09.02.2015 yildagi 18-1107/30169-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Agar ijro etilmagan sud hujjati bekor qilinib yoki oʻzgartirilib, daʼvoni toʻla yoki qisman rad etish toʻgʻrisida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa yoxud daʼvo toʻla yoki qisman koʻrmasdan qoldirilsa, xoʻjalik sudi bekor qilingan yoki tegishli qismi oʻzgartirilgan sud hujjati boʻyicha undirishni toʻla yoki qisman bekor qilish toʻgʻrisida sud hujjati qabul qiladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]

Qarshi shahar “Suvoqava” korxonasi (bundan buyon matnda — daʼvogar) xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “Qarshi temir yoʻl suv quvur taʼmir” masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda — javobgar)dan 215.023.014 soʻm asosiy qarz, 107.511.507 soʻm penya undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2013-yil 6-maydagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilib, javobgardan daʼvogar foydasiga 215.023.014 soʻm asosiy qarz, 10.751.150 soʻm penya undirilgan. Daʼvoning qolgan qismini qanoatlantirish rad etilgan.

Ish apellatsiya instansiya sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining 2013-yil 19-avgustdagi qarori bilan sudning hal qiluv qarorining 215.023.014 soʻm asosiy qarz udirish qismi 10.996.454 soʻmga oʻzgartirilgan. 204.026.560 soʻm asosiy qarz, 10.751.150 soʻm penya undirish qismi rad etilgan.

Sudning 2014-yil 17-iyundagi ajrimi bilan daʼvogar foydasiga javobgardan 73.717.718 soʻm undirish toʻgʻrisida qaytarma ijro varaqasi berilgan.

Apellatsiya instansiya sudining 2014-yil 9-dekabrdagi qarori bilan ajirim oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar sudning 2014-yil 17-iyundagi ajrimi hamda 9-dekabrdagi qaroridan norozi boʻlib kassatsiya shikoyati keltirgan, unda sud tomonidan bir necha xoʻjalik ishi boʻyicha undirishi koʻzda tutilgan ijro hujjatlari yuzasidan bitta qaytarma ijro hujjati chiqarilganligi, bunga asosan ijro organi ilgari qabul qilingan sud qarorlariga asosan ijro boʻlgan mablagʻlarni qaytarayotganligini bayon qilib ajrimni va qarorni bekor qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasi davomida daʼvogar vakili kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni quvvatlab, sudning ajrimi va qarorini bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasi davomida javobgar vakili kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarga eʼtiroz bildirib, ajrimni oʻzgarishsiz qoldirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati ishda ishtirok etgan shaxslarning tushuntirishlari va prokurorning sud qarorlarini bekor qilish haqidagi fikrini eshitib, kassatsiya shikoyatini ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagilarga asosan sudning 2014-yil 17-iyundagi ajrimi hamda 9-dekabrdagi qarorini bekor qilishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, daʼvogar daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgardan 215.023.014 soʻm asosiy qarz, 107.511.507 soʻm penya undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2013-yil 6-maydagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilib, javobgardan daʼvogar foydasiga 215.023.014 soʻm asosiy qarz, 10.751.150 soʻm penya undirilgan. Daʼvoning qolgan qismini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining 2013-yil 19-avgustdagi qarori bilan sudning hal qiluv qarorining 215.023.014 soʻm asosiy qarz udirish qismi 10.996.454 soʻmga oʻzgartirilgan. 204.026.560 soʻm asosiy qarz, 10.751.150 soʻm penya undirish qismi rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar sudga 2014-yil 21-apreldagi 15-sonli ariza bilan murojaat qilib, javobgarning mol-mulki boʻlgan Qarshi shahar Zoxiramaron mahalasida joylashgan maʼmuriy bino va yordamchi binolarni qaytarishni yoki 70.939.717 soʻm farqni qaytarib undirish haqida ajrim chiqarib, ijro varaqasini berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2014-yil 17-iyundagi ajrimi bilan daʼvogar foydasiga javobgardan 73.717.718 soʻm undirish toʻgʻrisida qaytarma ijro varaqasi berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 219-moddasi ikkinchi qismida agar ijro etilmagan sud hujjati bekor qilinib yoki oʻzgartirilib, daʼvoni toʻla yoki qisman rad etish toʻgʻrisida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa yoxud daʼvo toʻla yoki qisman koʻrmasdan qoldirilsa, xoʻjalik sudi bekor qilingan yoki tegishli qismi oʻzgartirilgan sud hujjati boʻyicha undirishni toʻla yoki qisman bekor qilish toʻgʻrisida sud hujjati qabul qiladi deb belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, sud tomonidan ajrim qabul qilishda ijro organida mavjud boʻlgan bir necha ijro hujjatlarini muhokama qilib, aynan qancha miqdorda qaysi ijro hujjati ijro qilinganligi holatlariga huquqiy baho bermagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2013-yil 6-maydagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilib, javobgardan daʼvogar foydasiga 215.023.014 soʻm asosiy qarz, 10.751.150 soʻm penya undirilgan boʻlib keyinchalik ushbu hal qiluv qaror kassatsiya instansiya sudining qarori bilan oʻzgartirilgan boʻlsada, ajrim qabul qilishda sud undirilgan 365.497.416 soʻm summani muhokama qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan koʻrinib turibdiki, sud ushbu xoʻjalik ishi doirasidan tashqariga chiqib, sud hujjati qabul qilishda hatolikka yoʻl qoʻygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binobarin, Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish” toʻgʻrisidagi Qonunning 37-moddasi toʻrtinchi qismida ijro hujjatini berishga asos boʻlgan sud hujjati yoki boshqa organning hujjati bekor qilinganda yoxud qonunga koʻra ijro hujjati boʻlgan hujjat bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda ijro ishi yuritish sud tomonidan tugatiladi deb belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 14-bandi birinchi qismida bayon etilgan tushuntirishlarga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi ishni koʻrib chiqishda sud tomonidan ish uchun ahamiyatli holatlarning toʻliq tekshirilganligini, sud aniqlangan deb topgan holatlarning isbotlanganligini, moddiy va protsessual huquq normalari toʻgʻri qoʻllanganligini tekshiradi. Bunda sud kassatsiya shikoyatida bayon etilgan vajlar bilan cheklanmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holda sudlov hayʼati, kassatsiya shikoyatini qanoatlantirib, sudning 2014-yil 17-iyundagi ajrimi hamda 9-dekabrdagi qarorini bekor qilishni, videokonferensaloqa rejimida ish koʻrilishi munosabati bilan 30.000 soʻm aloqa harajatini javobgar zimmasiga yuklashni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 9-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-1107/30169-son