Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 11.03.2004 yildagi PF-3406-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QISHLOQ XO‘JALIGIDA ISLOHOTLARNI AMALGA OSHIRISHGA QARATILGAN QONUNLAR IJROSINI TA’MINLASHGA OID QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilishga qaratilgan qonunlar va ular asosida qabul qilingan me’yoriy hujjatlarning og‘ishmay ijro etilishini ta’minlash, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda davlat manfaatlarini himoya qilish borasida prokuratura organlari faoliyatini kuchaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bosh prokuratura, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar prokuraturalari tuzilmalarida qishloq xo‘jaligi sohasida qonuniylikni ta’minlash va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlarini himoya qilish bo‘limlari tashkil qilinsin hamda ularga 48 ta qo‘shimcha shtat birligi, shu jumladan markaziy mahkama uchun 3 ta shtat birligi ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hududiy prokuraturalarning qishloq xo‘jaligi sohasida qonuniylikni ta’minlash va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlarini himoya qilish bo‘limlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga oid qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari hamda hukumat qarorlarida bayon etilgan talab va qoidalar o‘z vaqtida, to‘liq ijro etilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari (paxta va g‘alla) ekiladigan maydonlar monitoringini muntazam o‘tkazib turish, ekin maydonlari mahsulot ishlab chiqaruvchilar — fermer va shirkat xo‘jaliklari, tuman va viloyatlar tomonidan qabul qilingan hamda tasdiqlangan shartnoma majburiyatlariga muvofiqligini tanlab tekshirishlar o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer va dehqon xo‘jaliklariga yer ajratish borasida qonunchilik hamda me’yoriy hujjatlarda o‘rnatilgan tartib buzilishining oldini olish kompleks chora-tadbirlarini amalga oshirish, bunda mas’ul shaxslar tomonidan xizmat mavqeyi suiiste’mol qilinishiga, qarindosh-urug‘chilik va oshna-og‘aynigarchilik munosabatlaridan foydalanish hollariga yo‘l qo‘ymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlardan qat’iy ravishda maqsadli foydalanish, sug‘oriladigan ekin maydonlari muomaladan chiqarilishiga yo‘l qo‘ymaslik, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha qabul qilingan shartnoma majburiyatlariga rioya etilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlardan maqsadli va asrab-avaylab foydalanishni, ularning unumdorligi saqlanishi hamda ekologiya normalariga rioya etilishini ta’minlab kelayotgan fermer hamda dehqon xo‘jaliklarining huquq va manfaatlarini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan isrofgarchilik bilan foydalanish, mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i-moylash materiallarini o‘g‘irlab talon-toroj qilish, gidrotexnika, melioratsiya inshootlari hamda qishloq xo‘jalik texnikasini ishlatishda xo‘jasizlik faktlarining oldini olish choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi, shu jumladan qonunchilikni keng ko‘lamda tushuntirish yo‘li bilan shunday huquqbuzarliklarning oldini olish.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-avgustdagi PF-4815-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 32-son, 387-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori (R. Qodirov) va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri (M. Nurmurodov) bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining shtatlar ro‘yxatini mazkur Farmonga muvofiqlashtirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 11-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3406-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 24-iyuldagi PF-4636-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 32-son, 395-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 24-iyuldagi PF-4636-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 32-son, 395-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 24-iyuldagi PF-4636-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 32-son, 395-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 24-iyuldagi PF-4636-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 32-son, 395-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-avgustdagi PF-4815-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 32-son, 387-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-avgustdagi PF-4815-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 32-son, 387-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 10-son, 113-modda; 2006-y., 28-29-son, 263-modda; 2014-y., 32-son, 395-modda; 2016-y., 32-son, 387-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)