Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.04.2019 03.02.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2759
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 03.02.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2759
Кучга кириш санаси
08.02.2016
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.04.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan rentabellik darajasiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkasini qoʻllash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 3-fevralda 2759-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 25-martdagi 43, 2019-15-sonli “Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan rentabellik darajasiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkasini qoʻllash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2759-2, 08.04.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan rentabellik darajasiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkasini qoʻllash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2016-yil 28-yanvar,

3-son

Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 28-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-05-son

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 28-yanvardagi 3, 2016-05-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan rentabellik darajasiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkasini qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI

Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan rentabellik darajasiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkasini qoʻllash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq 2016-yil 1-yanvardan boshlab mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda uyali aloqa kompaniyalari deb yuritiladi) rentabellik darajasiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini tabaqalashtirilgan stavkalar boʻyicha hisoblab chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Rentabellik darajasini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Rentabellik Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-son “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1209, 2003-yil 24-yanvar) bilan tasdiqlangan Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot — 2-son shakl (keyingi oʻrinlarda Hisobot deb yuritiladi) koʻrsatkichlaridan kelib chiqib quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rh = F / T x 100%, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rh — rentabellikning haqiqatdagi darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
F — foyda soligʻini toʻlagunga qadar foyda (zarar) — Hisobotning 240-satri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T — sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat) larning tannarxi — Hisobotning 020-satri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Rentabellik darajasiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkasini qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkalari rentabellik darajasiga qarab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizgacha va 20 foiz boʻlganda — 14 foiz miqdorida;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 28-fevraldagi 38 va 2018-13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2759-1, 07.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2018-y., 10/18/2759-1/0862-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizdan yuqori boʻlganda — rentabellikning 20 foizlik darajasidan oshadigan foyda summasining 50 foizi miqdorida belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Rentabellik darajasi 20 foizdan yuqori boʻlganda belgilangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkasiga realizatsiyaning umumiy hajmidagi eksport ulushiga qarab tuzatish kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Qoidalarning 2-bandiga muvofiq hisoblangan rentabellikning haqiqatdagi darajasi 20 foizdan oshmagan holda yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining 14 foizlik stavkasi soliq solinadigan bazaning butun summasiga qoʻllaniladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 28-fevraldagi 38 va 2018-13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2759-1, 07.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2018-y., 10/18/2759-1/0862-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Rentabellik darajasi 20 foizdan oshganda yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi tabaqalashtirilgan stavkalar boʻyicha hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi summasini aniqlash uchun belgilangan tartibda hisoblab chiqarilgan soliq solish bazasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rentabellik darajasi 20 foizgacha boʻlgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rentabellik darajasi 20 foizdan yuqori boʻlgan qismi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Rentabellik darajasining 20 foizigacha toʻgʻri keladigan soliq solish bazasi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SB 20%gacha = SBh × ((20% / Rh) × 100%), bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SB 20%gacha — rentabellik darajasining 20 foizigacha toʻgʻri keladigan soliq solish bazasi;

SBh — soliq solish bazasi (Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi hisob-kitobining 150-satri);
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 28-fevraldagi 38 va 2018-13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2759-1, 07.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2018-y., 10/18/2759-1/0862-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rh — rentabellikning haqiqatdagi darajasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Rentabellik darajasining 20 foizidan yuqori qismiga toʻgʻri keladigan soliq solish bazasi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SB 20%dan yuqori = SBh — SB 20%gacha, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda:

SB 20%dan yuqori — rentabellik darajasining 20 foizidan yuqori qismiga toʻgʻri keladigan soliq solish bazasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SBh — soliq solish bazasi (Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi hisob-kitobining 150-satri);
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 28-fevraldagi 38 va 2018-13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2759-1, 07.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2018-y., 10/18/2759-1/0862-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SB 20%gacha — rentabellik darajasining 20 foizigacha toʻgʻri keladigan soliq solish bazasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi summasi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ΣΣsoliq = (SB 20%gacha × 14%) + (SB 20%dan yuqori × 50%), bunda:
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 28-fevraldagi 38 va 2018-13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2759-1, 07.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2018-y., 10/18/2759-1/0862-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ΣΣsoliq — yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SB 20%gacha — rentabellik darajasining 20 foizigacha toʻgʻri keladigan soliq solish bazasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SB 20%dan yuqori — rentabellik darajasining 20 foizidan yuqori qismiga toʻgʻri keladigan soliq solish bazasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rentabellik darajasiga qarab soliq solish bazasi summasini aniqlash va yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi summasi hisoblab chiqarishga doir shartli misollar mazkur Qoidalarning ilovasida keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Uyali aloqa kompaniyalaridan Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga tushumlarni hisobini yuritish maqsadida rentabellik darajasining 20 foizidan yuqori qismiga toʻgʻri keladigan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi summasi tegishli davlat soliq xizmati organlariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklarida ochiladigan alohida hisobvaraqqa oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Soliq toʻlovchilar mazkur Qoidalarni toʻgʻri qoʻllash yuzasidan javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat soliq xizmati organlari uyali aloqa kompaniyalari tomonidan rentabellik darajasiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash ustidan qonun hujjatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan rentabellik darajasiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkasini qoʻllash qoidalariga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rentabellik darajasiga qarab soliq solish bazasi summasini aniqlash va yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi summasini hisoblab chiqarishga doir
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ShARTLI MISOLLAR

Koʻrsatkichlar

Satr kodi

1-misol

2-misol

Summa

Sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat)larning tannarxi
(“Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot” — 2-son shaklning 020-satri)

010

77 000,0

80 000,0

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini toʻlagunga qadar foyda (zarar)
(“Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot” — 2-son shaklning 240-satri)

020

20 000,0

12 000,0

Rentabellikning haqiqatdagi darajasi, %da
(020-satr / 010-satr ×
100%)

030

26,0%

15,0%

Soliq solish bazasi
(Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi hisob-kitobining 150-satri)

040

25 000,0

17 000,0

Soliq solish bazasi, shu jumladan:

050

×

×

rentabellik darajasining 20 foizigacha toʻgʻri keladigan soliq solish bazasi
[040-satr ×
((20% / 030-satr) × 100%), biroq 040-satrdan koʻp boʻlmagan miqdorda]

051

19 250,0

17 000,0

rentabellik darajasining 20 foizidan yuqori qismiga toʻgʻri keladigan soliq solish bazasi
(040-satr — 051-satr)

052

5 750,0

0,0

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining belgilangan stavkalari:

060

×

×

rentabellik darajasi 20 foizgacha boʻlganda

061

14%

14%

rentabellik darajasi 20 foizdan yuqori boʻlganda

062

50%

50%

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda sol�gʻi summasi — jami
(071-satr + 072-satr), shu jumladan:

070

5 570,0

2 380,0

rentabellik darajasi 20 foizgacha boʻlganda
(051-satr × 061-satr)

071

2 695,0

2 380,0

rentabellik darajasi 20 foizdan yuqori boʻlganda
(052-satr ×
062-satr)

072

2 875,0

0,0

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 28-fevraldagi 38 va 2018-13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2759-1, 07.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2018-y., 10/18/2759-1/0862-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 5-son, 45-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2018-y., 10/18/2759-1/0862-son)