Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining
Qarori
“Shahar va tuman hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari toʻgʻrisida namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 3-fevralda 2580-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-2412-sonli “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-dekabrdagi 358-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-2412-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining 2014-yil 28-apreldagi 4 va 68-son “Shahar va tuman hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari toʻgʻrisida namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2580, 2014-yil 5-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 19-son, 217-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Adliya vaziri M. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 1-fevral,
2-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2016-yil 1-fevral,
111-son
Kelishilgan:
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2016-yil 1-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 5-son, 47-modda)