Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 05.02.2016 yildagi 30-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida yoshlar taʼlim-tarbiyasi va xotin-qizlar oʻrtasida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxshilash, mahalla fuqarolar yigʻinlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, milliy gʻoya targʻibotini kuchaytirish orqali taʼlim-tarbiyasini yanada yaxshilash, oilada maʼnaviy-axloqiy muhitni shakllantirish, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda mahalla fuqarolar yigʻinlari rolini oshirish, xotin-qizlar va oila muammosini izchil oʻrganish hamda maʼnaviy dunyoqarashni sogʻlomlashtirishga doir tadbirlarni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi va Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining Moliya vazirligi bilan kelishilgan taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taklifga koʻra joriy yilda eksperiment tariqasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrining Olmazor va Shayxontohur tumanlarida joylashgan umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalaridagi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlangʻich tashkiloti yetakchilariga “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati mablagʻlari hisobidan umumtaʼlim maktablarida mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2,46 barobari miqdorida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2,81 barobari miqdorida ustama ish haqi toʻlanishini belgilash;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi yuqori natijalarga erishgan, samarali mehnat qilgan mahalla fuqarolar yigʻinlari raislarini Toshkent shahar mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan bir lavozim maoshi miqdorida, lekin yiliga lavozim maoshining 5 barobaridan oshmaydigan miqdorda qoʻshimcha ravishda ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalla” xayriya jamoat fondi huzurida Olmazor, Shayxontohur va Uchtepa tumanlarida tashkil etilgan Ayollar maslahat markazlari faoliyatining ijobiy natijalaridan kelib chiqib, Toshkent shahar mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan Toshkent shahrining boshqa tumanlarida ham ushbu markazlarni tashkil etish va ularning faoliyatini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligining oʻz vazifalarini vijdonan va masʼuliyat bilan bajarayotgan respublikadagi tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassislarini, profilaktika (katta) inspektorining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida bir yilda:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 346-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oylik mehnat haqi fondi miqdoridagi mablagʻlarni yoʻnaltirgan holda mukofotlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oylik ish haqi fondining 50 foizi miqdoridagi mablagʻlarni yoʻnaltirgan holda moddiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam koʻrsatish fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislarining takliflariga binoan, raislarini esa — “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi raisi takliflariga koʻra fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish tuman kengashlari qarori asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksperiment oʻtkazilayotgan taʼlim muassasalaridagi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlangʻich tashkiloti yetakchilarini yoshi 35 yoshgacha boʻlgan, oliy maʼlumotli, ish faoliyatida yuqori natijalarga erishgan, yetakchilik va tashkilotchilik qobiliyatiga ega boʻlgan iqtidorli yoshlar orasidan belgilangan tartibda saylash boʻyicha vaqtinchalik tartibni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlangʻich tashkilotlar yetakchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tizimli monitoring tashkil etib, yosh avlod qalbi va ongiga ona Vatanga muhabbat, milliy istiqlol gʻoyasiga sadoqat ruhini singdirish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahar hokimligi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda mahalla fuqarolar yigʻinlari raislarining ish faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini belgilashni va ular asosida mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari umumiy sonining 75 foizidan koʻp boʻlmagan qismini fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman kengashlari qarorlari asosida qoʻshimcha ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi tartibni ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan ajratilayotgan mablagʻlar hisobidan mahalla fuqarolar yigʻinlarining faol va tashabbuskor raislari hamda boshqa xodimlariga mukofot va ustamalar belgilashning amaldagi mexanizmlaridan keng foydalansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent shahar hokimligi va Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼnaviyat targʻibot markazi Toshkent shahar va tuman boʻlimlarini Toshkent shahar mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazning Toshkent shahar tuman boʻlimlarining xodimlarini bir oylik maoshi miqdorida qoʻshimcha ragʻbatlantirish hamda samarali targʻibot va tashviqot ishlarini amalga oshirishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish, ularni uslubiy qoʻllanmalar bilan taʼminlash choralarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahrining 2016-yilgi mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan jami 2,2 mlrd soʻm, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalla” xayriya jamoat fondining Toshkent shahar boʻlimiga — Toshkent shahridagi mahalla fuqarolar yigʻinlari raislarini qoʻshimcha ragʻbatlantirish uchun 1,0 mlrd soʻmgacha va Ayollar maslahat markazlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun 700,0 mln soʻmgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼnaviyat targʻibot markazi shahar boʻlimiga — shahar va tuman boʻlimlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun 500,0 mln soʻmgacha mablagʻlarni ajratish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toshkent shahrida eksperiment tarzida oʻtkaziladigan tadbirlarni moliyalashtirish hisob-kitobi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta-maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va Maʼnaviyat targʻibot markazi 2016-yil 1-avgustgacha eksperiment natijalarini oʻrganib, tegishli xulosa va takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.Y. Xodiyev va Toshkent shahar hokimi R.J. Usmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 5-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 6-son, 53-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/327/1173-son; 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)