29.04.2015 yildagi 15-1410/18830-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona va tashkilotlar pensiya yoshiga yetkunga qadar tayinlangan pensiyalarni toʻlash uchun ish haqi toʻlashga moʻljallangan mablagʻlar hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga xarajatlarni qoplovchi pul oʻtkazadilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Bagʻdod tuman boʻlimi (bundan buyon matnda — daʼvogar) xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, Qoʻqon mintaqaviy temir yoʻl uzeli (bundan buyon matnda — javobgar)dan pensiya uchun toʻlab berilgan 30 688 225,6 soʻmni regress tartibda undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2014-yil 23-dekabrdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilgan. Javobgardan daʼvogar foydasiga pensiya uchun toʻlab berilgan 26 759 547 soʻm regress tartibda undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2015-yil 18-fevraldagi qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgartirilgan. Javobgardan daʼvogar foydasiga pensiya uchun toʻlab berilgan 30 688 225 soʻm regress tartibda undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgarning kassatsiya shikoyatida, sud tomonidan ishni koʻrishda moddiy va protsessual huquq normalari buzilganligi, ish hujjatlari toʻliq oʻrganilmaganligi, qarzdorlik mavjud emasligi bayon qilinib, sud qarorlarini bekor qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagilarga asosan kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni, qarorni esa oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi qonuni 12-moddasining “b” bandiga koʻra, mehnat sharoiti zararli va ogʻir ishlarda toʻliq ish kuni davomida band boʻlgan xodimlar (3-sonli roʻyxat, I qism) oxirgi ish joyidan qatʼi nazar, ushbu Qonunning 7-moddasida belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlarga koʻra, javobgar korxonada ishlagan xodimlar M. Axmadaliyev 2012-yil 1-noyabr kunidan, A. Usmonov 2010-yil 1-may kunidan, M. Miraxmedov 2009-yil 1-noyabr kunidan Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni 12-moddasining “b” bandiga asosan Qonunning 7-moddasida belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiyaga chiqqanlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, mazkur fuqarolarga belgilangan tartibda pensiya tayinlanib, ularga Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi hisobidan 2014-yil 1-oktabrigacha jami 30 688 225,6 soʻm pensiya toʻlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 66-moddasi ikkinchi qismiga koʻra, mulk shaklidan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlar korxonaning aybi bilan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik uchun tayinlangan pensiyalarni toʻlash, shuningdek xodim ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga toʻlgunga qadar ushbu Qonun 12-moddasining “b”—“j” bandlariga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʻlash uchun ish haqi toʻlashga moʻljallangan mablagʻlar hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga xarajatlarni qoplovchi pul oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, javobgar tomonidan fuqarolar M. Axmadaliyev, A. Usmonov hamda M. Miraxmedovga toʻlangan pensiya pullarini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga xarajatlarni qoplovchi pul oʻtkazilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar M. Axmadaliyev, A. Usmonov hamda M. Miraxmedovga toʻlangan pensiya pullarini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga xarajatlarni qoplovchi pul oʻtkazish haqidagi talabnoma javobgar tomonidan eʼtiborsiz qoldirilgan. Natijada mazkur nizo kelib chiqqan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining ““Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi Qarorining 3-bandiga koʻra, mulkchilik va xoʻjalik yuritish shaklidan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlar mehnatga haq toʻlash uchun moʻljallangan mablagʻlardan xodim “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga yetguniga qadar mazkur Qonun 12-moddasining “b”—“e” bandlariga muvofiq pensiyalar toʻloviga ketadigan xarajatlarni qoplaydigan haqni 1994-yilda tayinlanadigan pensiyalar boʻyicha 80 foiz miqdorida, 1995-yilda tayinlanadigan pensiyalar boʻyicha 90 foiz hamda 1996-yil va undan keyingi yillarda tayinlanadigan pensiyalar boʻyicha 100 foiz miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi hisobidan fuqarolar A. Usmonov hamda M. Miraxmedovga toʻlangan pensiya pullarini qoplash uchun javobgar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga xarajatlarni qoplovchi pul oʻtkazmaganligi holatidan kelib chiqib, daʼvogar tomonidan fuqarolar A. Usmonov hamda M. Miraxmedovga toʻlangan pensiya pullarini regress tartibda undirish haqida toʻgʻri toʻxtamga kelgan boʻlsada, biroq fuqaro M. Axmadaliyev boshqa korxonadan, yaʼni Qoʻqon lokomotiv deposida ishlab nafaqaga chiqqanligi asosida daʼvoning 3 928 678 soʻm qismini rad etish haqida barvaqt xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, Qoʻqon lokomotiv deposi yuridik shaxs huquq layoqatiga ega boʻlmay, u javobgarning tarkibiy boʻlinmasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 47-moddasiga koʻra, filial yuridik shaxsning u turgan erdan tashqarida joylashgan hamda uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan vakolatxona vazifalarini bajaradigan alohida boʻlinmasidir. Agar qonunda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, vakolatxona va filiallar yuridik shaxs hisoblanmaydi. Ular oʻzlarini tashkil etgan yuridik shaxs tomonidan mol-mulk bilan taʼminlanadilar hamda u tasdiqlagan nizomlar asosida ish olib boradilar. Vakolatxona va filiallarning rahbarlari yuridik shaxs tomonidan tayinlanadi hamda uning ishonchnomasi asosida ish olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, apellatsiya instansiyasi sudi, moddiy va protsessual huquq normalarini toʻgʻri qoʻllab, fuqaro M.Axmadaliyev Qoʻqon lokomotiv deposida ishlab nafaqaga chiqqanligi, Qoʻqon lokomotiv deposi javobgarning tarkibiy boʻlinmasi hisoblanishi va yuridik shaxs maqomiga ega emasligidan kelib chiqib, hal qiluv qarorini oʻzgartirib, daʼvoni qanoatlantirish haqida toʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgarning 2004 — 2014-yillar davomida 123 902 659,54 soʻm mablagʻ hisobotlar asosida toʻliq toʻlanganligi, qarzdorlik mavjud emasligi haqidagi vaji asossiz, chunki ish hujjatlarida fuqarolar M. Axmadaliyev, A. Usmonov hamda M. Miraxmedovga toʻlangan pensiya pullarini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga xarajatlarni qoplovchi pul oʻtkazganligini tasdiqlovchi dalil yoʻq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-dekabrdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq pensiyalarni toʻlashga xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 10-bandiga koʻra, Qonunning 12-moddasi “b” bandiga asosan tayinlangan pensiyalarni toʻlashga xarajatlarni qoplash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: tashkilotlar Pensiya jamgʻarmasining xarajatlarini qoplashga zarur boʻlgan summalarning minimal miqdorini har yili 15-yanvargacha oʻtkazadilar; tashkilotlar tomonidan xodim Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga yetguniga qadar mazkur Qonun 12-moddasining “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʻlashga ketgan oldingi yil uchun Pensiya jamgʻarmasining haqiqiy xarajatlarini toʻliq qoplash, Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan qoplashga zarur boʻlgan summalarning minimal miqdorini chegirib qolgan holda, hisobot yilining 1-fevraligacha amalga oshiriladi. Mazkur Nizomning 13-bandiga koʻra, pensioner hisobda turgan joy boʻyicha Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari mazkur Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan pensiyalarni toʻlashga ketgan mablagʻlarni, ular tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda, qonun hujjatlariga muvofiq regress daʼvo arizalari boʻyicha tashkilotlardan undirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd qilinganlarga koʻra sudlov hayʼati, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni, toʻlangan 7 000 soʻm pochta xarajatini javobgar zimmasida qoldirib, javobgardan 153 441,12 soʻm davlat boji hamda sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq 30 000 soʻm sud xarajatini undirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 29-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-1410/18830-son