25.09.2013 yildagi 12-1307/5524-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yuritishni tugatish xolatlari mavjud boʻlmaganligi sababli ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi (bundan buyon matnda — adliya boshqarmasi) Markaziy xalqaro va davlat yoʻllarini saqlashga ixtisoslashtirilgan taʼmirlash foydalanish korxonasi (bundan buyon matnda — Markaziy XDAAYSITF) manfaatida xoʻjalik sudga daʼvo ariza bilan murojaat qilib, Sirdaryo davlat Oʻrmon xoʻjaligi (bundan buyon matnda — Oʻrmon xoʻjaligi)dan 27 427 996 soʻm zarar undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2013-yil 20-iyundagi ajrimi bilan xoʻjalik ishi boʻyicha ish yuritish tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror tomonidan keltirilgan protestda sud ajrimini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati protestda keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra sud ajrimini qisman bekor qilishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, Markaziy XDAAYSITF va Oʻrmon xoʻjaligi oʻrtasida 2011-yil 20-aprelda 42-sonli tuman hududidagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻylab koʻkalamzorlashtirish ishlarini bajarish toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan. Mazkur shartnomaga asosan Oʻrmon xoʻjaligi oʻz zimmasiga Markaziy XDAAYSITFning topshirigʻiga asosan yoʻl yoqasida koʻkalamzorlashtirish ishlarini bajarish maqsadida yer sharoitiga mos boʻlgan, sifatli va asoslangan narxlardagi daraxt va koʻchatlarni ekishi va ularni parvarishlash majburiyatini olishi, Markaziy XDAAYSITF esa bu ishlarni bajarilgan ishlar dalolatnomasi (F-2) asosida qabul qilib olish va ularga haq toʻlash majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar oʻrtasida tuzilgan F-2 dalolatnomasiga asosan manzarali va mevali koʻchat ekish ishlari uchun 36 395 756 soʻmlik hajmda koʻkalamzorlashtirish ishlari bajarilgan. Markaziy XDAAYSITF tomonidan bajarilgan ishlar uchun 30 000 000 soʻm oʻtkazib bergan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya boshqarmasi Markaziy XDAAYSITF manfaatida xoʻjalik sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, Oʻrmon xoʻjaligidan 27 427 996 soʻm asosiy qarz va 5 348 479 soʻm penya undirishni soʻragan (12 1201/12785(8)-sonli xoʻjalik ishi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2012-yil 6-sentabrdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo talablarini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli Adliya boshqarmasi Markaziy XDAAYSITF manfaatida yangi daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, Oʻrmon xoʻjaligidan 27 427 996 soʻm zarar undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 86-moddasining birinchi qismi, 2-bandiga koʻra umumiy sud, xoʻjalik sudining ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boʻlsa, xoʻjalik sudi ish yuritishni tugatishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi mazkur nizo yuzasidan 12-1201/12785(8)-sonli xoʻjalik ishi boʻyicha hal qiluv qarori mavjud deb hisoblab, ish yuritishni tugatib xatoga yoʻl qoʻygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 14-moddasining ikkinchi qismiga koʻra, zarar deganda, huquqi buzilgan shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim boʻlgan xarajatlari, uning mol-mulkining yoʻqolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar), shuningdek bu shaxs oʻz huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida olishi mumkin boʻlgan, lekin ololmay qolgan daromadlari (boy berilgan foyda) tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 163-sonli “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 19-bandiga koʻra, zararni qoplash bilan bogʻliq nizolarni hal etishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, zararga shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi munosabati bilan tarafning qilgan xarajatlari, mol-mulk yoʻqolishi yoki shikastlanishi, shuningdek agar ikkinchi taraf shartnoma majburiyatlarini bajarganda taraf olishi mumkin boʻlgan, lekin uning ololmay qolgan daromadlari, huquqi buzilgan shaxsning huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim boʻlgan xarajatlari ham kiradi (FK 14-moddasining ikkinchi qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi 2012-yil 6-sentabrdagi 12-1201/12249-sonli xoʻjalik ishida daʼvogar 27 427 996 soʻm asosiy qarzni va 5 348 479 soʻm penyani undirib berishni soʻragan boʻlsada, mazkur xoʻjalik ishida 27 427 996 soʻm yetkazilgan zararni undirishni soʻraganligiga va daʼvoning asosi boshqa ekanligiga huquqiy baho bermagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga asosan, sudlov hayʼati kassatsiya protestini qanoatlantirib, sudning ish yuritishni tugatish haqidagi ajrimni bekor qilishni va ishni mazmunan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni yangidan koʻrishda sud yuqorida qayd etilgan holatlarni muhokama qilib, ishda mavjud hujjatlarga huquqiy baho berib, moddiy va protsessual huquq normalari bilan asoslantirilgan qaror qabul qilishi lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 25-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-1307/5524-son