09.02.2015 yildagi 13-1409/2996-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hech kim sudning hukmi boʻlmay turib jinoyat sodir qilishda aybli deb topilishi va qonunga xilof ravishda jazoga tortilishi mumkin emas
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“AGROSTROYKARER” masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda — daʼvogar) Jizzax viloyat xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat qilib, “MS-VOSTOK” shuʼba korxonasi (bundan buyon matnda — javobgar) ga nisbatan Oʻzbekiston Hakamlik sudlari Assotsiatsiyasi Toshkent shahar filiali huzuridagi Hakamlik sudining 2014-yil 19-martdagi 10/14-01-0014-sonli hal qiluv qarorini majburiy ijroga qaratish uchun ijro varaqasi berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining ajrimi bilan ariza qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur ajrim ustidan javobgar tomonidan kassatsiya shikoyati berilgan boʻlib, unda hakamlik sudining hal qiluv qarori soxta hujjatlar asosida qabul qilinganligi, qarzdorlik mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar soxtalashtirilgani yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganligi bayon qilinib, sudning ajrimni bekor qilish haqida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birgalikda muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra kassatsiya shikoyatini qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Hakamlik sudlari assotsiatsiyasi Toshkent shahar filiali huzuridagi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining 2014-yil 19-martdagi hal qiluv qarori bilan javobgardan daʼvogar foydasiga 106.943.436 soʻm asosiy qarz, 10.694.343 soʻm penya, 588.189 soʻm hakamlik yigʻimi va 7000 soʻm pochta xarajatlari undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu hal qiluv qarori ihtiyoriy ijro etilmaganligi sababli daʼvogar xoʻjalik sudiga murojaat qilib, Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2014-yil 4-dekabrdagi ajrimi bilan ariza qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 1559-moddasiga asosan xoʻjalik sudi hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf quyidagilarni isbotlovchi dalillarni taqdim etgan hollardagina rad etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) hakamlik bitimi qonunda nazarda tutilgan asoslarga koʻra haqiqiy emasligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) hakamlik sudi hal qiluv qarorining hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligini yoxud unda hakamlik bitimi doirasidan chetga chiquvchi masalalar boʻyicha hulosalar mavjudligini. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorida hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar boʻyicha xulosalarni bunday bitim bilan qamrab olinmaydigan masalalar boʻyicha xulosalardan ajratib olish mumkin boʻlsa, xoʻjalik sudi hakamlik sudi hal qiluv qarorining faqat hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar boʻyicha xulosalar boʻlgan qismi uchun ijro varaqasi beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) hakamlik sudi tarkibi yoki hakamlik muhokamasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14, 15, 16 va 25-moddalari qoidalariga muvofiq emasligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining birinchi va uchinchi qismlari talablari buzilgan holda chiqarilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) toʻgʻrisida yoki hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu sababli u hakamlik sudiga oʻz tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflari uchun hali majburiy boʻlmaganligani yoki bekor qilinganligini yoxud uning ijrosi xoʻjalik sudi yoki fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan toʻxtatib turilganligini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar hakamlik sudi tomonidan koʻrib chiqilgan nizo qonunga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti boʻlmasa, xoʻjalik sudi hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etadi deb belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi qonun talablariga rioya qilgan holda ishdagi mavjud hujjatlarga huquqiy baho berib, asoslantirilgan ajrim qabul qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar oʻz kassatsiya shikoyatida hakamlik sudining hal qiluv qarori sohta hujjatlar asosida qabul qilinganligi, qarzdorlik mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar sohtalashtirilgani yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganligi vajini keltirgan va Toshkent shahar, Yashnaobod tuman prokuraturasining 2015-yil 19-yanvardagi 16/1842a, 1872a-14-sonli, yaʼni taraflar oʻrtasidagi aloqa yuzasidan tergov harakatlari olib borilayotganligii haqidagi xatni taqdim qildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati, javobgarni ushbu vajini sudning ajrimini bekor qilish uchun asos qilib qabul qilib boʻlmaydi deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunki, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 4-moddasi ikkinchi qismiga asosan hech kim sudning hukmi boʻlmay turib jinoyat sodir qilishda aybli deb topilishi va qonunga xilof ravishda jazoga tortilishi mumkin emas. Jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxs qonunda belgilangan huquqlardan foydalanadi va majburiyatlarni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli Qarorining 1-bandi ikkinchi qismida sudlarga tushuntirilsinki, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlar XPKda nazarda tutilgan umumiy qoidalar asosida ushbu Kodeksning 20-1 va 20-2-boblarida belgilangan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda koʻrib chiqiladi deb belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon etilganlarga asosan sudlov hayʼati sud ajrimini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan, javobgar tomonidan kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish bilan bogʻliq toʻlangan davlat bojini va pochta xarajatini uning zimmasida qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 9-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-1409/2996-son