Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.10.2017 05.02.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2761
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.10.2017
Hujjat 08.02.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport hakamlari va sport hakamlarining malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 5-fevralda 2761-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 2-oktabrdagi 9-mh-sonli “Sport hakamlari va sport hakamlarining malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2761-1, 27.10.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sport hakamlari va sport hakamlarining malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2011-yil 23-dekabrdagi 1165-sonli “Sport hakamlari va sport hakami toifalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2324, 2012-yil 6-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 6-son, 66-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir B. AXMEDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 6-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-son

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2016-yil 6-yanvardagi 27-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport hakamlari va sport hakamlarining malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, sport hakamlarining vazifalarini, huquq va majburiyatlarini, sport hakamlarining malaka toifalarini berish tartibini hamda malaka toifalarini berish uchun bajarilishi zarur boʻlgan talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari hamda Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport hakami — sport turi qoidalariga hamda sport musobaqasi toʻgʻrisidagi nizomga (reglamentga) rioya etilishini taʼminlash uchun jismoniy tarbiya yoki sport tadbiri tashkilotchisi tomonidan vakolat berilgan, maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli malaka toifasini olgan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport turi — jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyat turi boʻlib, u insonning sport musobaqalariga oʻziga xos tarzda tayyorgarlik koʻrishi bilan ajralib turadi, sport musobaqalarini oʻtkazish va ularda ishtirok etishga doir talablar, tartib va shartlar belgilanadigan qoidalarga, nizomga (reglamentga) ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport hakami malaka toifasi (bundan buyon matnda malaka toifasi deb yuritiladi) — sport turi boʻyicha sport hakamining malakaviy darajasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sport hakamlariga qonun hujjatlariga asosan ilgari berilgan malaka toifalari Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalqaro toifali sport boʻyicha hakam” malaka toifasi — “Xalqaro toifali sport hakami” malaka toifasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Milliy toifali sport boʻyicha hakam” malaka toifasi — “Milliy toifali sport hakami” malaka toifasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oliy toifali sport boʻyicha hakam” malaka toifasi — “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“I toifali sport boʻyicha hakam” malaka toifasi — “Ikkinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sport boʻyicha hakam” malaka toifasi — “Uchinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Sport hakami. Sport hakamining vazifalari hamda huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sport hakami maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli malaka toifasini olgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sport hakami hakamlik faoliyatini jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari, (sport-texnika tashkilotlari, jismoniy tarbiya-sport jamiyatlari, sport klublari, sport tayyorgarligi markazlari), sport federatsiyalari (uyushmalari) (jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari), sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantiruvchi tashkilotlar, jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi taʼlim muassasalari, ixtisoslashtirilgan sport-taʼlim muassasalarida yoki xalqaro sport tashkilotlarida amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar sport hakamining vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport musobaqalarini xalqaro sport tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan qoidalarga, sport turi qoidalariga hamda sport musobaqasi toʻgʻrisidagi nizomga (reglamentga) muvofiq yuqori darajada tashkillashtirish va ularda hakamlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport musobaqalarida xalqaro sport tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan qoidalarga, sport turi qoidalariga hamda sport musobaqasi toʻgʻrisidagi nizomga (reglamentga) rioya etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini jismoniy tarbiya mashgʻulotlariga jalb etish va aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport turi boʻyicha sport hakami kasbiga yosh mutaxassislarni jalb qilish va ularning bu boradagi malakasini oshirishda qatnashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar sport hakamining huquqlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport musobaqalarida hakamlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport hakami malaka toifasiga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport hakami malaka toifasini oshirib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport hakami qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sport musobaqalarida faol ishtirok etganligi va xolisona hakamlik qilganligi uchun sport hakamlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport musobaqalari tashkilotchisi tomonidan sertifikatlar, diplomlar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ tomonidan yilning eng yaxshi sport hakami sifatida tan olinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat yuritayotgan tashkiloti tomonidan sport hakami malaka toifasini (navbatdagi sport hakami malaka toifasini) olishga tavsiya etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar sport hakamining majburiyatlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli sport turi boʻyicha xalqaro sport tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan qoidalar, sport turi qoidalari hamda sport musobaqasi toʻgʻrisidagi nizomlarni (reglamentlarni) bilish va ularning talablariga qatʼiy rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport musobaqalarini yuqori darajada oʻtkazishga koʻmaklashish va sport musobaqasini oʻtkazish davrida yuzaga kelgan masalalarga xolisona yondashish hamda ularga oʻz vaqtida baho berish va yechimini topish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori madaniyatni va hamjihatlikni namuna qilib koʻrsatish, shuningdek qoʻpollik, tartibsizlik, ishtirokchilar (sportchilar, trenyerlar, vakillar, tomoshabinlar) tomonidan sport turlari qoidalari va umumeʼtirof etilgan axloq etikasi qoidalari buzilishining oldini olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport turi boʻyicha sport hakamiga qonun hujjatlarida boshqa majburiyatlar ham belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sport hakami oʻz vazifalarini va majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganda yoki umuman bajarmaganda unga nisbatan quyidagi taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport musobaqasi hakamligidan chetlashtirish (sport musobaqalari tashkilotchisi tomonidan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport hakami malaka toifasini pasaytirish yoki undan mahrum etish haqida ogohlantirish (vakolatli organ tomonidan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport hakami malaka toifasini pasaytirish (vakolatli organ tomonidan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport hakami malaka toifasidan mahrum etish (vakolatli organ tomonidan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport hakamiga nisbatan qoʻllanilgan taʼsir choralari sport hakami kitobchasida qayd etib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sport hakami oʻz vazifalari va majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganda yoki umuman bajarmaganda tegishli tashkilotlar (sport musobaqalari tashkilotchisi, sport hakami faoliyat yuritayotgan tashkilot) taqdimnomasiga asosan uning harakatlari sport hakamlari hayʼatlarida yoki sport federatsiyalari (uyushmalari)da koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Sport hakami malaka toifasini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sport hakamiga sport turlari reyestriga kiritilgan sport turlari boʻyicha quyidagi malaka toifalari beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalqaro toifali sport hakami”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Milliy toifali sport hakami”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Birinchi toifali sport hakami”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ikkinchi toifali sport hakami”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uchinchi toifali sport hakami”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sport boʻyicha hakam”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Xalqaro toifali sport hakami” malaka toifasi sport turi boʻyicha tegishli xalqaro sport tashkiloti tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Milliy toifali sport hakami” va “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifalari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha “Milliy toifali sport hakami” va “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifalari Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “Ikkinchi toifali sport hakami”, “Uchinchi toifali sport hakami” va “Sport boʻyicha hakami” malaka toifalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha “Ikkinchi toifali sport hakami”, “Uchinchi toifali sport hakami” va “Sport boʻyicha hakam” malaka toifalari Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Malaka toifasi “Sport boʻyicha hakam” malaka toifasidan boshlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “Sport boʻyicha hakam” malaka toifasiga ega boʻlgan shaxsga navbatdagi malaka toifasi beriladi. Bunda “Sport boʻyicha hakam” malaka toifasiga ega boʻlmagan shaxsga “Uchinchi toifali sport hakami” malaka toifasini, “Uchinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega boʻlmagan shaxsga “Ikkinchi toifali sport hakami” malaka toifasini, “Ikkinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega boʻlmagan shaxsga “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasini, “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega boʻlmagan shaxsga “Milliy toifali sport hakami” malaka toifasini berish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. “Sport boʻyicha hakam” malaka toifasi maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkazilgan sport musobaqalarida hakamlik qilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. “Uchinchi toifali sport hakami” malaka toifasi “Sport boʻyicha hakam” malaka toifasiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkazilgan sport musobaqalarida hakamlik qilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi. Bunda “Sport boʻyicha hakam” malaka toifasi berilganiga kamida 1 yil oʻtgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. “Ikkinchi toifali sport hakami” malaka toifasi “Uchinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkazilgan sport musobaqalarida hakamlik qilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi. Bunda “Uchinchi toifali sport hakami” malaka toifasi berilganiga kamida 2 yil oʻtgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasi “Ikkinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkazilgan sport musobaqalarida, shu jumladan rasmiy sport musobaqalarida (Oʻzbekiston Respublikasi chempionati, kubogi yoki birinchiligi maqomiga va nomiga ega boʻlgan sport musobaqalarida) hakamlik qilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi. Bunda “Ikkinchi toifali sport hakami” malaka toifasi berilganiga kamida 2 yil oʻtgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. “Milliy toifali sport hakami” malaka toifasi “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkazilgan sport musobaqalarida, shu jumladan rasmiy sport musobaqalarida (Oʻzbekiston Respublikasi chempionati, kubogi yoki birinchiligi maqomiga va nomiga ega boʻlgan sport musobaqalarida) hakamlik qilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi. Bunda “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasi berilganiga kamida 3 yil oʻtgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Malaka toifasini olish uchun bajarilishi lozim boʻlgan talablar (normalar) talabgor tomonidan bajarilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Malaka toifasini (navbatdagi malaka toifasini) olish istagini bildirgan shaxslar (bundan buyon matnda talabgor deb yuritiladi) tegishli vakolatli organga faoliyat yuritayotgan tashkiloti orqali murojaat etishga haqli. Bunda talabgor faoliyat yuritayotgan tashkilot tomonidan tegishli vakolatli organga talabgorga malaka toifasini (navbatdagi malaka toifasini) berish boʻyicha taqdimnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sport boʻyicha hakam” malaka toifasini berish boʻyicha taqdimnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning fuqarolik pasporti nusxasi;

talabgorning 3 x 4 sm oʻlchamdagi rangli fotosurati (4 dona);

talabgorga nisbatan tavsifnoma (talabgor faoliyat yuritayotgan tashkilot rahbari tomonidan imzolangan holda);

talabgor tomonidan “Sport boʻyicha hakam” malaka toifasini olish uchun bajarilishi lozim boʻlgan talablar (normalar) bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatdagi malaka toifasini berish boʻyicha taqdimnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning fuqarolik pasporti nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning 3 x 4 sm oʻlchamdagi rangli fotosurati (4 dona);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorga nisbatan tavsifnoma (talabgor faoliyat yuritayotgan tashkilot rahbari tomonidan imzolangan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport hakami kitobchasining (har bir betidan) nusxasi (talabgor faoliyat yuritayotgan tashkilot tomonidan tasdiqlangan holda) (agar avval berilgan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor tomonidan tegishli malaka toifasini olish uchun bajarilishi lozim boʻlgan talablar (normalar) bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (agar unga avval sport hakami kitobchasi berilmagan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport hakami guvohnomasi (agar avval berilgan boʻlsa) nusxasi yoxud sport hakami malaka toifasiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Malaka toifasini (navbatdagi malaka toifasini) berish boʻyicha taqdimnoma vakolatli organ tomonidan tuzilgan Malaka toifalarini berish komissiyasi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) majlislarida 3 kun ichida koʻrib chiqiladi va natijasi boʻyicha talabgorga malaka toifasini (navbatdagi malaka toifasini) berish yoki berishni rad etish boʻyicha qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Komissiya tegishli vakolatli organning qarori bilan bir yilga tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya kamida 7 nafar aʼzodan iborat boʻladi va uning tarkibiga vakolatli organning rahbari yoki uning oʻrinbosari (komissiya raisi), vakolatli organning tegishli tarkibiy tuzilmasi masʼul xodimi (komissiya kotibi), shuningdek tegishli sport turi boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari), jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari, jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi taʼlim muassasalari, ixtisoslashtirilgan sport-taʼlim muassasalari hamda sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantiruvchi tashkilotlarining sport sohasidagi mutaxassislari kelishuv asosida kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, komissiya ish faoliyatiga boshqa tashkilotlarning mutaxassislari kelishuv asosida taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Komissiya majlisida koʻrib chiqish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlash, komissiya majlisini tashkillashtirish va majlisda komissiya aʼzolarining hozir boʻlishini taʼminlash komissiya kotibiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdimnomaga ilova qilingan hujjatlarda kamchilik aniqlangan taqdirda, komissiya kotibi talabgorni bu haqda xabardor qilib, ishchi tartibda kamchiliklarni bartaraf qilish choralarini koʻrishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Komissiyasining majlislari har chorakda bir marta oʻtkaziladi. Komissiyaning navbatdan tashqari majlislari zarurat boʻlgan taqdirda, komissiya raisi tomonidan chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Komissiya majlisi unda komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi, shu jumladan komissiya raisi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Komissiya qarorlari uning aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovoz berish ochiq usulda oʻtkaziladi. Komissiyaning har bir aʼzosi bitta ovozga ega boʻladi. Ovozlar teng boʻlganda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va komissiya raisi hamda aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qaroriga rozi boʻlmagan komissiya aʼzosi oʻz mulohazasini yozma ravishda bayon qilib komissiya qaroriga ilova qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qarori imzolangan kuni u vakolatli organning tegishli tarkibiy tuzilmasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Vakolatli organ komissiya qaroriga asosan talabgorga malaka toifasini (navbatdagi malaka toifasini) beradi yoki berish rad etilganligi haqida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sport boʻyicha hakam” malaka toifasi berilganda talabgorga malaka toifasiga xos sport hakami guvohnomasi hamda sport hakami kitobchasi rasmiylashtirib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatdagi malaka toifasi berilganda talabgorga malaka toifasiga xos sport hakami guvohnomasi beriladi. Agar talabgorda sport hakami malaka toifasi boʻla turib sport hakami kitobchasi boʻlmasa (avval berilmagan boʻlsa), unga bir yoʻla sport hakami kitobchasi ham rasmiylashtirib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ talabgorga sport hakami guvohnomasini (sport hakami kitobchasini) komissiya qarori chiqarilgan kundan boshlab 5 kun ichida rasmiylashtirib berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qarorida talabgorga malaka toifasini (navbatdagi malaka toifasini) berish rad etilgan taqdirda, vakolatli organ bu haqda talabgorni komissiya qarori chiqarilgan kundan boshlab 3 kun ichida xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Sport hakami guvohnomasi va sport hakami kitobchasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Sport hakami guvohnomasi sport hakamining tegishli malaka toifasiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Sport hakami guvohnomasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnomani bergan tashkilot nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnomaning seriyasi va tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport hakamining F.I.O.;

sport hakamining fotosurati;

sport turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport hakamiga berilgan malaka toifasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka toifasi berilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka toifasini berish uchun asos boʻlgan hujjatning qabul qilingan sanasi va soni koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma vakolatli organ rahbari yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolangan, imzo esa, vakolatli organ muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Sport hakami kitobchasi sport hakami haqida, shuningdek uning hakamlik faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari va erishgan yutuqlari haqidagi maʼlumotlarni qayd etib borish uchun beriladigan hujjat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Sport hakami kitobchasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitobchani bergan tashkilot nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport hakamining F.I.O.;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport hakamining fotosurati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitobcha berilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport hakamiga berilgan malaka toifalari (malaka toifasini berish uchun asos boʻlgan hujjatning qabul qilingan sanasi va soni);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport hakamining hakam sifatida qatnashgan musobaqalari haqida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport hakami tomonidan malaka toifasini (navbatdagi malaka toifasini) olish uchun bajarishi zarur boʻlgan talablar (normalar)ni bajarganligi haqida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport hakamiga nisbatan qoʻllanilgan taʼsir choralari haqida maʼlumot koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Malaka toifasini olish uchun bajarilishi lozim boʻlgan talablar (normalar)ni tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Malaka toifasini olish uchun bajarilishi lozim boʻlgan talablar (normalar) tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan sport turlari reyestriga kiritilgan sport turlari boʻyicha Olimpiya (paralimpiya, surdlimpiya) oʻyinlari oʻtkazilish davriyligini inobatga olgan holda 4 yilga tuziladi va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligiga taqdim etiladi. Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha malaka toifasini olish uchun bajarilishi lozim boʻlgan talablar (normalar) Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi tomonidan tuziladi va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Malaka toifasini olish uchun bajarilishi lozim boʻlgan talablar (normalar)da belgilangan tartibda sport turlari reyestriga kiritilgan har bir sport turi (sport turi guruhi) boʻyicha alohida-alohida va beriladigan malaka toifalari boʻyicha alohida-alohida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Malaka toifasini olish uchun bajarilishi lozim boʻlgan talablar (normalar) mazkur Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga zid boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Sport hakamining malaka toifasini pasaytirish yoki uni malaka toifasidan mahrum etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Sport hakami oʻz vazifalari va majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganda yoki umuman bajarmaganda va uning harakatlari sport hakamlari hayʼatlarida yoki sport federatsiyalari (uyushmalari)da koʻrib chiqilishi natijasida uning malaka toifasini pasaytirish yoxud uni malaka toifasidan mahrum etish boʻyicha qaror qabul qilinganda, sport hakamlari hayʼatlari yoki sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan vakolatli organga sport hakamining malaka toifasini pasaytirish yoxud uni malaka toifasidan mahrum etish boʻyicha taqdimnoma kiritiladi. Taqdimnomada sport hakamining harakatlari toʻliq va asosli bayon etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Taqdimnoma komissiyaning navbatdagi majlisida mazmunan koʻrib chiqiladi va natijasi boʻyicha komissiya tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport hakamining malaka toifasini pasaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport hakamini malaka toifasidan mahrum etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport hakamining malaka toifasini pasaytirish yoki uni malaka toifasidan mahrum etish haqida ogohlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdimnomani rad etish haqida qaror qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Vakolatli organ komissiya qarori chiqarilgan kundan boshlab 3 kun ichida sport hakamini va taqdimnomani yuborgan tashkilotni bu haqda xabardor qiladi. Bunda komissiya tomonidan taqdimnoma rad etilgan taqdirda faqat uni yuborgan tashkilot xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka toifasi pasaytirilgan (malaka toifasidan mahrum etilgan) sport hakami unga avval berilgan sport hakami guvohnomasini vakolatli organga topshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka toifasi pasaytirilgan sport hakamiga tegishli malaka toifasiga xos sport hakami guvohnomasi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Sport hakami malaka toifasidan mahrum etilganda yoki uning malaka toifasi pasaytirilganda u mazkur Nizomda belgilangan tartibda malaka toifasini (navbatdagi malaka toifasi) qayta olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Sport hakamlarining hisobini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Malaka toifasiga ega boʻlgan sport hakamlari tegishlicha vakolatli organlar tomonidan ularda yuritiladigan sport hakamlarini hisobga olish jurnalida hisobga olib borilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Sport hakamlarini hisobga olish jurnalida sport hakami haqidagi quyidagi maʼlumotlar kiritilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport hakamining F.I.O.;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport hakamining yashash joyi va telefon raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport hakamiga berilgan malaka toifalari (malaka toifasi berilganligini tasdiqlovchi hujjatning sanasi va raqami);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport hakamiga berilgan guvohnoma raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport hakamiga rasmiylashtirilgan jildning tartib raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Vakolatli organ tomonidan har bir sport hakami boʻyicha alohida jild yuritiladi. Ushbu jildda sport hakamiga oid barcha hujjatlar jamlab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Komissiya qaroridan norozi boʻlgan shaxslar boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi vakolatli organga yoxud bevosita sudga shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 30-dekabr

Mudofaa vaziri Q. BERDIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 30-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 30-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 30-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisi R. NIYAZOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 30-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 5-son, 51-modda)