07.07.2014 yildagi 22-1403/3001-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiyatlar majburiyat shartlariga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar boʻlmaganida esa ish muomalasi odatlariga yoki odatda qoʻyiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi shart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xorazm yoʻl industriya” ixtisoslashgan sanoat korxonasi (bundan buyon matnda — daʼvogar) xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “Drujba” firmasidan (bundan buyon matnda — javobgar) 10 316 748 soʻm asosiy qarz va 5 158 374 penya undirib berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan davo talabi qisman qanoatlantirilib, javobgardan daʼvogar foydasiga 10 316 748 soʻm asosiy qarz, 515 383 soʻm penya undirilgan. Daʼvoning qolgan qismi rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida sud tomonidan shartnoma sharti toʻliq oʻrganilmaganligi, shartnoma qonun talabiga zid ravishda tuzilganligi, shartnomada bajarilgan texnika xizmati hisobga olinmaganligi haqida vajlar keltirilib, hal qiluv qarorini bekor qilish va yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari asosida muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, taraflar oʻrtasida 2013-yil 11-iyunda 60 000 000 soʻmlik beton mahsulotlari yetkazib berish toʻgʻrisida 41-sonli shartnoma tuzilgan. Shartnomaga asosan daʼvogar mahsulot yetkazib berish, javobgar esa mahsulotni qabul qilib olish va uni haqini toʻlab berish majburiyatini olgan. Shartnomaning 2.1-bandiga asosan javobgar 100 foiz toʻlovni amalga oshirishi, 3.1-bandiga asosan mahsulotni oʻz transporti orqali amalga oshirishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (bundan buyon matnda — FK) 236-moddasiga koʻra majburiyatlar majburiyat shartlariga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar boʻlmaganida esa ish muomalasi odatlariga yoki odatda qoʻyiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar tomonidan 10 316 748 soʻmlik beton mahsulotlari qabul qilib olingan boʻlsada, uni haqi toʻlab berilmagan. Taraflar oʻrtasida oʻzaro hisob-kitob dalolatnomasiga koʻra 2013-yil 1-oktabr holatiga javobgarning daʼvogar oldidagi qarzdorligi 10 316 748 soʻmni tashkil qilganligi sababli birinchi instansiya sudi daʼvoning 10 316 748 soʻm asosiy qarzni undirish talabini qanoatlantirish haqida toʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning 5.1-bandida “xaridor” olgan mahsuloti uchun koʻrsatilgan muddatda pulini toʻlamasdan mahsulotni olib ketganida har bir oʻtkazgan kun uchun “mahsulot tayyorlab beruvchi”ga olib ketilgan mahsulotning 0,5 foizi miqdorida (penya) jarima toʻlashi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi daʼvogarning 5 158 378 soʻm miqdorida penya undirish toʻgʻrisidagi daʼvo talabini FKning 326-moddasiga asosan taraflar majburiyatni qay darajada bajarganligini, ularning mulkiy ahvolini inobatga olib talab qilinayotgan penyani 515 383 soʻm miqdorida qanoatlantirib, asosli xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 163-sonli qarorining 4-bandida sud qarzdor tomonidan majburiyatlarning bajarilish darajasini, majburiyatda ishtirok etuvchi taraflarning mulkiy ahvolini, shuningdek kreditorning manfaatlarini eʼtiborga olib, neustoyka miqdorini kamaytirishga haqli ekanligi belgilab qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar kassatsiya shikoyatida sud tomonidan shartnoma shartlari oʻrganilmaganligi, shartnoma qonun talablariga zid ravishda tuzilganligi, shartnomada bajarilgan texnika xizmati hisobga olinmaganligi haqida keltirgan vajlarni keltirgan, biroq sud javobgarning ushbu vajlarini qabul qilmaydi. Chunki, shartnoma shartlari taraflarning oʻz ixtiyoriy kelishuvi asosida belgilangan boʻlib, shartnomaning qonunga zid ravishda tuzilganligini javobgar asoslab bera olmagan. Shuningdek shartnomada mahsulot yetkazib berish nazarda tutilgan boʻlib, texnika xizmati koʻrsatish nazarda tutilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda, sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatini qanoatlantirmasdan, birinchi instansiya sudi tomonidan moddiy va protsessual huquq normalari bilan asoslantirilgan hal qiluv qaror qabul qilingan deb hisoblab, hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz, ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish bilan bogʻliq toʻlangan 77 375 soʻm davlat boji va 7 000 soʻm pochta xarajatlarini javobgar zimmasida qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 7-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-1403/3001-son