Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.04.2021 14.12.2000 yildagi 160-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.04.2021
Hujjat 24.02.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekistan Respublikasining 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-sonli “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun normativ-huquqiy hujjatlar tushunchasi, turlari va ularga qoʻyiladigan asosiy talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Normativ-huquqiy hujjat tushunchasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda belgilangan shaklda qabul qilingan, umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida qonun hujjatlari normalarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat normativ-huquqiy hujjat deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining turlari va ularga qoʻyiladigan asosiy talablar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi organlar yoki mansabdor shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi organlar yoki mansabdor shaxslar (bundan buyon matnda organlar deb yuritiladi) hisoblanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNING TURLARI VA OʻZARO NISBATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar normativ-huquqiy hujjatlar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlar qonun hujjatlari hisoblanadi va ular Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari majmuini tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari qonunlar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonun osti hujjatlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi soʻzsiz tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega va Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinadi hamda uning normalari va prinsiplariga zid kelishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yoki referendum oʻtkazish orqali qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun farmonlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq qarorlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari oʻz vakolatlari doirasida buyruqlar va qarorlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Nizomlar, qoidalar va yoʻriqnomalar tarzida qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar buyruq hamda qarorlar bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari bir necha vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari bilan birgalikda yoki ularning bittasi tomonidan boshqalari bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining tarmoq boʻlinmalari va hududiy organlari normativ-huquqiy tusdagi hujjatlar qabul qilishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida qarorlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, shuningdek, yuqori turuvchi mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida va ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning oʻzaro nisbati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turli normativ-huquqiy hujjatlarning yuridik kuchi boʻyicha oʻzaro nisbati Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning vakolatiga va maqomiga, shuningdek, hujjatlarning turlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjat oʻziga qaraganda yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlar bir-biriga toʻgʻri kelmagan hollarda yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjat qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Teng yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar bir-biriga toʻgʻri kelmagan hollarda keyinroq qabul qilingan hujjat qoidalari amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlik, davlat qoʻmitasi yoki idorasining ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini tartibga solish uchun maxsus vakolati boʻlsa, ushbu organ qabul qilgan hujjat bir xil darajadagi boshqa vazirlik, davlat qoʻmitasi yoki idorasining normativ-huquqiy hujjatiga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARGA QOʻYILADIGAN ASOSIY TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tayyorlanishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqayotgan organ, qoida tariqasida, loyihani tayyorlash yuzasidan komissiya tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini tayyorlashga manfaatdor davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning vakillari, ayrim fuqarolar jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organ normativ-huquqiy hujjatning loyihasini tayyorlashni davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga belgilangan tartibda topshirishi yoki shartnoma asosida buyurtma berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organ bir necha davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga muqobil loyihalar tayyorlashni topshirishga yoki ular bilan shartnomalar tuzishga, shuningdek, eng yaxshi loyiha uchun tanlovlar eʼlon qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotning alohida tarmoqlari, davlat boshqaruvining boshqa sohalariga doir normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini tayyorlashga tegishli tarmoqlar yoki boshqaruv sohalarining holati va rivojlanishi uchun masʼul boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari yoki idoralari jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash boʻyicha ishini muvofiqlashtirib turish, qonun hujjatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Normativ-huquqiy hujjatni tayyorlashda normativ-huquqiy hujjatning qoʻllanish amaliyotini hamda jamoatchilik fikrini oʻrganish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatni tayyorlashda loyihani ishlab chiquvchi organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha mavzusiga doir qonun hujjatlarining qoʻllanilish tajribasini oʻrganadi va hisobga oladi, huquqiy tartibga solishga boʻlgan jamoatchilik ehtiyojini, qonun hujjatlarining samaradorligiga taʼsir etuvchi sabablar va sharoitlarni aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari, shuningdek fuqarolarning takliflarini, ommaviy axborot vositalarining materiallarini, ilmiy muassasalar, olimlar va mutaxassislarning tavsiyalarini, jamoatchilik fikrini aniqlashning boshqa vositalari maʼlumotlarini umumlashtiradi va ulardan foydalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa davlatlardagi qonunchilik yoʻli bilan tartibga solish tajribasini hisobga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda umumxalq muhokamasiga qoʻyilishi mumkin. Boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari jamoatchilik yoki mutaxassislar muhokamasiga qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Normativ-huquqiy hujjatning loyihasini normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organga kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatning tayyorlangan loyihasi normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organga taqdimnoma bilan kiritiladi. Taqdimnomada hujjatni qabul qilishning zarurligi asoslab beriladi, uni ishlab chiquvchilar koʻrsatiladi, hujjat mazmunining qisqacha tavsifi beriladi, loyiha kelishilgan davlat organlari, shuningdek, tashkilotlarning roʻyxati keltiriladi, kelishmovchiliklarning mazmuni va ular haqidagi asosli fikr qisqacha bayon etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat boʻlganda, normativ-huquqiy hujjat loyihasiga uni asoslash uchun moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblar, statistikasi maʼlumotlari va boshqa axborotlar ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ekspertizasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy ekspertiza davomida normativ-huquqiy hujjatning loyihasi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonun hujjatlariga, shuningdek, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy ekspertiza normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlagan organning yoki normativ-huquqiy hujjatni qabul qiladigan organning yuridik xizmati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ xususiyatga ega boʻlgan qarorlari loyihalarining yuridik ekspertizasi viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(18-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kiritilgan loyihaning sifatiga baho berish uchun normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organning qaroriga binoan normativ-huquqiy hujjatning loyihasi boshqa xil (iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy-texnikaviy, ekologiya va oʻzga) ekspertizadan ham oʻtkazilishi mumkin. Ekspertlar sifatida tegishli loyihani tayyorlashda ilgari bevosita ishtirok etmagan tashkilotlar va shaxslar jalb etiladi. Ekspertiza oʻtkazish uchun boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan olimlar va mutaxassislar taklif etilishi mumkin. Ekspertlar normativ-huquqiy hujjatning loyihasiga baho berishda mustaqildir hamda ekspertiza oʻtkazishni topshirgan organning nuqtai nazari bilan bogʻliq emaslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Normativ-huquqiy hujjatning mazmuniga nisbatan qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatning matni loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etiladi. Normativ-huquqiy hujjatda foydalaniladigan tushunchalar va atamalar ularning amaldagi qonun hujjatlarida qabul qilingan mazmuniga muvofiq, turlicha sharhlash imkoniyatini istisno etadigan tarzda bir xilda qoʻllaniladi. Eskirgan hamda koʻp maʼnoni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatda uni amalga oshirishning huquqiy vositalari, shu jumladan moliyalashtirish manbalari, ragʻbatlantirish, mukofotlash va nazorat qilish chora-tadbirlari koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolarning majburiyatlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatda ushbu majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik choralari (agar bunday choralar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlmasa yoki maxsus hujjatda belgilanishi kerak boʻlmasa) nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatga uni qabul qilish sabablari va maqsadlarini tushuntirishdan iborat boʻlgan muqaddima kiritilishi mumkin. Normativ koʻrsatmalar muqaddimaga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlarda normativ koʻrsatmalar tartib raqamiga ega boʻlgan moddalar tarzida bayon etiladi. Qonunlarning moddalari qismlarga boʻlinishi mumkin. Moddalarning qismlarida bandlar, kichik bandlar va xatboshilar boʻlishi mumkin. Boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda normativ koʻrsatmalar tartib raqamiga ega boʻlgan bandlar tarzida bayon etiladi. Bandlar kichik bandlarga va xatboshilarga boʻlinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hajm jihatdan yirik normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun jihatdan yaqin boʻlgan moddalari (bandlari) paragraflar va boblarga birlashtiriladi. Zarur hollarda boblar boʻlimlarga va kichik boʻlimlarga birlashtirilishi mumkin. Boʻlimlar, kichik boʻlimlar, boblar va paragraflar sarlavhalarga va tartib raqamlariga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlarda qonun hujjatlariga kiritilayotgan yuridik, texnikaviy va boshqa maxsus atamalarning taʼriflari berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda normativ-huquqiy hujjatda yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning ayrim qoidalari mazkur hujjatlarga havola qilingan holda aynan takrorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlarda, qoida tariqasida, xuddi shunday yuridik kuchga ega boʻlgan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning normativ koʻrsatmalari qayta aynan takrorlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatning moddalarida (bandlarida) uning boshqa moddalariga (bandlariga), shuningdek, amaldagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, ularning ayrim qoidalariga havolalar normativ koʻrsatmalarning oʻzaro bogʻliqligini koʻrsatish zarurati boʻlgan hollarda yoki takrorlashlarga yoʻl qoʻymaslik uchun qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Normativ-huquqiy hujjatning rasmiy matnini imzo qoʻyib tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatning rasmiy matni quyidagi tarzda imzo qoʻyib tasdiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni — Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Raisi tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni — Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi tomonidan yoki uning topshirigʻiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari — hujjatni qabul qilgan organ rahbari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari — tegishli hokim tomonidan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarining rekvizitlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlar quyidagi rekvizitlarga ega boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatning turi va nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjat qabul qilingan joy, sana va hujjat raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni imzo qoʻyib tasdiqlashga rasman vakolati boʻlgan shaxslarning familiyasi, lavozimi va imzolari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan ilgari qabul qilingan hujjatlarni qayta koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga zarur oʻzgartirishlar yoki qoʻshimchalar kiritiladi hamda ilgari qabul qilingan barcha hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular yangi normativ koʻrsatmalarga zid boʻlsa yoxud yangi hujjat bilan toʻlaligicha qamrab olingan yoki amalda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, lekin rasman oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilmagan boʻlsa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilmogʻi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI EʼLON QILISH, ULARNING KUCHGA KIRISHI VA AMAL QILISHI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilishga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda eʼlon qilinishi kerak. Hammaning eʼtibori uchun rasman eʼlon qilinmagan qonun asosida hech kim sudlanishi, jazoga tortilishi yoki mol-mulkidan mahrum qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjat rasman bayon tarzida eʼlon qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjat rasman eʼlon qilinganda uning barcha rekvizitlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlarni norasmiy nashrlarda eʼlon qilishga, shuningdek ularni qonun hujjatlarining elektron maʼlumot tizimlari orqali tarqatishga bu hujjatlar rasmiy manbalarda eʼlon qilinganidan soʻng hamda barcha rekvizitlari, eʼlon qilingan rasmiy manbalari va kuchga kirish sanasini koʻrsatish sharti bilan ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Normativ-huququy hujjatlarni eʼlon qilishning rasmiy manbalari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi”, “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining toʻplami”, “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari eʼlon qilinadigan rasmiy manbalardir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami”, “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining toʻplami”, “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari eʼlon qilinadigan rasmiy manbalardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining toʻplami”, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning rasmiy nashrlari Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari eʼlon qilinadigan rasmiy manbalardir.
(25-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari mazkur organlarning rasmiy nashrlarida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, agar hujjatlarning oʻzida boshqa muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, rasman eʼlon qilinganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda kuchga kiradi va ular eʼlon qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari, agar hujjatning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddat ichida barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazilishi lozim. Normativ-huquqiy hujjatni manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazish normativ-huquqiy hujjat matni bilan moneliksiz (erkin) tanishish huquqini taʼminlovchi har qanday shaklda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Normativ-huquqiy hujjatning orqaga qaytish kuchi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun, u amalga kiritilishiga qadar yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan, agar bu hollar qonunda bevosita nazarda tutilgan boʻlsa, tatbiq etilishi mumkin. Agar qonun xatti-harakatlar sodir etilgan paytda javobgarlikka sabab boʻlmagan yoki yengilroq javobgarlikka sabab boʻlgan xatti-harakatlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarning javobgarligini belgilash yoki kuchaytirishni nazarda tutsa yoxud yuridik va jismoniy shaxslarga moddiy zarar keltirsa, qonunga orqaga qaytish kuchini berish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Normativ-huquqiy hujjatning amal qilish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjat, agar uning matnida boshqa izoh berilmagan boʻlsa, muddatsiz amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjat amal qilishining vaqtinchalik muddati butun hujjat uchun yoki uning qismlari uchun belgilanishi mumkin. Bunday holda unda hujjat (yoki uning qismi) qaysi muddatga yoki qanday hodisa yuz berguniga qadar oʻz kuchini saqlab qolishi koʻrsatilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ belgilangan muddat tugaguniga yoki hodisa yuz berguniga qadar hujjatning amal qilinishini yangi muddatga, boshqa hodisa yuz berguniga qadar uzaytirish toʻgʻrisida yoki hujjatga muddatsiz tus berish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning shaxslar doirasi boʻyicha amal qilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslariga, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet ellik yuridik shaxslarga, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Normativ-huquqiy hujjat amal qilishining tugatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) quyidagi hollarda amal qilishini tugatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) moʻljallangan muddat tugaganda yoki hodisa boshlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) qonunda belgilangan tartibda konstitutsiyaviy emas deb topilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjat qonunda nazarda tutilgan hollarda bekor qilinganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash normativ-huquqiy hujjatda noaniqliklar topilgan, u amaliyotda notoʻgʻri yoki mantiqqa zid tarzda qoʻllanilgan hollarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq qonunlarning normalariga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sharh beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun osti hujjatlariga ularni qabul qilgan organlar rasmiy sharh beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sharhlash jarayonida normativ-huquqiy hujjatlarga tuzatishlar, qoʻshimchalar va aniqlashtiruvchi normalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni muntazam nashr etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi organlar normativ-huquqiy hujjatlarning toʻplamlari va majmualarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nashr etadi yoxud ularni boshqa organlar va tashkilotlar nashr etishi toʻgʻrisida topshiriqlar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarning bir tizimga solingan majmualarini nashr etadi, majmualarni nazorat holatida saqlaydi, ularga qoʻshimchalar nashr etadi, ularni qayta nashr etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat tomonidan hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat tomonidan hisobga olish bunday hujjatlarni markazlashgan tarzda yigʻish va roʻyxatga olishdan, ularning fondlarini hamda bu hujjatlar haqidagi markazlashgan axborotlarni yaratish va nazorat holatida saqlab turishdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarini davlat tomonidan hisobga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 14-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
160–II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 8-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)