10.02.2015 yildagi 17-1402/10683-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan ish koʻrishda ishning faktik holatlari toʻliq aniqlanmagan va shu sababli qabul qilingan hal qiluv qarori yetarli asoslantirilmagan deb topsa, apellatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini bekor qiladi va mavjud boʻlgan hamda yangi dalillar asosida yangi qaror qabul qiladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Asaka parranda” masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda — jamiyat) xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, Asaka tuman Davlat soliq inspeksiyasi (bundan buyon matnda — DSI)ning 2014-yil 1-iyuldagi “Soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlarni va penyani hisoblash toʻgʻrisida”gi qarorini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni koʻrish jarayonida jamiyat Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessutsal kodeksining 40-moddasiga asosan daʼvo talabini oʻzgartirib DSIning 2014-yil 25-sentabrdagi qarorini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2014-yil 22-oktabrdagi hal qiluv qarori bilan arz qilingan talab qisman qanoatlantirilib, DSIning 2014-yil 25-sentabrdagi qarori bilan jamiyatga nisbatan hisoblangan va undirishga qaratilgan 62 961 800 soʻmdan 57 309 900 soʻm qismi va ushbu summaga hisoblangan ustama jarima qismi haqiqiy emas deb topilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2014-yil 11-dekabrdagi qarori bilan hal qiluv qaror bekor qilinib, arz qilingan talabni qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan moddiy va protsessual huquq normalari talablariga rioya qilinmaganligi, ishdagi mavjud hujjatlar toʻliq oʻrganilmaganligi va aniqlanmaganligi, ishdagi dalillarga yetarli baho berilmaganligi toʻgʻrisida vajlar keltirilib, sud qarorini bekor qilib, hal qiluv qarorini oʻz kuchida qoldirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan jamiyat rahbari kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni quvvatlab, uni qanoatlantirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan DSI vakillari kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarga nisbatan oʻz eʼtirozlarini bildirib, shikoyatini rad qilishni va apellatsiya instansiyasi sudining qarorini kuchida qoldirishni soʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati taraf vakillarining tushuntirishlarini, prokurorning apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini qanoatlantirmasdan qoldirish haqidagi fikrini eshitib, shikoyat vajlarini muhokama qilib, ishdagi hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra sud qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2013-yil 30-noyabrdagi 2-sonli majlis bayoni bilan tasdiqlangan reja jadvali ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Andijon viloyat Davlat soliq boshqarmasining 2014-yil 2-maydagi 337-x/s-sonli, 2014-yil 22-maydagi 411-x/s-sonli buyruqlariga asosan jamiyatning 2010-2013-yillar faoliyati davomida soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻgʻri hisoblanishi yuzasidan hujjatli tekshirish oʻtkazilgan va tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish natijalari yuzasidan davlat budjeti va majburiy toʻlovlarga jami 227 961 800 soʻm, yaʼni 2010-yil boʻyicha 4 573 000 soʻm, 2011-yil boʻyicha 57 326 700 soʻm, 2012-yil boʻyicha 553 600 soʻm qoʻshimcha soliqlar hisoblangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshiruvda aniqlangan holatlar yuzasidan jamiyatga nisbatan DSIning 2014-yil 1-iyulda “Soliqqa oid huquqbuzarlikni bartaraf etish haqida”gi qarori qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DSIning 2014-yil 1-iyuldagi qaroridan norozi boʻlgan jamiyat sudga ariza bilan murojaat qilib, ushbu qarorni haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DSIning 2014-yil 25-sentabrda “Soliqlar boshqa majburiy toʻlovlarni va penyani qayta hisoblash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilinib, DSIning 2014-yil 1-iyuldagi qarori bekor qilingan. Jamiyatga qoʻshimcha hisoblangan 165 000 000 soʻm daromad soligʻi va ustama jarimasini bekor qilish va ushbu summani Andijon shahar Davlat soliq inspeksiyasidan roʻyxatdan oʻtgan “Turon LTD” firmasidan belgilangan tartibda undirib olish yuzasidan unga tegishli hujjatlarni yuborish DSI “STB”ga yuklatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatga soliq va majburiy toʻlovlarga hisoblangan 62 961 800 soʻm qoʻshimcha va 17 380 800 soʻm, jami 80 342 600 soʻmning 10 foizi 8 034 300 soʻmi DSIning rivojlantirish jamgʻarmasiga, 90 foizi barcha soliq va toʻlovlarni tegishli hisob raqamlarga undirilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni koʻrish jarayonida jamiyat Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 40-moddasiga asosan daʼvo talabini oʻzgartirib DSIning 2014-yil 25-sentabrdagi qarorini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-apreldagi “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollar koʻpaytirishni ragʻbatlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-842-sonli qarorining 8-bandi ikkinchi xat boshida, naslchilik ishi korxonalari va Respublika “Oʻznaslchilik” korxonasi asosiy faoliyat turi boʻyicha barcha soliqlar va davlatning maqsadli jamgʻarmalari hamda Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod etilganligini asos qilib jamiyatning arz qilgan talabini qisman qanoatlantirish haqida barvaqt xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarori bilan jamiyatning arizasini qanoatlantirilgan qismini bekor qilish va yangi qaror qabul qilib jamiyatning arizasini rad qilish haqida asosli toʻxtamga kelgan. Chunki, yuqorida koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-apreldagi “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollar koʻpaytirishni ragʻbatlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-842-sonli qarorining 8-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan imtiyozlar shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollarni yanada koʻpaytirish, shu asosda qishloq aholisining bandligi va daromadlarini, goʻsht-sut mahsulotlari ishlab chiqarishning oʻsishini oshirish hamda ichki isteʼmol bozorining toʻldirilishini taʼminlash maqsadida qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi “Apellatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi 173-sonli qarorning 17-bandida agar apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan ish koʻrishda ishning faktik holatlari toʻliq aniqlanmagan va shu sababli qabul qilingan hal qiluv qarori yetarli asoslantirilmagan deb topsa, apellatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini bekor qiladi va mavjud boʻlgan hamda yangi dalillar asosida yangi qaror qabul qilishi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda apellatsiya instansiya sudi tomonidan moddiy va protsessual huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilib, asosli ravishda hal qiluv qarorini bekor qilib, arz qilingan talabni toʻliq qanoatlantirish haqida qonuniy toʻxtamga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatini qanoatlantirish uchun asoslar mavjud emas deb hisoblab, sud qarorini oʻzgarishsiz, ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish uchun toʻlangan 7 000 soʻm pochta xarajatlarini jamiyatning zimmasida qoldirishni, undan 538 175 soʻm davlat boji respublika budjetiga, sud va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga, ishni videokonfrensaloqa rejimida koʻrish bilan bogʻliq 30 000 sud xarajatlarini Oliy xoʻjalik sudining depozit hisob raqamiga undirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 10-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-1402/10683-son