

30.

“Amin Furkat” MChJ

sut mahsulotlari ishlab chiqarish

Xorazm viloyati

31.

“Urganch goʻsht” MChJ*

goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarish

32.

“Goʻzali xulkar” XK

sut mahsulotlari ishlab chiqarish

33.

“Khorezm Nolod” XK

sut mahsulotlari ishlab chiqarish

34.

“Tillo Domor” XK

sut mahsulotlari ishlab chiqarish

Toshkent shahri

35.

“Marmaks” MChJ QK

goʻsht konservalari ishlab chiqarish

36.

“Gerfed-Impeks” MChJ

sut mahsulotlari ishlab chiqarish

37.

“Tegen group” MChJ

goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarish

38.

“Toshkent sifat sut” MChJ

sut mahsulotlari ishlab chiqarish

39.

“Rozmetov Z M” MChJ

goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarish

40.

“Gold Tek” MChJ

goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarish

41.

“Delight-Neo” MChJ

sut mahsulotlari ishlab chiqarish

42.

“Osiyo elga baraka” MChJ

goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarish

43.

“Ibragimov X.N.” XK

sut mahsulotlari ishlab chiqarish

44.

“Best Poultry” MChJ

goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarish

45.

“Vazira biznes” MChJ

sut mahsulotlari ishlab chiqarish

III. III. Mazali oziq-ovqat sanoati korxonalari

1. Yogʻ-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

“Chimbay may” AJ*

noanʼanaviy moyli ekinlardan oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish

2.

“Chimboy moy invest” MChJ

xoʻjalik sovuni ishlab chiqarish

Jizzax viloyati

3.

“Paxtakor sifat yo`g” MChJ QK

noanʼanaviy moyli ekinlardan oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish

4.

“El-Erk Nyp” MChJ QK

noanʼanaviy moyli ekinlardan oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish

5.

“Oil baraka fayz” MChJ

noanʼanaviy moyli ekinlardan oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish

Navoiy viloyati

6.

“Karmana moy invest” MChJ

noanʼanaviy ekinlardan oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish

Namangan viloyati

7.

“Alfa-Rouston” MChJ

xoʻjalik sovuni ishlab chiqarish

8.

“Alfa Farhod” MChJ

xoʻjalik sovuni ishlab chiqarish

Samarqand viloyati

9.

“Paxtachi Rodnik yog” MChJ

noanʼanaviy moyli ekinlardan oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish

10.

“OR Golden oil” MChJ

noanʼanaviy moyli ekinlardan oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish

11.

“East oil” MChJ

noanʼanaviy moyli ekinlardan oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish

12.

“Samarqand Beaty Soap” MChJ

atir sovuni va yuvish vositalari ishlab chiqarish

Sirdaryo viloyati

13.

“Baxt moy invest” MChJ

noanʼanaviy ekinlardan oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish

Toshkent viloyati

14.

“Orzu sabun savdo” MChJ

xoʻjalik sovuni ishlab chiqarish

15.

“Ravon biznes invest” MChJ

margarin mahsuloti va salomas ishlab chiqarish

16.

“Sarbon Baraka Biznes” MChJ

margarin mahsuloti va salomas ishlab chiqarish

17.

“Maxima Oil Standart” MChJ

oʻsimlik yogʻini dezodoratsiya qilish va qadoqlash

Fargʻona viloyati

18.

“Effective oil” MChJ XK

noanʼanaviy ekinlardan oʻsimlik yogʻi va xoʻjalik sovuni ishlab chiqarish

Xorazm viloyati

19.

“Yavmut nihol” XK

xoʻjalik sovuni ishlab chiqarish

20.

“Urganch Maxmud servis” MChJ

margarin mahsulotlari ishlab chiqarish

Toshkent shahri

21.

“Good Food Group” MChJ

margarin mahsulotlari ishlab chiqarish

22.

“Osiyo oltin sovuni” MChJ

xoʻjalik sovuni ishlab chiqarish

23.

“Agro inter plast” MChJ QK

margarin mahsulotlari va polietilen preformalari ishlab chiqarish

24.

Xorijiy investitsiya ishtirokidagi “Prime Sopone” MChJ

xoʻjalik va atir sovuni ishlab chiqarish

25.

“Canola group” MChJ

noanʼanaviy ekinlardan oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish

26.

“Valessio cosmetics” MChJ

atir sovuni va margarin mahsulotlari ishlab chiqarish

27.

“Bektemir Fayz” MChJ

noanʼanaviy ekinlardan oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish

28.

“Palmira Organic foods” MChJ

xoʻjalik va atir sovuni ishlab chiqarish

29.

“Lacco Produce” XK

margarin va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish

30.

“Nikmat Rahmon” MChJ

moylash materiallari ishlab chiqarish

31.

“Good Food Organic” MChJ

margarin va sut mahsulotlari ishlab chiqarish

32.

“Top Oil” MChJ

yogʻ-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish

33.

“Mega Industrial Business” MChJ

xom yogʻli kislotalar ishlab chiqarish

34.

“Davr sovun industriyasi” MChJ QK

xoʻjalik sovuni ishlab chiqarish

2. Qandolatchilik, alkogolsiz pivo ichimliklar va boshqa mazali oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalari

Andijon viloyati

1.

“Andijon Pivo” MChJ

pivo ishlab chiqarish

Buxoro viloyati

2.

“Padost Grand” MChJ

qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish

Jizzax viloyati

3.

“Bonu shirinliklari” MChJ

qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish

Qashqadaryo viloyati

4.

“Koson global servis” MChJ

qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish

Namangan viloyati

5.

“Momik toy servis” MChJ

qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish

6.

“Norin Bottlers” MChJ

salqin ichimliklar ishlab chiqarish

7.

“Nestle Uzbekistan” MChJ QK

mineral suv ishlab chiqarish

Samarqand viloyati

8.

“Renesans dizayn” XK

qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish

9.

“Samarkand Golden Apple” MChJ

qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish

10.

“Shaxboz shirin” XK

qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish

11.

“Afrosiyob Shark shirinliklari” MChJ

qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish

12.

“Toji Samarkand lazzat mahsuloti” MChJ

qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish

Surxondaryo viloyati

13.

“Farovon invest Termi” MChJ

qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish

14.

“Surxon Lider Grand” MChJ

qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish

15.

“Boysun-Omonxona sharbati” MChJ

davolash-mineral suvi ishlab chiqarish

Sirdaryo viloyati

16.

“Sirdaryo non” XK

qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish

Toshkent viloyati

17.

“Inter Rohat” AJ QK

pivo va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish

18.

“Fatih-lazzat-Maya” MChJ QK

xamirturush ishlab chiqarish

19.

“Rossi S.A.” MChJ QK

qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish

20.

“Mehnat Pivo” MChJ

pivo ishlab chiqarish

21.

“Mexnat malt” MChJ

solod ishlab chiqarish

22.

“Angren shakar” MChJ XK

shakar ishlab chiqarish

23.

“Rossi plus” MChJ

qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish

24.

“Class Food servis” MChJ

qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish

25.

“Fayz dekor biznes” MChJ QK

qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish

26.

“Makas qandolat” MChJ

qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish

27.

“Sun Wine” MChJ

gazli ichimliklar ishlab chiqarish

28.

“Mehnat don” MChJ

un va non mahsulotlari ishlab chiqarish

Fargʻona viloyati

29.

“Zilol” MChJ

mineral suv ishlab chiqarish

Xorazm viloyati

30.

“Shirin” MChJ

qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish

Toshkent shahri

31.

“Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston LTD” QK*

alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish

32.

“UzBAT AO” QK*

tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish

33.

“Xorazm shakar” AJ QK

shakar ishlab chiqarish

34.

“Raupxon” MChJ

pivo ishlab chiqarish

35.

“Uzsarlsberg” MChJ XK

pivo ishlab chiqarish

36.

“Prime Industries Group” MChJ

qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish

37.

“International Beverage Tashkent” MChJ QK

alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish

38.

“Mir skazok” MChJ

qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish

39.

“Ideal cake” MChJ

qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish

40.

“Zebiniso Ona” MChJ

qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish

41.

“Fibber” MChJ

qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish

42.

“Zebiniso a`lo” MChJ

qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish

43.

“Tanamos Produstions” MChJ QK

ziravorlar va oziq-ovqat konsentratlarini ishlab chiqarish

44.

“Fayz Foundation” QK

qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish

45.

“Snacks Planet” MChJ

qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish

IV. Xizmat koʻrsatuvchi va boshqa korxonalar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

“Kungrat natriy sulfat” ShK

yodlangan osh tuzi va natriy sulfatini ishlab chiqarish

2.

“Kungrat sulfat natriy” QK

yodlangan osh tuzi va natriy sulfatini ishlab chiqarish

Andijon viloyati

3.

“Andijon moylash materiallari” MChJ

moylash materiallari ishlab chiqarish

Namangan viloyati

4.

“Uychi pokiza” MChJ

yuvish vositalari ishlab chiqarish

Xorazm viloyati

5.

“Taʼminot markazi” MChJ

korxonalarni yordamchi materiallar bilan taʼminlash

Toshkent shahri

6.

“Ilmiy tadqiqotchi” MChJ

ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazish

7.

“Oziqovqatsanoatloyiha” MChJ

korxonalarga loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash

8.

Oziq-ovqat mahsulotlarini nazorat qilish-ishlab chiqarish laboratoriyasi

laboratoriya tadqiqotlarini oʻtkazish

9.

“Ramzit” XK

texnik hujjatlarini ishlab chiqish

10.

“Technopak Sistems” MChJ

oʻraladigan qogʻoz va yorliqlar ishlab chiqarish

11.

“Ildiz” MChJ

omuxta yem ishlab chiqarish

12.

“Agromeat Productio” MChJ

goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarish

13.

“Oziq-ovqat sanoat ta`lim servis” nodavlat taʼlim muassasasi

malaka oshirish kurslarini tashkil etish

14.

“Oʻzagroeksport” AJITSK

yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Korxonaning ustav fondidagi davlat ulushi davlat ulushi sifatida “Oʻzoziqovqatsanoatxolding” xolding kompaniyasining ustav fondiga topshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 8-son, 74-modda, 15-son, 143-modda, 38-son, 448-modda; 2017-y., 2-son, 26-modda, 27-son, 608-modda, 35-son, 923-modda; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)