31.12.2013 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudlari tomonidan 2011-2012-yillar va 2013-yilning birinchi yarmi davomida energiya taʼminoti va kommunal xizmatlar koʻrsatish shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolarni daʼvo tartibida koʻrishga oid sud amaliyotini umumlashtirish natijalari yuzasidan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOTNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy xoʻjalik sudining 2013-yil ikkinchi yarim yillik ish rejasiga asosan 2011-2012-yillar va 2013-yilning birinchi yarmi davomida energiya taʼminoti va kommunal xizmatlar koʻrsatish shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolarni daʼvo tartibida koʻrishga oid sud amaliyoti xoʻjalik sudlari tomonidan taqdim qilingan (723 ta) xoʻjalik ishlari va umumlashtirishlar asosida oʻrganib chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur toifadagi ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 10-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi isteʼmolchilariga gaz yetkazib berish qoidalari”, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-noyabrdagi 511-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasi isteʼmolchilari va hududiy elektr tarmoqlari korxonalari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori bilan tasdiqlangan “Issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari” va “Elektr energiyasidan foydalanish Qoidalari” (bundan buyon matnda Qoida deb yuritiladi), Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 132-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tabiiy gaz isteʼmolchilari va gaz bilan taʼminlovchi tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisida” gi Nizom, 2005-yil 11-yanvarda 1440-son bilan roʻyxatga olingan, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Isteʼmolchilarga elektr energiyasini yetkazib berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom asosida hal etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlar asosan yetkazib berilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiqlik energiyasi, ichimlik suvi va koʻrsatilgan suvoqova xizmatlari uchun qarzlarni undirish toʻgʻrisidagi daʼvo arizalari asosida koʻrib chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar daʼvo yuridik shaxsning oʻziga emas, balki uning alohida boʻlinmasiga nisbatan taqdim etilgan boʻlsa, u holda yuridik shaxsning oʻzini ishda ishtirok etishga jalb etish sud tomonidan XPKning 38-moddasiga muvofiq hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshissiqquvvati” ishlab chiqarish birlashmasi unitar korxonasi (bundan buyon matnda “Taʼminotchi” deb yuritiladi) va Oʻzbekiston tijorat Xalq bankining Chilonzor filiali (bundan buyon matnda “Isteʼmolchi” deb yuritiladi) oʻrtasida issiq suv koʻrinishida issiqlik energiyasini yetkazib berish boʻyicha shartnoma tuzilgan va unga koʻra Taʼminotchi Isteʼmolchiga issiq suv koʻrinishida issiqlik energiyasini yetkazib berish, Isteʼmolchi esa issiqlik energiyasi uchun haq toʻlash majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaga asosan taʼminotchi tomonidan isteʼmolchiga issiqlik energiyasi yetkazib berilgan. Biroq, Isteʼmolchi tomonidan majburiyatlar bajarilmaganligi sababli, unda 1 570 851 soʻmlik qarz vujudga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, taʼminotchi xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, isteʼmolchi hisobidan 1 570 851 soʻm asosiy qarz hamda 463 103 soʻm penya undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiyasi sudining ajrimi bilan XPK 86-moddasining 1-bandiga asosan ish yuritish tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya va kassatsiya tartibida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiyasi sudining ajrimida XPK 23-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan xoʻjalik sudiga iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar, yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tarzda olgan fuqarolar oʻrtasidagi fuqaroviy, maʼmuriy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga doir ishlar taalluqliligi belgilanganligi, Oʻzbekiston tijorat Xalq bankining Chilonzor filiali yuridik shaxs maqomiga ega emasligi va shu sababli xoʻjalik sudida daʼvogar va (yoki) javobgar sifatida ishtirok eta olmasligi asos qilib koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi 162-son qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisida agar daʼvo yuridik shaxsning oʻziga emas, balki uning alohida boʻlinmasiga nisbatan taqdim etilgan boʻlsa, u holda yuridik shaxsning oʻzini ishda ishtirok etishga jalb qilish sud tomonidan XPKning 38-moddasiga muvofiq hal etilishi toʻgʻrisida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, mazkur holatda sud ish yuritishni tugatmasdan XPKning 38-moddasiga asosan javobgarni Oʻzbekiston Respublikasi tijorat Xalq banki bilan almashtirib, ishni mazmunan koʻrib chiqishi lozim edi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yuridik shaxsga nisbatan uning alohida boʻlinmasi faoliyatidan kelib chiqadigan daʼvolar alohida boʻlinma joylashgan erda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parkent tumani “Suvoqova” ishlab chiqarish shuʼba korxonasi (bundan buyon matnda “Taʼminotchi” deb yuritiladi) va “Toshkent elektr tarmoqlari” OAJning Parkent tuman elektr taʼminoti korxonasi (bundan buyon matnda “Abonent” deb yuritiladi) oʻrtasida shartnoma tuzilgan va unga koʻra Taʼminotchi Abonentga maishiy xoʻjalik va texnologik ishlab chiqarish extiyoji uchun ichimlik suvini yetkazib berish hamda oqova suvlarni qabul qilib olish, Abonent esa isteʼmol qilingan ichimlik suvi va oqova suvlar uchun haq toʻlash majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu shartnomaga asosan Taʼminotchi ichimlik suvini yetkazib bergan hamda oqova suvlarni qabul qilib olgan. Biroq Abonent tomonidan majburiyatlar tegishli ravishda bajarilmaganligi sababli 768 578 soʻm qarz vujudga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abonent “Toshkent elektr tarmoqlari” OAJning boʻlinmasi hisoblanganligi va yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmaganligi sababli, Taʼminotchi “Toshkent elektr tarmoqlari” OAJ joylashgan erdagi xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, OAJ hisobidan 768 578 soʻm qarz hamda 384 289 soʻm penya undirib berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining ajrimi bilan XPKning 88-moddasiga asosan daʼvo koʻrmasdan qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya va kassatsiya tartibida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining ajrimida XPKning 88-moddasida daʼvogar nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etmagan boʻlsa, yaʼni daʼvo arizasining nusxasini taraflarga yubormagan boʻlsa, ammo sud daʼvo arizasini ish yurituviga qabul qilgan boʻlsa, daʼvo arizasi koʻrmasdan qoldirilishi belgilanganligi, mazkur holatda Taʼminotchi tomonidan daʼvo arizasi OAJga yuborilmaganligi asos qilib koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud protsessual huquq normalarini qoʻllashda xatoga yoʻl qoʻygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchidan, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga daʼvo arizasining nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmaganda daʼvo arizasi XPK 118-moddasi birinchi qismining 4-bandiga asosan qaytariladi. Agar daʼvo arizasi bunday xato bilan ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, ushbu holat daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirishga asos boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchidan, XPK 27-moddasining ikkinchi qismiga binoan yuridik shaxsga nisbatan uning alohida boʻlinmasi faoliyatidan kelib chiqadigan daʼvolar alohida boʻlinma joylashgan erda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 33-moddasi ikkinchi qismining 1-bandiga koʻra, agar ish sudlovga tegishlilik qoidasini buzib qabul qilinganligi shu sudda ishni koʻrish vaqtida maʼlum boʻlsa, xoʻjalik sudi ishni boshqa xoʻjalik sudiga oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nizoni sudgacha hal qilish tartibi qonunda yoki shartnomada nazarda tutilmagan boʻlsa, ishni XPK 88-moddasining 5-bandi asosida koʻrmasdan qoldirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent elektr tarmoqlari” OAJ Zafar TETK manfaatida xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “Nurmuxammad Gulom” fermer xoʻjaligidan 16 515 196 soʻm asosiy qarz, 2 327 556,2 soʻm penya va shartnomada koʻrsatilgan miqdorga nisbatan ortiqcha elektr energiyasi isteʼmol qilingani uchun 5 943 545 soʻm jarima undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining ajrimi bilan daʼvo arizasi XPK 88-moddasining 5-bandiga asosan koʻrmasdan qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud daʼvoni koʻrmasdan qoldirishda Oʻzbekiston Respublikasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasining talabiga, yaʼni “oʻziga talabnoma bildirilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt talabnomani olgan kundan boshlab bir oy muddat ichida unga javob qaytarishi shartligi, talabnoma toʻliq yoki qisman tan olingan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyekt arz qiluvchiga oʻzi tan olgan summani ixtiyoriy ravishda oʻtkazishi” haqidagi talabga rioya etilmaganligi xolatini asos qilib olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 88-moddasining 5-bandiga binoan daʼvogar nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etmagan, bu esa shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, daʼvo koʻrmasdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnomada nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi belgilanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Foydalanilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob boʻyicha qarzni undirish uchun isteʼmolchining bankdagi hisob raqamiga toʻlov talabnomasi qoʻyilmagan boʻlsa, daʼvo XPK 88-moddasi 4-bandiga asosan koʻrmasdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy hududiy elektr tarmoqlari” OAJ xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar “Latifbobo” fermer xoʻjaligidan 12 032 991 soʻm yetkazib berilgan elektr energiyasi xaqini undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish xujjatlaridan koʻrinishicha, “Navoiy hududiy elektr tarmoqlari”(Taʼminotchi) OAJ va “Latifbobo” fermer xoʻjaligi (Isteʼmolchi) oʻrtasida elektr energiyasi yetkazib berish toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan. Shartnomaga koʻra, daʼvogar tomonidan Isteʼmolchiga elektr energiyasi yetkazib berilgan. Biroq Isteʼmolchi tomonidan shartnoma shartlari lozim darajada bajarilmasdan, yetkazib berilgan energiya uchun xaq toʻlash oʻz vaqtida amalga oshirilmagan. Natijada Isteʼmolchining daʼvogar oldida 12 032 991 soʻm debitor qarzi vujudga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnomaning 3.12-bandiga hamda Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish Qoidalari”ning 72-bandiga koʻra isteʼmolchi tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasini imzolash rad etilgan taqdirda, qarzni undirish tuzilgan elektr taʼminoti shartnomasiga muvofiq shartnomaviy hajmdan kelib chiqqan holda isteʼmolchining bankdagi hisob raqamiga toʻlov talabnomasi qoʻyish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼminotchi tomonidan mazkur tartibga rioya qilinmagan va qarzdorlikni undirish uchun isteʼmolchining bankdagi hisob raqamiga toʻlov talabnomasi qoʻyilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 88-moddasi 4-bandiga koʻra qonun xujjatlari yoki shartnomaga muvofiq qarz bank yoki boshqa kredit muassasasi orqali undirib olinishi shart boʻlishiga qaramay daʼvogar javobgardan qarzini undirib olish uchun bank yoki boshqa kredit muassasasiga murojaat etmagan boʻlsa, xoʻjalik sudi daʼvoni koʻrmasdan qoldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur xolatda Taʼminotchi qarzdorlikni undirish uchun Isteʼmolchining bankdagi hisob raqamiga toʻlov talabnomasi qoʻyishi lozim boʻlsada, mazkur tartibga rioya qilmagan. Shunga koʻra, sudning ajrimi bilan daʼvo koʻrmasdan qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. FKning 184-moddasiga binoan, basharti, qonunlarda boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, mol-mulk yangi mulkdorga oʻtganida, universal huquqiy vorislik tartibida sobiq mulkdorning huquq va burchlari ham unga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshissiqquvvati” ishlab chiqarish birlashmasi unitar korxonasi (Taʼminotchi) va AT “Oʻzsanoatqurilish” banki (Isteʼmolchi) oʻrtasida issiq suv koʻrinishida issiqlik energiyasini yetkazib berish boʻyicha shartnoma tuzilgan va oʻnga koʻra Taʼminotchi Isteʼmolchining Toshkent shahar, Chilonzor-18 mavze, 18 uyda joylashgan maʼmuriy binosiga issiq suv koʻrinishida issiqlik energiyasini yetkazib berish, isteʼmolchi esa issiqlik energiyasi uchun haq toʻlash majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu shartnomaga asosan Taʼminotchi tomonidan issiqlik energiyasi yetkazib berilgan. Biroq, Isteʼmolchi tomonidan majburiyatlar tegishli ravishda bajarilmaganligi sababli 750 940 soʻm qarz vujudga kelgan. Shu bois Taʼminotchi xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, Isteʼmolchi hisobidan 750 940 soʻm asosiy qarz hamda 366 458 soʻm penya undirib berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo talablarini qanoatlantirish rad qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya va kassatsiya tartibida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlariga koʻra, Isteʼmolchining taʼminotchi oldidagi qarzdorligi 2011-yilning 1-iyunidan 15-iyulgacha boʻlgan davr uchun vujudga kelgan. 2011-yil 15-iyul kuni Isteʼmolchi va “Qutlugʻ savdo” MChJ (Xaridor) oʻrtasida oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan va unga koʻra Toshkent shahar, Chilonzor-18 mavze, 18 uyda joylashgan bankka tegishli boʻlgan maʼmuriy bino MChJga sotilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu oldi-sotdi shartnomasining 11-bandiga koʻra, sotuvchi (Isteʼmolchi)ning koʻrsatilgan kommunal xizmatlar uchun qarzdorligi yoʻqligi xaridorga maʼlum ekanligi, agarda shartnoma tuzilgunga qadar kommunal xizmatlar uchun qarzdorlik maʼlum boʻlgan holatda xaridor FKning 184-moddasiga asosan qarzdorlikni toʻlab berish majburiyatini oʻz zimmasiga olishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FK 184-moddasining ikkinchi qismiga koʻra, basharti, qonunlarda boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, mol-mulk yangi mulkdorga oʻtganida, universal huquqiy vorislik tartibida sobiq mulkdorning huquq va burchlari ham unga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hisobot davrida elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilgan miqdorga nisbatan 5 foizdan koʻp elektr energiyasi isteʼmol qilinganda, hisob-kitob davri uchun elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilgandan ortiq isteʼmol qilingan jami hajm uchun belgilangan tarifning 50 foizi miqdorida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi foydasiga jarima toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” OAJ (Taʼminotchi) va “Gordorstroyremont” OAJ (Isteʼmolchi) oʻrtasida elektr energiyasi yetkazib berish va undan foydalanish uchun shartnoma tuzilgan va oʻnga koʻra Taʼminotchi tutashtirilgan tarmoq orqali Isteʼmolchiga yil davomida 2 680 000 kVt.s miqdor (hajm)da elektr energiyasi berib turish, Isteʼmolchi esa qabul qilingan energiya haqini toʻlash majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu shartnomaga asosan Taʼminotchi tomonidan elektr energiyasi yetkazib berilgan. Biroq, Isteʼmolchi tomonidan majburiyatlar tegishli ravishda bajarilmaganligi sababli 210 283 698 soʻm qarz vujudga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Isteʼmolchi tomonidan shartnomada koʻrsatilgan miqdorga nisbatan 5 foizdan ortiq elektr energiyasi isteʼmol qilingan va shu bois taʼminotchi tomonidan 847 362 soʻm miqdorda jarima hisoblangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolchi tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun oʻz vaqtida toʻlovni amalga oshirilmaganligi sababli, Taʼminotchi xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, Isteʼmolchi hisobidan 210 283 698 soʻm asosiy qarz hamda 847 362 soʻm jarimani undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ning 59-bandiga koʻra, elektr taʼminoti shartnomalarida (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) hisobot davrida elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilgan miqdorga nisbatan 5 foizdan koʻp elektr energiyasi isteʼmol qilinganda, hisob-kitob davri uchun elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilgandan ortiq isteʼmol qilingan jami hajm uchun belgilangan tarifning 50 foizi miqdorida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi foydasiga jarimalar toʻlanishi koʻzda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar oʻrtasida tuzilgan elektr energiyasi yetkazib berish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnomaning 6.4-bandida Isteʼmolchi hisobot davrida shartnomada koʻrsatilgan miqdorga nisbatan 5 foizdan koʻp elektr energiyasi isteʼmol qilinganda, hisob-kitob davrida shartnomada koʻrsatilgandan ortiq isteʼmol qilingan jami hajm uchun belgilangan tarifning 50 foizi miqdorida Taʼminotchi foydasiga jarima toʻlanishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan asosli ravishda daʼvo toʻliq qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Davlat budjetining gʻazna ijrosi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 7-moddasining beshinchi xatboshisiga koʻra budjet mablagʻlari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat koʻrsatuvchi) bilan tuzilgan shartnomasi, shuningdek buyurtmachining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kapital qurilish uchun tuzilgan shartnomasi roʻyxatdan oʻtkazilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Suvoqova” ishlab chiqarish davlat korxonasi xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, 5-son bolalar poliklinikasidan 4 468 295,44 soʻm undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo talablari qisman qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat budjetining gʻazna ijrosi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda “Qonun” deb yuritiladi)ning 6-moddasiga koʻra davlat budjetining gʻazna ijrosi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan maxsus vakolatli moliya organi hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlardagi hududiy boʻlinmalari (bundan buyon matnda “Gʻaznachilik” deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. Qonunning 13-moddasiga muvofiq mablagʻlarni sudning qaroriga binoan oʻtkazish, dotatsiyalar va ssudalarni oʻtkazish yagona gʻazna hisobvaragʻidan yoki Gʻaznachilikning boshqa bank hisobvaraqlaridan Davlat budjetida mablagʻlar nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlariga Gʻaznachilik tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun 7-moddasining beshinchi qismiga koʻra budjet mablagʻlari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat koʻrsatuvchi) bilan tuzilgan shartnomasini, shuningdek buyurtmachining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kapital qurilish uchun tuzilgan shartnomasini majburiy roʻyxatdan oʻtkazish Gʻaznachilikning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammo, birinchi instansiya sudi tomonidan mazkur Qonun talablaridan kelib chiqib, shartnomaning Gʻaznachilikdan roʻyxatdan oʻtgan yoki oʻtmaganligiga aniqlik kiritish choralari koʻrilmagan. Ishga Gʻaznachilikni nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida jalb qilish masalasi hal etilmasdan daʼvoni qisman qanoatlantirish haqida barvaqt xulosaga kelingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, kassatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yuridik shaxs unga boshqa yuridik shaxsni qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etilganida, bu yuridik shaxsga qoʻshib olingan yuridik shaxsning huquq va burchlari topshirish hujjatiga muvofiq oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent suv taʼminoti” shuʼba korxonasi (Taʼminotchi) va “Toshqishloqmash” OAJ (Abonent) oʻrtasida shartnoma tuzilgan va oʻnga koʻra Taʼminotchi Abonentga maishiy xoʻjalik va texnologik ishlab chiqarish extiyoji uchun ichimlik suvini yetkazib berish hamda oqova suvlarni qabul qilib olish, Abonent esa isteʼmol qilingan ichimlik suvi va oqova suvlar uchun haq toʻlash majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu shartnomaga asosan Taʼminotchi tomonidan ichimlik suvi yetkazib berilgan hamda oqova suvlar qabul qilib olingan. Biroq, Abonent tomonidan majburiyatlar tegishli ravishda bajarilmaganligi sababli 6 449 770 soʻm qarz vujudga kelgan. Shu bois Taʼminotchi xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, abonent hisobidan 6 449 770 soʻm asosiy qarz hamda 3 224 885 soʻm penya undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining ajrimi bilan XPK 88-moddasining 4-bandiga asosan ish yuritish tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya va kassatsiya tartibida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiyasi sudining ajrimida Toshkent shahar Xamza tumani hokimiyati huzuridagi tadbirkorlar subyektlarni roʻyxatdan oʻtkazish Inspeksiyasining maʼlumotiga koʻra “Toshqishloqmash” OAJ tugatilganligi va bu haqda yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilganligi, XPK 86-moddasining 4-bandida ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlmish tashkilot tugatilgan boʻlsa, xoʻjalik sudi ish yuritishni tugatishi belgilanganligi asos qilib koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ish yuritishning tugatilishida moddiy va protsessual xuquq normalarini qoʻllashda xatolikka yoʻl qoʻygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar Xamza tumani hokimiyati huzuridagi tadbirkorlar subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish Inspeksiyasining maʼlumotidan koʻrinishicha “Toshqishloqmash” OAJ Mirzo-Ulugʻbek tumanidagi “Texnolog” OAJga qoʻshib yuborilganligi munosabati bilan Xamza tumani korxona va tashkilotlar davlat reyestridan chiqarilib, tegishli yozuv kiritilgan va “Toshqishloqmash” OAJ roʻyxatdan oʻtkazilishiga asos boʻlgan birlamchi hujjatlar toʻplamining asl nusxasi Mirzo Ulugʻbek tumani hokimiyati huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish Inspeksiyasiga taqdim etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FK 49-moddasining birinchi qismiga koʻra, yuridik shaxsni qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish) uning muassislari (ishtirokchilari) yoki taʼsis hujjatlarida shunga vakil qilingan yuridik shaxs organi qaroriga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning oltinchi qismiga binoan yuridik shaxs unga boshqa yuridik shaxsni qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etilganida qoʻshib olingan yuridik shaxsning faoliyati toʻxtatilgani haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilgan paytdan boshlab yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FK 50-moddasining ikkinchi qismiga asosan yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qoʻshilganida, bu yuridik shaxsga qoʻshilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari topshirish hujjatiga muvofiq oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 39-moddasining birinchi qismiga muvofiq taraflardan biri nizoli yoki xoʻjalik sudining hal qiluv qarori bilan aniqlangan huquqiy munosabatdan chiqib ketgan taqdirda (qayta tashkil etilish, talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish, qarzning boshqa shaxsga oʻtkazilishi, fuqaroning oʻlimi va boshqa hollarda) sud bu tarafni uning huquqiy vorisi bilan almashtirib, bu haqda oʻz ajrimi, hal qiluv qarori yoki qarorida koʻrsatadi. Huquqiy vorislik protsessning har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, mazkur holatda sud “Toshqishloqmash” OAJni uning huquqiy vorisi “Texnolog” OAJ bilan almashtirib, nizoni mazmunan koʻrib chiqishi lozim edi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Isteʼmolchidagi asosiy gazni hisobga olish priborlari nosoz boʻlgandagina yetkazib berilgan gaz miqdori plombalanmagan uskunalarning loyihadagi quvvati va gaz sarfini hisobga olish priborlari nosoz boʻlgan vaqtda eng yuqori gaz sarfi quvvatida korxona ishlagan soatlar boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻztransgaz” AKning “Toshkentshahargaz” filiali (Taʼminotchi) va “Abdurahim Xojiakbar” xususiy korxonasi (Isteʼmolchi) oʻrtasida tabiiy gaz yetkazib berish va qabul qilish toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan va unga koʻra Taʼminotchi tarmoqlar orqali tabiiy gaz yetkazib berish, Isteʼmolchi esa tabiiy gaz hajmini qabul qilib olish va belgilangan narxlar boʻyicha haq toʻlash majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu shartnomaga asosan Taʼminotchi tomonidan Isteʼmolchiga uzluksiz tabiiy gaz uzatib turilgan, Isteʼmolchi tomonidan oʻz navbatida toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirib kelingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 11-fevralda Isteʼmolchida mavjud boʻlgan “AGAT-25” rusumli gaz hisoblagich buzilib qolganligi sababli, u gaztaʼminot vakili yuborilishini soʻrab ariza bilan Taʼminotchiga murojaat qilgan. Ushbu xatga asosan tumangaz ustasi tomonidan gaz hisoblagich uni qayta koʻrikdan oʻtkazish va sozlash uchun yechilgan va bu haqda tegishli hujjatlar tuzilgan. Lekin, Isteʼmolchi tomonidan gaz hisoblagichini taʼmirlash, qiyoslashdan oʻtkazish boʻyicha zarur boʻlgan hujjat, yaʼni sertifikat “Elektr gaz hisoblagich” MChJdan olinmagan va tumangazga taqdim qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnomaning 2.13-bandida, agar Isteʼmolchidagi gaz hisoblagich moslamasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi gaz hisoblash qoidalariga mos kelmasa, gazni hisobga olish priborlari nosoz boʻlganda va ular gaz yetkazib beruvchida mavjud boʻlmaganda gaz taʼminoti korxonasi tomonidan yetkazib berilgan gaz miqdori tamgʻalanmagan uskunalarning loyihadagi quvvati va gaz sarfini hisobga olish priborlari nosoz boʻlgan vaqtda isteʼmolchi tomonidan foydalanilgan tabiiy gaz uchun hisob-kitob taʼminotchi tomonidan tamgʻalanmagan barcha gaz isteʼmol qiluvchi qurilmalarining eng yuqori gaz sarfi quvvatida kuniga 24 soat ish tartibida hisoblanishi belgilangan. Shu bois, Taʼminotchi tomonidan 2010-yil 11-fevraldan 2011-yil 1-martgacha boʻlgan davrda isteʼmol qilingan gaz hajmi qayta hisob-kitob qilinib, Isteʼmolchiga 20 356 194 soʻm toʻlashi lozimligi haqida talabnoma yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq Isteʼmolchi tomonidan talabnoma oqibatsiz qoldirilgan va shu bois Taʼminotchi xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, Isteʼmolchidan 20 356 194 soʻm undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo talablarini qanoatlantirish rad qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya va kassatsiya tartibida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlariga koʻra, 2010-yil 11-fevral kuni tumangaz xodimi tomonidan texnik taftish oʻtkazilgan. Koʻrik vaqtida mavjud boʻlgan “AGAT-25” rusumli gaz hisoblagichning elektron tablosidagi koʻrsatgichi 00000-raqamini koʻrsatganligi sababli, tumangaz xodimi gaz hisoblagichni nosoz degan xulosaga kelgan. Shundan soʻng Isteʼmolchining arizasiga asosan gaz hisoblagichi yechilib, taʼmirlash uchun “Uzstandart” agentligiga qarashli ustaxonasida tekshirilganda, gaz hisoblagich ishlayotganligi va soz boʻlganligi aniqlangan. 2010-yil 12-fevral kuni gaz hisoblagich joyiga qayta oʻrnatilib, nazorat tamgʻa qoʻyilgan va bu haqda dalolatnoma tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 10-yanvardagi 8-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi isteʼmolchilariga gaz yetkazib berish qoidalari”ning 5.3-bandiga koʻra isteʼmolchidagi asosiy gazni hisobga olish priborlari nosoz boʻlganda va ular gaz yetkazib beruvchida mavjud boʻlmaganda hududiy gaz taʼminoti korxonasi tomonidan yetkazib berilgan gaz miqdori plombalanmagan uskunalarning loyihadagi quvvati va gaz sarfini hisobga olish priborlari nosoz boʻlgan vaqtda korxona ishlagan soatlar boʻyicha yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa usul bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnomaning 2.13-bandida, agar isteʼmolchidagi gaz hisoblagich moslamasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi gaz hisoblash qoidalariga mos kelmasa, gazni hisobga olish priborlari nosoz boʻlganda va ular gaz yetkazib beruvchida mavjud boʻlmaganda gaz taʼminoti korxonasi tomonidan yetkazib berilgan gaz miqdori tamgʻalanmagan uskunalarning loyihadagi quvvati va gaz sarfini hisobga olish priborlari nosoz boʻlgan vaqtda isteʼmolchi tomonidan foydalanilgan tabiiy gaz uchun hisob-kitob taʼminotchi tomonidan tamgʻalanmagan barcha gaz isteʼmol qiluvchi qurilmalarining eng yuqori gaz sarfi quvvatida kuniga 24 soat ish tartibida hisoblanishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda isteʼmolchida oʻrnatilgan gaz hisoblagichi 2009-yilning avgust oyida oʻrnatilgan va uning 2 yillik muvofiqlik sertifikati boʻlgan, uni yechish va joyiga oʻrnatish vaqtida zavod va tumangaz tamgʻalari buzilmagan boʻlgan. Gaz hisoblagich joyiga oʻrnatilgandan soʻng taʼminotchining vakillari tomonidan 2010-yilning 16-mart va 28-noyabrdagi, 2011-yilning 28-yanvaridagi dalolatnomalarida gaz hisoblagich soz holda boʻlganligi va tamgʻalar buzilmaganligi qayd etilgan. 2010-yil 11-fevraldan 2011-yil 1-martgacha boʻlgan davrda isteʼmol qilingan gaz uchun isteʼmolchi gaz hisoblagich boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirib kelgan. 2011-yil 2-martdagi “Uzstandart” agentligining sertifikatiga koʻra gaz hisoblagich soz holda ekanligi qayd etilganligi va u yana 2 yilga, yaʼni 2013-yilgacha uzaytirilib berilganligini inobatga olib sudning hal qiluv qarori bilan daʼvoning qanoatlantirilishi asosli ravishda rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. FKning 468-moddasiga koʻra, abonent (isteʼmolchi) oʻzi foydalanadigan energiya isteʼmol qiluvchi asbob va uskunalarining sozligini taʼminlashga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Andijon Eski shahar elektr tarmoqlari” korxonasi (Taʼminotchi) va “Andijon shahar Nur” boʻlimi (Isteʼmolchi) oʻrtasida tuzilgan “Elektr energiya taʼminoti” toʻgʻrisidagi shartnoma hamda qoʻshimcha kelishuvga asosan Taʼminotchi elektr energiyasi yetkazib berish, Isteʼmolchi esa isteʼmol qilingan energiya haqini toʻlab berish majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” talablarini bajarilishini nazorat qilish maqsadida daʼvogar tomonidan 2011-yilning 23 va 25-aprel kunlari javobgar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan tekshirish oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirishda Isteʼmolchi tomonidan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ning 63-bandi buzilgan holda nosoz boʻlgan 21 ta elektr hisoblagichlardan foydalanib kelayotganligi aniqlangan va tekshirish yuzasidan tegishli dalolatnoma tuzilib, unda noqonuniy foydalanilayotgan elektr energiyasi miqdori qayta hisob-kitob qilish yoʻli bilan aniqlanishi, isteʼmolchi 3 kun muddat ichida birgalikda hisob-kitobni amalga oshirish uchun elektr taʼminoti korxonasiga kelishi shartligi, aks holda noqonuniy foydalanilgan elektr energiyasi xajmini hisoblash bir tomonlama amalga oshirilib, toʻlov uchun taqdim qilinishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazilgan tekshirishda aniqlangan kamchiliklar belgilangan muddatda javobgar tomonidan bartaraf etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, viloyat prokuraturasi “Andijon Eski shahar elektr tarmoqlari” korxonasi manfaatida xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar “Andijon shahar Nur” boʻlimidan 130 020 116 soʻm undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ajrimi bilan “Andijon hududiy elektr tarmoqlari” OAJ ishga daxldor daʼvogar sifatida almashtirilgan hamda Andijon viloyat Gʻaznachilik boshqarmasi nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida ishga jalb etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining ajrimi bilan tekshirish natijasi yuzasidan dalolatnomalardagi “Andijon shahar Nur” boʻlimi xodimi Z. Nurmatov nomidan qoʻyilgan imzo yuzasidan eʼtiroz bildirilganligi sababli, ushbu imzo kimga tegishli ekanligini aniqlash uchun xatshunoslik ekspertizasi tayinlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati IIB ekspert-kriminalistika boʻlimining xulosasida, dalolatnomadagi imzo Z. Nurmatov tomonidan imzolanganligi ehtimoli borligi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FKning 468-moddasida energiya taʼminoti shartnomasiga muvofiq energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tutashtirilgan tarmoq orqali abonentga (isteʼmolchiga) energiya berib turish majburiyatini olishi, abonent esa qabul qilingan energiya xaqini toʻlash, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan energiya isteʼmol qilish tartibiga rioya etish, tasarrufidagi energetika shahobchalaridan foydalanish xavfsizligini hamda oʻzi foydalanadigan energiya isteʼmol qiluvchi asbob va uskunalarining sozligini taʼminlash majburiyatini olishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish Qoidalari”ning 63-bandida hisobga olish pribori isteʼmolchining aybi bilan buzilgan (plombasi buzilgan, oynasi singan va shu kabilar), hisobga olish priborini ishga tushirish sxemasi oʻzgargan, hisobga olish priboridan tashqari elektr qabul qilgichlar ulangan yoki elektr energiyasi boshqacha usulda oʻgʻirlangan hollarda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi isteʼmolchini elektr tarmogʻidan uzib qoʻyishga haqliligi va hisobga olish priborlari oxirgi marta oʻzgartirilgan yoki ularni ulash sxemasi tekshirilgan kundan boshlab butun oʻtgan, ammo daʼvo muddatidan koʻp boʻlmagan davr uchun elektr qabul qilgichlarning ulangan quvvati va isteʼmolchining elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilgan ishlash soatlari boʻyicha energiya sarfini qayta hisoblab chiqilishi shartligi, bunda hisobga olish pribori koʻrsatkichini yozib olish ulash sxemasini tekshirish deb hisoblanmasligi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlangan qoidabuzarlik yuzasidan elektr energiya sarfi qayta hisob-kitob qilinganda, uning qiymati 125 435 028 soʻmni (1500419 kvt. soat x 83 soʻm 60 tiyin) tashkil etgan. Bundan tashqari, javobgarning 2011-yil 1-iyun holatiga isteʼmol qilgan elektr energiyasidan 4 585 088 soʻm qarzdorligi mavjud boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli birinchi instansiya sudi javobgardan daʼvogar foydasiga 130 020 116 soʻm undirish haqida asosli xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yana bir misol.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Samarqand elektr tarmoqlari” OAJ bilan “Chelak paxta tozalash zavodi” OAJ oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan daʼvogar elektr energiyasi yetkazib berish, javobgar esa isteʼmol qilingan elektr energiya haqini toʻlab berish majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” (bundan buyon matnda “Qoidalar” deb yuritiladi) talablarini bajarilishini nazorat qilish maqsadida javobgar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan tekshirish oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirishda javobgarga qarashli elektr hisoblagichning vektor diagrammasi koʻrsatkichlari sxemasi notoʻgʻri ulanganligi, hisob boʻyicha 16 sekundda 10 impuls berilishi kerak boʻlgan holda haqiqatda 26 sekundda 10 impuls berilganligi aniqlanib, sxemalar toʻgʻrilangan, yaʼni A – S; V – A; S – V tartibda joylari almashtirilganda vektor diagrammasi hisob boʻyicha 17 sekundda impuls berilganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar tekshirishda aniqlangan qoidabuzilish holatlari yuzasidan tuzilgan dalolatnomaga asosan javobgar tomonidan 3 yil muddatda sarf qilingan elektr energiya miqdorini qayta hisob-kitob qilib, Qoidalarning 63 va 76-bandlariga asosan 342 866 034 soʻm zararni ixtiyoriy ravishda toʻlab berishni soʻrab, unga talabnoma yuborgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar tomonidan ushbu zarar summasi ixtiyoriy ravishda toʻlab berilmaganligi bois, daʼvogar xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgardan 342 866 034 soʻm zararni undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FKning 468-moddasida energiya taʼminoti shartnomasiga muvofiq energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tutashtirilgan tarmoq orqali abonentga (isteʼmolchiga) energiya berib turish majburiyatini olishi, abonent esa qabul qilingan energiya haqini toʻlash, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan energiya isteʼmol qilish tartibiga rioya etish, tasarrufidagi energetika shohobchalaridan foydalanish xavfsizligini hamda oʻzi foydalanadigan energiya isteʼmol qiluvchi asbob va uskunalarining sozligini taʼminlash majburiyatini olishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnomaning 3.5-bandiga koʻra, korxona har oyning 25 sanasigacha isteʼmolchi bilan birgalikda hisobga olish priborlari koʻrsatkichlarini yozib olish bilan bir vaqtda, hisoblagichlarning tartib raqamlarini hamda amalda isteʼmol qilingan elektr energiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda hisobotni rasmiylashtirishi, hisobot asosida korxonaga tegishli hisob-kitobni amalga oshirishi va isteʼmolchi hisob-fakturani olishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoidalarning 63-bandiga koʻra hisobga olish pribori isteʼmolchining aybi bilan buzilgan (plombasi buzilgan, oynasi singan va shu kabilar), hisobga olish priborini ishga tushirish sxemasi oʻzgargan, hisobga olish priboridan tashqari elektr qabul qilgichlar ulangan yoki elektr energiyasi boshqacha usulda oʻgʻirlangan hollarda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi isteʼmolchini elektr tarmogʻidan uzib qoʻyishga haqliligi va hisobga olish priborlari oxirgi marta oʻzgartirilgan yoki ularni ulash sxemasi tekshirilgan kundan boshlab butun oʻtgan ammo daʼvo muddatidan koʻp boʻlmagan davr uchun elektr qabul qilgichlarning ulangan quvvati va isteʼmolchining elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilgan ishlash soatlari boʻyicha energiya sarfini qayta hisoblab chiqishi shartligi, bunda hisobga olish pribori koʻrsatkichini yozib olish ulash sxemasini tekshirish deb hisoblanmasligi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar tomonidan aniqlangan qoidabuzarlik yuzasidan elektr energiya sarfi Qoidalarning 63-bandiga asosan notoʻgʻri hisob-kitob qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunki, birinchi instansiya sudi tomonidan sayyor sud majlisida joyiga chiqib koʻrilganida, javobgarga tegishli boʻlgan 2 dona zavod raqami 044558791 boʻlgan “Merkuriy-230” va zavod raqami 0056540 boʻlgan “Merkuriy-230” rusumli elektr hisoblagich priborlari “Chelak” nimstansiyasida oʻrnatilganligi, ushbu nimstansiya “Samarqand elektr tarmoqlari” OAJ balansida ekanligi, nimstansiya sim toʻsiq bilan oʻrab qoʻyilganligi, uning hududiga faqat jamiyat xodimlari bilan birgalikda kirish mumkinligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, “Oʻzdavenergonazorat” Samarqand hududiy boʻlimining maʼlumotida, “Chelak” nimstansiyasi “Samarqand elektr tarmoqlari” OAJ balansida ekanligi, uning hududiga begona shaxslar kirishi taʼqiqlanishi, javobgarning xodimlari daʼvogar xodimlari bilan birgalikda kirishi mumkinligi, elektr tarmoqlari xodimlari tomonidan Qoidalarning 63 va 76-bandlariga asosan qayta hisob-kitob notoʻgʻri qilinganligi, hisob-kitob Qoidalarning 65-bandiga asosan qilinishi lozimligi bildirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoidalarning 65-bandida elektr energiyasini hisobga olish isteʼmolchining aybisiz vaqtinchalik buzilganda yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob hududiy elektr tarmoqlari korxonasining qarori boʻyicha, hisobga olish buzilishiga qadar boʻlgan oldingi hisob-kitob davridagi yoki hisobga olish tiklangandan keyingi davrdagi oʻrtacha sutkalik sarf boʻyicha amalga oshirilishi, elektr energiyaning oʻrtacha sutkalik sarfi boʻyicha hisob-kitob qilish davri bir oydan oshmasligi kerakligi, shu vaqt ichida hisobga olish tiklanishi zarurligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarning 342 866 034 soʻm zarar undirish talabi asoslantirilmaganligi sababli, birinchi instansiya sudi daʼvo talabini rad etgan. Apellatsiya instansiyasi sudi esa hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirish haqida toʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli kassatsiya instansiyasi sudi sud qarorlarini oʻzgarishsiz qoldirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. FK 477-moddasiga koʻra energiya taʼminoti shartnomasi boʻyicha majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan hollarda, energiya bilan taʼminlovchi tashkilot shu tufayli yetkazilgan zararning, abonent esa yetkazilgan haqiqiy zararning oʻrnini qoplashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gʻarbgaztaʼminot” unitar korxonasi (Taʼminotchi) xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, Qorovulbozor tumanidagi 10-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabidan (Isteʼmolchi) 6 554 183 soʻm zarar undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar oʻrtasida shartnoma tuzilgan. Shartnomaning 1.1-bandiga muvofiq daʼvogar javobgarning buyurtmasiga asosan tutashtirilgan tarmoq orqali tabiiy gaz yetkazib berish, javobgar esa mazkur shartnomaning 1.3-bandida belgilangan tabiiy gaz hajmini qabul qilib olish va belgilangan narxlar boʻyicha haq toʻlash majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning 2.4-bandiga muvofiq javobgarga berilgan gaz hajmi Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi gaz hisoblash qoidalariga muvofiq ravishda oʻrnatilgan nazorat-oʻlchov asboblari, soz holatdagi hisoblagichlar va gaz sarfini oʻlchovchi moslamalar koʻrsatkichlari boʻyicha hisoblanishi, shuningdek, javobgar gaz hisoblagichlarning soz holatda boʻlishi hamda ularni oʻz vaqtida taʼmirlanishi va davriy tekshiruvdan oʻtkazilishi uchun javob berishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼminotchi tomonidan Isteʼmolchining faoliyatida gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, “RG40 0651” rusumli gaz hisoblagich asbobi ishlamay turganligi aniqlangan va foydalanilgan tabiiy gaz sarfi loyiha quvvati asosida hisoblanishi uqtirilgan. Bu haqda javobgar ishtirokida dalolatnoma tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 1-mart holatiga javobgarning foydalanilgan tabiiy gazdan qarzi 7 084 344 soʻmni tashkil etganligi sababli, tabiiy gaz tarmogʻidan uzilib, bu haqda javobgar ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning 2.11-bandida gaz isteʼmol qiluvchi jihozlar GTP va gaz hisoblagichlarning sozligi va talab darajasida saqlanishi hamda ularni oʻz vaqtida tekshiruvdan oʻtkazilishi uchun “Isteʼmolchi”ning javobgarligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning 2.23-bandida ushbu bandning a) kichik bandiga muvofiq, gaz hisoblash asboblari nosoz boʻlsa, j) kichik bandida daʼvogar vakili oxirgi kelgan paytdan boshlab daʼvogar tomonidan gaz isteʼmol qiluvchi agregatlarga, gaz hisoblagich priborlarga oʻrnatilgan tamgʻalar uzilganda, javobgar tomonidan foydalanilgan tabiiy gaz uchun hisob-kitob daʼvogar vakilining oxirgi kelgan paytidan boshlab, tamgʻalanmagan barcha gaz isteʼmol qiluvchi gaz uskunalarining loyihaviy yuqori quvvatidan kelib chiqib, shartnomaning 2.11 bandiga asosan amalga oshirilishi belgilangan. Shartnomaning 2.11-bandiga muvofiq, daʼvogar tomonidan tamgʻalanmagan barcha gaz isteʼmol qiluvchi qurilmalarning eng yuqori sarfi quvvatida, kuniga 24 soat ish tartibida hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning qayd etilgan bandlariga muvofiq, javobgarning noqonuniy hatti-harakatlari natijasida sarf etilgan gaz hajmining qiymati 6 554 183 soʻmni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu sarf etilgan 6 554 183 soʻm zararni toʻlash yuzasidan yuborilgan daʼvogarning talabnomalari javobgar tomonidan oqibatsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FK 477-moddasining birinchi qismiga muvofiq, energiya taʼminoti shartnomasi boʻyicha majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan hollarda, energiya bilan taʼminlovchi tashkilot shu tufayli yetkazilgan zararning, abonent esa yetkazilgan haqiqiy zararning oʻrnini qoplashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FK 478-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, agar qonun hujjatlarida, shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa yoki u majburiyat mohiyatidan kelib chiqmasa, tutashtirilgan tarmoq orqali gaz, neft va neft mahsulotlari, suv va boshqa tovarlar bilan taʼminlash munosabatlariga nisbatan ushbu paragraf qoidalari qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli, apellatsiya instansiyasi sudi moddiy va protsessual huquq normalarini toʻgʻri qoʻllagan holda birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirish haqida asosli xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Noqonuniy ravishda gaz tarmogʻiga ulanib undan foydalanib kelinganda isteʼmolchiga nisbatan shartnomada belgilangan shartlar asosida foydalanilgan gaz uchun haq undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“SHIMOLGAZTA`MINOT” unitar korxonasi va “Saodat ofis” koʻp tarmoqli xususiy firmasi oʻrtasida tabiiy gaz yetkazib berish va qabul qilish toʻgʻrisidagi shartnoma tuzilgan va oʻnga koʻra daʼvogar tarmoqlar orqali tabiiy gaz yetkazib berish, javobgar esa tabiiy gaz hajmini qabul qilib olish va belgilangan narxlar boʻyicha haq toʻlash majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar tomonidan javobgarning tabiiy gazdan foydalanish ahvoli tekshirilganda, javobgar tomonidan “Gaboy J-25” rusumli elektron gaz hisoblash uskunasining oldidan gaz tarmogʻiga noqonuniy ravishda alohida diametri 25 mm boʻlgan quvur ulanib, undan foydalanib kelinganligi aniqlangan va bu toʻgʻrisida javobgar vakili ishtirokida dalolatnoma tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar va javobgar oʻrtasida tuzilgan shartnomaning 6.4-bandiga koʻra javobgar qurilmalarni daʼvogar bilan kelishmagan holda gaz tarmogʻiga ulab olgan boʻlsa, unga nisbatan gaz asboblarining 24 soatlik ish tartibida ishlaydigan toʻliq quvvatining ikki baravar hisobida foydalanilgan gaz uchun haqni daʼvogarga toʻlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlangan holat boʻyicha daʼvogar xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar hisobidan gaz asbobining 24 soatlik ish tartibida ishlaydigan toʻliq quvvatining ikki baravar hisobida — 25 447 401 soʻm undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi daʼvoni toʻliq qanoatlantirgan, apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarining qarorlari bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi zahira manbaini avtomatik ulash, avtomatik qayta ulash va avtomatik davr tezlikni oʻchirishlarning ishlash vaqtida elektr energiyasini yetkazib berishdagi tanaffuslar uchun isteʼmolchi oldida moddiy javobgar boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kurganteks” MChJ (Abonent) xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “Andijon hududiy elektr tarmoqlari” OAJ dan (Taʼminotchi) 1 028 832 857 soʻm zarar va yetkazib berilmagan elektr energiyasi uchun 16 353 231 soʻm penya undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJ va OAJ oʻrtasida elektr energiyasi taʼminoti boʻyicha shartnoma tuzilgan. Mazkur shartnomaga asosan OAJ MChJga tutashtirilgan tarmoq orqali elektr energiyasi yetkazib berish, MChJ esa qabul qilingan elektr energiyasi uchun toʻlovlarni amalga oshirish majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OAJ tomonidan shartnoma shartlari bajarilmaganligi, 2011-yilning oktyabr oyidan 2012-yilning aprel oyiga qadar MChJni ogohlantirmagan holda elektr energiyasi 135 soat davomida yetkazib berilmaganligi, natijada MChJ ishlab chiqarishda 1885 ish soatini yoʻqotib, ishlab chiqarish miqdori keskin kamayib ketganligi, elektr energiyasini yetkazib berish dastgohlar ishdan chiqqanligi natijasida uzilganligi, ishchilar bekor turib qolgan vaqtga ishchilarga jami 256 641 733,14 soʻm ish haqi toʻlanganligi, “Uzprommashimpeks” DAK tomonidan yetkazib berilgan paxta tolasini ishlab chiqarish muddatlari choʻzilib ketishi oqibatida paxta tolasi haqi toʻlovi kechiktirilganligi uchun MChJga 49 120 351,40 soʻm penya qoʻllanilganligi, asosiy vositalarga hisoblangan 709 191 672,90 soʻm amortizatsiya ajratmasi xarajati hisoblanganligi, elektr energiyasi uzilishlari natijasida yaroqsiz holga kelgan ehtiyot qismlarni yangilash uchun 13 879 100 soʻm xarajat qilinganligi vaji bilan MChJ xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, OAJdan jami 1 028 832 857 soʻm zarar va yetkazib berilmagan elektr energiyasi uchun 16 353 231 soʻm penya undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FKning 477-moddasida “Energiya taʼminoti shartnomasi boʻyicha majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan hollarda, energiya bilan taʼminlovchi tashkilot yoki abonent shu tufayli yetkazilgan haqiqiy zararni qoplashi shart” ligi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ning 130-bandida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi zahira manbaini avtomatik ulash, avtomatik qayta ulash va avtomatik davr tezlikni oʻchirishlarning ishlash vaqtida elektr energiyasini yetkazib berishdagi tanaffuslar uchun isteʼmolchi oldida moddiy javobgar boʻlmaydi deb belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, birinchi instansiya sudi tomonidan elektr energiyasining oʻchirilish sabablari, OAJning elektr energiya bilan taʼminlashdagi uzilishlarda aybi bor-yoʻqligini hamda aynan texnikalar elektr energiyasi uzilishi natijasida ishchilar qancha soat bekor turib qolganligi holati aniqlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, OAJ tomonidan yetkazib berilmagan elektr energiyasi uchun 16 353 231,60 soʻm penya undirish talabi 2 358 267 soʻmga qanoatlantirilgan boʻlsada, OAJ tomonidan qancha miqdorda elektr energiyasi yetkazib berilmaganligi holati aniqlanmagan. Shuningdek, “Uzdavenergonazorat” inspeksiyasi Andijon viloyat hududiy boʻlimi mutaxassisining xulosasi ish uchun qanday ahamiyatga ega ekanligi holati muhokama qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, XPKning 11-moddasiga koʻra xoʻjalik sudi ishni koʻrishda ish boʻyicha barcha dalillarni bevosita tekshirishi shartligi, 54-moddasiga asosan xoʻjalik sudi dalillar asosida ishda ishtirok etuvchi shaxslarning talablari va eʼtirozlarini asoslovchi holatlar, shuningdek nizoni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa holatlar bor yoki yoʻqligini aniqlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, kassatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini bekor qilishni, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni lozim topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan daʼvogar oʻz talablarini daʼvo berilganidan keyin qarzdorlik javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda toʻliq toʻlanganligi sababli qoʻllab-quvvatlamagan hollarda davlat boji javobgardan undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Suvsoz” DUK (Taʼminotchi) va “Fuqarolarga xizmat koʻrsatish boshqarmasi” davlat korxonasi (Abonent) oʻrtasida shartnoma tuzilgan va oʻnga koʻra Taʼminotchi abonentga maishiy xoʻjalik va texnologik ishlab chiqarish extiyoji uchun ichimlik suvini yetkazib berish hamda oqova suvlarni qabul qilib olish, abonent esa isteʼmol qilingan ichimlik suvi va oqova suvlar uchun haq toʻlash majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu shartnomaga asosan Taʼminotchi tomonidan ichimlik suvi yetkazib berilgan hamda oqova suvlar qabul qilib olingan. Biroq, Abonent tomonidan oʻz majburiyati tegishli ravishda bajarilmaganligi sababli 4 775 458 soʻm qarz vujudga kelgan. Shu sababli Taʼminotchi xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, Abonentdan 4 775 458 soʻm qarzni undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish koʻrish jarayonida daʼvogar sudga ariza bilan murojaat qilib, unda javobgar tomonidan qarz summasi toʻliq toʻlanganligi sababli daʼvo talablaridan voz kechganligini bildirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiyasi sudining ajrimi bilan daʼvogarning daʼvodan voz kechishi qabul qilingan va XPK 86-moddasining 3-bandiga asosan ish yuritish tugatilgan. Daʼvogar Soliq kodeksi 330-moddasining 8-bandiga asosan davlat boji toʻlashdan ozod qilinganligi sababli, sud ishni koʻrish natijasi boʻyicha davlat bojini undirmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya va kassatsiya tartibida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq kodeksi 337-moddasining oʻn beshinchi qismiga koʻra, davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan daʼvogar oʻz talablarini daʼvo berilganidan keyin ular javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda toʻliq yoki qisman qanoatlantirilganligi tufayli qoʻllab-quvvatlamagan hollarda davlat bojining summasi javobgardan sud ajrimi boʻyicha budjetga undirilishi lozim. Shu bois, birinchi instansiya sudi javobgardan davlat bojini undirishi lozim edi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 31-dekabr.