O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining
Qarori
Yuridik shaxslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila so‘zlarni qo‘shish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 2-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 3-fevralda 2633-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-2412-sonli “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-dekabrdagi 358-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-2412-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasining 2014-yil 9-dekabrdagi 6 va 5-mb-son qarori (ro‘yxat raqami 2633, 2014-yil 10-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 50-son, 601-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila so‘zlarni qo‘shish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 2-bandidagi “shahar va tuman hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalari” degan so‘zlar “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Adliya vaziri M. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 1-fevral,
3-son
Davlat statistika qo‘mitasi raisi B. TO‘RAYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 1-fevral,
1-mb-son
Kelishilgan:
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
2016-yil 1-fevral
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi D. XIDOYATOV
2016-yil 1-fevral
Savdo-sanoat palatasi raisi A ShAYXOV
2016-yil 1-fevral
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 5-son, 48-modda)