Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining
Qarori
Yuridik shaxslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 3-fevralda 2633-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-2412-sonli “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-dekabrdagi 358-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-2412-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasining 2014-yil 9-dekabrdagi 6 va 5-mb-son qarori (roʻyxat raqami 2633, 2014-yil 10-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 601-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 2-bandidagi “shahar va tuman hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari” degan soʻzlar “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Adliya vaziri M. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 1-fevral,
3-son
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TOʻRAYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 1-fevral,
1-mb-son
Kelishilgan:
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
2016-yil 1-fevral
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D. XIDOYATOV
2016-yil 1-fevral
Savdo-sanoat palatasi raisi A ShAYXOV
2016-yil 1-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 5-son, 48-modda)