05.11.2008 yildagi 19-0809/6088-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Coxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda litsenziya bekor qilinishi mumkin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyat prokuraturasi xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, Uzun tuman hokimligi tomonidan “Samo” SIChKga ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish uchun 2007-yil 30-iyunda berilgan AA №000038-sonli ruxsat guvohnomasini bekor qilib, bu haqda ommaviy axborot vositalarida eʼlon berish majburiyatini yuklashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilib, Uzun tuman hokimligi tomonidan “Samo” SIChKga ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish uchun 2007-yil 30-iyunda berilgan AA №000038-sonli litsenziya bekor qilingan. Daʼvoning qolgan qismi boʻyicha ish yuritish tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya tartibida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni rad etish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati shikoyat vajlarini muhokama qilib, ish hujjatlarini oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, Uzun tuman hokimligi tomonidan “Samo” SIChKga ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish uchun 2007-yil 30-iyunda AA №000038-sonli litsenziya berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-noyabrdagi 242-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizomning 9-bandiga koʻra, ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish uchun eng kam oylik ish haqining kamida 3500 baravari miqdorida, ulardan eng kam oylik ish haqining kamida 1200 baravari miqdorida pul mablagʻlari bilan shakllantirilgan ustav fondining mavjud boʻlishi shart hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzun tuman hokimligi tomonidan “Samo” SIChKga litsenziya berishda “Sanoat qurilishbank”i Uzun tuman boʻlimining 2007-yil 18-iyundagi korxonaning aylanma mablagʻi 18397000 soʻmni tashkil etishi toʻgʻrisidagi 16/2-sonli maʼlumotnomasi asos qilib olingan. Biroq, korxona aylanma mablagʻlarining mavjudligi yuqorida qayd etilgan Nizom talabidagi ustav fondi pul mablagʻlari bilan shakllantirilganligini anglatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida, litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda litsenziya bekor qilinishi mumkinligi, shu moddaning 2-qismida litsenziyani bekor qilish ushbu moddaning birinchi qismi toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda sud qaroriga binoan amalga oshirilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish va ularning moliyaviy javobgarligini erkinlashtirishni takomillashtirishga yoʻnaltirilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini qoʻllash bilan bogʻliq masalalar toʻgʻrisida”gi 12/149-sonli qarorining 20-bandiga koʻra, litsenziyalovchi organ tadbirkorlik faoliyatining alohida turlari bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalar (ruxsatnomalar)ning amal qilishini toʻxtatish yoki tugatish yoxud bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza (taqdimnoma) bilan faqat qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollardagina murojaat qilishi mumkin. Bunday arizalar (taqdimnomalar)ni koʻrib chiqishda sudlar litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish yoki tugatish va bekor qilish asoslari roʻyxati keltirilgan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22 — 24-moddalariga asoslanishlari lozimligi, qonunda keltirilgan ushbu roʻyxat mukammal hisoblanishi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning uchun birinchi instansiya sudi tomonidan daʼvoning litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qismini qanoatlantirish toʻgʻrisida toʻgʻri xulosaga kelingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, birinchi instansiya sudi daʼvogarning litsenziya bekor qilinganligi haqida ommaviy axborot vositalarida eʼlon berish majburiyatini yuklash toʻgʻrisidagi talabi boʻyicha ish yuritishni tugatib, qonuniy toʻxtamga kelgan. Chunki, Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 24-moddasida xoʻjalik sudi tomonidan hal etiladigan nizolar belgilangan boʻlib, bunday nizolar xoʻjalik sudida koʻrish uchun tegishli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati birinchi instansiya sudi daʼvoni qisman qanoatlantirib, toʻgʻri xulosaga kelgan deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning uchun hal qiluv qarori oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyati esa qanoatlantirmasdan qoldirilishi lozim. Ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish bilan bogʻliq sud xarajatlari javobgar zimmasida qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 5-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-0809/6088-son