30.03.2010 yildagi 19-0902/3880-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankning aybi bilan soliq toʻlovchining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasini oʻtkazish topshiriqnomasi, tegishli vakolatli organning ularni undirish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasi bajarilmagan (bajarilishi kechiktirilgan) taqdirda, bankdan har bir kechiktirilgan kun uchun soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning oʻtkazilmagan summasining 0,5 foizi miqdorida belgilangan tartibda penya undiriladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzrabot tuman davlat soliq inspeksiyasi 2008-yil 24-noyabrda AT “Paxtabank” (hozirgi “AGROBANK” OATB) Muzrabot filialiga nisbatan xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat etib, 21471750 soʻm 48 tiyin soliq qarzi undiruvini mol-mulkka qaratish toʻgʻrisida sud buyrugʻi berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 1-dekabrda Muzrabot tuman davlat soliq inspeksiyasiga sud buyrugʻi berilgan va 2008-yil 26-dekabrdagi sud ajrimi bilan ushbu buyruq bekor qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2009-yil 6-yanvardagi hal qiluv qarori bilan AT “Paxtabank” Muzrabot filiali mol-mulki hisobidan 21471750 soʻm 48 tiyin soliq qarzi undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2009-yil 29-apreldagi qarori bilan hal qiluv qarori bekor qilingan hamda ish yangidan koʻrish uchun yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzrabot tuman davlat soliq inspeksiyasi 2009-yil 4-mayda AT “Paxtabank” Muzrabot filialiga nisbatan xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat etib, 21492,4 ming soʻm moliyaviy sanksiya qoʻllashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 27-maydagi sud ajrimi bilan ushbu ishlar birlashtirilgan, 2009-yil 23-oktabrdagi sud ajrimi bilan “AGROBANK” OATB ishga javobgar sifatida jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2009-yil 2-dekabrdagi hal qiluv qarori bilan “AGROBANK” OATBga 14512400 soʻm penya qoʻllanilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2010-yil 27-yanvardagi qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida apellatsiya instansiyasi sudi qarorini bekor qilib, ishni yangidan koʻrishga qaytarish, kassatsiya shikoyati yuzasidan bildirilgan yozma fikrda esa, apellatsiya instansiyasi sudi qarorini oʻz kuchida qoldirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati shikoyat va yozma fikr vajlarini muhokama qilib, ishdagi hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra sud qarorlarining davlat boji qismini oʻzgartirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlarga koʻra, AT “Paxtabank” Muzrabot filiali mutaxassisi A.V. va boshqalarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 184-moddasining uchinchi qismi, 189-moddasining uchinchi qismi, 205-moddasi ikkinchi qismining “a” bandiga asosan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida ushbu bank filialida belgilangan tartibda tekshirish oʻtkazilgan va uning natijalari boʻyicha 2008-yil 11-sentabrda dalolatnoma rasmiylashtirilgan. Tekshirish tartibi va qoidalari buzilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish dalolatnomasida AT “Paxtabank” Muzrabot filiali tomonidan 3 ta holatda “Muzrabot paxta” OTAJning hisob raqamiga tushgan 16463,3 ming soʻm belgilangan tartibda mutanosib ravishda taqsimlanmasdan, boshqa maqsadlarga yoʻnaltirilganligi uchun kechiktirilgan kunlarga 21492,4 ming soʻm ustama jarima hisoblanganligi qayd etilgan. Dyemak, budjet va budjetdan tashqari maqsadli jamgʻarmalardan “Muzrabot paxta” OTAJning 16463,3 ming soʻm soliq qarzi boʻla turib, ushbu qarzni soʻzsiz undirish maqsadida davlat soliq xizmati organining bankka qoʻygan inkasso topshiriqnomalarining ijrosi taʼminlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 53-moddasining oltinchi qismida va “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 7-moddasining oltinchi qismida bankning aybi bilan soliq toʻlovchining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasini oʻtkazish topshiriqnomasi, tegishli vakolatli organning ularni undirish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasi bajarilmagan (bajarilishi kechiktirilgan) taqdirda, bankdan har bir kechiktirilgan kun uchun soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning oʻtkazilmagan summasining 0,5 foizi miqdorida belgilangan tartibda penya undirilishi nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organi tomonidan tekshirish hujjatlarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha 2008-yil 24-sentabrda 21492,4 ming soʻm penya hisoblash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. Garchand, hisoblangan penyaning 6980,0 ming soʻmi sudgacha ixtiyoriy ravishda toʻlangan boʻlsa-da, davlat soliq xizmati organi 21492,4 ming soʻm moliyaviy sanksiya qoʻllashni soʻrab xoʻjalik sudiga ariza bergan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi ish uchun ahamiyatli holatlarni toʻliq aniqlab, asosli ravishda “AGROBANK” OATBga 14512400 soʻm penya qoʻllagan, qolgan 6980,0 ming soʻm penya sudgacha ixtiyoriy ravishda toʻlanganligi sababli daʼvoning ushbu qismini rad etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankning vajlari bilan kelishib boʻlmaydi. Chunki, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 30-yanvarda 615-son bilan roʻyxatga olingan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisob raqamlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaning talablari bank filialida buzilganligi ishdagi dalillar bilan oʻz tasdigʻini topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlari boʻyicha Muzrabot tuman sudining 2008-yil 22-oktabrdagi hukmi bilan AT “Paxtabank” Muzrabot filiali mutaxassisi A.V.ning jinoiy qilmishlari oʻz tasdigʻini topgan. Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 60-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq jinoyat ishlari boʻyicha umumiy sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi muayyan harakatlar sodir etilgan yoki sodir etilmaganligi va ular kimlar tomonidan sodir etilganligi masalalari boʻyicha xoʻjalik sudi uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi tomonidan nizo toʻgʻri hal etilgan boʻlsa-da, ammo ishni koʻrish natijalariga qarab davlat bojini undirishda xatoga yoʻl qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq kodeksi 328-moddasining 2-bandiga, Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 91-moddasi birinchi qismining 1-bandiga muvofiq, xoʻjalik sudlariga berilgan daʼvo arizalaridan davlat boji undiriladi. Soliq kodeksi 326-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, davlat bojining stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Davlat boji stavkalari haqida” 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat boji stavkalari” 2-bandining “b” kichik bandida mulkka oid boʻlmagan tusdagi daʼvo arizalaridan eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida davlat boji undirilishi nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2008-yil 22-oktabrdagi PF-4042-son Farmonining 2-bandiga asosan 2008-yilning 16-noyabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida eng kam ish haqi oyiga 28040 soʻm miqdorida belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga qaramasdan, birinchi instansiya sudi bankdan ariza bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilingan payt (2009-yil 4-may)da belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdori (28040 soʻm)ni hisobga olgan holda eng kam oylik ish haqining 10 baravari — 280400 soʻm oʻrniga 376800 soʻm davlat boji undirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudi esa ushbu holatga eʼtibor bermasdan, hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirgan va oʻzi ham xuddi shunday xatoga yoʻl qoʻyib, oldindan toʻlangan 72562 soʻm davlat bojini hisobga olgan holda bankdan qoʻshimcha ravishda 67638 soʻm oʻrniga 115838 soʻm davlat boji undirgan. Vaholanki, davlat bojini undirish masalalari toʻgʻrisida Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2008-yil 18-apreldagi 180-son qarorining 10 va 11-bandlarida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati sud qarorlarining davlat boji qismini oʻzgartirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud buyrugʻi bekor qilingandan keyin davlat soliq xizmati organi tomonidan bankning mol-mulki hisobidan 21471750 soʻm 48 tiyin soliq qarzini undirish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilinmaganligi uchun ushbu talab koʻrilmagan. Shu sababli, Muzrabot tuman davlat soliq inspeksiyasiga bunday daʼvo bilan xoʻjalik sudiga alohida murojaat qilish huquqi va bu nizoning umumiy tartibda koʻrilishi tushuntiriladi. Bu haqda Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida” 2007-yil 15-iyundagi 162-son qarori 21-bandining yettinchi qismida taʼkidlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish uchun oldindan toʻlangan 72000 soʻm davlat boji hisobga olinib, bankdan 68200 soʻm davlat boji, 5000 soʻm pochta xarajatlari undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga asosan sudlov hayʼati birinchi instansiya sudining 2009-yil 2-dekabrdagi hal qiluv qarorining “AGROBANK” OATBdan respublika budjetiga hamda sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga undirilgan davlat boji miqdorini 376800 soʻmdan 280400 soʻmga apellatsiya instansiyasi sudining 2010-yil 27-yanvardagi qarorining “AGROBANK” OATBdan respublika budjetiga hamda sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga undirilgan davlat boji miqdorini 115838 soʻmdan 67638 soʻmga oʻzgartirishni, sud qarorlarining qolgan qismini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 30-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-0902/3880, 19-0805/17486-son