Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
“Fermer xoʻjaliklarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 4-yanvarda 1295-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 1-noyabrdagi 117 va 242-B-1-son “Fermer xoʻjaliklarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1295-1, 2004-yil 16-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y.,45-46-son, 477-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyati va Oʻzbekiston Fermerlari kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 28-dekabr,
110-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 28-dekabr,
242-v-2-son
Kelishilgan:
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TEShAYEV
2015-yil 28-dekabr
“Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi F. KARIMOV
2015-yil 28-dekabr
Oʻzbekiston Fermerlari kengashi raisi S. TURDIYEV
2015-yil 28-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 1-son, 8-modda)