20.04.2015 yildagi 11-1534/928-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun neustoyka belgilangan boʻlsa, zararning neustoyka bilan qoplanmagan qismi toʻlanadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyat hokimligi kapital qurilish boʻyicha yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — daʼvogar) xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib Piskent tuman yoʻl xoʻjaligi pudrat taʼmirlash-foydalanish korxonasi (keyingi oʻrinlarda — javobgar)dan 254.631.103 soʻm asosiy qarz, 149.762.277 soʻm penya va 25.463.110 soʻm foiz undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilgan, javobgardan daʼvogar foydasiga 254.631.103 soʻm asosiy qarz, 94.423.356 soʻm penya, 25.463.110 soʻm foiz undirilgan. Daʼvoning qolgan qismini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur hal qiluv qarori ustidan javobgar tomonidan kassatsiya shikoyati berilgan boʻlib, unga koʻra hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni rad etish haqida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati, shikoyatda keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra hal qiluv qarorni oʻzgartirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, taraflar oʻrtasida 2013-yil 27-oktabrda Toshkent viloyati Piskent tumanida kelovchi QFY Ekvalik mahallasidagi uylarga yoʻl qurish boʻyicha 20/13-sonli pudrat shartnoma tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma shartlariga muvofiq, javobgar qurilish ishlarini 2013-yil 27-dekabrga qadar bajarishga kelishilgan boʻlsada ushbu majburiyat toʻliq bajarilmagan. 384.993.151 soʻmlik ishlar daʼvogar sudga murojaat qilgunga qadar ham bajarilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli daʼvogar xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib javobgardan oldindan oʻtkazilgan 254.631.103 soʻm asosiy qarz va unga hisoblangan 149.762.277 soʻm penya hamda 25.463.110 soʻm foiz undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi tomonidan daʼvoni asosiy qarz qismini va penyani qanoatlantirsh haqida asosli toʻxtamga kelgan boʻlsada, 25.463.110 soʻm foiz undirish haqida notoʻgʻri xulosaga kelingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 236-moddasiga koʻra majburiyatlar majburiyat shartlariga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar boʻlmaganida esa — ish muomalasi odatlariga yoki odatda qoʻyiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 163-sonli qarorining 13-bandida quyidagi tushuntirish berilgan: shartnomalardan kelib chiquvchi pul majburiyatlarida, xususan qarzdorning tovarlar, ishlar, xizmatlar toʻlovini amalga oshirish yoxud pul mablagʻlarini qaytarish, toʻlov kechiktirilgan summani toʻlash sharti bilan olingan majburiyatlarda FKning 327-moddasiga asosan foizlar hisoblanishi lozim. Qonunda yoxud taraflar kelishuvida pul majburiyatlarini bajarishni kechiktirganlik uchun qarzdorning neustoyka (penya) toʻlash majburiyati koʻzda tutilishi mumkin. Bunday holatlarda sud shundan kelib chiqishi kerakki, agar qonunda yoki shartnomada toʻgʻridan toʻgʻri boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kreditor pul majburiyatini bajarmaganligi uchun zarar yetkazilganligi holatini va zararning miqdorini isbotlamasa ham, ushbu choralardan birini qoʻllash haqidagi talabni qoʻyishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 325-moddasiga koʻra agar majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun neustoyka belgilangan boʻlsa, zararning neustoyka bilan qoplanmagan qismi toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli, sudlov hayati birinchi instansiya sudi tomonidan javobgardan daʼvogarga 25.463.110 soʻm foizni asosiz undirgan deb xisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 188-moddasiga koʻra moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini yoki qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga asosan, sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatini qisman qanoatlantirib, hal qiluv qarorining 25.463.110 soʻm foiz undirish qismini bekor qilishni va daʼvoning ushbu qismini rad etishni, javobgardan ishni kassatsiya instansiyada koʻrish bilan bogʻliq 1.745.272 soʻm davlat boji, daʼvogardan 127.316 soʻm davlat boji undirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 20-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-1534/928-son