Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2018 14.04.2004 yildagi 182-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha respublika komissiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasi ishlarini tashkil etishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha mintaqaviy komissiyalar tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari mintaqaviy komissiyalarning raislari hisoblanadi;
(3-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 9-son, 132-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaviy komissiyalar tarkibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Muddatida to‘lanmagan to‘lovlar muddatini kechiktirish va (yoki) ularni bo‘lib-bo‘lib to‘lash, penya hisoblashni to‘xtatish, shuningdek soliqlar hamda budjetga va davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar bo‘yicha penyani hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi nizomga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirishlarni belgilangan tartibda kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha mintaqaviy komissiya to‘g‘risidagi nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 14-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
182-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 14-apreldagi 182-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-fevraldagi 61-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan va o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Komissiya o‘z faoliyatini to‘lovlar intizomini mustahkamlash, muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi to‘lovlar va hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish, budjetga hamda davlat maqsadli fondlariga soliqlar va majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida tushishini ta’minlash, budjetga hamda davlat maqsadli fondlariga qarzlarni qisqartirish va ular vujudga kelishining oldini olish, keyinchalik ushbu chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish maqsadida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Komissiyaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlarining vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, banklar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularning birlashmalari, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari boshchilik qiladigan muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha mintaqaviy komissiyalar tashkil etiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 9-son, 132-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mintaqaviy komissiyalar tarkiblari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda Komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Komissiyaning vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish hamda barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda bank va moliya muassasalari tomonidan to‘lov intizomi va hisob-kitoblarning o‘z vaqtida o‘tkazilishi, soliqlar va majburiy to‘lovlarning to‘liq to‘lanishi masalalari bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlari normalariga qat’iy rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlari holatini tahlil qilish, korxonalar va tashkilotlarning muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlari taqqoslanishini muntazam ravishda tashkil etish hamda ularni qisqartirish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik qarzlarning vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, aylanma mablag‘lardan oqilona foydalanish, ularning saqlanishini va o‘z vaqtida to‘ldirilishini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va Hukumat qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq budjetga va davlat maqsadli fondlariga soliqlar va majburiy to‘lovlarning to‘liq undirilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarning budjetdan va davlat maqsadli fondlaridan qarzlarini qisqartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va chora-tadbirlar ko‘rish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Komissiyaning huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, banklar, soliq va moliya organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, korxonalar, mahalliy davlat boshqaruv organlari rahbarlarining debitorlik va kreditorlik qarzlarning holati, soliq va to‘lov intizomi masalalari bo‘yicha hisobotlarini eshitish hamda tegishli organlarga hisob-kitoblarni yuritishning belgilangan tartibini, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan masalalarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istisno hollarda, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari xo‘jalik yurituvchi subyektlarining o‘zaro pullik majburiyatlari bo‘yicha qarzlarini to‘lash muddatini kechiktirish va (yoki) ularni bo‘lib-bo‘lib to‘lash masalasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli komplekslari rahbarlari bilan kelishgan holda ko‘rib chiqish.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 31-dekabrdagi 288-sonli qaroriga muvofiq uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2005-y., 52-son, 392-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga qarzlarni (asosiy summani, penyalarni, jarima sanksiyalarini) to‘lash bo‘yicha muddatni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini berish, penya hisoblashni to‘xtatib turish va to‘xtatish, budjetga va davlat maqsadli fondlariga hamda vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari fondlariga to‘lanadigan soliqlar va to‘lovlar bo‘yicha penyalar va jarima sanksiyalarni hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 9-son, 100-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning umidsiz debitorlik va kreditorlik qarzlarining statistika hisobini alohida yuritish masalalarini ko‘rib chiqish;
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 2-son, 25-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘lovga qodir bo‘lmagan iste’molchilarga va buyurtmachilarga mahsulotlar sotishning, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishning, korxonalar va tashkilotlarning aylanma mablag‘larining, shu jumladan tayyor mahsulotlar zaxiralariga va tugallanmagan qurilishga jalb etilishi sabablarini va yo‘nalishlarini o‘rganish, ularning oldini olish va qisqartirish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, tashkilotlar, vazirliklar va idoralardagi debitorlik va kreditorlik qarzlarning holatini taqqoslashni tashkil etish, taqqoslashlar asosida mazkur qarzlarni qisqartirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini, shu jumladan budjetdan va davlat maqsadli fondlaridan qarzlarini eng ko‘p miqdorda qisqartirish uchun banklar kreditlari va boshqa manbalar hisobiga o‘zaro hisob-kitoblarning maqsadli sxemalarini amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini, korxonalar va tashkilotlarning budjetga va davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarini to‘lashga yo‘naltiriladigan maqsadli mablag‘lar harakati tartibi va yo‘nalishini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan Komissiyaga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash uchun zarur axborotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya, soliq va bojxona organlari, tijorat banklari, vazirliklar va idoralarning faoliyatini Komissiya vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiya qilish yoki ularga nisbatan bankrotlik tartibotini boshlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish yuzasidan takliflar kiritish;
(8-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha soliq solish va hisob-kitoblar tizimini yaxshilashga yo‘naltirilgan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaviy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Komissiyaning to‘lov intizomini hamda o‘zaro hisob-kitoblar tizimini mustahkamlash, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning budjet va davlat maqsadli fondlari bilan hisob-kitob qilish yuzasidan javobgarligini oshirish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Komissiya faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Komissiyaning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Komissiyaga hamraislar — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi hamda Moliya vaziri boshchilik qiladilar, ular Komissiya ishiga rahbarlik qiladilar, uning majlislarini olib boradilar, Komissiyaning majlislari protokollarini, ish rejalarini va boshqa hujjatlarini tasdiqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Komissiya majlislari ish rejasiga muvofiq, biroq yilning har choragida kamida bir marta o‘tkaziladi. Hamraislar navbatdan tashqari majlislar chaqirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Komissiyaning ish natijalari hamraislar yoki majlisni o‘tkazgan hamrais tomonidan tasdiqlanadigan protokol shaklidagi qarorlar bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Komissiyaning majlisda uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmayotgan a’zolari majlisga o‘zlarining ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan vakolatli vakillarini yuborishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tezkorlik bilan qaror qabul qilish maqsadida Komissiya hamraislari Komissiya a’zolari bilan kelishilgan ayrim masalalar bo‘yicha qarorlarni so‘rov yo‘li bilan tasdiqlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Komissiya o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Komissiya majlislari uchun materiallarni tayyorlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Komissiya faoliyatini tashkil etish uchun Komissiyaning mas’ul kotibi boshchilik qiladigan Komissiya kotibiyati tashkil etiladi. U Komissiya kotibi — Markaziy bankning Iqtisodiy tahlil departamenti direktori, Markaziy bank, Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasining vakolatli xodimlaridan iborat bo‘ladi. Kotibiyat tarkibi Komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning mas’ul kotibi va kotibi (keyingi o‘rinlarda Komissiya kotiblari deb ataladi) ishlari soliqlar va budjetga majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida tushishi va (yoki) soliqlar hamda budjetga va davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash masalalari hamda muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish masalalari bo‘yicha alohida-alohida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Komissiya kotiblari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ish rejasi ishlab chiqilishini, uning bajarilishi ustidan nazoratni, shuningdek tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq Komissiyaning joriy ishlari tashkil etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya kotibiyati bilan birgalikda ushbu Nizomga ilovaga muvofiq Komissiya majlislariga materiallarni tayyorlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya kotibiyati tomonidan vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, banklar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda Komissiyaning qabul qilingan qarorlari bajarilishi monitoringi muvofiqlashtirilishini, Komissiya hamraislariga tegishli axborotlar va takliflar kiritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushgan xat-xabarlarning ko‘rib chiqilishini, ularning o‘rganish va ishlab chiqish uchun Komissiya kotibiyati a’zolariga yuborilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya a’zolari va taklif etilgan shaxslarning tegishli materiallarni yuborgan holda majlis o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy to‘g‘risida xabardor qilinishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Komissiya kotibiyati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
navbatdagi davr uchun Komissiyaning ish rejalari loyihalarini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushgan xat-xabarlarni ko‘rib chiqadi, Komissiyada uning o‘z vakolatlari doirasida ko‘rib chiqishi uchun takliflar tayyorlaydi va ularni umumlashtirish uchun Komissiya kotibiga beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning navbatdagi majlislari uchun barcha zarur materiallarning o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qarorlariga binoan tashkil etilgan ishchi guruhlar faoliyatini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotlar va tahliliy materiallarning, shu jumladan muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarning qisqartirilishi, soliqlar, yig‘imlar va budjetga hamda budjetdan tashqari fondlarga boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lanishi monitoringi natijalarini Komissiyaga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning qarorlariga muvofiq Komissiyaga ko‘rib chiqish uchun boshqa materiallarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Komissiya kotiblari o‘z funksiyalarini amalga oshirish uchun vazirliklar, idoralar, yuridik shaxslar birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, banklar, korxonalar va Komissiya a’zolaridan Komissiya faoliyatiga tegishli masalalarga oid axborotlarni so‘rash va olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Komissiya majlislari uchun materiallar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, yuridik shaxslar birlashmalari, korxonalar, shuningdek Komissiyaning ish rejasiga muvofiq ularning tayyorlanishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlanadi hamda Komissiyaning navbatdagi majlisidan kamida o‘n kun oldin, agar boshqa muddatlar belgilanmagan bo‘lsa, Komissiya kotibiyatiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Komissiya kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha hujjatlarda qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan materiallar (tahliliy ma’lumotnomalar, jadvallar, xulosalar, iltimosnomalar, takliflar va ularga asoslashlar hamda boshqa materiallar) hamda Komissiya qarori loyihasi mavjud bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Ish yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Komissiyaning ko‘rib chiqishi uchun mo‘ljallangan xatlar, iltimosnomalar, takliflar, ma’lumotnomalar va boshqa xat-xabarlarda “Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasi” so‘zlari ko‘rsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyada ko‘rib chiqish uchun mo‘ljallangan xat-xabarlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish masalalari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar va budjetga majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida tushishi va soliqlar hamda budjetga va davlat maqsadli fondlariga qarzlarni to‘lash muddatini kechiktirish va (yoki) ularni bo‘lib-bo‘lib to‘lash masalalari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelib tushgan xat-xabarlar tegishli ravishda Markaziy bankda va Davlat soliq qo‘mitasida boshqa xat-xabarlardan alohida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va Markaziy bank raisiga hamda Moliya vaziriga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelib tushgan xat-xabarlar Komissiyaning tegishli hamraisi ko‘rib chiqqandan keyin Komissiya hamraisi topshiriqnomasi bilan ijro etuvchilarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatlar, iltimosnomalar, takliflar va boshqa xat-xabarlar ko‘rib chiqish uchun yuborilgan ijro etuvchilar o‘n kun muddatda yoki hamrais topshirig‘ida belgilangan muddatlarda o‘z takliflarini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga va Davlat soliq qo‘mitasiga kiritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Komissiya kotibiyati a’zolari kelib tushgan xat-xabarlarni ko‘rib chiqadilar, Komissiyaning o‘z vakolatlari doirasida ko‘rib chiqishi uchun takliflar tayyorlaydilar hamda umumlashtirish uchun ularni Komissiya kotiblariga beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza paytida kamchiliklar aniqlangan taqdirda hujjatlar puxta ishlab chiqish uchun xat yuboruvchiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Komissiya kotiblari Komissiya a’zolari bilan birgalikda takliflarni umumlashtiradilar, Komissiya majlisi protokoli loyihasini tayyorlaydilar va uni kelishish uchun Komissiya a’zolariga yuboradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Komissiya a’zolari Komissiya protokoli loyihasini belgilangan tartibda kelishib oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Komissiya kotiblari protokol loyihasini Komissiya majlisiga kiritadilar, majlis yakunlariga ko‘ra uni puxta ishlab chiqadilar va Komissiya hamraislariga (yoki majlisni o‘tkazgan Komissiya hamraisiga) tasdiqlash uchun kiritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Komissiya hamraislari (yoki majlisni o‘tkazgan Komissiya hamraisi) Komissiya majlisi protokolini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Komissiya kotiblari Komissiya majlisining tasdiqlangan protokolini Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil boshqarmasining Makroiqtisodiy rivojlanish tahlili va strategiyasi bo‘limiga yuboradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil boshqarmasining Makroiqtisodiy rivojlanish tahlili va strategiyasi bo‘limi tasdiqlangan protokolni Vazirlar Mahkamasining Umumiy bo‘limida ro‘yxatdan o‘tkazadi hamda uning Komissiya a’zolariga, manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarga tarqatilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qarorlari (protokollari)ning asl nusxalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil boshqarmasining Makroiqtisodiy rivojlanish tahlili va strategiyasi bo‘limida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya nomiga kelib tushgan boshqa barcha hujjatlarning asl nusxalari va qabul qilingan qarorlar (protokollar)ning nusxalari Komissiya kotiblarida, tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasida va Markaziy bankida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasi faoliyatini tashkil etish sxemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 15-son, 178-modda; 2005-y., 52-son, 392-modda; 2006-y., 1-son, 2-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2013-y., 2-son, 25-modda, 37-son, 485-modda; 2015-y., 9-son, 100-modda; 2017-y., 9-son, 132-modda, 33-son, 863-modda)