24.11.2014 yildagi 10-1303/21967-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning sharti aniq boʻlmasa, uning asl maʼnosi uni boshqa shartlarga va butun shartnomaning maʼnosiga taqqoslash yoʻli bilan aniqlanadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sharq Jilosi Ravnaqi” MChJ (bundan buyon matnda — daʼvogar) xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligidan (bundan buyon matnda — javobgar) 27 418,90 AQSh dollari asosiy qarz, 2 741,89 AQSh dollari jarima undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2013-yil 24-dekabrdagi ajrimi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar sifatida ishga jalb etilganlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2014-yil 6-yanvardagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilib, javobgardan daʼvogar foydasiga 6 906 470,30 soʻm asosiy qarz undirilgan. Daʼvo talabining qolgan qismi rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qaroriga nisbatan daʼvogar tomonidan kassatsiya shikoyati berilib, unda nizoni hal qilishda sud tomonidan moddiy va protsessual huquq normalari buzilganligi haqida vaj keltirilib, hal qiluv qarorini bekor qilib daʼvoni qanoatlantirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birgalikda muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra hal qiluv qarorini oʻzgartirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlari va sud muhokamasida aniqlangan holatlardan koʻrinishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 13-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasining umumtaʼlim maktablarini qurish va jihozlash” loyihasini OPEKning xalqaro rivojlanish jamgʻarmasi va Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-793-sonli qaroriga asosan Navoiy viloyat, Navbahor tumanidagi 216 oʻrinli, 37-sonli umumtaʼlim maktabi qurilishi boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro tender savdolari natijalariga koʻra gʻolib deb topilgan daʼvogar va javobgar oʻrtasida 2009-yil 29-iyunda umumiy qiymati 548 378,15 AQSh dollari boʻlgan H/SFD/14-sonli pudrat shartnomasi hamda 2009-yil 14-dekabrda mazkur shartnomaga 14/1-sonli qoʻshimcha kelishuv tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomada belgilangan ishlar daʼvogar tomonidan toʻliq bajarilgan boʻlib, javobgar tomonidan bajarilgan ishlar hajmining 95 %, yaʼni 520 959,18 AQSh dollari toʻlab berilib, bajarilgan ishlar hajmining 5 % — 27 418,90 AQSh dollari toʻlab berilmagan. Natijada daʼvogar sudga murojaat qilib, javobgardan 27 418,90 AQSh dollari asosiy qarz, 2 741,89 AQSh dollari jarima undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizoni hal qilishda birinchi instansiya sudi ish uchun ahamiyatli holatlarni aniqlamasdan, aniqlangan hisoblagan ish uchun ahamiyatli holatlar isbotlanmasdan daʼvoni qisman 6 906 470,30 soʻm miqdorida qanoatlantirish haqida barvaqt xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 234-moddasining ikkinchi qismiga asosan majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda ushbu Kodeksda koʻrsatilgan boshqa asoslardan kelib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 666-moddasiga asosan qurilish pudrati shartnomasi boʻyicha pudratchi shartnomada belgilangan muddatda buyurtmachining topshirigʻi bilan muayyan obyektni qurish yoki boshqa qurilish ishini bajarish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa pudratchiga ishni bajarish uchun zarur sharoit yaratib berish, ishni qabul qilish va kelishilgan haqni toʻlash majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi taraflar oʻrtasida 2009-yil 25-dekabrda rasmiylashtirilgan bajarilgan ishlarning hisob-fakturasiga asosan daʼvogar tomonidan jami 790 158 070 soʻm miqdoridagi ishlar bajarilganligi, ular uchun javobgar orqali daʼvogarning hisob-raqamiga quyidagi toʻlovlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 30-iyunda 128 320,14 AQSh dollari – (toʻlov kunida soʻmga nisbati – 191 856 574,12 soʻm);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 15-avgustda 149 707 AQSh dollari – (toʻlov kunida soʻmga nisbati – 224 590 441,40 soʻm);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 26-oktabrda 153 278,92 AQSh dollari – (toʻlov kunida soʻmga nisbati 231 353 070,69 soʻm);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 20-noyabrda 89 653,12 AQSh dollari – (toʻlov kunida soʻmga nisbati – 135 451 519,82 soʻm), jami 520 959,18 AQSh dollari yoki 783 251 606,03 soʻm miqdorida toʻlovlar amalga oshirilganligi bilan asoslab, daʼvo talabini 6 906 470,30 soʻm (790 158 070 – 783 251 606,03 soʻm) miqdorida qanoatlantirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi shartnomaning mazkur bandini notoʻgʻri talqin qilib, toʻlovlar ish beruvchi davlat joylashgan davlat valyutasidan boshqa valyuta birligida bajariladigan boʻlsa, toʻlovlar qiymati pudratchining tender takliflarida koʻrsatilgan kundagi kurs birligida hisob-kitob qilingan holda, oʻsha davlatdagi valyutada toʻlanishi lozimligi belgilab qoʻyilgan deb hisoblagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, taraflar oʻrtasida 2009-yil 29-iyunda tuzilgan H/SFD/14-sonli pudrat shartnomasining 46.1-bandida agar toʻlovlar Buyurtmachi mamlakatning valyutasidan farq qiladigan valyutada bajarilsa, pudratchining tender taklifi sanasidagi valyuta kursi boʻyicha hisob-kitob qilinishi belgilangan boʻlib, bajarilgan ishlarning haqi oʻsha davlatdagi valyutada toʻlanishi lozimligi nazarda tutilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 363-moddasiga asosan sud shartnoma shartlarini sharhlashda undagi soʻz va iboralarning asl maʼnosini eʼtiborga oladi. Shartnomaning sharti aniq boʻlmasa, uning asl maʼnosi uni boshqa shartlarga va butun shartnomaning maʼnosiga taqqoslash yoʻli bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, ish hujjatlaridan koʻrinishicha daʼvogar tomonidan bajarilgan ishlar 2009-yil 30-dekabrda Davlat qabul hayʼati tomonidan qabul qilib olinib, 520 959,18 AQSh dollari hajmidagi ishlarning haqi (bajarilgan ishlar umumiy qiymatining 95 %) AQSh dollarida toʻlab berilgan boʻlib, bajarilgan ishlarning toʻlanmagan qismi 27 481,90 AQSh dollarini tashkil qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 333-moddasiga asosan qarzdor aybi boʻlgan taqdirda majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu holda, sudlov hayʼati, shartnomaning 46.1-bandiga asosan, javobgarning daʼvogar oldidagi 27 481,90 AQSh dollari miqdoridagi qarzini pudratchining tender taklifi sanasidagi valyuta kursi boʻyicha – 40 675 938,15 soʻm (27 418,90 AQSh dollari x 1 438,50 soʻm) hisoblab, hal qiluv qarorining javobgardan daʼvogar foydasiga 6 906 470,30 soʻm undirish qismini 40 675 938,15 soʻmga oʻzgartirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, birinchi instansiya sudi daʼvo talabining 2 741,89 AQSh dollari miqdorida jarima undirish qismini qanoatlantirishni haqli ravishda rad etgan. Vaholanki, daʼvo arizasida jarimaning hisob-kitobi koʻrsatilmagan hamda asoslantirib berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida” 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli qarorining 16-bandida XPK 188-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, protsessual huquq normalari buzilgan yoki notoʻgʻri qoʻllanilgan hollarda, agar bu qonun buzilishi notoʻgʻri hal qiluv qarorining, qarorning qabul qilinishiga olib kelgan yoxud olib kelishi mumkin boʻlsa, hal qiluv qarori, qaror bekor qilinadi yoki oʻzgartiriladi. Bunday oqibatlarning mavjudligi har bir aniq holatda kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan baholanishi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda sudlov hayʼati, kassatsiya shikoyatini qisman qanoatlantirishni, hal qiluv qarorining javobgardan daʼvogar foydasiga 6 906 470,30 soʻm undirish qismini 40 675 938,15 soʻmga oʻzgartirishni, daʼvogar tomonidan kassatsiya instansiya sudida ishni koʻrish bilan bogʻliq toʻlangan 294 301 soʻm davlat boji, 7 000 soʻm pochta xarajatlarini javobgar hisobidan undirishni, daʼvogarga ortiqcha toʻlangan 37 699 soʻm davlat boji va 3 500 soʻm pochta xarajatlarini qaytarishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 24-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-1303/21967-son