17.11.2014 yildagi 21-1403/5049-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi (bundan buyon matnda — Palata) huzuridagi hakamlik sudining 2014-yil 30-iyundagi XS-28A-2014-sonli hal qiluv qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasining OATB “Mikrokreditbank” Navoiy viloyat boʻlimi (bundan buyon matnda — Bank) manfaatida kiritgan daʼvo talablari toʻliq qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyat xududiy boshqarmasi Bank manfaatida xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat qilib, hakamlik sudining 2014-yil 30-iyundagi hal qiluv qarorini ijroga qaratish uchun ijro varaqasi berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2014-yil 20-avgustdagi ajrimi bilan ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ariza qaytarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida sud tomonidan ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar aniqlanmaganligi sababli sud ajrimini bekor qilib, arizani qanoatlantirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan Palata vakili kassatsiya shikoyatida keltirgan vajlarni quvvatlab, sud tomonidan ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar aniqlanmaganligini bildirib, sud ajrimni bekor qilishni va ijro varaqasini berish haqidagi arizani qanoatlantirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan bank vakili kassatsiya shikoyatini quvvatlashini bayon qildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati ishda ishtirok etgan taraflar vakillarining tushuntirishlari va prokurorning sud ajrimini oʻzgarishsiz qoldirish haqidagi fikrini tinglab, kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birgalikda muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra, sud ajrimini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish xujjatlariga qaraganda, Palata huzuridagi hakamlik sudining 2014-yil 30-iyundagi XS-28A-2014-sonli hal qiluv qarori bilan Bank foydasiga javobgar “Kamronbek Nodirbek” xususiy korxonasidan jami 64.121.910 soʻm undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu hal qiluv qarori ixtiyoriy ijro qilinmaganligi sababli Palata bank manfaatida xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat qilib, hakamlik sudining ushbu hal qiluv qarorini ijroga qaratish uchun ijro varaqasi berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi XPKning 1556-moddasiga koʻra, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda beriladi va hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 238-sonli qarorining 5-bandida XPKning 201 va 202-moddalari hamda Qonunning 7 va 8-boblariga muvofiq sudga hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan faqat hakamlik muhokamasi taraflari, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ariza bilan esa hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga chiqarilgan boʻlsa oʻsha taraf murojaat qiladi deb belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga asosan Palata huzuridagi hakamlik sudining hal qiluv qarori Bank foydasiga qabul qilingan boʻlib, sudga ariza bilan Palata murojaat qilganligi sababli birinchi instansiya sudi tomonidan ushbu ariza Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 118-moddasining 2-bandiga asosan asosli ravishda qaytarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi 161-sonli qarorining 3-bandida qaror ish uchun ahamiyatli barcha holatlar bayon etilgan, taraflarning huquq va majburiyatlari haqidagi xulosalarni tasdiqlovchi dalillar keltirilgan boʻlsa, asoslantirilgan hisoblanishi, hal hiluv qarori ish holatlari haqidagi taxminlarga asoslangan boʻlishi mumkin emasligi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda sudlov hayʼati, birinchi instansiya sudi tomonidan moddiy va protsessual huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilib, asoslantirilgan ajrim qabul qilingan deb hisoblab, ajrimni oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni hamda ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish bilan bogʻliq toʻlangan 7000 soʻm pochta xarajatini Bank zimmasida qoldirishni va videokonferensaloqa rejimida ish koʻrilishi munosabati bilan 30.000 soʻm aloqa harajatini ham uning zimmasiga yuklashni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 17-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-1403/5049-son