29.06.2015 yildagi 10-1520/1292-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qonun hujjatlari yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, majburiyatni bajarishni kechiktirishga yoki uni boʻlib-boʻlib bajarishga yoʻl qoʻyilmaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Muborakneftgaz” unitar shuʼba korxonasi (keyingi matnlarda — unitar shuʼba korxonasi) xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “Mega Expert Group” masʼuliyati cheklangan jamiyatidan (keyingi matnlarda — MChJ) 10 000 000 soʻm toʻlovni undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2015-yil 24-fevraldagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilib, MChJdan unitar shuʼba korxonasi foydasiga 10 000 000 soʻm toʻlov undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2015-yil 2-apreldagi qarori bilan hal qiluv qarori bekor qilinib, daʼvoni rad etish haqida yangi qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Unitar shuʼba korxonasining kassatsiya shikoyatida, apellatsiya instansiyasi sudining daʼvoni rad etish haqidagi xulosasi asoslantirilmaganligi, shartnomani amalda boʻlib turganligi bilan majburiyatni lozim darajada bajarilmaganligi oʻrtasida sababiy bogʻlanish mavjud emasligi bayon qilinib, apellatsiya instansiyasi sudi qarorini bekor qilib, hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov xayʼati, taraflar vakillarining tushuntirishlarini tinglab, prokurorning kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish haqidagi fikrini eshitib, quyidagi asoslarga koʻra apellatsiya instansiyasi sudi qarorini bekor qilib, hal qiluv qarorini oʻz kuchida qoldirishni, kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni lozim deb topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, unitar shuʼba korxonasi (buyurtmachi) va MChJ (bajaruvchi) oʻrtasida 2014-yil 8-aprelda 65/14-MEG – sonli konsalting xizmatlari koʻrsatish haqida shartnoma tuzilgan. Shartnomaga shartlariga koʻra, bajaruvchi oʻz zimmasiga buyurtmachining buyurtmasiga muvofiq konsalting xizmatlari koʻrsatishni, buyurtmachi esa koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlash majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Unitar shuʼba korxonasi 2014-yil 10-aprelda MChJga F09/jsh-2091 son bilan qayd etilgan buyurtma berib, unitar shuʼba korxonasining 2013-yil 28-oktabrdagi ijara shartnomasi boʻyicha ijara toʻlovini ichki bozorda narxlar konyunkturasiga muvofiqligi boʻyicha ekspertiza oʻtkazib xulosa taqdim etishni soʻragan. Buyurtma boʻyicha bajariladigan ishlar taraflar oʻrtasida 24 000 000 soʻmga kelishilgan va unitar shuʼba korxonasi tomonidan MChJ hisob raqamiga 2014-yil 11-aprel hamda 22-apreldagi toʻlov topshiriqnomalari bilan 10 000 000 soʻm oldindan toʻlov amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJ tomonidan 2014-yil 12-aprelda ekspert xulosasi taqdim etilib, ijara shartnomasi hamda ijara shartnomasi boʻyicha ijara toʻlovi hisob-kitobi normativ talablarga va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi haqida xulosa berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (keyingi matnlarda — FK) 703-moddasiga asosan haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasi boʻyicha ijrochi buyurtmachining topshirigʻi bilan ashyoviy shaklda boʻlmagan xizmatni bajarish (muayyan harakatlarni qilish yoki muayyan faoliyatni amalga oshirish), buyurtmachi esa bu xizmat uchun haq toʻlash majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FK 244-moddasiga koʻra, agar qonun hujjatlari yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, majburiyatni bajarishni kechiktirishga yoki uni boʻlib-boʻlib bajarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FK 324-moddasiga asosan qarzdor majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditorga yetkazilgan zararni toʻlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi, MChJ tomonidan taqdim qilingan xulosa buyurtmachining buyurtmasiga muvofiq emasligiga hamda MChJ tomonidan buyurtma uning predmetiga muvofiq bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligiga asoslanib, unitar shuʼba korxonaning oldindan amalga oshirilgan toʻlovini undirish haqida asosli xulosaga kelgan. Chunki, MChJ tomonidan buyurtmaga asosan taqdim etilgan xulosa buyurtma predmetiga muvofiq boʻlmagan. Bunday holatda MChJning shartnoma boʻyicha majburiyati bajarilgan deb boʻlmaydi va unitar shuʼba korxona MChJdan buyurtma uchun toʻlangan pul mablagʻini qaytarishni talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnomaning ishlarni bajarish muddatlari shartlariga muvofiq, bajaruvchi buyurtmachining buyurtmasini, uning predmetidan kelib chiqib, 7 kundan 15 kungacha muddat davomida bajarishi lozimligi belgilangan va shartnoma shartlaridan, shuningdek koʻrsatilgan xizmatlardan buyurtmachining foydalanish mohiyatiga koʻra buyurtmani kechiktirib bajarishga yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli sudlov xayʼati, apellatsiya instansiyasi sudining, shartnomaning amal qilish muddati tugamaganligi hamda ushbu muddat davomida bajaruvchi majburiyatini bajarishi mumkinligi haqidagi xulosalari ish holatlariga muvofiq emas deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining (keyingi matnlarda XPK) 188-moddasiga muvofiq, moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilishi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilishi xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini yoki qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 187-moddasining 2, 6 bandlariga koʻra kassatsiya instansiyasi birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini va(yoki) apellatsiya instansiyasining qarorini toʻla yoki qisman bekor qilish hamda yangi qaror qabul qilishga, avval qabul qilingan hal qiluv qarorlaridan yoki qarorlardan birini kuchda qoldirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov xayʼati qayd etilganlardan kelib chiqib, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini bekor qilishni, hal qiluv qarorini oʻz kuchida qoldirib, kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni lozim deb topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 95-moddasiga asosan sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi № 180-sonli qarorining 22 bandi ikkinchi qismiga muvofiq, ishni videokonferensaloqa rejimida koʻrib chiqilishi bilan bogʻliq boʻlgan 30 000 soʻm sud xarajatini, daʼvogarning kassatsiya shikoyati uchun toʻlagan 59 200 soʻm davlat boji xarajatini qoplash javobgarning zimmasiga yuklatilishi, javobgarning apellatsiya instansiyasi uchun toʻlagan 59 200 soʻm davlat boji xarajati uning zimmasida qoldirilishi lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 29-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-1520/1292-son