31.12.2014 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudlari tomonidan 2013-2014-yillar davomida xoʻjalik ishlarini koʻrishda Xoʻjalik protsessual kodeksi va “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining protsessual muddatlarga oid normalarini qoʻllanilishi bilan bogʻliq sud amaliyotini umumlashtirish natijalari haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining 2015-yil ish rejasiga asosan xoʻjalik sudlari tomonidan 2013-2014-yillar davomida xoʻjalik ishlarini koʻrishda Xoʻjalik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi) va “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining protsessual muddatlarga oid normalarini qoʻllanilishi bilan bogʻliq sud amaliyotini umumlashtirish uchun (950 ta) xoʻjalik ishlari va ushbu masala boʻyicha xoʻjalik sudlarida oʻtkazilgan umumlashtirishlar oʻrganib chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza xoʻjalik sudi tomonidan u tushganidan keyingi kundan kechiktirmasdan koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyat boshqarmasi DT Xalq banki Oxangaron filiali manfaatida xoʻjalik sudiga murojaat qilib, “ANGREN AGROSERVIS” MMTP OAJdan 179 927 000 soʻm undirishni, undiruvni garovdagi va boshqa mol-mulkka qaratish hamda daʼvoni taʼminlash chorasi sifatida javobgarga tegishli boʻlgan garovdagi transport vositalarini xatlab qoʻyishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu daʼvo arizasi xoʻjalik sudiga 2013-yil 10-aprelda kelib tushgan boʻlib, 2013-yil 15-apreldagi ajrim bilan ish yuritishga qabul qilingan. Xuddi shu sana bilan garovdagi transport vositalarini xatlash haqida alohida ajrim chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 76-moddasining ikkinchi qismiga koʻra, daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza u tushganidan keyingi kundan kechiktirmasdan nizoni hal etilayotgan xoʻjalik sudi tomonidan koʻrilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 76-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza 2013-yil 10-aprelda kelib tushganligini inobatga olib, sud uni shu yilning 11-aprelidan kechiktirmay hal qilishi lozim edi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xuddi shunday xatolikka 10-1308/21780, 22-1404/7853-sonli ishlar boʻyicha ham yoʻl qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatni tiklash toʻgʻrisida xoʻjalik sudining hal qiluv qarorida, ajrimida yoki qarorida koʻrsatiladi, muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisida esa ajrim chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangiobod tuman DSI xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat qilib, “Navroʻz ayyomi” KTSIChXFga nisbatan moliyaviy jarima qoʻllashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navroʻz ayyomi” KTSIChXF 2014-yil 6-avgustda kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilib, 2013-yil 18-yanvardagi hal qiluv qarorini bekor qilishni soʻragan. Shuningdek, kassatsiya shikoyatiga iltimosnoma ilova qilingan boʻlib, unda kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilish uchun oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiya sudining 2014-yil 19-avgustdagi ajrimi bilan kassatsiya shikoyatini berish muddati oʻtkazib yuborilganligi sababli qaytarilgan. Biroq mazkur ajrimning xulosa qismida oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi iltimosnomani qanoatlantirish rad etilganligi koʻrsatilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPKning 99-moddasiga koʻra, xoʻjalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga koʻra, ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan protsessual muddatning oʻtkazib yuborilishi sabablarini uzrli deb topsa, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklaydi. Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida xoʻjalik sudining hal qiluv qarorida, ajrimida yoki qarorida koʻrsatiladi. Muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqarilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sud buyrugʻi kreditor talablariga qarshi yozma fikrni taqdim etish uchun qarzdorga berilgan oʻn kunlik muddat tugaganidan keyingi kundan yoki bildirilgan talabga qarzdorning roziligi haqidagi yozma fikri kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirmasdan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditor - “Texno Leasing” MChJ xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat qilib, “Ortiqov Azamat Egamberdiyevich” dehqon xoʻjaligidan tan olingan 40 780 945 soʻm debitorlik qarzini undirish toʻgʻrisida sud buyrugʻi berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, ariza xoʻjalik sudiga 2014-yil 8-aprel kuni kelib tushgan. Qarzdor “Ortiqov Azamat Egamberdiyevich” dehqon xoʻjaligi tomonidan XPK 108-moddasi birinchi qismida belgilangan 10 kunlik muddatda xoʻjalik sudiga sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ariza yuzasidan yozma fikr berilmagan. Shundan soʻng, xoʻjalik sudi tomonidan 2014-yil 21-aprelda, yaʼni ariza xoʻjalik sudiga topshirilgandan keyin (arizada uni qarzdorga topshirilganligi haqidagi sana koʻrsatilmagan) 13 kun oʻtib, qarzdor — “Ortiqov Azamat Egamberdiyevich” dehqon xoʻjaligidan kreditor — MChJ foydasiga 40 780 945 soʻm asosiy qarz, 203 904,73 soʻm davlat boji undirish toʻgʻrisida sud buyrugʻi berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 14-bandida sudlar inobatga olishlari lozimki, XPK 108-moddasining birinchi qismida belgilangan oʻn kunlik muddat sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaning nusxasi qarzdorga topshirilgan kundan boshlab hisoblanishi, agar arizaning nusxasi topshirilganligini tasdiqlovchi hujjatda bunday sana koʻrsatilmagan boʻlsa, oʻn kunlik muddat ushbu ariza sudga kelib tushgan kundan boshlab hisoblanadi. XPKda sud buyrugʻini berish muddati koʻrsatilmaganligi bois, u yozma fikrni taqdim etish uchun qarzdorga berilgan oʻn kunlik muddat tugaganidan keyingi kundan yoki bildirilgan talabga qarzdorning roziligi haqidagi yozma fikri kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirmasdan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, xoʻjalik sudi tomonidan sud buyrugʻi ariza xoʻjalik sudiga kelib tushgan kundan boshlab 13 kun oʻtgach berilib yuqoridagi Plenum qarorining 14-bandi talablariga rioya qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sudya daʼvo arizasini qabul qilish toʻgʻrisida u kelib tushgan kundan boshlab oʻn kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Fargʻona viloyat hududiy boshqarmasi “Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi” UK manfaatida xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “Doʻstlik neftebaza” UKdan 35 516 356 186 soʻm asosiy qarz, 355 163 561 soʻm penya undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Fargʻona viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan “Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi” UK manfaatida kiritilgan daʼvo arizasi xoʻjalik sudiga 2014-yil 29-avgustda kelib tushgan. Biroq mazkur daʼvo arizasi xoʻjalik sudi tomonidan 2014-yil 9-sentabrda, yaʼni daʼvo arizasi kelib tushgan kundan boshlab 11 kun oʻtganidan keyin ish yuritishga qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, XPK 116-moddasining uchinchi qismiga asosan sudya daʼvo arizasini qabul qilish toʻgʻrisida u kelib tushgan kundan boshlab oʻn kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yana bir misol.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar “Namangan distribyuter plyus” UK javobgar “Tursunboy Karimboy Sardor” XKdan 19 210 780 soʻm undirish toʻgʻrisida 2014-yil 13-mart kuni sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 116-moddasining uchinchi qismiga asosan sudya daʼvo arizasini qabul qilish toʻgʻrisida u kelib tushgan kundan boshlab oʻn kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi daʼvo arizasini 2014-yilning 24-mart kuni ish yuritishga qabul qilib, XPK 116-moddasining uchinchi qismida belgilangan muddatga rioya qilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda ishni koʻrishga tayinlash muddati u chiqarilgan kundan boshlab bir oydan ortiq qilib belgilanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar “Oʻzdaverloyiha” Institutining Qashqadaryo boʻlinmasi xoʻjalik sudiga murojaat qilib, javobgar “Shahrisabz paxta tozalash zavodi” OAJdan 8 070 187 soʻm asosiy qarz va 121 857 soʻm penya undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlardan koʻrinishicha, “Oʻzdaverloyiha” Institutining Qashqadaryo boʻlinmasi xoʻjalik sudiga 2014-yil 3-iyunda daʼvo arizasi bilan murojaat qilgan. Sud 2014-yil 3-iyunda daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida ajrim chiqarib, ishni koʻrish 2014-yil 10-iyulga tayinlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 125-moddasining birinchi qismiga asosan ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab ish bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrilishi va hal qiluv qarori qabul qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, sud XPK 125-moddasining birinchi qismida belgilangan normaga rioya qilmagan holda ajrim bilan ishni koʻrishni bir oydan ortiq boʻlgan muddatga tayinlagan va bu bilan protsessual muddat buzilishiga yoʻl qoʻygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. XPK 125-moddasining birinchi qismida belgilangan muddatda ishni koʻrish imkoniyati boʻlmaganda, sudya ishni koʻrish muddatini xoʻjalik sudining raisi tomonidan bir oydan oshmagan muddatga uzaytirish choralarini koʻrishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar “Lazizbek istiqlol quruvchisi” IChKX xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar “Plochido” MChJdan 9 405 000 soʻm asosiy qarz va 4 702 500 soʻm penya undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IChKX daʼvo arizasi bilan 2014-yil 7-iyulda xoʻjalik sudiga murojaat qilgan. Sud 2014-yil 17-iyulda daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilib, ishni koʻrishni 14-avgustga tayinlagan. 2014-yil 14-avgustdagi ajrim bilan ishni koʻrish 25-avgustga qoldirilgan. 2014-yil 25-avgustda ish koʻrib chiqilib, daʼvoni qisman qanoatlantirish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizo 1 oydan ortiq, yaʼni 38 kunlik muddatda koʻrilib, hal etilgan boʻlsada, ishni koʻrish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida sud raisining ruxsati olinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, XPKning 125-moddasiga asosan ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab ish bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrilishi va hal qiluv qarori qabul qilinishi kerak. Alohida hollarda ishni koʻrish muddati xoʻjalik sudining raisi tomonidan bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xuddi shunday xatolikka 11-1328/2302, 22-1403/6442-sonli ishlarni koʻrishda ham yoʻl qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. XPK 128-moddasining uchinchi qismiga muvofiq xoʻjalik sudi majlisda uch kundan ortiq muddatga tanaffus eʼlon qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar “Shalola” XK xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar “Ravnaq” MChJdan 6 300 000 soʻm asosiy qarz va 3 150 000 soʻm penya undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XK daʼvo arizasi bilan 2013-yil 18-iyunda xoʻjalik sudiga murojaat qilgan. Sud 2013-yil 25-iyunda daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilib, ishni koʻrishni 2-iyulga tayinlagan. 2013-yil 2-iyuldagi sud majlisida daʼvogar sudga iltimosnoma bilan murojaat qilib, oʻz talablariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlash maqsadida qoʻshimcha hujjatlar taqdim etishga muxlat berishni soʻragan. Sud daʼvogarning iltimosnomasini qanoatlantirib, sud majlisida 2014-yil 6-iyulga qadar tanaffus eʼlon qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, XPK 128-moddasining uchinchi qismiga koʻra har bir ishni koʻrish dam olish uchun belgilangan vaqtdan tashqari uzluksiz davom etadi. Alohida hollarda xoʻjalik sudi majlisda uch kundan oshmagan muddatga tanaffus eʼlon qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq birinchi instansiya sudi sud majlisida 2014-yil 2-iyuldan 6-iyulga qadar, yaʼni 4 kun muddatga tanaffus eʼlon qilib protsessual muddatlar buzilishiga yoʻl qoʻygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. XPK 138-moddasining toʻqqizinchi qismiga asosan hal qiluv qarorining xulosa qismida uning ustidan shikoyat berish muddati va tartibi koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻqon shahar hokimligi xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “KOKAND RELIABLE BIZNES” MChJ uzoq muddat mobaynida xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmasdan kelayotganligi sababli tugatishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 138-moddasining toʻqqizinchi qismiga koʻra hal qiluv qarorining xulosa qismida ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻrtasida sud xarajatlarining qanday taqsimlanishi, hal qiluv qarori ustidan shikoyat berish muddati va tartibi koʻrsatilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi daʼvo arizasini qanoatlantirish haqida toʻgʻri xulosaga kelgan boʻlsada, biroq hal qiluv qarorining xulosa qismida uning ustidan shikoyat berish muddatini koʻrsatmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda, sud hal qiluv qarorining xulosa qismida hal qiluv qarori ustidan shu sudga bir oy ichida apellatsiya shikoyati berish (protest keltirish), hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin bir oy davomida shu sud orqali Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudiga kassatsiya shikoyati berish (protest keltirish) mumkinligi tushuntirilishi lozim edi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. XPKning 148-moddasiga muvofiq hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa, hal qiluv qarori axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar “Azia Uniform Tex” XK javobgar OAT “Kredit-Standart” bankining Fargʻona filialiga nisbatan xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, bank tugatish komissiyasining 1-sonli toʻlov talabnomasini ijro etilishi mumkin emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Azia Uniform Tex” XK xoʻjalik sudiga 2014-yil 12-avgustda daʼvo arizasi bilan murojaat qilgan. Sud daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilib, ishni mazmunan koʻrib chiqib, 2014-yil 10-sentabrda daʼvoni qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilgan. Ishdagi kuzatuv xati va pochta aloqa xati (uvedomleniye)dan koʻrinishicha hal qiluv qarori ishda ishtirok etuvchi shaxslarga 17-sentabrda, yaʼni 7 kunlik muddatda yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, XPKning 148-moddasiga koʻra xoʻjalik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa, hal qiluv qarori axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ustidan shikoyat qilinishi mumkin boʻlgan ajrimlar XPKning 153-moddasiga muvofiq ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va daxldor boʻlgan boshqa shaxslarga ajrim chiqarilganidan keyin besh kunlik muddatda topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi – Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi javobgarlar — Shahrisabz tuman davlat sanitariya epidemiologiya markazi va Shahrisabz tuman davlat sanitariya epidemiologiya markazi huzuridagi “Sinov laboratoriyalari majmuasi”ga nisbatan xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat qilib, “Uzstandart” agentligi tomonidan 209 yil 12-yanvarda berilgan akkreditatsiya guvohnomasining amal qilishini ikki oy muddatga toʻxtatib turishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2014-yil 1-dekabrdagi hal qiluv qarori bilan ariza qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud yozuvdagi xatoni tuzatish toʻgʻrisida 2014-yil 1-dekabrda ajrim chiqarib, 2014-yil 1-dekabrdagi hal qiluv qarorining xulosa qismiga tuzatish kiritgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPKning 153-moddasiga asosan xoʻjalik sudi alohida hujjat tariqasida ajrim chiqargan hollarda, ajrim chiqarilganidan keyin besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrim daxldor boʻlgan boshqa shaxslarga yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa, ajrim axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin. Ushbu Kodeksga muvofiq, ustidan shikoyat qilinishi mumkin boʻlgan ajrimlar ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrimlar daxldor boʻlgan boshqa shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi, ularning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa, ajrimlar axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda yuqorida qad etilgan yozuvdagi xatoni tuzatish toʻgʻrisidagi ajrimni arizachi va javobgarlarga yuborilayotganligi toʻgʻrisidagi sanasiz, tegishli tartibda rasmiylashtirilmagan kuzatuv xati mavjud. Biroq, kuzatuv xatidan ajrim kimga, qachon va qaysi manzilga yuborilganligini aniqlash mumkin emas. Shuningdek, kuzatuv xatida sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilgan boʻlsada, u sudya tomonidan emas, balki boshqa shaxs tomonidan imzolangan. Bundan tashqari, yozuvdagi xatoni tuzatish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin boʻlgan sud hujjati hisoblanganligi bois, u ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuborilishi yoki tilxat olib topshirilishi kerak edi. Ammo ishda ajrimni ishda ishtirok etuvchi shaxslar qabul qilib olganligini tasdiqlovchi pochta aloqa xati ham, tilxat ham mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Faoliyatni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash haqidagi ariza ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamza tuman DSENM xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat qilib, “Fitnes-Fresh” MChJga tegishli sport-sogʻlomlashtirish markazi faoliyatini toʻxtatib turishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza 2013-yil 4-fevralda ish yuritishga qabul qilinib, ishni koʻrish 27-fevralga tayinlangan. Birinchi instansiya sudining 2013-yil 27-fevraldagi hal qiluv qarori bilan arz qilingan talab qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, birinchi instansiya sudi tomonidan faoliyatni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash haqidagi ariza uni ish yuritishga qabul qilish va ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqilishi lozimligiga eʼtibor berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 15517-moddasining birinchi qismiga koʻra huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqilishi kerak, ariza xoʻjalik sudiga kelib tushganidan keyin kamida bir oydan soʻng koʻriladigan moliyaviy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. XPK 15517-moddasining birinchi qismiga muvofiq moliyaviy jarima qoʻllash toʻgʻrisidagi huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash haqidagi ariza xoʻjalik sudiga kelib tushganidan keyin kamida bir oydan soʻng koʻriladi. Shu sababli ishni koʻrishga tayinlash muddatini belgilashda XPK 15517-moddasining birinchi qismida belgilangan muddat hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olmazor tumani DSI xoʻjalik sudiga 2013-yil 23-yanvarda ariza bilan murojaat qilib, “Alpomish Baraka Servis” xususiy korxonasiga nisbatan Soliq kodeksi 119-moddasining birinchi qismiga asosan 2 387 700 soʻm moliyaviy jarima qoʻllashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2013-yil 1-fevraldagi ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrimi bilan DSIning arizasi ish yuritishga qabul qilinib, ishni koʻrish 2013-yil 13-fevralga tayinlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 13-fevralda boʻlib oʻtgan sud majlisida ish mazmunan koʻrib chiqilib, DSIning arizasini qanoatlantirish haqida hal qiluv qarori qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya va kassatsiya instansiyalarida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy jarima qoʻllash toʻgʻrisidagi huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash haqidagi ariza xoʻjalik sudiga kelib tushganidan keyin kamida bir oydan soʻng koʻrilishi lozim boʻlsada, birinchi instansiya sudi arizani koʻrish uchun u kelib tushgan kundan boshlab 20 kun keyinga tayinlagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, XPK 15517-moddasining birinchi qismiga koʻra huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqilishi kerak, ariza xoʻjalik sudiga kelib tushganidan keyin kamida bir oydan soʻng koʻriladigan moliyaviy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 23-bandining ikkinchi qismiga koʻra moliyaviy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar ariza xoʻjalik sudiga kelib tushganidan keyin kamida bir oydan soʻng koʻriladi. Bunda XPK 125-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan muddat buzilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasi hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin uch ish kuni ichida xoʻjalik sudi tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat qilib, “SOLIUS VITA MEDICAL” MChJning farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyani amal qilishini tugatishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza xoʻjalik sudining ajrimi bilan ish yuritishga qabul qilingan va ish boʻyicha 2013-yil 13-mart kuni hal qiluv qarori qabul qilingan. Pochta idorasi maʼlumotnomasiga koʻra, xoʻjalik sudi tomonidan hal qiluv qarori ish boʻyicha taraflarga — Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda “SOLIUS VITA MEDICAL” MChJga 2013-yil 20-mart kuni yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, XPK 15518-moddasining oltinchi qismiga koʻra huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasi hal qiluv qarori qabul qilingandan keyin uch ish kuni ichida xoʻjalik sudi tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga koʻra, mazkur holatda sud hal qiluv qarorini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga 14 va 15-mart dam olish kunlariga toʻgʻri kelganligini inobatga olib, 19-mart kuniga qadar yuborishi lozim edi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. XPK 158-moddasining ikkinchi qismiga asosan xoʻjalik sudining huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin oʻn kun ichida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻuzor tumani DSI xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat qilib, “Nodirabegim” MChJga nisbatan Soliq kodeksi 119-moddasining birinchi qismiga asosan 2 387 700 soʻm, Soliq kodeksining 114-moddasiga asosan 4 500 000 soʻm moliyaviy jarima qoʻllashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ajrimi bilan ariza ish yuritishga qabul qilinib, ishni koʻrish 2013-yil 25-fevralga tayinlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 25-fevralda boʻlib oʻtgan sud majlisida ish mazmunan koʻrib chiqilib, DSIning arizasini qanoatlantirish haqida hal qiluv qarori qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qaroridan norozi boʻlib “Nodirabegim” MChJ 2013-yil 12-martda apellatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudi 2013-yil 14-martda apellatsiya shikoyatiga oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma ilova qilinmagan boʻlsada, shikoyatni ish yuritishga qabul qilib, ishni koʻrishni 28-martga tayinlagan. Ish 2013-yil 28-martda apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻrib chiqilib, hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, XPK 158-moddasining ikkinchi qismiga koʻra xoʻjalik sudining huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin oʻn kun ichida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. XPK15518- moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin oʻn kun oʻtgach qonuniy kuchga kirishi hisobga olinib, sud u qonuniy kuchga kirishi bilan, yaʼni oʻn kun oʻtishi bilan ijro varaqa beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nishon tuman DSI xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat qilib, yakka tartibdagi tadbirkor A. Murtazayevga nisbatan Soliq kodeksining 114-moddasiga asosan 77 400 soʻm, 119-moddasiga asosan 2 883 150 soʻm moliyaviy jarima qoʻllashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan arz qilingan talab toʻliq qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiya sudining qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlardan koʻrinishicha, Nishon tuman DSIning arizasi birinchi instansiya sudining 2014-yil 31-iyuldagi hal qiluv qarori bilan qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 15518-moddasining toʻrtinchi qismiga koʻra xoʻjalik sudining huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori, agar apellatsiya shikoyati (protesti) berilmagan boʻlsa, u qabul qilinganidan keyin oʻn kun oʻtgach qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning hal qiluv qarori 2014-yil 10-avgustda qonuniy kuchga kirgan boʻlsada, birinchi instansiya sudi davlat boji va pochta xarajatlarini undirish boʻyicha 2014-yil 15-avgustda ijro varaqalarini bergan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonun 45-moddasining birinchi qismiga muvofiq sudya qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish va bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni qoʻzgʻatish haqidagi ajrimni ariza tushgan paytdan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchtepa tuman DSI xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat qilib, “Shodiyona quruvchi” shuʼba korxonasini bankrot deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchtepa tuman DSIning arizasi 2013-yil 18-yanvarda xoʻjalik sudiga kelib tushgan. Birinchi instansiya sudi tomonidan ariza protsessual muddatlarga rioya qilinmagan holda ariza kelib tushgan kundan boshlab 7 kun oʻtgandan keyin ish yuritishga qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonun 45-moddasining birinchi qismiga koʻra qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish va bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni qoʻzgʻatish yoki arizani qabul qilishni rad etish yoxud qaytarish toʻgʻrisidagi masalani sudya ariza tushgan paytdan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonun 189-moddasining birinchi qismiga koʻra xoʻjalik sudi hozir boʻlmagan qarzdorni bankrot deb topish haqidagi arizani oʻz ish yurituviga qabul qilib olgan kundan eʼtiboran ikki haftalik muddat ichida qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirzo Ulugʻbek tuman DSI xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat qilib, “MDM SPEKTR” MChJni soddalashtirilgan tartibda bankrot deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlardan koʻrinishicha, Mirzo Ulugʻbek tuman DSI soliq va boshqa majburiy toʻlovlardan boʻlgan qarzni undirish maqsadida “MDM SPEKTR” MChJni taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan manziliga borilganda, MChJ ushbu manzilda joylashmaganligi aniqlangan. Natijada, DSI MChJning soddalashtirilgan tartibda hozir boʻlmagan qarzdorni bankrot deb topish haqidagi ariza bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilgan. Biroq birinchi instansiya sudi arizani 2013-yil 22-fevralda ish yuritishga qabul qilib, ishni koʻrishni 13-martga tayinlab, protsessual muddatlarning buzilishiga yoʻl qoʻygan. “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonun 189-moddasining birinchi qismiga koʻra xoʻjalik sudi hozir boʻlmagan qarzdorni bankrot deb topish haqidagi arizani oʻz ish yurituviga qabul qilib olgan kundan eʼtiboran ikki haftalik muddat ichida qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Apellatsiya shikoyatini qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim shikoyat kelib tushgan kundan, shikoyatni ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrim u chiqarilgan kundan, apellatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran ishda ishtirok etuvchi va shikoyat bilan murojaat qilgan shaxsga besh kundan kechiktirmasdan topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi va xoʻjalik ishiga uni topshirilganligini tasdiqlovchi dalil tikiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” OAJ xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “Abdullayev Fozil Farmonovich” fermer xoʻjaligidan 99 165 739 soʻm asosiy qarz va 18 427 soʻm penya undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Abdullayev Fozil Farmonovich” fermer xoʻjaligi manfaatida Kasbi tuman Fermerlar kengashi apellatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi “Apellatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarorining 6-bandiga koʻra apellatsiya shikoyati (protesti) shikoyat (protest) qilish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan, xususan, ishda ishtirok etmagan, birinchi instansiya sudi uning huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilmagan shaxs tomonidan berilganda, shikoyatning (protestning) XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda qabul qilinishi rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, sudning ajrimi bilan mazkur Plenum qarorining 6-bandiga havola qilgan holda apellatsiya shikoyatini qabul qilish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, apellatsiya shikoyatini qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim Kasbi tuman Fermerlar kengashi, “Abdullayev Fozil Farmonovich” fermer xoʻjaligi va “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” OAJga XPKda belgilangan tartibda va muddatlarda yuborilmagan. Ishda apellatsiya shikoyatini qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim Kasbi tuman Fermerlar kengashi, “Abdullayev Fozil Farmonovich” fermer xoʻjaligi va “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” OAJga topshirilganligini tasdiqlovchi pochta aloqa xati mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilgan Plenum qaroridan kelib chiqib, apellatsiya shikoyatini qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim XPK 117-moddasining ikkinchi qismiga mos holda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ariza kelib tushgan kundan boshlab besh kundan kechiktirmasdan yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK mazkur moddasining uchinchi qismiga asosan daʼvo arizasini qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 153-moddasining ikkinchi qismiga ushbu Kodeksga muvofiq, ustidan shikoyat qilinishi mumkin boʻlgan ajrimlar ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrimlar daxldor boʻlgan boshqa shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi, ularning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa, ajrimlar axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarlar – S. Beknazarova, Sh. Oʻzbekova va R. Boʻriyevlar javobgarlar – H. Joʻrayev, Xususiylashtirish, raqobat va davlat mulkini boshqarish qoʻmitasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va Gʻuzor tuman hokimligiga nisbatan xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “Yoshlik savdo” OAJning aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarorini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining ajrimi bilan ish yuritish tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori bilan birinchi instansiya sudining ajrimi oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining qarori bilan sud hujjatlari oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining ajrimidan norozi boʻlib daʼvogarlar S. Beknazarova, Sh. Oʻzbekova va R. Boʻriyevlar apellatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan. Sud 2014-yil 23-mayda apellatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqargan. Biroq ushbu ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga 2014-yil 2-iyunda, yaʼni 10 kundan keyin topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat bilan yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, XPK 163-moddasining uchinchi qismiga asosan apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 124-moddasining birinchi qismiga muvofiq ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida sud ajrimi orqali xabardor qilinadi, ajrim topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki ushbu shaxslarga tilxat olib topshiriladi yoxud xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini taʼminlaydigan aloqa vositalaridan foydalangan holda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPKning 153-moddasiga asosan xoʻjalik sudi XPKning 153-moddasiga asosan xoʻjalik sudi alohida hujjat tariqasida ajrim chiqargan hollarda, ajrim chiqarilganidan keyin besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrim daxldor boʻlgan boshqa shaxslarga yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa, ajrim axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar 25-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar “Xurshid” xususiy ishlab chiqarish korxonasidan 309 000 soʻm asosiy qarz va 1 030 000 soʻm penya undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilib, javobgardan daʼvogar foydasiga 515 000 soʻm penya undirilgan. Daʼvoning qolgan qismini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining qarori bilan birinchi va apellatsiya instansiyalari sud hujjatlari oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlardan koʻrinishicha, 25-sonli maktabgacha taʼlim muassasasining daʼvo arizasi boʻyicha 2014-yil 19-mayda hal qiluv qarori qabul qilingan. Mazkur hal qiluv qaroridan norozi boʻlib javobgar tomonidan apellatsiya shikoyati bergan va apellatsiya instansiyasi sudi 2014-yil 9-iyulda hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan. Biroq apellatsiya instansiyasi sudining qarori ishda ishtirok etuvchi shaxslarga XPKda belgilangan tartibda yuborilmagan. Ishda qaror yuborilayotganligi toʻgʻrisidagi sanasiz kuzatuv xati mavjud boʻlsada, unda daʼvogar va javobgarning nomi, manzili koʻrsatilmagan. Mazkur kuzatuv xatidan sud hujjati qachon, kimga va qayerga yuborilayotganligini anglab boʻlmaydi. Shuningdek, ishda qaror topshirilganligi toʻgʻrisidagi pochta aloqa xati yoki uni topshirilganligini tasdiqlovchi tilxat mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, XPK 171-moddasining toʻrtinchi qismiga asosan apellatsiya instansiyasi sudining qarori qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa, qaror axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Sud hujjatlari ustidan berilgan apellatsiya yoki kassatsiya shikoyati (protesti) xoʻjalik sudiga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oylik muddatda koʻrilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, Muborak oʻrmon xoʻjaligidan 1 927 245,6 soʻm undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudining ajrimi bilan ish yuritish tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiya sudining qarori bilan ajrim bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPKning 167-moddasiga koʻra xoʻjalik sudining hal qiluv qarori ustidan tushgan apellatsiya shikoyati (protesti) xoʻjalik sudiga tushgan kundan eʼtiboran bir oylik muddatda koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur kodeks 125-moddasining ikkinchi qismiga koʻra, alohida hollarda ishni koʻrish muddati xoʻjalik sudining raisi tomonidan bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyat prokuraturasining apellatsiya protesti Qashqadaryo viloyat xoʻjalik sudiga 2013-yil 26-iyul kuni kelib tushgan. Apellatsiya instansiya sudi tomonidan mazkur apellatsiya protesti 2013-yil 2-oktabrda koʻrib chiqilgan va tegishli qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, apellatsiya instansiya sudi Qashqadaryo viloyat prokuraturasining apellatsiya protestini koʻrishda protsessual muddatlarga rioya etmagan. Yaʼni, 2013-yil 26-iyulda kelib tushgan apellatsiya protesti bir oylik muddatda koʻrib chiqilishi va u boʻyicha 2013-yil 26-avgustga qadar qaror qabul qilinishi lozim boʻlgan. Bundan tashqari, apellatsiya instansiya sudi tomonidan XPKning 125-moddasiga asosan ishni koʻrish muddatini uzaytirish choralari ham koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” OAJ Sud departamentining Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi va Sud ijrochilarining Termiz shahar boʻlimiga nisbatan xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, Termiz shahar sud ijrochilari boʻlimining 6245-sonli va 6247-sonli qarorlarini haqiqiy emas deb topishni hamda asossiz undirilgan 78 000 000 soʻm ijro yigʻimini undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiya sudining qarori bilan hal qiluv qarori bekor qilinib, daʼvoni toʻliq qanoatlantirish haqida yangi qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPKning 185-moddasiga koʻra, xoʻjalik sudining hal qiluv qarori yoki apellatsiya instansiyasining qarori ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) ish bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudiga tushgan kundan eʼtiboran bir oylik muddatda koʻriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) uning Rayosati tomonidan bir oylik muddatda koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur kodeks 125-moddasining ikkinchi qismiga koʻra, alohida hollarda ishni koʻrish muddati xoʻjalik sudining raisi tomonidan bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” OAJning 2014-yil 21-iyuldagi kassatsiya shikoyati Oliy xoʻjalik sudiga 2014-yil 4-avgust kuni kelib tushgan. Kassatsiya instansiya sudi tomonidan mazkur kassatsiya shikoyati 2014-yil 16-sentabrda koʻrib chiqilgan va tegishli qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, kassatsiya instansiya sudi OAJning kassatsiya shikoyatini koʻrishda protsessual muddatlarga rioya etmagan. Yaʼni, 2014-yil 4-avgustda kelib tushgan kassatsiya shikoyati bir oylik muddatda koʻrib chiqilishi va 2014-yil 4-sentabrga qadar qaror qabul qilinishi lozim boʻlgan. Bundan tashqari, kassatsiya instansiya sudi tomonidan XPKning 125-moddasiga asosan ishni koʻrish muddatini uzaytirish choralari koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Hal qiluv qarori, qaror qabul qilgan xoʻjalik sudi, agarda XPKning 180-moddasida nazarda tutilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari mavjud boʻlmasa, kassatsiya shikoyatini (protestini) ish bilan birga besh kunlik muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudiga yuborishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Transinsurance Plus” MChJga nisbatan xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, jamiyatning ustav fondini shakllantirishni va litsenziya olish uchun taqdim qilingan hujjatlarni haqiqiy emas deb topish hamda litsenziyani bekor qilishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiya sudining qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiya sudining qarori bilan sud qarorlari oʻzgartirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 4-bandining uchinchi xatboshisida hal qiluv qarori, qaror qabul qilgan xoʻjalik sudi, agarda XPKning 180-moddasida nazarda tutilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari mavjud boʻlmasa, besh kunlik muddatda kassatsiya shikoyatini (protestini) ish bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudiga yuborishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Transinsurance Plus” MChJning 2013-yil 10-oktabrdagi kassatsiya shikoyati Toshkent shahar xoʻjalik sudiga 2013-yil 11-oktabr kuni kelib tushgan. Mazkur kassatsiya shikoyati ish hujjatlari bilan birga Oliy xoʻjalik sudiga 2013-yil 22-oktabr kuni yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, xoʻjalik sudi tomonidan kassatsiya shikoyati ish hujjatlari bilan birga Oliy xoʻjalik sudiga kelib tushgan kundan boshlab 5 kun oʻtgach, yaʼni 2013-yil 15-oktabr kuni joʻnatilishi lozim boʻlgan. Biroq Toshkent shahar xoʻjalik sudi kassatsiya shikoyatini Oliy xoʻjalik sudiga yuborishda Plenum qarori talablariga rioya qilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yana bir misol.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi OATB “Kapitalbank” manfaatida xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “Active Leasing” MChJ va “Texno Leasing” MChJdan 173 118 018 soʻm asosiy qarz, 12 877 134 soʻm penya undirishni hamda undiruvni garov (ipoteka) narsasiga qaratishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiya sudining qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiya sudining qarori bilan sud qarorlari oʻzgartirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Texno Leasing” MChJning 2013-yil 30-oktabrdagi kassatsiya shikoyati Toshkent shahar xoʻjalik sudiga 2013-yil 4-noyabr kuni kelib tushgan. Mazkur kassatsiya shikoyati ish hujjatlari bilan birga Oliy xoʻjalik sudiga 2013-yil 12-noyabr kuni yuborilgan. Biroq, kassatsiya shikoyatini Oliy xoʻjalik sudiga yuborishda Toshkent shahar xoʻjalik sudi tomonidan Plenum qarori talablariga rioya qilmasdan besh kunlik muddatda yuborilmagan va protsessual muddatlar buzilishiga olib kelingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, xoʻjalik sudi tomonidan kassatsiya shikoyati ish hujjatlari bilan birga Oliy xoʻjalik sudiga kelib tushgan kundan boshlab 5 kunlik muddatda, yaʼni 2013-yil 8-noyabr kuni joʻnatilishi lozim boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ijro varaqasida uni ijroga taqdim etish muddati koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“MEGA Savdo stroy” MChJ xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, YTT “Toshtemirov Davron”dan 12 420 020 soʻm asosiy qarz va 1 245 000 soʻm penya undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilgan. Mazkur hal qiluv qarori kuchga kirgach ijro varaqasi berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 212-moddasining birinchi qismiga asosan ijro varaqasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ijro varaqasini bergan xoʻjalik sudining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ijro varaqasi berilgan ish va uning tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ijro etilishi lozim boʻlgan sud hujjati qabul qilingan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) undiruvchining va qarzdorning nomi, ularning manzillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) sud hujjatining xulosa qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) sud hujjati qonuniy kuchga kirgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) ijro varaqasi berilgan sana va uning amal qilish muddati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 212-moddasi birinchi qismining 7-bandida ijro varaqasida ijro varaqasi berilgan sana va uning amal qilish muddati koʻrsatilishi belgilangan boʻlsada, XPKning oʻzida yoki boshqa qonun hujjatlarida ijro varaqasining amal qilish muddati belgilanmagan. Shu sababli sudya ijro varaqasida uning amal qilish muddati oʻrniga uni ijroga taqdim etish muddatini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 213-moddasiga koʻra, ijro varaqasi sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan yoxud ijroni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro etishda belgilangan muddat tugagan kundan yoxud ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan boshlab olti oydan kechiktirmasdan taqdim etilishi mumkinligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 27-moddasi birinchi qismining 1-bandiga koʻra xoʻjalik sudlarining sud hujjatlari olti oy mobaynida ijroga topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, birinchi instansiya sudi tomonidan berilgan ijro varaqasida uni ijroga taqdim etish muddati koʻrsatilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. XPK 97-moddasining ikkinchi qismiga koʻra muddatning oxirgi kuni ish kuni boʻlmagan kunga toʻgʻri kelgan hollarda undan keyin keladigan birinchi ish kuni muddatning tugash kuni deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyat prokuraturasi “Uychi Guliston” MChJ manfaatida xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “Uychi Guliston” MChJ va “Uychi paxta tozalash” AJ oʻrtasida tuzilgan paxta xomashyosi va urugʻchilik paxta xarid qilish boʻyicha kontraktatsiya shartnomasini bekor qilishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi tomonidan daʼvo arizasi ish yuritishga qabul qilinib, ish boʻyicha 2014-yil 11-iyunda daʼvoni qanoatlantirish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilingan. Mazkur hal qiluv qarori boʻyicha 2014-yil14-iyulda protsessual muddatlar toʻgʻri hisoblangan holda ijro varaqasi berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunki, hal qiluv qarori bir oylik muddatda kuchga kirishi belgilangan boʻlsada, lekin bir oylik muddat tugagan kuni 2014-yil 12-iyul shanba kunga, yaʼni ish kuni boʻlmagan kunga toʻgʻri kelganligi sababli, sud ijro varaqasini bera olmagan. Shu bois, sud XPK 97-moddasining ikkinchi qismidan kelib chiqib, dam olish kunlaridan keyin kelgan birinchi ish kuni 2014-yil 14-iyul dushanba kuni ijro varaqasi bergan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 97-moddasining ikkinchi qismiga asosan muddatning oxirgi kuni ish kuni boʻlmagan kunga toʻgʻri kelgan hollarda undan keyin keladigan birinchi ish kuni muddatning tugash kuni deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Xoʻjalik ishida ijro varaqasini undiruvchiga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuborilganligini yoki tilxat olib topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar “Sharob savdo” unitar korxonasi xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar “Shamshir Yug” MChJdan 17 984 723 soʻm asosiy qarz va 8 992 361 soʻm penya undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2014-yil 29-iyuldagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilib, javobgardan daʼvogar foydasiga 17 984 723 soʻm asosiy qarz va oldindan toʻlangan 184 347 soʻm davlat boji undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ish boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin “Shamshir Yug” MChJ hisobidan “Sharob savdo” UK foydasiga 17 984 723 soʻm asosiy qarz va oldindan toʻlangan 184 347 soʻm davlat boji undirish boʻyicha 2014-yil 29-avgustdagi ijro varaqasini bergan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammo, ishda pul mablagʻlarini undirish boʻyicha berilgan ijro varaqasi undiruvchi (daʼvogar)ga qachon yuborilganligi nomaʼlum.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 210-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga koʻra ijro varaqasi undiruvchiga sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan keyin beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro varaqasi sud hujjati hisoblanadi va XPKda boshqa tartib belgilanmaganligi sababli u umumiy tartibda, yaʼni undiruvchiga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. XPK 210-moddasiga muvofiq ijro varaqasi undiruvchiga sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan keyin beriladi. Shu bois sud hujjati qonuniy kuchga kirishi bilan sud undiruvchiga ijro varaqasini berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar boshqarmasi OATB “Mikrokreditbank”i manfaatida xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar “Xumoyunxon biznes” XKdan 110 105 452 soʻm undirish va kredit shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2014-yil 6-yanvardagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2014-yil 27-fevraldagi qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan vaqtdan qonuniy kuchga kirganligi sababli 27-fevralda qaror boʻyicha ijro varaqasi berilgan. Biroq sud tomonidan ijro varaqasi 2014-yil 11-martdagi kuzatuv xati va topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat bilan OATB “Mikrokreditbank”iga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, XPK 210-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga koʻra ijro varaqasi undiruvchiga sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan keyin beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi 06/196-sonli qarorining 1-bandida sudlarning eʼtibori sud hujjatlarining ijrosini taʼminlash fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etishiga qaratilishi toʻgʻrisida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud XPK va mazkur Plenum qarori talablaridan kelib chiqib hamda sud hujjati ijrosini oʻz vaqtida va imkoniyat darajasida toʻla-toʻkis taʼminlanishiga erishish maqsadida sud hujjati qonuniy kuchga kirishi bilan undiruvchiga ijro varaqasini berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 31-dekabr.