Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING GIDROMETEOROLOGIYA XIZMATINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-avgustdagi 606-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi respublika organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF–3358-son Farmonini bajarish yuzasidan va gidrometeorologiya, tabiiy muhit ifloslanishi darajasi ustidan kuzatish olib borish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi (“Oʻzgidromet” markazi)ga aylantirilsin.
2. Quyidagilar “Oʻzgidromet” markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
gidrometeorologiya kuzatishlari davlat tizimini, respublika iqtisodiyoti tarmoqlari, aholisi va qurolli kuchlarini gidrometeorologik taʼminlashni rivojlantirish va takomillashtirish;
respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarini, korxonalar, muassasalar va fuqarolarni amaldagi va kutilayotgan gidrometeorologiya shart-sharoitlari va iqlimning oʻzgarishi, tabiiy muhitning ifloslanishi darajasi toʻgʻrisidagi axborot, xavfli va stixiyali gidrometeorologiya hodisalari paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi tezkor maʼlumotlar bilan taʼminlash;
maʼlumotlarning davlat gidrometeorologiya fondini va tabiiy muhit ifloslanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning davlat fondini shakllantirish va yuritish;
“Yuza suvlar” boʻlimi boʻyicha suvlarning davlat hisobini belgilangan tartibda yuritish, davlat suv kadastrini tashkil etish va yuritish boʻyicha barcha ishlarni muvofiqlashtirish, yoʻnaltirish va birlashtirish;
qishloq xoʻjalik ekinlari va yaylov oʻsimliklarining holati, stixiyali gidrometeorologiya hodisalari paydo boʻlishi va rivojlanishi, atmosfera havosi, tuproq va yuza suvlar ifloslanishi ustidan muntazam kuzatuvlarni tashkil etish va olib borish;
gidrometeorologiya tavsiflari uchun kuzatishlar olib borish, ob-havoni, daryolarning suvliligini, iqlimning oʻzgarishini qisqa muddatli va uzoq muddatli prognozlashtirishni yaxshilash boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish.
3. Belgilansinki, “Oʻzgidromet” markazi shartnomalar va majburiyatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasining huquqiy vorisi hisoblanadi.
4. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
“Oʻzgidromet” markazi bosh direktoriga xodimlarning belgilangan soni va ular taʼminoti xarajatlar smetasi doirasida markaziy apparat tuzilmasi va shtat jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
5. “Oʻzgidromet” markazi xodimlari uchun bepul kiyimbosh bilan taʼminlash, shuningdek borish qiyin boʻlgan stansiyalarning xodimlarini bepul ovqat bilan taʼminlashning mavjud tartibi saqlab qolinsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi 2004-2005-yillarda qishloq xoʻjaligi korxonalarining mablagʻlari hisobiga idoraviy agrometeorologiya postlari tiklanishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
7. “Oʻzgidromet” markazining gidrometeorologiya jarayonlariga taʼsir koʻrsatish boʻyicha harbiylashtirilgan boshqarmani Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ixtiyoriga berish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
“Oʻzgidromet” markazi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda doʻlga qarshi ishlarni amalga oshirishda oʻzaro hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi nizomni tayyorlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi boʻyicha 2004-yil uchun xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzgidromet” markazi bilan birgalikda bir oy muddatda Davlat suv kadastri yuritilishini tashkil etish imkonini beruvchi yuza suvlardan foydalanish haqida hisobot berish shakllarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bilan birgalikda uch oy muddatda aeroportlarning gidrometeorologiya stansiyalaridagi eskirgan asbob-uskunalar va priborlarni almashtirish masalasini koʻrib chiqsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati toʻgʻrisida” 1992-yil 9-martdagi 110-son va “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1992-yil 7-maydagi 225-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 5-son, 17-modda) qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 14-aprel,
183-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi (“Oʻzgidromet” markazi)ning tashkiliy tuzilmasi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi markaziy apparatining tuzilmasi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi (“Oʻzgidromet” markazi) Oʻzbekiston Respublikasida gidrometeorologiya sohasidagi vazifalarni hal etish uchun maxsus vakil qilingan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
“Oʻzgidromet” markazi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
2. “Oʻzgidromet” markazi tizimiga gidrometeorologiya boʻyicha hududiy boshqarmalar, Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti, Toshkent gidrometeorologiya kolleji, “Oʻzgidrometpribor” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi kiradi.
Gidrometeorologiya boʻyicha hududiy boshqarmalar “Oʻzgidromet” markaziga hisobot beradi.
3. “Oʻzgidromet” markazi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisning qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, gidrometeorologiya sohasidagi xalqaro shartnomalarga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
4. “Oʻzgidromet” markazi oʻz faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
5. “Oʻzgidromet” markazining moddiy-texnika taʼminoti hamda “Oʻzgidromet” markazi tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash “Oʻzgidromet” markaziga ajratilgan mablagʻlar doirasida davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
6. “Oʻzgidromet” markazi va unga idoraviy mansub boʻlgan tashkilotlar yuridik shaxslar hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
II. “Oʻzgidromet” markazining vazifalari va funksiyalari
7. Quyidagilar “Oʻzgidromet” markazining asosiy vazifalari hisoblanadi:
gidrometeorologiya kuzatishlari davlat tizimini, respublika iqtisodiyoti tarmoqlari, aholisi va qurolli kuchlarini gidrometeorologik taʼminlashni rivojlantirish va takomillashtirish;
respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarini, korxonalar, muassasalar va fuqarolarni amaldagi va kutilayotgan gidrometeorologiya shart-sharoitlari va iqlimning oʻzgarishi, tabiiy muhitning ifloslanishi darajasi toʻgʻrisidagi axborot, xavfli va stixiyali gidrometeorologiya hodisalari paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi tezkor maʼlumotlar bilan taʼminlash;
maʼlumotlarning davlat gidrometeorologiya fondini va tabiiy muhit ifloslanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning davlat fondini shakllantirish va yuritish;
“Yuza suvlar” boʻlimi boʻyicha suvlarning davlat hisobini belgilangan tartibda yuritish, davlat suv kadastrini tashkil etish va yuritish boʻyicha barcha ishlarni muvofiqlashtirish, yoʻnaltirish va birlashtirish;
qishloq xoʻjalik ekinlari va yaylov oʻsimliklarining holati, stixiyali gidrometeorologiya hodisalari paydo boʻlishi va rivojlanishi, atmosfera havosi, tuproq va yuza suvlar ifloslanishi ustidan muntazam kuzatuvlarni tashkil etish va olib borish;
gidrometeorologiya tavsiflari uchun kuzatishlar olib borish, ob-havoni, daryolarning suvliligini, iqlimning oʻzgarishini qisqa muddatli va uzoq muddatli prognozlashtirishni yaxshilash boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish.
8. “Oʻzgidromet” markazi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
gidrometeorologiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
gidrometeorologiya axborotini toʻplash, uni tahlil etish va umumlashtirish;
erdagi va aerologik gidrometeorologik kuzatishlar tarmoqlarini, shu jumladan masofadan turib zondlash uchun texnik jihozlashni rivojlantirish, ularni ishlatish va ularni ishchi holatda saqlash;
kuzatishlar maʼlumotlarini toʻplash va ularning sifatini nazorat qilish tizimini tashkil etish va uni ishchi holatda saqlash hamda tezkor gidrometeorologiya, iqlim xizmatlari va atrof muhitga tegishli boʻlgan xizmatlar koʻrsatish maqsadida ularni qayta ishlash;
gidrometeorologik prognozlashtirish modellari va tizimlarini tashkil etish va ulardan foydalanish;
gidrometeorologik va iqlim maʼlumotlari milliy bazasini tashkil etish;
milliy va xalqaro darajalarda ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar olib borish, gidrometeorologiya fanini zamonaviy texnologiyalar negizida rivojlantirish;
aholi uchun gidrometeorologiya axboroti, prognozlar va ogohlantirishlar shaklida xizmatlarning har xil turlarini koʻrsatish;
qishloq xoʻjaligi, aviatsiya, milliy mudofaa va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun ijtimoiy tezkor gidrometeorologiya xizmati koʻrsatish;
atmosferaning ifloslanishi, yuza (tabiiy suv oqimlari), tuproq ifloslanishi monitoringi va fon monitoringini (maʼlumotlarni toʻplash, ularni qayta ishlash, tahlil etish va axborot tayyorlash), atmosfera ifloslanishi darajasi prognozini yuritish;
iqlim oʻzgarishi monitoringini taʼminlash va uning taxminiy prognozlarini taqdim etish, shuningdek uning iqlimning oʻzgarishiga taʼsiri choralari va variantlarini baholashga hissa qoʻshish;
meteorologiya, gidrometeorologiya va agrometeorologiya priborlari va qurilmalarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirish va attestatsiyadan oʻtkazish;
tegishli xalqaro majburiyatlarni, shu jumladan Butunjahon Meteorologiya Tashkiloti Konvensiyasi, BMTning iqlimning oʻzgarishi boʻyicha konvensiyasi, BMTning choʻlga aylanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurash konvensiyasi, YuNESKOning xalqaro gidrologiya dasturi doirasida majburiyatlarni bajarish, dasturlar va xalqaro faoliyatda ishtirok etish vositasida milliy manfaatlarga koʻmaklashish;
Butunjahon Meteorologiya Tashkilotining Jahon ob-havo xizmati tizimida mintaqaviy meteorologiya markazi funksiyalarini bajarish.
9. “Oʻzgidromet” markazi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita hududiy boshqarmalar va oʻziga idoraviy mansub tashkilotlar orqali hal etadi.
III. “Oʻzgidromet” markazining huquq va javobgarligi
10. “Oʻzgidromet” markazi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va davlat boshqaruvi boshqa organlaridan, korxonalar va tashkilotlardan “Oʻzgidromet” markaziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan gidrometeorologiya boʻyicha materiallarni olish;
Butunjahon Meteorologiya Tashkiloti va Gidrometeorologiya boʻyicha Davlatlararo Kengashda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda ifodalash;
xalqaro tashkilotlarning mutaxassislarini ekspert sifatida jalb etish;
xoʻjalik shartnomalari asosida ixtisoslashtirilgan gidrometeorologiya xizmati ishlarini bajarish.
“Oʻzgidromet” markazi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham egadir.
11. “Oʻzgidromet” markazi, oʻz vakolatlari doirasida, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar va normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqlidir.
“Oʻzgidromet” markazi, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va hujjatlar chiqarishga haqlidir.
12. “Oʻzgidromet” markazi oʻziga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun javob beradi.
IV. “Oʻzgidromet” markazi faoliyatini tashkil etish
13. “Oʻzgidromet” markaziga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Bosh direktor boshchilik qiladi.
Bosh direktor uch nafar oʻrinbosarga, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega boʻladi.
“Oʻzgidromet” markazi Bosh direktorining oʻrinbosarlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
“Oʻzgidromet” markazi Bosh direktori maqomiga koʻra vazirga, Bosh direktorning birinchi oʻrinbosari — vazirning birinchi oʻrinbosariga, Bosh direktorning oʻrinbosarlari — vazirning oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Bosh direktor:
“Oʻzgidromet” markazi faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi;
“Oʻzgidromet” markazi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi va “Oʻzgidromet” markaziga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, “Oʻzgidromet” markazi tizimining boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini, “Oʻzgidromet” markazi faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning javobgarligi darajasini hamda oʻziga qarashli boʻlinmalar va tashkilotlar ishini belgilaydi;
“Oʻzgidromet” markazi tizimi xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
“Oʻzgidromet” markazining tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritadi, “Oʻzgidromet” markazi markaziy apparatining shtat jadvalini, shuningdek “Oʻzgidromet” markazi markaziy apparati, markazga qarashli boʻlinmalar va tashkilotlarning xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
“Oʻzgidromet” markazining tarkibiy va hududiy boshqarmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, “Oʻzgidromet” markazi tizimiga kiradigan oʻziga qarashli tashkilotlarning nizomlari (ustavlari)ni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
“Oʻzgidromet” markazi markaziy apparati xodimlarini, “Oʻzgidromet” markazi tizimiga kiradigan tarkibiy va hududiy boshqarmalar va tashkilotlar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
15. Hududiy boʻlinmalar oʻz faoliyatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda “Oʻzgidromet” markazi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradi.
“Oʻzgidromet” markazining viloyat boʻlinmalari rahbarlari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasi boʻyicha “Oʻzgidromet” markazining Bosh direktori tomonidan tayinlanadi.
16. “Oʻzgidromet” markazini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi toʻgʻrisida” 1993-yil 7-iyundagi 271-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshidagi “Gidrometeorologiya bosh boshqarmasining boshligʻi” soʻzlari “Gidrometeorologiya xizmati markazining bosh direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 2-oktabrdagi 375–f-son farmoyishi 1-bandidagi “Boshgidromet” boshqarmasi” soʻzlari “Oʻzgidromet” markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 11-apreldagi 143-son qarori 13-bandining birinchi xatboshidagi “Boshgidromet” boshqarmasi” soʻzlari “Oʻzgidromet” markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotdi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 7-son, 59-modda)
5. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-iyundagi 218–f-son farmoyishining 1-bandi va 2-bandi birinchi xatboshidagi “Boshgidromet” boshqarmasi” soʻzlari “Oʻzgidromet” markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 12-iyuldagi 549-son qarorida:
Havo boʻshligʻidan foydalanishga buyurtma va Havo hujumiga qarshi mudofaa qoʻshinlariga xabarnoma berish tartibining 3-bandidagi “Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi” soʻzlari “Gidrometeorologiya xizmati markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Havo boʻshligʻidan foydalanish yagona tizimining idoralararo komissiyasi va boshqaruv organlari toʻgʻrisidagi nizom 3-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi” soʻzlari “Gidrometeorologiya xizmati markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
12-banddagi “Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi” soʻzlari “Gidrometeorologiya xizmati markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
32-banddagi “Gidrometeorologiya bosh boshqarmasining” soʻzlari “Oʻzgidromet” markazining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasining Davlat suv kadastrini yuritish boʻyicha funksiyalari” boʻlimining nomi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining Davlat suv kadastrini yuritish boʻyicha funksiyalari” deb nomlansin;
34-banddagi “Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi” soʻzlari “Gidrometeorologiya xizmati markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan 1999—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturini amalga oshirish tadbirlarining 2.12-bandidagi “Boshgidromet” boshqarmasi” soʻzlari “Oʻzgidromet” markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Chimyon-Chorvoq zonasi tabiiy boyliklarini saqlash hamda hududni oʻzlashtirishga kompleks va izchillik bilan yondoshishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 10-martdagi 83-son qarorining 6 va 7-bandlaridagi “Boshgidromet” boshqarmasi” soʻzlari “Oʻzgidromet” markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “1999—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlarining dasturini amalga oshirish masalalari toʻgʻrisida” 2000-yil 9-oktabrdagi 389-son qarorida:
2-bandning ikkinchi xatboshidagi “Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi” soʻzlari “Gidrometeorologiya xizmati markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Parnik gazlari emissiyasini kamaytirish milliy strategiyasini amalga oshirish boʻyicha tadbirlarning 3, 6, 8 va 10-bandlaridagi “Boshgidromet” boshqarmasi” soʻzlari “Oʻzgidromet” markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-dekabrdagi 496-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 12-son, 79-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida Yer monitoringi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandidagi “Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi” soʻzlari “Gidrometeorologiya xizmati markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 32-son qarori bilan tasdiqlangan Tugatilayotgan yoki boshqa idoralarga berilayotgan hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibidan chiqarilayotgan tashkilotlar va korxonalar roʻyxatining 6-bandi chiqarib tashlansin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2002-yil 3-apreldagi 111-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 4-son, 19-modda):
2-bandning birinchi xatboshidagi “Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi” soʻzlari “Gidrometeorologiya xizmati markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi toʻgʻrisidagi nizomda:
12-bandning uchinchi xatboshidagi “Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi” soʻzlari “Gidrometeorologiya xizmati markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14. Vazirlar Mahkamasining “2003—2007-yillar davrida Qoraqalpogʻiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi barqaror rivojlantirilishini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 1-avgustdagi 276-son qarori 1-bandining beshinchi xatboshidagi “Boshgidromet” boshqarmasi” soʻzlari “Oʻzgidromet” markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 16-son qarori bilan tasdiqlangan 2003—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi Dasturida, A.2, A.3, A.4, A.5, A.6.1, B.1, B.2, V bandlaridagi “Boshgidromet” boshqarmasining” soʻzlari “Oʻzgidromet” markazining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-dekabrdagi 576-son qarori bilan tasdiqlangan 2004-yil uchun statistik ishlar Dasturida, “Boshqa vazirliklar va idoralar tomonidan bajariladigan statistik ishlar” II boʻlimdagi “Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi” soʻzlari “Gidrometeorologiya xizmati markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 15-son, 179-modda; 2005-y., 7-son, 59-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda)