16.02.2015 yildagi 10-1420/17146-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPKning 86-moddasida nazarda tutilgan ish yuritishni tugatish asoslarining roʻyxati tugal hisoblanadi va kengaytirilgan tarzda talqin qilinishga yoʻl qoʻyilmaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“SMNU” masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda — MChJ) xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar “Bino yoʻl umum qurilish” shoʻbʼa xoʻjalik jamiyati (bundan buyon matnda — jamiyat)dan 15.000.000 soʻm asosiy qarz, 7.500.000 soʻm penya undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2014-yil 14-oktabrdagi ajrimi bilan ish yuritish tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida daʼvo arizasi boʻyicha sud asossiz ish yuritish tugatilganligi, shartnoma taraflari Oʻzbekiston Respublikasida joylashganligi, shartnomaning 5.1 bandi xato yozilganligi, nizo xoʻjalik sudiga tegishli ekanligi sababli, sud ajrimini bekor qilib, daʼvoni qanoatlantirish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protestda taraflar oʻrtasidagi shartnomaning 5.1 bandida nizo qayerda koʻrilishi belgilanmaganligi, balki qaysi qonun xujjatlari bilan tartibga solinishi koʻzda tutilganligi, shu sababli daʼvo javobgar joylashgan joyda koʻrilishi lozimligini bayon qilib, sud ajrimini bekor qilib daʼvoni koʻrib chiqish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati prokurorning ajrimni bekor qilib, daʼvoni koʻrib chiqish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish haqidagi fikrini eshitib, kassatsiya shikoyati va protestdagi vajlarini ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra sud ajrimini bekor qilishb, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlardan koʻrinishicha, MChJ xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, jamiyatdan 15.000.000 soʻm asosiy qarz, 7.500.000 soʻm penya undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi tomonidan 2014-yil 14-oktabrdagi ajrim bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda — XPK) ning 86-moddasi birinchi qismiga asosan, yaʼni nizo xoʻjalik sudida koʻrish uchun tegishli boʻlmaganligi vaji bilan ish yuritish tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunga taraflar oʻrtasidagi 2013-yil 7-fevraldagi 1s/13-sonli shartnomaning 5.1 bandini asos qilgan. Shartnomaning ushbu bandida shartnoma boʻyicha majburiyatni bajarmaslik Rossiya Federatsiyasining amaldagi qonunlariga asosan javobgar boʻlishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchii instansiya sudi XPKning 27-moddasiga asosan daʼvolar javobgar joylashgan erdagi xoʻjalik sudiga taqdim etilishi belgilangan boʻlishiga qaramay ish yuritishni tugatish haqida barvaqt xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik prsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi Qarorning 19-bandiga koʻra, xoʻjalik sudi XPKning 86-moddasida belgilangan asoslarga koʻra ish boʻyicha ish yuritishni tugatadi. Ish yuritishni tugatish nizoning mohiyati boʻyicha sud qarorini chiqarmasdan ish yuritishni tamomlash shakllaridan biri hisoblanadi. Ushbu moddada nazarda tutilgan ish yuritishni tugatish asoslarining roʻyxati tugal hisoblanadi va kengaytirilgan tarzda talqin qilinishga yoʻl qoʻyilmaydi deb belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi 136-sonli qarorining 14-bandida kassatsiya instansiyasi sudi ishni koʻrib chiqishda sud tomonidan ish uchun ahamiyatli holatlarning toʻliq tekshirilganligini, sud aniqlangan deb topgan holatlarning isbotlanganligini, moddiy va protsessual huquq normalari toʻgʻri qoʻllanganligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holda sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatini qisman, protestni toʻliq qanoatlantirib, birinchi instansiya sudining daʼvo arizasi boʻyicha ish yuritishni tugatish haqidagi ajrimini bekor qilishni hamda ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni yangidan koʻrishda birinchi instansiya sudi daʼvo arizasida qoʻyilgan talablarga huquqiy baho berib, moddiy va protsessual huquq normalari bilan asoslantirilgan sud hujjati qabul qilishi va ishni sudda koʻrish bilan bogʻliq boʻlgan sud xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlab, undirishi lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 16-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-1420/17146-son