26.07.2010 yildagi 22-0903/18834-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizo xoʻjalik sudida koʻrish uchun tegishli boʻlmasa, xoʻjalik sudi ish yuritishni tugatadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Buxoro viloyat birlashmasi “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” unitar korxonasi manfaatida xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “Urganchneftbaza” unitar korxonasidan 271627000 soʻm undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2010-yil 28-yanvardagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilib, “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” unitar korxonasi foydasiga “Urganchneftbaza” unitar korxonasidan 3228506 soʻm penya undirilgan. Daʼvoning qolgan qismi rad qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2010-yil 12-maydagi qarori bilan hal qiluv qarori bekor qilinib, daʼvo arizasi koʻrmasdan qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida apellatsiya instansiyasi sudi qarorining davlat boji undirish qismini bekor qilib, davlat bojini “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” unitar korxonasidan undirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni muhokama qilib, ishdagi hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra sud qarorlarini bekor qilib, nizo yuzasidan ish yuritishni tugatishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi Oʻzbekiston Respublikasi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Buxoro viloyat birlashmasining daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilib hamda nizo yuzasidan hal qiluv qarori qabul qilib, moddiy va protsessual huquq normalari buzilishiga yoʻl qoʻygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 1-moddasiga koʻra, isteʼmolchi foyda chiqarib olish bilan bogʻliq boʻlmagan holda shaxsiy isteʼmol yoki boshqa maqsadlarda tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda boʻlgan fuqaro (jismoniy shaxs)dir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari yuridik shaxslarning manfaatlari yuzasidan xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi berish huquqiga ega emasligi hamda mazkur jamiyat bergan daʼvo arizasi xoʻjalik sudiga taalluqli emasligiga baho bermagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 86-moddasining birinchi qismiga koʻra, nizo xoʻjalik sudida koʻrish uchun tegishli boʻlmasa, xoʻjalik sudi ish yuritishni tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudi ham daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirib va davlat bojini Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Buxoro viloyat birlashmasidan undirib, notoʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati sud qarorlarini bekor qilib, nizo yuzasidan ish yuritishni tugatishni, kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni lozim deb topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 26-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-0903/18834-son