11.06.2008 yildagi 22-0704/9116-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar zarar jabrlanuvchining iltimosi yoki roziligi bilan yetkazilgan boʻlsa, zarar yetkazgan shaxsning harakatlari esa jamiyatning axloqiy tamoyillarini buzmasa, zararni toʻlash rad etilishi mumkin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar — “Juman qozoq oʻgʻillari” fermer xoʻjaligi javobgar — Gurlan tuman “Dehqonobod MMTP”ga nisbatan xoʻjalik sudiga murojaat qilib, 8235800 soʻm moddiy zarar va 2230000 soʻm maʼnaviy zarar, jami 10466800 soʻm undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvoning 8235800 soʻm moddiy zarar undirish qismi rad etilib, 2230000 soʻm maʼnaviy zarar undirish qismi boʻyicha ish yuritish tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2008-yil 12-martdagi qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida sud qarorlarini bekor qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati, kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni va ish hujjatlarini oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra sud qarorlarini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, Gurlan tuman hokimining 2004-yil 15-martdagi 81-sonli qaroriga asosan “Juman qozoq oʻgʻillari” fermer xoʻjaligiga tuproq xaritasi boʻyicha oʻrtacha 45 ball-bonitetga ega boʻlgan jami 37,3 gektar, shundan 33 gektar ekin yer maydoni paxta va gʻallachilik mahsulotlari yetishtirish uchun ijaraga berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 11-martdagi “Qishloq xoʻjaligida islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan qonunlar ijrosini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 3406-PF-sonli Farmoni talablaridan kelib chiqqan holda “Juman qozoq oʻgʻillari” fermer xoʻjaligi tomonidan 2007-yil hosili uchun davlat buyurtmasi boʻyicha yetishtiriladigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini tayyorlov idoralariga kontraktatsiya shartnomasiga asosan yetishtirish va topshirish monitoring tartibida oʻrganilganda qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyilganligi maʼlum boʻlgan. Yaʼni, “Juman qozoq oʻgʻillari” fermer xoʻjaligi faoliyati paxta-gʻallachilik boʻlsa-da, 2007-yil uchun paxta xomashyosini davlatga topshirish boʻyicha kontraktatsiya shartnomasi tuzmasdan, qishloq xoʻjaligi ekinlari ekishga qasddan tayyorlamasdan kelgan. Fermer xoʻjaligi yerlarning shoʻrini yuvib, oʻz vaqtida ekin ekishga tayyorlashi lozim boʻlsa-da, ushbu zaruriy agrotexnik tadbirlarni qasddan amalga oshirmasdan, yer maydonlarini qarovsiz qoldirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, tumandagi “Dehqonobod MMTP” tomonidan “Juman qozoq oʻgʻillari” fermer xoʻjaligiga qarashli yerlar chigit ekishga taiyorlanib, 32 gektar yerga chigit ekilgan. Chigit unib chiqqandan keyin ham fermer xoʻjaligi gʻoʻza nihollarini parvarishlash yuzasidan agrotexnik tadbirlarni amalga oshirmagan. Natijada “Dehqonobod MMTP” xodimlari tomonidan fermer xoʻjaligining 32 gektar yeridagi gʻoʻza nihollari parvarishlangan va paxta homashyosi yetkazib berish yuzasidan kontraktatsiya shartnomasi tuzilib, shartnoma majburiyatlari ortigʻi bilan bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Juman qozoq oʻgʻillari” fermer xoʻjaligiga ajratilgan 37,3 gektar, shundan 33 gektar ekin yer maydoniga ekilgan paxta qarovsiz yotganligi sababli tumandagi maxsus komissiya xulosasi va bildirgisiga asosan gʻoʻza nihollarini parvarishlash uchun yer maydonini “Dehqonobod MMTP” ixtiyoriga oʻtkazib berish soʻralgan va tuman hokimligining roziligi olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaligi daʼvo arizasida oʻzi shu maydonga paxta ekib, daromad olishi mumkinligini bildirib, “Dehqonobod MMTP” dan 8235800 soʻm moddiy zarar va 2230000 soʻm maʼnaviy zarar, jami 10466800 soʻm undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 985-moddasining 1-bandiga koʻra, gʻayriqonuniy harakat tufayli fuqaroning shaxsiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda zararni yetkazgan shaxs tomonidan toʻliq hajmda qoplanishi lozim. Zarar yetkazgan shaxs, agar zarar oʻz aybi bilan yetkazilmaganini isbotlasa, zararni toʻlashdan ozod qilinadi. Qonuniy harakatlar tufayli yetkazilgan zarar qonunda nazarda tutilgan hollarda toʻlanishi lozim. Agar zarar jabrlanuvchining iltimosi yoki roziligi bilan yetkazilgan boʻlsa, zarar yetkazgan shaxsning harakatlari esa jamiyatning axloqiy tamoyillarini buzmasa, zararni toʻlash rad etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaligi tomonidan paxta yoki bugʻdoy yetkazish yuzasidan shartnoma tuzilmaganligi va agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmasdan, yer maydoni qarovsiz qoldirilganligi sababli ushbu yer maydonidan javobgar tuman hokimining roziligi bilan foydalangan. Shuning uchun daʼvogarning moddiy zararni undirish toʻgʻrisidagi talabi asossizdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 86-moddasining 1-bandiga asosan nizo xoʻjalik sudiga tegishli boʻlmasa, ish yuritish tugatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar tomonidan daʼvoni rad etish hamda daʼvo talablarining maʼnaviy zarar undirish qismi boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida toʻgʻri xulosaga kelingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati sud qarorlarini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni, ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish bilan bogʻliq sud xarajatlarini daʼvogar zimmasiga yuklashni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 11-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-0704/9116-son