Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2015-yil 27-oktabrdagi PF-4761-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-oktabrdagi PQ-2422-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2015-yil 27-oktabrdagi PF-4761-son Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-oktabrdagi PQ-2422-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlarining normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 25-dekabr,
372-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi 870-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2017-y., 09/17/870/0175-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarori 4-bandining “a” kichik bandi ikkinchi xatboshidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda) “kompaniyalari” soʻzi “Oʻzpaxtaeksport” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 121-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
5. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-sentabrdagi 416-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 92-modda) bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 14-bandi ikkinchi xatboshidagi “kompaniyasi” soʻzi “Oʻzpaxtaeksport” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Moddiy-texnika resurslarining strategik turlarini sotishning maxsus tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 41-bandidagi “tashqi savdo kompaniyalari” soʻzlari “Oʻzpaxtaeksport” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
8. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 28-iyundagi 124-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 6-son, 46-modda) bilan tasdiqlangan Moddiy balanslarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovada:
a) 5-bandning “b” kichik bandi oltinchi xatboshidagi “va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo kompaniyalari” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo kompaniyalari va “Oʻzpaxtaeksport” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 23-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 25-banddagi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi” va “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tizimi” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi va “Oʻzpaxtaeksport” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 27-banddagi va 30-bandning birinchi xatboshidagi “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” va “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi” va “Oʻzpaxtasanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Vazirlar Mahkamasining “Paxta chigitini yetkazib berish va undan foydalanish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 18-sentabrdagi 199-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 9-son, 69-modda):
a) 2-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 4-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻzpaxtayogʻ” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) ilovada:
25-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
32-bandning ikkinchi xatboshidagi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik jamiyatining” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati hududiy filiallarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
48-banddagi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻzpaxtayogʻ” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarilayotgan paxta moyi sifatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 4-sentabrdagi 200-son qarorida:
“3. Belgilansinki, texnik chigitlarga ulgurji-sotish narxlari ularning navlari va klassi hisobga olingan holda tabaqalashtirilib “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
4. Quyidagi tartib belgilansin, unga muvofiq paxta moyi chiqishi normativlari har yili seleksiya navlari boʻyicha paxta xomashyosi tayyorlashning haqiqiy hajmlari va chigitning Oʻzbekiston “sifat” markazi tomonidan aniqlanadigan moydorligi hisobga olingan holda respublika mintaqalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi bilan birgalikda belgilanadi”;
b) 5-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi” va “Sifat” Oʻzbekiston markazi bilan birgalikda quyidagilarni taʼminlasin:
v) 1-ilovaning I boʻlimida, 1, 3-bandlarida va II boʻlimi 4-bandining 4.2-kichik bandida, IV boʻlimining 1-bandida, V boʻlimining 1, 3 va 4-bandlarida hamda VI boʻlimidagi “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” va “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzpaxtayogʻ” aksiyadorlik jamiyati” va “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 116-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborotlar roʻyxatining 28 va 31-bandlaridagi “Masʼullar” ustunidagi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi va “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzpaxtasanoatkeksport” xolding kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan 11-band Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltirilayotgan davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlardan, maʼmuriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlari “Moliyalashtirish manbai” ustunidagi “uyushmasi” soʻzi “AJ” abbreviaturasi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Vazirlar Mahkamasining “Paxta tolasini sotishning ichki va amaldagi narxlari oʻrtasidagi ijobiy tafovutdan tushadigan mablagʻlarning bir qismini jamlash va ulardan fermer xoʻjaliklarining foydalanishi tartibi toʻgʻrisida” 2011-yil 4-fevraldagi 30-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 2-son, 7-modda):
a) 3-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati hududiy filiallari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovada:
3-bandda “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari tashkilotlariga” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati hududiy filiallariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. 23226-maxsus hisob raqamlarining ochilishiga qonun hujjatlarining xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisob raqamlaridagi pul mablagʻlari yetishmaganda ularning bank hisob raqamlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi talabi tatbiq etilmaydi”;
5-banddagi “Uyushma” soʻzi “AJ” abbreviaturasi bilan almashtirilsin;
6-banddagi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiallari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari” soʻzlari tegishli kelishikda “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-banddagi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiallari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ustunlar nomlaridagi “Hududiy aksiyadorlik birlashmalari”, “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi” soʻzlari Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiallari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-ustun matnidagi “_______________ HAB” abbreviaturasi chiqarib tashlansin;
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi raisi” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining bosh direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ilovaning nomidagi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiallari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ustunlar nomlaridagi “Hududiy aksiyadorlik birlashmalari”, “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiallari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-ustun matnidagi “_______________ HAB” abbreviaturasi chiqarib tashlansin;
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi raisi” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining bosh direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-ilovadagi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari” va “Paxtasanoat” HAB rahbari” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzpaxtasanoat” hududiy filialiga” va “Oʻzpaxtasanoat” hududiy filiali direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-martdagi 84-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 3-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Boshqaruv apparatlari tuzilmasida investitsiya loyihalarini kompleks boshqarish boʻlinmasi faoliyat koʻrsatishi lozim boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar, shuningdek yirik korxonalar roʻyxatining 9-satrida “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-maydagi 153-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirliklar, idoralar apparatining, xoʻjalik birlashmalari, ularning idoraviy mansub korxonalari va xoʻjalik faoliyati hisobiga moliyalashtiriladigan boshqa tashkilotlarning xizmat yengil avtomobillarining cheklangan soni 3-bandning “Boʻlinma” ustunidagi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Vazirlar Mahkamasining “Hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 11-apreldagi 106-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 4-son, 25-modda) 2-bandi va 3-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 1-avgustdagi 214-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) Ustavi 8-bandining uchinchi xatboshidagi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi soʻzlari “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-avgustdagi 218-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 52-modda) bilan tasdiqlangan Davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosini yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini bajargan fermer xoʻjaliklariga kontraktatsiya shartnomasidan ortiqcha topshirilgan paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olingan paxta shroti (kunjara) va paxta chigiti sheluxasini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 10 va 11-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiali, viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi, hududiy Fermerlar kengashi bilan birgalikda tuman hokimliklari tomonidan taqdim etilgan fermer xoʻjaliklari reyestrlarini umumlashtiradilar va tasdiqlaydilar hamda joriy yilning 15-dekabrigacha uni ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha “Oʻzpaxtasanoat” AJga (shu jumladan hujjatning elektron versiyasini) yuboradilar.
11. “Oʻzpaxtasanoat” AJ fermer xoʻjaliklari reyestri olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida ushbu reyestrni umumlashtiradi va yigʻma reyestrni “Oʻzpaxtayogʻ” AJga (shu jumladan hujjatning elektron versiyasini) yuboradi.”;
b) 12-bandning birinchi xatboshidagi “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan taqdim etilgan fermer xoʻjaliklari reyestrlari asosida” soʻzlari “Oʻzpaxtayogʻ” aksiyadorlik jamiyati “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan taqdim etilgan fermer xoʻjaliklari reyestrlari asosida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 13-banddagi birinchi xatboshidagi “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzpaxtayogʻ” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 14-banddagi “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari “Oʻzpaxtayogʻ” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 19-banddagi “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasiga” soʻzlari “Oʻzpaxtayogʻ” aksiyadorlik jamiyatiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 1-ilovaning “IV bosqich”, “V bosqich” va “VI bosqich” pozitsiyalari “Tadbirlar” va “Masʼullar” ustunlari matnidagi tegishli kelishikdagi “Paxtasanoat” HAB”, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi”, “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari tegishli ravishda tegishli kelishikdagi “Oʻzpaxtasanoat” AJ”, “Oʻzpaxtayogʻ” AJ” va “Oʻzpaxtasanoat” AJ hududiy filiallari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 3-ilovadagi “Paxtasanoat” hududiy birlashmasi rahbari” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoat” AJ hududiy filiali direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) 4-ilovadagi “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi raisi” soʻzlari “Oʻzpaxtayogʻ” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-apreldagi 80-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 4-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 4-banddagi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilova “Gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlari uchun” boʻlimining “Masʼullar” ustunida:
“1-bosqich” pozitsiyasidagi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“2-bosqich” pozitsiyasidagi “uyushmasi” soʻzi “AJ” abbreviaturasi bilan almashtirilsin;
“5-bosqich” va “6-bosqich” pozitsiyalardagi “uyushmasi” soʻzi “AJ” abbreviaturasi bilan almashtirilsin;
g) 2-ilovadagi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi vakili” soʻzlari “Oʻzpaxtasanoat” AJ hududiy filiali vakili” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi 870-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2017-y., 09/17/870/0175-son)
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston paxtani qayta ishlash va paxta mahsulotlarini sotish davlat-aksiyadorlik uyushmasi (“Oʻzdavpaxtasanoatsotish”)ning Ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1993-yil 15-fevraldagi 84-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 2-son, 6-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 12-iyundagi 252-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 2-yanvardagi 1-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash boʻyicha qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qaroriga ilovaning 20-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 52-son, 647-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2017-y., 09/17/870/0175-son; 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son; 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son; 15.05.2020-y., 09/20/283/0587, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son; 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)