Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
“Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 7-yanvarda 2387-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
“Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2012-yil 10-iyuldagi 200-son “Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 35-son, 407-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 28-dekabr,
44-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2015-yil 28-dekabrdagi 44-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Buyruq muqaddimasidagi “Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 355-modda)” degan soʻzlar “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Nizom muqaddimasidagi “Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 355-modda)” degan soʻzlar “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
2015-yil 28-dekabr
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2015-yil 28-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 1-son, 11-modda)