26.05.2015 yildagi 15-1408/14926-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʻz talab va eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (bundan buyon matnda — Qoʻmita) ariza bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilib, “Fargʻonaazot” ochiq aksiyadorlik jamiyatidan (bundan buyon matnda — jamiyat) asossiz olingan 1 433 328 500 soʻm daromadni undirishni hamda 286 665 700 soʻm jarima qoʻllashni, jami 1 719 994 200 soʻm undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2014-yil 16-oktabrdagi ajrimi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tovar xom-ashyo birjasi va 2014-yil 22-oktabrdagi ajrimi bilan Fargʻona shahar davlat soliq inspeksiyasi va 2015-yil 19-fevraldagi ajrimi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishga mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar sifatida jalb etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2014-yil 23-oktabrdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilib, jamiyatga nisbatan jami 111 594 780 soʻm miqdorida asossiz olingan daromad va jarima undirilgan, daʼvoning qolgan qismi rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasining 2015-yil 27-yanvardagi qarori bilan hal qiluv qarori bekor qilingan, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2015-yil 12-martdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilib, jamiyatdan 101 449 800 soʻm miqdorida asossiz olingan daromad undirilgan, daʼvoning qolgan qismini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida jamiyat tomonidan monopol mahsulotlarni toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar asosida sotilishida 2012-2013-yillar davomida birja (kim oshdi) savdolari kotirovkalarining oʻrtacha narxlari oshirib sotilganligi natijasida asossiz daromad olinganligi birinchi instansiya sudi eʼtiboridan chetda qolganligi haqida vajlarni bildirilib, hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni toʻliq qanoatlantirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati, kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birgalikda muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2013-yil 30-noyabrdagi 02-sonli qarori bilan tasdiqlangan reja-jadvaliga asosan jamiyatda 2010-2013-yillar davri boʻyicha rejali tekshirish oʻtkazilib, tekshirish yakuni boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirishda jamiyat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qoʻllanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablari buzilgan holda 2010-2013-yillar davomida karbamid va atsetat tolasi mahsulotlarini toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar asosida narxlarni oshirib sotish natijasida 1 433 328 500 soʻm miqdorida asossiz daromad olinganligi aniqlangan deb topilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, Qoʻmita maxsus komissiyasining 2014-yil 10-iyuldagi 16/12-sonli qarori asosida jamiyatga qonun buzilishi holatlarini tugatish hamda olingan 1 433 328 500 soʻmlik asossiz daromadning hamda 286 665 700 soʻm jarima hisoblanib, uni Qoʻmitaning maxsus tranzit hisob raqamiga toʻlash haqida 2014-yil 10-iyulda koʻrsatma berilgan. Biroq, jamiyat tomonidan mazkur koʻrsatma bajarilmagan. Natijada Qoʻmita sudga murojaat qilib, 1 433 328 500 soʻm asossiz olingan daromadni undirish va unga hisoblangan 286 665 700 soʻm jarimani qoʻllash, jami 1 719 994 200 soʻm undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi daʼvoni qisman qanoatlantirib toʻgʻri toʻxtamga kelgan. Chunki, jamiyatda ishlab chiqarilgan va sotilgan atsetat tolasining 2012-yil 7-martdagi 19-03-22-05-OzR-18-2013-sonli reyestr bilan tasdiqlangan narx hisobidan 551,5 (2,500x220 591) ming soʻm va 2013-yil 25-apreldagi 19-03-22-05-OzR-32-2013-sonli reyestr bilan tasdiqlangan narx hisobidan 74 395,6 (210,114x354 072) ming soʻm jami 101 449 800 soʻm asossiz daromad olinganligi sababli jamiyatdan 101 449 800 soʻm miqdorida asossiz olingan daromadni undirib sud toʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 55-moddasiga koʻra, ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʻz talab va eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karbamid mahsulotini sotishda asossiz daromad olinganligi isbotlanmaganligi sababli birinchi instansiya sudi daʼvoning ushbu qismini qanoatlantirishni rad etib, asosli toʻxtamga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat monopolist korxonalar qatoriga kirib, jamiyat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-maydagi “Mahsulotlar, xom-ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishni bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida”gi 57-sonli qaroriga asosan karbamid mineral oʻgʻiti birja savdolari orqali sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli qarori bilan tasdiqlangan 1-ilova, yaʼni “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qoʻllanishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 6-bandida monopolist korxonalar va tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlarga narxlar (tariflar) yoki ularning cheklangan darajalari, tartibga soluvchi koeffitsiyent, ustama yoki cheklangan rentabellik (pochta aloqasining universal xizmatlariga tariflar bundan mustasno) narxlarni tartibga soluvchi organ tomonidan deklaratsiya qilinishi (tasdiqlanishi) belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagi Hukumat qarorlariga asosan karbamid mineral oʻgʻiti monopol mahsulotlar roʻyxatiga kiritilganligi sababli ushbu mineral oʻgʻitga deklaratsiya narxi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilab berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomning 9-bandida respublika tashqarisiga tovarlar yetkazib beradigan monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti tovarlar boʻyicha hisob-kitobni shartnomaviy (erkin) narxlar boʻyicha, biroq deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) narxlar (tariflar)dan past boʻlmagan narxlar boʻyicha amalga oshirishi, 16-bandida esa tovarga narx (tarif)ni shakllantirishda bilvosita moddiy xarajatlarni, mehnatga haq toʻlashga bilvosita xarajatlarni, ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan boshqa xarajatlarni, davr xarajatlarini va moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarni taqsimlash tovarning solishtirma mehnat sigʻimi (tovarning muayyan turiga toʻgʻri keladigan asosiy ishlab chiqaruvchi xodimlarning mehnatiga haq toʻlash xarajatlari) boʻyicha amalga oshirilishi, bunda aniq bir tovarni ishlab chiqarish xususiyatlaridan kelib chiqib, xarajatlarni taqsimlash uchun xoʻjalik yurituvchi subyekt, narxlarni tartibga soluvchi organ bilan kelishgan holda, buxgalteriya hisobiga oid qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mezonlardan foydalanish huquqiga egaligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga hamda hal qiluv qarorida keltirilgan asoslarga koʻra jamiyat tomonidan karbamid mahsulotini toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar asosida sotishda asossiz daromad olinmaganligi birinchi instansiya sudi tomonidan asoslab berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, sud daʼvoning asossiz olingan daromadga nisbatan 10 foiz yoki 20 foiz moliyaviy jarima qoʻllash qismini rad etib toʻgʻri toʻxtamga kelgan. Chunki, Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasining 2014-yil 31-dekabrdagi 46-sonli bayonnomasida “Fargʻonaazot” ochiq aksiyadorlik jamiyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida budjet va davlat maqsadli jamgʻarmalarga toʻlov muddati 24 oyga uzaytirilganligi va moliyaviy jarimalar hisobdan chiqarilganligi koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi 161-sonli qarorining 1-bandiga koʻra, sud tomonidan qabul qilingan qaror moddiy va protsessual qonunchilik normalari bilan toʻliq mos kelishi, ish hujjatlari va sud aniqlagan holatlarga muvofiq boʻlishi kerak. Sud hujjati ushbu Plenum qarori talablariga rioya qilgan holda rasmiylashtirilgan boʻlib, sud tomonidan ish uchun ahamiyatli holatlar toʻliq aniqlangan, sudning xulosalari ish holatlariga muvofiq keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon etilganlarga asosan sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlar asosida hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar mavjud emas deb hisoblab, uni oʻzgarishsiz, shikoyatni esa qanoatlantirmasdan qoldirishni, ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish bilan bogʻliq Qoʻmita tomonidan oldindan toʻlangan 7 000 soʻm pochta xarajatlarini uning zimmasida qoldirishni, Soliq kodeksi 330-moddasining 19-bandiga asosan Qoʻmita davlat boji toʻlovidan ozod etilganligini inobatga olishni, sud majlisi videokonferensaloqa rejimida olib borilganligi bilan bogʻliq 30 000 soʻm sud xarajatlari Qoʻmita hisobidan undirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 26-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-1408/14926-son