Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.11.2024 16.01.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2754
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining buyrugʻi, 16.01.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2754
Кучга кириш санаси
25.04.2016
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.11.2024
Hujjat 01.01.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON STANDARTLASHTIRISH, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLASHTIRISH AGENTLIGI BOSH DIREKTORINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 16-yanvarda 2754-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2024-yil 12-noyabrdagi 64-sonli ““Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2754-4, 27.11.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 19-oktabrdagi 298-sonli “2020-yilgacha boʻlgan davrda sifat milliy infratuzilmasini rivojlantirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh direktor A. KURBANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 4-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2016-yil 4-yanvardagi 2-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 19-oktabrdagi 298-sonli “2020-yilgacha boʻlgan davrda sifat milliy infratuzilmasini rivojlantirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — menejment tizimlarini sertifikatlashtirishga talabgor boʻlgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi (bundan buyon matnda MTSO deb yuritiladi) — menejment tizimlarini sertifikatlashtirishga doir ishlarni bajarish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
menejment tizimlarini sertifikatlashtirish (bundan buyon matnda sertifikatlashtirish deb yuritiladi) — menejment tizimlarining belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlashga oid faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlik sertifikati — sertifikatlashtirilgan menejment tizimlarining belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Menejment tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish ariza beruvchi tomonidan mustaqil ravishda yoki tegishli malakaga ega boʻlgan maslahatchini jalb etish orqali amalga oshiriladi. Bunda maslahatchini jalb etish ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Sertifikatlashtirishni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sertifikatlashtirish quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda sertifikatlashtirishga ariza berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlashtirishga arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlashtirishni oʻtkazishga shartnoma tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlashtirishni oʻtkazish uchun auditorlar guruhini shakllantirish va tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
menejment tizimlari hujjatlarining tahlili va uning natijalari boʻyicha hisobot tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
menejment tizimlari auditini oʻtkazish va uning natijalari boʻyicha hisobot tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlashtirish boʻyicha qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlik sertifikatini Sertifikatlashtirish milliy tizimi davlat reyestrida (bundan buyon matnda Davlat reyestri deb yuritiladi) roʻyxatdan oʻtkazish va berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sertifikatlashtirish MTSO tomonidan sertifikatlashtirishga arizaga asosan amalga oshiriladi. MTSO ni tanlash ariza beruvchi tomonidan mustaqil amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ariza beruvchi MTSO ga ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlarni ilova qilgan holda sertifikatlashtirishga ariza beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ariza beruvchi sertifikatlashtirishga arizani, unga zarur hujjatlar va maʼlumotlarni ilova qilgan holda bevosita, pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikatlashtirishga ariza elektron shaklda berilgan taqdirda MTSO hujjatlarning skaner qilingan versiyasini qabul qiladi, soʻngra ularni sertifikatlashtirish jarayonida asl nusxasi bilan taqqoslaydi. MTSO elektron shakldagi sertifikatlashtirishga ariza olingani toʻgʻrisida ariza beruvchini xabardor qilinishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sertifikatlashtirishga arizaga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sifat boʻyicha qoʻllanmani;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
menejment tizimi sohasi boʻyicha siyosat va maqsadlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
menejment tizimining ishlashi uchun zarur boʻlgan jarayonlarning tavsifini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
menejment tizimining muvofiqligiga taʼsir etishi mumkin boʻlgan xavflarning tavsifini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
menejment tizimi ishlashi yuzasidan ariza beruvchining rahbariyati tomonidan ichki audit va tahlil oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalillarni oʻz ichiga olgan hujjatlar va maʼlumotlar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi oʻz ixtiyoriga koʻra qoʻshimcha hujjatlarni taqdim qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sertifikatlashtirishga ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun ariza beruvchi javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. MTSO sertifikatlashtirishga arizani koʻrib chiqadi va taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi, natijalari boʻyicha 3 kun mobaynida sertifikatlashtirishga arizani qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi yoki asoslantirilgan rad javobini yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sertifikatlashtirishga arizani qabul qilishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlarning toʻliq taqdim etilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlashtirishga arizaga ilova qilingan hujjatlar va maʼlumotlarning soxtaligi yoki notoʻgʻriligining aniqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlashtirishga arizaning ushbu Nizom bilan belgilangan boshqa talablarga nomuvofiqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sertifikatlashtirishga arizani qabul qilish rad etilganda hujjatlar ariza beruvchiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etgandan soʻng qayta sertifikatlashtirishga ariza berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sertifikatlashtirishga ariza qabul qilingan holatda uni qabul qilgan kundan boshlab 3 kun ichida MTSO va ariza beruvchi oʻrtasida sertifikatlashtirishni oʻtkazish toʻgʻrisida shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sertifikatlashtirish boʻyicha ishlar qiymatining toʻlovi uning natijalaridan qatʼi nazar, sertifikatlashtirishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan miqdorda va tartibda amalga oshiriladi. Bunda sertifikatlashtirish boʻyicha ishlar qiymatining toʻlovi sertifikatlashtirish boʻyicha qaror qabul qilingunga qadar amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sertifikatlashtirish boʻyicha ishlar qiymatining birinchi toʻlovidan soʻng 10 kun ichida, biroq shartnoma tuzilgandan soʻng 20 kundan kechiktirmay MTSO sertifikatlashtirishni oʻtkazish boʻyicha auditorlar guruhini shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sertifikatlashtirishni oʻtkazish boʻyicha auditorlar guruhining shaxsiy tarkibi, aʼzolarining huquq, majburiyatlari va javobgarligi, shuningdek sertifikatlashtirishni oʻtkazish muddatlari va joyi MTSO rahbarining qarori bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sertifikatlashtirishni oʻtkazish boʻyicha auditorlar guruhini sifat boʻyicha ekspert-auditor boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Menejment tizimlari hujjatlarining tahlili ularning normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Menejment tizimlari hujjatlarining tahlili va uning natijalari boʻyicha hisobot tuzish 15 kundan ortiq boʻlmagan muddatda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Menejment tizimlari hujjatlarining normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablariga nomuvofiqligi aniqlanganda ariza beruvchiga menejment tizimlari hujjatlarining tahlili natijalari boʻyicha hisobot bilan birgalikda taqdim etiladigan nomuvofiqliklar bayonnomasi rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Menejment tizimlari hujjatlarining tahlili natijalari boʻyicha quyidagilarni oʻz ichiga olgan hisobot rasmiylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MTSO nomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining nomi va manzili, shuningdek masʼul xodimning bogʻlanish maʼlumotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻralgan sertifikatlashtirish sohasining nomi (faoliyat turlari, jarayonlar va tashkiliy tuzilmalarning joylashishini koʻrsatgan holda identifikatsiyasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlashtirishni oʻtkazish uchun asos boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlashtirish uchun ariza beruvchi taqdim etgan hujjatlar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
menejment tizimi ishlashi yuzasidan ariza beruvchining rahbariyati tomonidan ichki audit va tahlil oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun 30 kundan oshmaydigan muddat (nomuvofiqliklar bayonnomasi rasmiylashtirilganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
menejment tizimlari hujjatlarining tahlili boʻyicha xulosa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobotda qoʻshimcha ravishda sertifikatlashtirish uchun ahamiyatga ega boshqa maʼlumotlar aks ettirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Nomuvofiqliklar mavjud boʻlmaganda yoki ular bartaraf etilgandan soʻng MTSO tomonidan ariza beruvchi bilan kelishilgan holda menejment tizimlari auditini oʻtkazish muddati belgilanadi. Bunda menejment tizimlari auditi menejment tizimlari hujjatlarining tahlili natijalari boʻyicha hisobot rasmiylashtirilgan yoki nomuvofiqliklar bayonnomasida koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgan kundan boshlab 15 kun mobaynida boshlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Menejment tizimlari auditi ularning normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Menejment tizimlari auditini oʻtkazish uchun MTSO tomonidan reja tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Menejment tizimlari auditi ariza beruvchi joylashgan joyida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Menejment tizimlari auditi va uning natijalari boʻyicha hisobot tuzish 30 kundan ortiq boʻlmagan muddatda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Menejment tizimlarining normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablariga nomuvofiqligi aniqlanganda ariza beruvchiga menejment tizimlari auditi natijalari boʻyicha hisobot bilan birgalikda taqdim etiladigan nomuvofiqliklar bayonnomasi rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Menejment tizimlari auditi natijalari boʻyicha quyidagilarni oʻz ichiga olgan hisobot rasmiylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MTSO nomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining nomi va manzili, shuningdek masʼul xodimning bogʻlanish maʼlumotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻralgan sertifikatlashtirish sohasining nomi (faoliyat turlari, jarayonlar va tashkiliy tuzilmalarning joylashishini koʻrsatgan holda identifikatsiyasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlashtirishni oʻtkazish uchun asos boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlashtirish boʻyicha asoslangan qaror qabul qilish imkonini beruvchi menejment tizimlari auditi oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi kuzatuvlar, yozuvlar va dalillar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun 60 kundan oshmaydigan muddat (nomuvofiqliklar bayonnomasi rasmiylashtirilganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
menejment tizimlari auditi boʻyicha xulosa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobotda qoʻshimcha ravishda sertifikatlashtirish uchun ahamiyatga ega boshqa maʼlumotlar aks ettirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Oʻtkazilgan sertifikatlashtirish natijalari boʻyicha MTSO tomonidan muvofiqlik sertifikatini berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Muvofiqlik sertifikatini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda ushbu qaror qabul qilingan kundan 3 kun ichida muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladi, Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkaziladi va ariza beruvchiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgandan kundan boshlab 5 yilni tashkil qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Muvofiqlik sertifikati blankasi qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Muvofiqlik sertifikati blankasi ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi va MTSO ga “Oʻzstandart” agentligi tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Muvofiqlik sertifikatini berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda MTSO ushbu qaror qabul qilingan kuni ariza beruvchini bu haqda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlik sertifikatini berishni rad etish toʻgʻrisida qaror menejment tizimlari hujjatlarining tahlilida ham, menejment tizimlari auditida ham qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Muvofiqlik sertifikatini berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
menejment tizimlari hujjatlarining tahlili yoki menejment tizimlari auditida aniqlangan nomuvofiqliklarning tegishli hisobotlarda belgilangan muddatlarda bartaraf etilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlashtirish boʻyicha ishlar qiymatining toʻlovi amalga oshirilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
menejment tizimlarining ushbu Nizom bilan belgilangan boshqa talablarga nomuvofiqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Sertifikatlashtirishni oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlar toʻplamlari, shu jumladan sertifikatlashtirishga arizalar, hisobotlar, menejment tizimlari auditi rejalari, MTSO rahbarlarining qarorlari va muvofiqlik sertifikatlarining nusxalari MTSO da 6 yil davomida saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Sertifikatlashtirish natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda ariza beruvchi “Oʻzstandart” agentligining Shikoyatlarni qarab chiqish kengashiga yoki bevosita sudga murojaat etishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyatlarni qarab chiqish 2 hafta ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzstandart” agentligining Shikoyatlarni qarab chiqish kengashining qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Avval berilgan muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugagunga qadar 30 kun mobaynida sertifikatlashtirishga ariza berilganda, menejment tizimi hujjatlarining tahlili va uning natijalari boʻyicha hisobot tuzishdan tashqari ushbu Nizomda belgilangan tartibda qayta sertifikatlashtirish oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Sertifikatlashtirilgan menejment tizimlari ustidan inspeksiya nazorati sertifikatlashtirishda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO yoki inspeksiya organlari tomonidan yiliga koʻpi bilan bir marta amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya nazorati natijalari boʻyicha muvofiqlik sertifikatini tasdiqlash, amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Muvofiqlik sertifikatini tasdiqlash, amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va uni bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Muvofiqlik sertifikatini tasdiqlash haqidagi qaror inspeksiya nazoratining natijalari ijobiy boʻlganda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Muvofiqlik sertifikatining amal qilishi quyidagi hollarda muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO va “Oʻzstandart” agentligi tomonidan 10 kundan oshmagan muddatga, sud tomonidan 10 kundan oshgan muddatga toʻxtatib turiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
menejment tizimi sertifikatlashtirilgan tashkilot (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) tomonidan inspeksiya nazorati davomida aniqlangan nomuvofiqliklar bartaraf etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablar buzilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Muvofiqlik sertifikatining amal qilishi muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO, “Oʻzstandart” agentligi yoki sud tomonidan quyidagi hollarda tugatiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inspeksiya nazorati natijalariga koʻra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot tomonidan muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatish haqida ariza bilan murojaat qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot tugatilganda — tugatilgan yoki faoliyati toʻxtatilgan vaqtdan boshlab, qayta tashkil etilishi natijasida — qayta tashkil etilgan vaqtdan boshlab, oʻzgartirilishi bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlik sertifikatini amal qilishi toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar MTSO, “Oʻzstandart” agentligi yoki sud tomonidan belgilangan muddatda tashkilot tomonidan bartaraf etilmaganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablar tashkilot tomonidan muntazam ravishda buzilganda yoki bir marta qoʻpol tarzda buzilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MTSO ning muvofiqlik sertifikatini berish haqidagi qarori noqonuniy ekanligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati oʻtganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Muvofiqlik sertifikatining amal qilishi uni tugatish haqida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Muvofiqlik sertifikati muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO, “Oʻzstandart” agentligi va sud tomonidan quyidagi holatlarda bekor qilinadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inspeksiya nazorati natijalariga koʻra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlik sertifikati soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Muvofiqlik sertifikatini bekor qilish haqida MTSO, “Oʻzstandart” agentligi va sudning qarori qabul qilinganda muvofiqlik sertifikati u berilgan sanadan eʼtiboran bekor qilingan hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. MTSO ning muvofiqlik sertifikatini amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki uni bekor qilish haqidagi qarori tashkilotga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 3 kundan kechiktirmasdan yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzstandart” agentligining muvofiqlik sertifikatini amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki uni bekor qilish haqidagi qarori tashkilotga va muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO ga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 3 kundan kechiktirmasdan yetkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning muvofiqlik sertifikatini amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki uni bekor qilish haqidagi qarori tashkilotga va muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO ga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar va tartibda yetkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot MTSO, “Oʻzstandart” agentligi yoki sudning muvofiqlik sertifikatini amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish haqidagi qarorini olgan kundan eʼtiboran 5 kun ichida muvofiqlik sertifikati keyinchalik “Oʻzstandart” agentligiga Davlat reyestridan chiqarish va yoʻq qilib yuborish uchun muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO ga qaytarilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. MTSO yoki “Oʻzstandart” agentligining muvofiqlik sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki uni bekor qilish haqidagi qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Tashkilot muvofiqlik sertifikatining amal qilishi toʻxtatib turilganda, tugatilganda yoki u bekor qilinganda sertifikatlashtirilgan menejment tizimi mavjudligi toʻgʻrisida eʼlon qilish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Sertifikatlashtirish sohasini kengaytirish yoki qisqartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Sertifikatlashtirish sohasini kengaytirishga talabgor tashkilot muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO ga ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda sertifikatlashtirish sohasini kengaytirishga ariza beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Sertifikatlashtirish sohasini kengaytirish ushbu Nizomda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Sertifikatlashtirish sohasini qisqartirish muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning sertifikatlashtirish sohasini qisqartirish toʻgʻrisidagi arizasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inspeksiya nazorati natijalariga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Sertifikatlashtirish sohasini qisqartirish uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Sertifikatlashtirish sohasini kengaytirish yoki qisqartirishda avval berilgan muvofiqlik sertifikatining qolgan muddatiga yangi muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladi. Bunda yangi muvofiqlik sertifikati avval berilgan muvofiqlik sertifikatini uni bergan MTSO ga qaytarilgandan soʻng beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. MTSO ning sertifikatlashtirish sohasini kengaytirish yoki qisqartirish haqidagi qarori tashkilotga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 3 kundan kechiktirmasdan yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot MTSO ning sertifikatlashtirish sohasini kengaytirish yoki qisqartirish haqidagi qarorini olgan kundan eʼtiboran 5 kun ichida avval berilgan muvofiqlik sertifikati keyinchalik “Oʻzstandart” agentligiga Davlat reyestridan chiqarish va yoʻq qilib yuborish uchun muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO ga qaytarilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. MTSO berilgan va bekor qilingan muvofiqlik sertifikatlari, amal qilishi toʻxtatib turilgan va tugatilgan muvofiqlik sertifikatlari, muvofiqlik sertifikatlarini berishni rad etish holatlari hisobini yuritadi, shuningdek har oyda “Oʻzstandart” agentligiga mazkur maʼlumotni taqdim qilib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. “Oʻzstandart” agentligi zaruriyat boʻlganda MTSO dan sertifikatlashtirish boʻyicha hujjatlar nusxalarini soʻrab olishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. MTSO oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida ariza beruvchi yoki tashkilot toʻgʻrisida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi rahbariga
‎‎_______________________________


‎Menejment tizimlarini sertifikatlashtirishga
‎ (Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish sohasini kengaytirishga)
‎ ARIZA

‎_______________________________________________________________________________ da
‎(normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar)
oʻrnatilgan talablarga muvofiqligi yuzasidan

_________________________________________________________________________________
‎(tashkiliy tuzilmaning joylashishi koʻrsatilgan holda menejment tizimining soʻralgan sohasi nomi)

menejment tizimini sertifikatlashtirishingizni soʻrayman.

‎‎
‎Menejment tizimlarini sertifikatlashtirishga talabgor boʻlgan yuridik shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

toʻliq nomi: ‎‎
qisqartirilgan nomi: ‎‎
yuqori turuvchi tashkilotning nomi, shu jumladan mazkur yuridik shaxs uning tarkibiga kirsa:
pochta manzili: ‎‎
telefon: ‎‎
elektron pochta manzili: ‎‎
STIR: ‎‎
IFUT: ‎‎
bank rekvizitlari bank nomi: ‎‎
bank hisob raqami: ‎‎
xizmat koʻrsatuvchi bankning MFO: ‎‎
shtat birliklarining umumiy soni: ‎‎
shu jumladan boshqaruv xodimlari: ‎‎
xizmat koʻrsatuvchi xodimlar: ‎‎
texnik xodimlar: ‎‎
menejment tizimiga masʼul boʻlgan shaxsning F.I.O., lavozimi, bogʻlanish maʼlumotlari: ‎‎


‎Menejment tizimi haqidagi umumiy maʼlumotlar

menejment tizimini ishlab chiqish va joriy etish sanasi: ‎‎
menejment tizimi tatbiq etiladigan mahsulot yoki xizmatlar: ‎‎
ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki koʻrsatilayotgan xizmatlar yuzasidan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar nomi: ‎‎‎‎
avval oʻtkazilgan menejment tizimini sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organining nomi: ‎‎
menejment tizimlarini sertifikatlashtirishda asos boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning nomi: ‎‎‎
muvofiqlik sertifikatining blank raqami va roʻyxatga olish raqami:
muvofiqlik sertifikati berilgan sana: ‎‎
muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati:

Ariza beruvchi

‎‎_____________
‎(imzo)

‎‎____________________
‎(F.I.O.)

_____________‎‎
‎(sana)

(1-ilova Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2016-yil 21-sentabrdagi 561-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2754-1, 23.09.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 38-son, 456-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎(old tomoni)

‎‎NATSIONALNAYA SISTEMA SERTIFIKATSII RESPUBLIKI UZBEKISTAN
‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SERTIFIKATLASHTIRISH MILLIY TIZIMI
‎(menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organining nomi va manzili, muvofiqlikni baholash organlarining davlat reyestridagi raqami)
‎(naimenovaniye i adres organa po sertifikatsii sistem menedjmenta, № v Gosudarstvennom reyestre organov po otsenke sootvetstviya)

‎‎№ _____________________

‎‎(blank raqami)
‎(№ blanka)


‎‎‎MUVOFIQLIK SERTIFIKATI
‎ SERTIFIKAT SOOTVETSTVIYA

‎‎‏(milliy muvofiqlik belgisi)
‎(natsionalniy znak sootvetstviya)

Sertifikatlashtirish milliy tizimi davlat reyestrida quyidagi raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazildi:
‎Zaregistrirovan v Gosudarstvennom reyestre natsionalnoy sistemi sertifikatsii za №: ‎‎
‎‎‎berilgan sana:
‎data vidachi:
‎‎
‎‎‎amal qilish muddati: deystvitelen do: ‎‎


‎Muvofiqlik sertifikati
‎Sertifikat sootvetstviya podtverjdayet sootvetstviye sistemi menedjmenta
‎(tashkilot nomi)
‎(naimenovaniye organizatsii)

‎‎manzili:
‎adres:
‎qoʻshimcha maʼlumot:
‎dopolnitelnaya informatsiya:

‎‎menejment tizimini
‎trebovaniyam, ustanovlennim v
‎ (normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar) (normativno-pravovie akti i normativnix dokumentov v oblasti texnicheskogo regulirovaniya) belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlaydi

‎va quyidagi sohalarda tatbiq etiladi:
‎i primenyayetsya v sleduyushix oblastyax:

‎‎Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organining rahbari
‎Rukovoditel organa po sertifikatsii sistem menedjmenta ‎




‎‎‎____________
‎(imzo)
‎ (podpis)




‎‎‎___________________
‎‎(F.I.O.)‎

M.Oʻ.
‎M.P.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(orqa tomoni)

NATIONAL SYSTEM OF CERTIFICATION OF UZBEKISTAN

‎ (name and address of management system certification body, No: in the state register of conformity assessment bodies)

‎‎No _____________________

(form number)


‎CERTIFICATE OF CONFORMITY

(national mark of conformity)

Registered in the State register of the national certification system No:
date of issue:
‎‎
valid till:
‎‎


‎Certificate of conformity certifies that management system
‎(name of a company)

address:
‎additional information:


‎complies with the requirements of
‎(name of normative-legal documents and regulatory documents in the field of technical regulations)

and will be implemented in the following areas:

Nead of management system
‎certification body

‎‎‎
‎____________
‎(signature)


‎‎‎‎‎___________________
‎‎(full name)‎


‎(stamp)

Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 3-son, 29-modda; 2016-y., 38-son, 456-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 10/20/2754-2/0189-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 11.02.2022-y., 10/22/2754-3/0136-son)