07.04.2015 yildagi 15-1404/21835-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kassatsiya instansiyasi sudi ish holatlari taqdim etilgan dalillarni har tomonlama, toʻliq va xolisona oʻrganish asosida aniqlanganligini, ammo sudning xulosalari bu holatlarga mos emasligini aniqlasa, kassatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini, qarorni bekor qiladi va yangi qaror qabul qiladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona shahar Davlat soliq inspeksiyasi (bundan buyon matnda — DSI deb yuritiladi) xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat qilib, “Fargʻona oltin vodiy navkari” masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda — jamiyat deb yuritiladi)ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 114-moddasiga asosan 11 588 088 soʻm va 119-moddasiga asosan 8 072 625 soʻm miqdorda moliyaviy jarima qoʻllashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2015-yil 15-yanvardagi hal qiluv qarori bilan DSIning arz qilgan talablari qisman qanoatlantirilgan. Jamiyatga nisbatan Soliq kodeksining 114-moddasiga asosan 48 380 soʻm miqdorda va 119-moddasi ikkinchi qismiga asosan 8 072 625 soʻm miqdorda moliyaviy jarima qoʻllanilgan. Arz qilingan talabning qolgan qismini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida jamiyat rahabari tomonidan bank muassasiga topshirgan pul tushumi toʻgʻrisidagi maʼlumotni olish imkoni boʻlmaganligi hamda jamiyat tomonidan sarf qilingan chiptalardan tushgan mablagʻlarni oʻz vaqtida bank muassasiga topshirilishi boʻyicha tekshirish imkoni boʻlmaganligi sababli qoʻshimcha solishtirma orqali aniqlik kiritilib rasmiylashtirilishi toʻgʻrisida YoY-0002729-sonli tekshirish dalolatnomasining 3-betida koʻrsatilib oʻtilganligi va bunga asosan solishtirma bayonnoma tuzilganligi, shuningdek jamiyat mansabdor shaxslari Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 175-moddasi, Soliq solinadigan obyetlarning hisobini olib bormaslik yoki kassa operatsiyalarini yuritish tartibini, toʻlov intizomini buzish boʻyicha maʼmuriy javobgarlikka tortilganligi toʻgʻrisida vajlar sudlar tomonidan inobatga olinmaganligi koʻrsatilib, sud qarorlarini bekor qilib, arizada koʻrsatilgan talabini qanoatlantirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya protestida, birinchi instansiya sudi tomonidan ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlar toʻliq oʻrganilmasdan arizani qisman qanoatlantirish haqida barvaqt xulosaga kelinganligi sababli hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati shikoyat va protest vajlarini muhokama qilib, ishdagi hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra hal qiluv qarorini oʻzgartirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashining Fargʻona viloyat Fargʻona shahar hududiy komissiyasining 2014-yil 16-sentabrdagi 06-70-sonli ruxsati, DSIning 2014-yil 17-sentabrdagi 995-xs-sonli buyrugʻiga asosan jamiyatga qarashli transport xizmat koʻrsatish shoxobchalarida amaldagi qonunchilikka rioya qilinishi yuzasidan qisqa muddatli tekshirish oʻtkazilgan va tekshiruv natijalari yuzasidan dalolatnoma tuzilib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur tekshiruvda jamiyatning Fargʻona shahar, Aeroport koʻchasi, 11-uyda joylashgan shoxobcha gʻaznasida 9 009 000 soʻm naqd pul mablagʻlari mavjudligi, ushbu shoxobchada bank toʻlov terminali oʻrnatilmaganligi, jamiyatga tegishli boʻlgan transport vositalarida transport xizmati koʻrsatganligi va yoʻlovchilarga chipta berilmaganligi aniqlangan. Bundan tashqari, jamiyat rahbari tomonidan bank muassasiga topshirgan pul tushumi toʻgʻrisidagi maʼlumotni olish imkoni boʻlmaganligi hamda jamiyat tomonidan sarf qilingan chiptalardan tushgan mablagʻlarni oʻz vaqtida bank muassasiga topshirilishi boʻyicha tekshirish imkoni boʻlmaganligi sababli qoʻshimcha solishtirma orqali aniqlik kiritilishi toʻgʻrisida tekshirish dalolatnomasida koʻrsatib oʻtilganligi, jamiyatdan olingan maʼlumotnomaga asosan jami sarf qilingan chiptalar summasi 5 867 262 000 soʻmdan bank muassasiga topshirilgan 5 809 563 456 soʻm naqd pul mablagʻlari solishtirilganda 57 698 544 soʻm naqd pul mablagʻi bank muassasasiga topshirilmaganligi aniqlangan. Shuningdek jamiyat haydovchilari tomonidan yoʻlovchilarga jami boʻlib 241 900 soʻmlik bir martalik yoʻl chiptalari berilmagan holda faoliyat koʻrsatib kelayotganligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshiruv natijalari yuzasidan DSIning 2014-yil 6-oktabrdagi 04-1436-sonli qaroriga asosan jamiyatga nisbatan Soliq kodeksining 114-moddasiga asosan 11 588 088,8 soʻm va 119-moddasiga asosan 8 072 625 soʻmdan 10 763 500 soʻmgacha boʻlgan moliyaviy jarimani ixtiyoriy toʻlash tavsiya qilingan. Qoʻllanilgan moliyaviy jarima summasi jamiyat tomonidan ixtiyoriy toʻlanmagach, DSI sudga ariza bilan murojaat qilib, jamiyatga nisbatan yuqorida qayd etilgan moliyaviy jarima qoʻllashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2015-yil 15-yanvardagi hal qiluv qarori bilan DSIning arz qilgan talablari qisman qanoatlantirilgan. Jamiyatga nisbatan Soliq kodeksining 114-moddasiga asosan 48 380 soʻm miqdorda va 119-moddasiga asosan 8 072 625 soʻm miqdorda moliyaviy jarima qoʻllanilgan. Arz qilingan talabning 57 698 544 soʻmning 20 % miqdorida Soliq kodeksining 114-moddasiga asosan 11 539 708,8 soʻm moliyaviy jarima qoʻllash qismini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi tekshiruvchilarning javobgar tomonidan 57 698 544 soʻm pul mablagʻi bank kassasiga kam topshirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni tekshirish kuni emas, balki 2014-yil 25-sentabr kuni jamiyatdan va unga xizmat koʻrsatuvchi bankdan olinganligi sababli arz qilingan talabning ushbu qismini qanoatlantirishni rad etgan, biroq tekshirish dalolatnomasida ushbu holat tekshirish kuni olish imkoni boʻlmaganligi, keyinchalik bu haqda qoʻshimcha solishtirma orqali aniqlik kiritilishi haqida koʻrsatilganligini inobatga olmagan. Shuningdek ish hujjatlarida DSIning 2014-yil 7-oktabrdagi 08-1436-sonli qarori bilan jamiyat rahbari va hisobchisiga Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 164-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida hamda 175-moddasi uchinchi qismida koʻrsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun eng kam oylik ish haqining oʻn baravari miqdorida maʼmuriy jarima qoʻllanilgan. Ushbu qaror ustidan shikoyat qilinmagan va jamiyat tomonidan toʻlovlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 210-sonli qarorining 38.2-bandida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-avgustdagi “Budjet bilan hisob-kitoblar uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-1504-sonli Farmoni 3-bandining beshinchi xatboshisiga muvofiq barcha chakana savdo korxonalari, shuningdek aholiga xizmat koʻrsatuvchi korxonalarning tushgan naqd pul mablagʻlarini har kuni bank muassasalariga topshirilmasligi ham tushumni yashirish deb baholanadi” deb tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishida Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksinining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli qarorining 15-bandida, agar kassatsiya instansiyasi sudi ish holatlari taqdim etilgan dalillarni har tomonlama, toʻliq va xolisona oʻrganish asosida aniqlanganligini, ammo sudning xulosalari bu holatlarga mos emasligini aniqlasa, kassatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini, qarorni bekor qiladi va yangi qaror qabul qilishi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati kassatsiya shikoyati va protestni qisman qanoatlantirib, sud qarorlarini oʻzgartirishni, jamiyatga Soliq kodeksining 114-moddasiga asosan qoʻllanilgan 48 380 soʻmni, 11 588 088 soʻmga oʻzgartirishni lozim topadi. Shuningdek, jamiyat hisobidan ishni kassatsiya instansiyasida koʻrish bilan bogʻliq 538 175 soʻm davlat bojini respublika budjetiga, 7 000 soʻm pochta xarajatini DSI foydasiga, ishni videokonferensaloqa rejimida koʻrish bilan bogʻliq 30 000 soʻm sud xarajatini Oliy xoʻjalik sudining depozit hisob raqamiga undirishni lozim topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 7-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-1404/21835-son