28.05.1996 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Gruziya oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm qilingan shaxslarning jazoni oʻzlari fuqarolari boʻlgan davlatda oʻtashlari uchun oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Gruziya, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb nomlanadilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror topgan oʻzaro ishonch va hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga amal qilib, jazoni oʻzlari fuqarolari boʻlgan davlatda oʻtash jazoning yanada samarali maqsadlariga erishishga koʻmaklashishini hisobga olib, insonparvarlik tamoyillaridan kelib chiqib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlardan har birining boshda Tomon hududida ozodlikdan mahrum etilgan fuqarolari, oʻzaro kelishuvga koʻra, jazoni oʻtash uchun oʻzlari fuqarolari boʻlgan oʻsha Tomonga oʻtkaziladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hukm qilingan shaxsni jazoni oʻtash uchun hukm qonuniy kuchga kirgandan soʻng va agar hukmni ijro etuvchi Tomon hukmning ijrosini kafolatlasa oʻtkazish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jazoni oʻtash uchun oʻz fuqarosi boʻlgan Tomonga oʻtkazilgan hukm qilingan shaxs shu qilmishi uchun yangidan jinoiy javobgarlikka tortilmasligi kerak, mazkur Shartnomaning 10-moddasida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Hukm qilingan shaxsni oʻtkazishni rad etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm qilingan shaxs quyidagi hollarda oʻtkazilmaydi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) hukm qilingan shaxs oʻz fuqarosi hisoblangan Tomonning qonuni boʻyicha u hukm qilingan qilmish jinoyat hisoblanmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) uzoq muddat oʻtishi oqibatida yoki ushbu Tomon qonunida nazarda tutilgan boshqa xil asoslarga koʻra oʻz fuqarosi boʻlgan Tomon hududida jazoni ijro etish mumkin boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) agar hukm qilingan shaxs oʻz fuqarosi hisoblangan Tomon hududida sodir etgan qilmishi uchun jazo olgan boʻlsa yoki oqlangan boʻlsa, yoxud ish toʻxtatilgan boʻlsa, agar shaxs shu Tomonning vakolatli muassasasi tomonidan jazodan ozod etilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) hukm qilingan shaxs sud hukm chiqargan Tomon hududida doimiy turar joyga ega boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) hukm qilingan shaxsni ushbu Shartnomada nazarda tutilgan shartlarda oʻtkazish toʻgʻrisida kelishuvga erishilmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) agar jinoyatchilik bilan keltirilgan moddiy zarar undirib olinmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) hukm qilingan shaxsni oʻtkazish sud hukm chiqargan Tomonning yoki hukmni ijro etuvchi Tomonning manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Hukm qilingan shaxsni oʻtkazish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hukm qilingan shaxsni oʻz fuqarosi boʻlgan davlatga oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qoʻzgʻatish uchun sud tomonidan yoki hukmni ijro etuvchi Tomonning vakolatli organi tomonidan hukm qilingan shaxsning Tomonning vakolatli organiga bergan arizasi asos boʻlib xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday ariza bilan hukm qilingan shaxsning qarindosh-urugʻlari ham murojaat qilishlari yoki qonuniy vakil murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sud hukm chiqargan Tomon hukm qilingan shaxsning, uning qarindosh-urugʻlarining yoki qonuniy vakilning arizasini koʻrib chiqadi va ish yuzasidan ijobiy qaror qabul qilingan hollarda u hukm qilingan shaxs fuqarosi boʻlgan Tomonga hukm qilingan shaxsni oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomani va mazkur Shartnoma shartlariga muvofiq zarur hujjatlarni yuboradi. Qarindosh-urugʻlar yoki qonuniy vakilning arizasi yuzasidan qaror qabul qilish maqsadida hukm qilingan shaxsning oʻzining oʻtish uchun roziligini olish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Oʻtish toʻgʻrisida murojaat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm qilingan shaxsni jazoni oʻtash uchun oʻtkazish maqsadida sud hukm chiqargan Tomonning vakolatli muassasasi hukm qilingan shaxs fuqarosi boʻlgan Tomonning vakolatli muassasasiga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat yozma holda tuziladi. Murojaatnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) hukm qilingan shaxs, uning qarindosh-urugʻlari yoki qonuniy vakil arizasining tasdiqlangan nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) hukmning guvohlantirilgan nusxasi yoki ish yuzasidan mavjud boʻlgan yuqori turuvchi sud pogʻonalarining qarorlari, hukmning qonuniy kuchga kirishi toʻgʻrisidagi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) hukm qilingan shaxs tomonidan oʻtab boʻlingan jazoning qismi va bundan keyin oʻtalishi kerak boʻlgan qismi toʻgʻrisidagi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) agar qoʻshimcha jazo tayinlangan boʻlsa, uni bajarish toʻgʻrisidagi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) uning asosida shaxs hukm qilingan jinoyat qonuni moddalarining matni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) hukm qilingan shaxsning fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) murojaatnomaning tasdiqlangan tarjimasi va unga ilova qilingan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) murojaatnoma yuzasidan qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa hujjatlar yoki ularning tasdiqlangan nusxalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur boʻlgan hollarda hukm qilingan shaxs fuqarosi hisoblangan Tomonning vakolatli muassasalari qoʻshimcha hujjatlar va maʼlumotlarni soʻrab olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Oʻtkazish toʻgʻrisidagi murojaatnomaga nisbatan qaror
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hukm qilingan shaxs fuqarosi boʻlgan Tomonning vakolatli muassasasi sud hukm chiqargan Tomonning vakolatli muassasasini iloji boricha qisqa muddatda mazkur Shartnomada nazarda tutilgan shartlarda hukm qilingan shaxsni qabul qilishga roziligi yoki uni rad etishi toʻgʻrisida xabardor qilib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hukm qilingan shaxsni oʻtkazish toʻgʻrisidagi murojaatni qondirishni rad etish tegishli sabablar bilan asoslaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Hukm qilingan shaxsni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sud hukm chiqargan Tomon va hukm qilingan shaxs fuqarosi boʻlgan Tomon hukm qilingan shaxsni hukm ijro etiladigan Tomonga oʻtkazish vaqti, joyi va tartibi toʻgʻrisida oʻzaro kelishib oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hukm qilingan shaxsni oʻtkazish tartibi Tomonlarning vakillari tomonidan tasdiqlanadigan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ikki nusxadagi protokolni tuzishdan iborat boʻladi. Zarur boʻlganda hukm qilingan shaxsni olish uchun Tomonlar vakillarining vakolatlari Tomonlar oʻrtasidagi dastlabki ahdlashuvlarga muvofiq tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Jazoni ijro etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hukm qilingan shaxsga tayinlangan jazo u hukm qilingan Tomon hududidagi sud hukmi asosida oʻtaladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm qilingan shaxs fuqarosi hisoblangan Tomonning sudi, chiqarilgan hukmdan kelib chiqib, shu Tomon qonuniga koʻra hukm boʻyicha belgilanganidek muddatga ozodlikdan mahrum qilishni belgilab uni ijro etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar hukm qilingan shaxs fuqarosi hisoblangan Tomonning qonuniga koʻra ushbu qilmish uchun ozodlikdan mahrum etishning cheklangan muddati hukm boʻyicha tayinlangan muddatdan kam boʻlsa, sud xuddi shu qilmishni sodir etganlik uchun shu Tomonning qonunida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum etishning eng koʻp muddatini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm qilingan shaxs fuqarosi hisoblangan Tomonning qonuniga koʻra mazkur qilmishni sodir etganlik uchun jazolash sifatida ozodlikdan mahrum etish nazarda tutilmagan hollarda, sud jazoni shu Tomon qonuniga koʻra hukm boʻyicha tayinlanganidan koʻra qilmishiga yarasha koʻproq belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sud hukmi bilan Tomonning hududida hukm qilingan shaxs oʻtagan jazoning bir qismi jazo muddatiga hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hukm boʻyicha tayinlangan qoʻshimcha jazo, agar u ijro etilmagan boʻlsa, agar sodir etilgan qilmish uchun jazo shu Tomon qonuni bilan nazarda tutilgan boʻlsa hukm qilingan shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashayotgan Tomonning sudi tomonidan belgilanadi. Qoʻshimcha jazo ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Oʻtkazishning huquqiy oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni oʻtash uchun oʻz fuqarosi boʻlgan Tomonga oʻtkazilgan shaxsga nisbatan ham shu Tomonda shu kabi qilmishni sodir etganlik uchun hukm qilingan shaxsga nisbatan boʻlgani kabi shunday hukm qilishning huquqiy oqibatlari boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Hukmni ijro etish toʻgʻrisida xabardor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni oʻtash uchun hukm qilingan shaxs oʻtkazilgan Tomonning vakolatli muassasasi mazkur Shartnomaning 6-moddasiga muvofiq qabul qilingan hukmni ijro etish toʻgʻrisidagi sud qarori haqida sud hukm chiqargan Tomonning vakolatli muassasasini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Sudlarning vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hukm qilingan shaxsga nisbatan hukmni qayta koʻrib chiqish, shuningdek, bu shaxs hukmni ijro etuvchi Tomonga oʻtkazilgandan keyin uni jazodan toʻliq va qisman ozod qilish hukm chiqaruvchi Tomonning sudi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar hukm qilingan shaxs jazoni oʻtash uchun oʻtkazilgandan soʻng hukm chiqaruvchi davlatda hukm oʻzgarib qolsa, bu haqdagi qarorning nusxasi va boshqa zarur hujjatlar, tasdiqlangan tarjimalar zudlik bilan bunday qarorni ijro etish toʻgʻrisidagi masalani hal etadigan hukmni ijro etuvchi Tomonning vakolatli sudiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar hukm qilingan shaxs jazoni oʻtash uchun oʻtkazilgandan soʻng hukm chiqaruvchi davlatda jinoiy ish toʻxtatilishi bilan hukm bekor qilingan boʻlsa, bu haqdagi qarorning nusxasi va uning tasdiqlangan tarjimasi tezlik bilan hukmni ijro etuvchi Tomonning vakolatli sudiga ijro etish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Maxsus qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm qilingan shaxs jazoni oʻtash uchun oʻtkazilgandan soʻng hukm chiqaruvchi davlatda hukm bekor qilingan boʻlsa va yangidan tergov qilish yoki sud muhokamasi nazarda tutilgan boʻlsa, bu haqdagi qarorning nusxasi va ishni yangidan tergov qilish uchun zarur boʻlgan boshqa materiallar shu Tomon qonuni boʻyicha uni javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun hukmni ijro etuvchi Tomonning vakolatli organiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Gunohidan oʻtish va amnistiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm qilingan shaxsning gunohidan oʻtish va amnistiya gunohidan oʻtish toʻgʻrisidagi hujjatlarga va hukm chiqaruvchi davlatda yoki hukmni ijro etuvchi davlatda chiqarilgan amnistiyalarga muvofiq hukmni ijro etuvchi Tomon tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Tranzit tashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar mazkur Shartnomaga muvofiq oʻtkaziladigan hukm qilingan shaxslarni uchinchi davlat tomonidan boshqa Tomonga oʻz hududlari boʻyicha tranzit tashishga ruxsat etadilar. Bunday tashishga hukm qilingan shaxs fuqarosi hisoblangan Tomonning iltimosiga koʻra ruxsat etiladi. Mazkur qoida boshqa Tomon hududiga qoʻnish rejalashtirilmaganda havo transportidan foydalanilgan hollarda qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tegishli axborotdan iborat boʻlgan bunday iltimosnoma olingan zahoti soʻralayotgan Tomon ushbu iltimosnomani oʻz qonunida nazarda tutilgan tartiblarga muvofiq koʻrib chiqadi va u oʻzining eng muhim manfaatlariga zarar yetkazmasa, ushbu iltimosni tezlik bilan qondiradi. Tomonlarning vakolatli organlari tranzitning usullari, yoʻnalishi va boshqa shart-sharoitlarning har birini alohida holatda kelishib oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tranzit tashish vaqtida tranzit qiluvchi Tomon olib ketilayotgan qamoqdagi hukm qilingan shaxsni saqlashning yuridik imkoniyatlarini taʼminlaydi va mahkumni kuzatib ketayotgan boshqa Tomonning vakillariga zarur boʻlgan yordamlarni koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Havo kemasini rejalashtirilmagan qoʻndirish hollarida, hududi ustidan parvoz amalga oshirilayotgan Tomon boshqa Tomonning mahkumni kuzatib ketayotgan vakillarining iltimosiga koʻra ushbu shaxsni mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq beriladigan tranzit tashish toʻgʻrisida iltimosnoma olgunga nazar 72 soat davomida qamoqda saqlab turadilar. Bunday iltimos matn uzatishning texnik vositalari, jumladan, telegraf, teleks, telefaks, elektron pochta yordamida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Hukm qilingan shaxslarni qurol bilan kuzatib borish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar shunga kelishib oldilarki, oʻtkazishga ruxsat etilgan hukm qilingan shaxslarni oʻz hududlaridan olib oʻtishda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida, bunday shaxslar hukmni ijro etuvchi Tomon vakolatli organlarining qurollangan vakillari tomonidan kuzatib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur moddaning 1-bandida koʻzda tutilgan hollarda hukmni ijro etuvchi Tomonning vakolatli organlari vakillariga, oʻz xizmat vazifalarini bajarayotgan vaqtlarida, hukm chiqaruvchi Tomon huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining huquqiy maqomlari qoʻllaniladi. Shunga muvofiq ular oʻz davlati va oʻzlari turgan davlatning huquqiy muhofazasidan foydalanadilar, shaxsiy daxlsizlikka, tabeldagi oʻqotar qurolini va maxsus vositalarni saqlash, taqib yurish va qoʻllash huquqiga ega boʻladilar hamda oʻz davlati va oʻzlari turgan davlatning normativ hujjatlariga muvofiq oʻz vazifalarini bajaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur moddaning 2-bandida eslatilgan vakolatli organlar vakillari tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar haqidagi ishlar tergov qilinayotganda oʻzlari fuqarolari boʻlgan Tomon boshqa Tomonga zarur yordam koʻrsatadi va koʻmaklashadi. Huquqbuzarlarni jismoniy taʼqib qilish bunday hollarda iltimosga binoan Tomonlarning qonuniga va mazkur Shartnomaning qoidalariga muvofiq oʻzlari fuqarolari hisoblangan Tomonga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan vakolatli organlar vakillarining tabeldagi oʻqotar quroli, unga oʻq-dorilar va maxsus vositalar va yakka tartibdagi himoya vositalari hukm chiqaruvchi Tomon hududiga roʻyxatlar (propuskalar) boʻyicha qoʻyiladi, ularning shakli va mazmuni ikkala Tomon bilan kelishib olingan boʻlishi kerak, va ular yana albatta qaytarib olib ketilishi kerak. Qurollar, oʻq-dorilar, maxsus vositalar va yakka tartibdagi himoya vositalarini olib chiqib ketish vakolatli organlar vakillari hukm chiqaruvchi Tomon hududiga kirishlarida bojxona organlari tomonidan tasdiqlangan eslatib oʻtilgan roʻyxatlar (propuskalar) asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur moddaning qoidalari hukm qilingan shaxslar Tomonlarning hududlari orqali tranzit bilan olib oʻtilayotgan hollarda qoʻllaniladi. Mazkur Shartnomaning 13-moddasi 4-bandida nazarda tutilgan Tomonlarning oʻtkazilgan hukm qilingan shaxsni kuzatib boruvchi vakillarida oʻqotish quroli, oʻq-dorilar, maxsus vositalar va yakka tartibdagi himoya vositalari borligi toʻgʻrisida mazkur Shartnomaning 13-moddasi 1 va 4-bandlariga muvofiq taqdim etilgan tranzit tashish toʻgʻrisidagi iltimosnomada xabar qilinadi. Bunday iltimosnoma olingunga qadar qurollar, oʻq-dorilar, maxsus vositalar va yakka tartibdagi himoya vositalari soʻralayotgan Tomonning vakolatli organlariga saqlash uchun topshirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm qilingan shaxsni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar uni oʻtkazgunga qadar paydo boʻlsa, ularni oʻsha paydo boʻlgan Tomonlar toʻlaydi. Hukm qilingan shaxsni oʻtkazish, shu jumladan, uni tranzit oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni hukmni ijro etuvchi Tomon toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Til
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar mazkur Shartnomani bajarayotganlarida Tomonlarning davlat tillaridan yoki rus tilidan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Aloqa qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning vakolatli organlari mazkur Shartnoma masalalari yuzasidan bir-birlari bilan bevosita aloqada boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzlarining vakolatli organlari nomini bir-birlariga xabar qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Nizolarni hal qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnomani qoʻllash bilan bogʻliq masalalar Davlatlarning vakolatli organlari oʻrtasidagi kelishuvga koʻra hal etiladi. Zarur boʻlgan hollarda paydo boʻlgan anglashilmovchiliklarni bartaraf etish maqsadida Tomonlarning tegishli vakolatli organlari vakillaridan iborat qoʻshma komissiya tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Boshqa xalqaro shartnomalarga munosabat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnomaning qoidalari mazkur Shartnoma kuchga kirgunga qadar Tomonlar qatnashchilari boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan Tomonlarning majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar Tomonlarning oʻzaro roziliklariga koʻra kiritiladi va ular Tomonlardan har birining milliy qonunlariga muvofiq yuridik tartib-qoidalar bajarilgandan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Shartnomaning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnoma Tomonlarning oʻzlarining milliy qonunlarida nazarda tutilgan barcha yuridik tartib-qoidalar bajarilgandan va yozma holdagi bildirishnomalar, diplomatik kanallar boʻyicha bildirishnomalar oʻzaro almashilgandan soʻng, oxirgi bildirishnoma olingandan soʻng oʻttizinchi kuni kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
Shartnomaning vaqt boʻyicha amalda boʻlishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnomaning amalda boʻlishi u kuchga kirgunga qadar paydo boʻlgan huquqiy munosabatlarga ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda
Shartnomaning amalda boʻlishini toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnomaning muddati belgilab qoʻyilmagan va oʻzining amalda boʻlishini istalgan Tomonlardan biri uning amalda boʻlishini toʻxtatish haqida diplomatik kanallar orqali yozma holda bildirishnoma yuborgandan soʻng olti oy oʻtishi bilan toʻxtatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 28-may Tbilisida ikki nusxada, har biri oʻzbek, gruzin va rus tillarida tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnomani talqin qilishda anglashilmovchiliklar paydo boʻlsa, rus tilidagi matn asos qilib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)