Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 09.12.2015 yildagi O‘RQ-395-son
Кучга кириш санаси
11.06.2016
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 11.06.2016 sanasi holatiga | Hujjat 21.04.2021 sanasi holatiga |
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni | Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni |
Elektron hukumat toʻgʻrisida | Elektron hukumat toʻgʻrisida |
Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 18-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2015-yil 3-dekabrda maʼqullangan | Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 18-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2015-yil 3-dekabrda maʼqullangan |
1-bob. Umumiy qoidalar | 1-bob. Umumiy qoidalar |
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi | 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi |
Ushbu Qonunning maqsadi elektron hukumat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. | Ushbu Qonunning maqsadi elektron hukumat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. |
2-modda. Elektron hukumat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari | 2-modda. Elektron hukumat toʻgʻrisidagi qonunchilik |
Elektron hukumat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. | Elektron hukumat toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. |
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining elektron hukumat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. | Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining elektron hukumat toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. |
3-modda. Asosiy tushunchalar | 3-modda. Asosiy tushunchalar |
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: | Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: |
elektron hukumat — davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash yoʻli bilan davlat xizmatlari koʻrsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni taʼminlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi; | elektron hukumat — davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash yoʻli bilan davlat xizmatlari koʻrsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni taʼminlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi; |
davlat xizmati — ariza beruvchilarning soʻrovlariga koʻra amalga oshiriladigan, davlat organlarining vazifalarini bajarish boʻyicha ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmat. Agar qonun hujjatlariga muvofiq davlat xizmatlari koʻrsatish funksiyalari boshqa tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan boʻlsa, ular ham davlat xizmatini koʻrsatishlari mumkin; | davlat xizmati — ariza beruvchilarning soʻrovlariga koʻra amalga oshiriladigan, davlat organlarining vazifalarini bajarish boʻyicha ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmat. Agar qonunchilikka muvofiq davlat xizmatlari koʻrsatish funksiyalari boshqa tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan boʻlsa, ular ham davlat xizmatini koʻrsatishlari mumkin; |
soʻrov — ariza beruvchining davlat xizmati koʻrsatilishi toʻgʻrisida davlat organlariga yuboriladigan talabi; | soʻrov — ariza beruvchining davlat xizmati koʻrsatilishi toʻgʻrisida davlat organlariga yuboriladigan talabi; |
ariza beruvchi — davlat organiga soʻrov bilan murojaat etgan jismoniy yoki yuridik shaxs; | ariza beruvchi — davlat organiga soʻrov bilan murojaat etgan jismoniy yoki yuridik shaxs; |
idoralararo elektron hamkorlik qilish — davlat organlari oʻrtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida maʼlumotlar almashish; | idoralararo elektron hamkorlik qilish — davlat organlari oʻrtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida maʼlumotlar almashish; |
elektron hukumatning yagona identifikatorlari — har bir jismoniy va yuridik shaxsga, kadastr va koʻchmas mulk obyektlariga, geografik va boshqa obyektlarga beriladigan, ularni elektron hukumatda identifikatsiyalash imkonini beruvchi noyob kodlar; | elektron hukumatning yagona identifikatorlari — har bir jismoniy va yuridik shaxsga, kadastr va koʻchmas mulk obyektlariga, geografik va boshqa obyektlarga beriladigan, ularni elektron hukumatda identifikatsiyalash imkonini beruvchi noyob kodlar; |
elektron davlat xizmatining reglamenti — elektron davlat xizmati koʻrsatishga doir tartibni va talablarni belgilovchi normativ-huquqiy hujjat; | elektron davlat xizmatining reglamenti — elektron davlat xizmati koʻrsatishga doir tartibni va talablarni belgilovchi normativ-huquqiy hujjat; |
elektron davlat xizmati — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qoʻllanilgan holda koʻrsatiladigan davlat xizmati. | elektron davlat xizmati — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qoʻllanilgan holda koʻrsatiladigan davlat xizmati. |
4-modda. Elektron hukumatning asosiy vazifalari | 4-modda. Elektron hukumatning asosiy vazifalari |
Elektron hukumatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: | Elektron hukumatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: |
davlat organlari faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini taʼminlash, ularning masʼuliyatini va ijro intizomini kuchaytirish, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan axborot almashishni taʼminlashning qoʻshimcha mexanizmlarini yaratish; | davlat organlari faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini taʼminlash, ularning masʼuliyatini va ijro intizomini kuchaytirish, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan axborot almashishni taʼminlashning qoʻshimcha mexanizmlarini yaratish; |
ariza beruvchilar uchun mamlakatning butun hududida davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlarni elektron hukumat doirasida amalga oshirish boʻyicha imkoniyatlar yaratish; | ariza beruvchilar uchun mamlakatning butun hududida davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlarni elektron hukumat doirasida amalga oshirish boʻyicha imkoniyatlar yaratish; |
oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida davlat organlarining maʼlumotlar bazalarini, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini va Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestrini shakllantirish; | oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida davlat organlarining maʼlumotlar bazalarini, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini va Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestrini shakllantirish; |
aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda elektron hujjat aylanishi, davlat organlarining oʻzaro hamkorligi va ularning maʼlumotlar bazalari oʻrtasida axborot almashinuvi mexanizmlarini shakllantirish hisobiga davlat boshqaruvi tizimida “bir darcha” prinsipini joriy etish; | aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda elektron hujjat aylanishi, davlat organlarining oʻzaro hamkorligi va ularning maʼlumotlar bazalari oʻrtasida axborot almashinuvi mexanizmlarini shakllantirish hisobiga davlat boshqaruvi tizimida “bir darcha” prinsipini joriy etish; |
tadbirkorlik subyektlarini elektron hujjat aylanishidan foydalanishga, shu jumladan statistika hisobotini taqdim etish, bojxona rasmiylashtiruvi, litsenziyalar, ruxsatnomalar, sertifikatlar berish jarayonlarida, shuningdek davlat organlaridan axborot olish jarayonlarida elektron hujjat aylanishidan foydalanishga oʻtkazish; | tadbirkorlik subyektlarini elektron hujjat aylanishidan foydalanishga, shu jumladan statistika hisobotini taqdim etish, bojxona rasmiylashtiruvi, litsenziyalar, ruxsatnomalar, sertifikatlar berish jarayonlarida, shuningdek davlat organlaridan axborot olish jarayonlarida elektron hujjat aylanishidan foydalanishga oʻtkazish; |
tadbirkorlik subyektlarining elektron tijorat, Internet jahon axborot tarmogʻi orqali mahsulotni sotish va xaridlarni amalga oshirish tizimlaridan foydalanishini, shuningdek kommunal xizmatlarni hisobga olishning, nazorat qilishning va ular uchun haq toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etishni kengaytirish; | tadbirkorlik subyektlarining elektron tijorat, Internet jahon axborot tarmogʻi orqali mahsulotni sotish va xaridlarni amalga oshirish tizimlaridan foydalanishini, shuningdek kommunal xizmatlarni hisobga olishning, nazorat qilishning va ular uchun haq toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etishni kengaytirish; |
naqd boʻlmagan elektron toʻlovlar, davlat xaridlarini amalga oshirish, masofadan foydalanish tizimlarini va bank-moliya sohasidagi faoliyatning boshqa elektron shakllarini rivojlantirish. | naqd boʻlmagan elektron toʻlovlar, davlat xaridlarini amalga oshirish, masofadan foydalanish tizimlarini va bank-moliya sohasidagi faoliyatning boshqa elektron shakllarini rivojlantirish. |
5-modda. Elektron hukumatning asosiy prinsiplari | 5-modda. Elektron hukumatning asosiy prinsiplari |
Elektron hukumatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: | Elektron hukumatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: |
davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi; | davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi; |
elektron davlat xizmatlaridan ariza beruvchilarning teng ravishda foydalanishi; | elektron davlat xizmatlaridan ariza beruvchilarning teng ravishda foydalanishi; |
“bir darcha” prinsipi boʻyicha elektron davlat xizmatlari koʻrsatish; | “bir darcha” prinsipi boʻyicha elektron davlat xizmatlari koʻrsatish; |
davlat organlarining hujjatlarini birxillashtirish; | davlat organlarining hujjatlarini birxillashtirish; |
elektron hukumatning yagona identifikatorlaridan foydalanish; | elektron hukumatning yagona identifikatorlaridan foydalanish; |
elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini muntazam takomillashtirib borish; | elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini muntazam takomillashtirib borish; |
axborot xavfsizligini taʼminlash. | axborot xavfsizligini taʼminlash. |
6-modda. Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi prinsipi | 6-modda. Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi prinsipi |
Davlat organlarining elektron hukumat sohasidagi faoliyati qonun hujjatlariga muvofiq ochiq va shaffof tarzda amalga oshiriladi. | Davlat organlarining elektron hukumat sohasidagi faoliyati qonunchilikka muvofiq ochiq va shaffof tarzda amalga oshiriladi. |
Ariza beruvchilarga elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi axborot ommabop va ochiqdir hamda u elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi. | Ariza beruvchilarga elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi axborot ommabop va ochiqdir hamda u elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi. |
Elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari ariza beruvchi soʻrovining koʻrib chiqilishi holati va xizmatlar koʻrsatilishi natijalari toʻgʻrisidagi axborotni tegishli xabarlarni elektron shaklda yuborish yoʻli bilan uning talabiga koʻra taqdim etadi. | Elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari ariza beruvchi soʻrovining koʻrib chiqilishi holati va xizmatlar koʻrsatilishi natijalari toʻgʻrisidagi axborotni tegishli xabarlarni elektron shaklda yuborish yoʻli bilan uning talabiga koʻra taqdim etadi. |
7-modda. Elektron davlat xizmatlaridan ariza beruvchilarning teng ravishda foydalanishi prinsipi | 7-modda. Elektron davlat xizmatlaridan ariza beruvchilarning teng ravishda foydalanishi prinsipi |
Elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari barcha ariza beruvchilarning elektron davlat xizmatlaridan teng ravishda foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratishi shart. | Elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari barcha ariza beruvchilarning elektron davlat xizmatlaridan teng ravishda foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratishi shart. |
8-modda. “Bir darcha” orqali elektron davlat xizmatlari koʻrsatish prinsipi | 8-modda. “Bir darcha” orqali elektron davlat xizmatlari koʻrsatish prinsipi |
Elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organi bunday xizmat koʻrsatish uchun boshqa davlat organlarida mavjud boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni olishi talab etiladigan hollarda elektron davlat xizmati koʻrsatish “bir darcha” prinsipi boʻyicha amalga oshiriladi, bunda elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organi mazkur hujjatlar va maʼlumotlarni mustaqil ravishda, ariza beruvchining ishtirokisiz idoralararo elektron hamkorlik qilish vositasida oladi. | Elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organi bunday xizmat koʻrsatish uchun boshqa davlat organlarida mavjud boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni olishi talab etiladigan hollarda elektron davlat xizmati koʻrsatish “bir darcha” prinsipi boʻyicha amalga oshiriladi, bunda elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organi mazkur hujjatlar va maʼlumotlarni mustaqil ravishda, ariza beruvchining ishtirokisiz idoralararo elektron hamkorlik qilish vositasida oladi. |
9-modda. Davlat organlarining hujjatlarini birxillashtirish prinsipi | 9-modda. Davlat organlarining hujjatlarini birxillashtirish prinsipi |
Elektron davlat xizmatlari koʻrsatish chogʻida, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilish jarayonida foydalaniladigan davlat organlari hujjatlari elektron davlat xizmati koʻrsatish doirasida boshqa davlat organlari tomonidan soʻralayotgan axborotning ushbu hujjatlardan chiqarib tashlanishi hisobga olingan holda oʻzaro birxillashtirilishi kerak. | Elektron davlat xizmatlari koʻrsatish chogʻida, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilish jarayonida foydalaniladigan davlat organlari hujjatlari elektron davlat xizmati koʻrsatish doirasida boshqa davlat organlari tomonidan soʻralayotgan axborotning ushbu hujjatlardan chiqarib tashlanishi hisobga olingan holda oʻzaro birxillashtirilishi kerak. |
Hujjatlarni birxillashtirish bevosita davlat organlari tomonidan elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ bilan birgalikda amalga oshiriladi. | Hujjatlarni birxillashtirish bevosita davlat organlari tomonidan elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ bilan birgalikda amalga oshiriladi. |
10-modda. Elektron hukumatning yagona identifikatorlaridan foydalanish prinsipi | 10-modda. Elektron hukumatning yagona identifikatorlaridan foydalanish prinsipi |
Elektron davlat xizmatlari koʻrsatish chogʻida, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilish jarayonida elektron hukumatning yagona identifikatorlaridan foydalaniladi. | Elektron davlat xizmatlari koʻrsatish chogʻida, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilish jarayonida elektron hukumatning yagona identifikatorlaridan foydalaniladi. |
Axborotni elektron hukumatning markaziy maʼlumotlar bazalarida, shuningdek elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlarining axborot tizimlarida va axborot resurslarida saqlash hamda unga ishlov berish elektron hukumatning yagona identifikatorlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. | Axborotni elektron hukumatning markaziy maʼlumotlar bazalarida, shuningdek elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlarining axborot tizimlarida va axborot resurslarida saqlash hamda unga ishlov berish elektron hukumatning yagona identifikatorlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. |
Elektron hukumatning yagona identifikatorlari roʻyxati, uni shakllantirish, yuritish va undan foydalanish tartibi, shuningdek ariza beruvchining oʻzi taqdim etgan identifikatorga muvofiqligini aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Elektron hukumatning yagona identifikatorlari roʻyxati, uni shakllantirish, yuritish va undan foydalanish tartibi, shuningdek ariza beruvchining oʻzi taqdim etgan identifikatorga muvofiqligini aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
11-modda. Elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini muntazam takomillashtirib borish prinsipi | 11-modda. Elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini muntazam takomillashtirib borish prinsipi |
Elektron davlat xizmatlari koʻrsatish, shuningdek elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibi takomillashtirib borilishi, shu jumladan quyidagi yoʻllar bilan takomillashtirib borilishi shart: | Elektron davlat xizmatlari koʻrsatish, shuningdek elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibi takomillashtirib borilishi, shu jumladan quyidagi yoʻllar bilan takomillashtirib borilishi shart: |
davlat organlarining ortiqcha maʼmuriy tartib-taomillarini bartaraf etish va (yoki) birlashtirish hamda kelishib olinadigan vazifalari sonini kamaytirish; | davlat organlarining ortiqcha maʼmuriy tartib-taomillarini bartaraf etish va (yoki) birlashtirish hamda kelishib olinadigan vazifalari sonini kamaytirish; |
ariza beruvchilar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar sonini qisqartirish; | ariza beruvchilar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar sonini qisqartirish; |
idoralararo elektron hamkorlik qilishni maqbullashtirish; | idoralararo elektron hamkorlik qilishni maqbullashtirish; |
elektron davlat xizmatlari koʻrsatish muddatlarini qisqartirish. | elektron davlat xizmatlari koʻrsatish muddatlarini qisqartirish. |
Elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini muntazam takomillashtirib borishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishi va amalga oshirishi shart. | Elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini muntazam takomillashtirib borishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishi va amalga oshirishi shart. |
12-modda. Axborot xavfsizligini taʼminlash prinsipi | 12-modda. Axborot xavfsizligini taʼminlash prinsipi |
Elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari elektron davlat xizmatlari koʻrsatishda foydalaniladigan axborot tizimlari va axborot resurslarining axborot xavfsizligini taʼminlashi shart. | Elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari elektron davlat xizmatlari koʻrsatishda foydalaniladigan axborot tizimlari va axborot resurslarining axborot xavfsizligini taʼminlashi shart. |
Elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari shaxsga doir maʼlumotlar, shuningdek davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar muhofaza qilinishini va ulardan ruxsatsiz foydalanishning oldi olinishini taʼminlash yuzasidan zarur tashkiliy-texnik choralar koʻradi. | Elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari shaxsga doir maʼlumotlar, shuningdek davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar muhofaza qilinishini va ulardan ruxsatsiz foydalanishning oldi olinishini taʼminlash yuzasidan zarur tashkiliy-texnik choralar koʻradi. |
Elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlarining axborot tizimlarida va axborot resurslarida saqlanadigan shaxsga doir maʼlumotlardan ular qaysi ariza beruvchiga taalluqli boʻlsa, oʻsha ariza beruvchining roziligi bilan ularga ishlov berish, ularni uzatish va olish uchun foydalaniladi, bundan qonun hujjatlarida belgilangan hollar mustasno. | Elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlarining axborot tizimlarida va axborot resurslarida saqlanadigan shaxsga doir maʼlumotlardan ular qaysi ariza beruvchiga taalluqli boʻlsa, oʻsha ariza beruvchining roziligi bilan ularga ishlov berish, ularni uzatish va olish uchun foydalaniladi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno. |
2-bob. Elektron hukumat sohasini davlat tomonidan tartibga solish | 2-bob. Elektron hukumat sohasini davlat tomonidan tartibga solish |
13-modda. Elektron hukumat sohasini davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshiruvchi organlar | 13-modda. Elektron hukumat sohasini davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshiruvchi organlar |
Elektron hukumat sohasini davlat tomonidan tartibga solishni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ va boshqa davlat organlari amalga oshiradi. | Elektron hukumat sohasini davlat tomonidan tartibga solishni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ va boshqa davlat organlari amalga oshiradi. |
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining elektron hukumat sohasidagi vakolatlari | 14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining elektron hukumat sohasidagi vakolatlari |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: |
elektron hukumat sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi; | elektron hukumat sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi; |
elektron hukumat sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni tasdiqlaydi hamda ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi; | elektron hukumat sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni tasdiqlaydi hamda ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi; |
elektron hukumatning shakllantirilishini va ishlashini uning asosiy prinsiplariga muvofiq taʼminlaydi; | elektron hukumatning shakllantirilishini va ishlashini uning asosiy prinsiplariga muvofiq taʼminlaydi; |
Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestrini yuritish tartibini belgilaydi; | Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestrini yuritish tartibini belgilaydi; |
idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimining ishlash tartibini belgilaydi; | idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimining ishlash tartibini belgilaydi; |
elektron davlat xizmatlarini koʻrsatishda elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi bir nechta davlat organi ishtirok etadigan boʻlsa, oʻsha elektron davlat xizmatlarining reglamentlarini tasdiqlaydi; | elektron davlat xizmatlarini koʻrsatishda elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi bir nechta davlat organi ishtirok etadigan boʻlsa, oʻsha elektron davlat xizmatlarining reglamentlarini tasdiqlaydi; |
elektron davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini baholash uslubiyotini, shuningdek elektron hukumat loyihalarini amalga oshirish samaradorligining maqsadli koʻrsatkichlarini tasdiqlaydi. | elektron davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini baholash uslubiyotini, shuningdek elektron hukumat loyihalarini amalga oshirish samaradorligining maqsadli koʻrsatkichlarini tasdiqlaydi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. |
15-modda. Elektron hukumat sohasidagi vakolatli organning vakolatlari | 15-modda. Elektron hukumat sohasidagi vakolatli organning vakolatlari |
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi elektron hukumat sohasidagi vakolatli organdir. | Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi elektron hukumat sohasidagi vakolatli organdir. |
Elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ oʻz vakolatlari doirasida: | Elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ oʻz vakolatlari doirasida: |
elektron hukumat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; | elektron hukumat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; |
elektron hukumatni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash va elektron hukumat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini amalga oshiradi; | elektron hukumatni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash va elektron hukumat toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini amalga oshiradi; |
elektron hukumat sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqadi; | elektron hukumat sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqadi; |
davlat organlarining elektron hukumat sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; | davlat organlarining elektron hukumat sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; |
elektron hukumat sohasidagi monitoringni amalga oshiradi, elektron davlat xizmatlari koʻrsatish, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi hisobot materiallarini shakllantiradi va ularga ishlov beradi; | elektron hukumat sohasidagi monitoringni amalga oshiradi, elektron davlat xizmatlari koʻrsatish, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi hisobot materiallarini shakllantiradi va ularga ishlov beradi; |
elektron hukumat infratuzilmasining markaziy maʼlumotlar bazalariga, idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimiga, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga, Maʼlumotlarga ishlov berish markaziga va idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga taalluqli qismining ishlab turishini taʼminlaydi; | elektron hukumat infratuzilmasining markaziy maʼlumotlar bazalariga, idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimiga, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga, Maʼlumotlarga ishlov berish markaziga va idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga taalluqli qismining ishlab turishini taʼminlaydi; |
elektron davlat xizmatlari koʻrsatilishi sifatini, shuningdek elektron hukumat loyihalarini amalga oshirish samaradorligining maqsadli koʻrsatkichlariga erishilishi darajasini baholaydi; | elektron davlat xizmatlari koʻrsatilishi sifatini, shuningdek elektron hukumat loyihalarini amalga oshirish samaradorligining maqsadli koʻrsatkichlariga erishilishi darajasini baholaydi; |
axborotni toʻplash, saqlash, unga ishlov berish, uni uzatish va almashish boʻyicha standartlar hamda texnik talablar asosida elektron hukumatning texnik asosini shakllantirish chora-tadbirlarini koʻradi; | axborotni toʻplash, saqlash, unga ishlov berish, uni uzatish va almashish boʻyicha standartlar hamda texnik talablar asosida elektron hukumatning texnik asosini shakllantirish chora-tadbirlarini koʻradi; |
koʻrsatilayotgan elektron davlat xizmatlari va idoralararo elektron hamkorlik qilish tartib-taomillarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi; | koʻrsatilayotgan elektron davlat xizmatlari va idoralararo elektron hamkorlik qilish tartib-taomillarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi; |
elektron davlat xizmatlarining reglamentlari kelishib olinishini amalga oshiradi; | elektron davlat xizmatlarining reglamentlari kelishib olinishini amalga oshiradi; |
Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestrini shakllantiradi va yuritadi; | Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestrini shakllantiradi va yuritadi; |
elektron hukumat axborot tizimlarining va axborot resurslarining axborot xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi; | elektron hukumat axborot tizimlarining va axborot resurslarining axborot xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi; |
elektron hukumat sohasida davlat organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil qilishda ishtirok etadi; | elektron hukumat sohasida davlat organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil qilishda ishtirok etadi; |
Oʻzbekiston Respublikasida elektron hukumatni rivojlantirishga investitsiyalar jalb etilishini taʼminlaydi; | Oʻzbekiston Respublikasida elektron hukumatni rivojlantirishga investitsiyalar jalb etilishini taʼminlaydi; |
elektron hukumat sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi. | elektron hukumat sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi. |
Elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. | Elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. |
16-modda. Davlat organlarining elektron hukumat sohasidagi vakolatlari | 16-modda. Davlat organlarining elektron hukumat sohasidagi vakolatlari |
Davlat organlari oʻz vakolatlari doirasida: | Davlat organlari oʻz vakolatlari doirasida: |
elektron hukumat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi; | elektron hukumat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi; |
elektron hukumat sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; | elektron hukumat sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; |
elektron hukumat sohasida axborot tizimlari va axborot resurslarining, shuningdek elektron davlat xizmatlarining joriy etilishini, rivojlantirilishini hamda integratsiyalashuvini taʼminlaydi; | elektron hukumat sohasida axborot tizimlari va axborot resurslarining, shuningdek elektron davlat xizmatlarining joriy etilishini, rivojlantirilishini hamda integratsiyalashuvini taʼminlaydi; |
oʻzlarining faoliyat sohasiga muvofiq elektron davlat xizmatlarining reglamentlarini ishlab chiqadi va elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ bilan kelishilgan holda ularni tasdiqlaydi; | oʻzlarining faoliyat sohasiga muvofiq elektron davlat xizmatlarining reglamentlarini ishlab chiqadi va elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ bilan kelishilgan holda ularni tasdiqlaydi; |
oʻzi koʻrsatadigan elektron davlat xizmatlari Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlaydi; | oʻzi koʻrsatadigan elektron davlat xizmatlari Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlaydi; |
ariza beruvchilarning tanloviga koʻra elektron davlat xizmatlarini olish imkoniyatini taʼminlaydi; | ariza beruvchilarning tanloviga koʻra elektron davlat xizmatlarini olish imkoniyatini taʼminlaydi; |
elektron davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarga zarur shart-sharoitlar yaratadi; | elektron davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarga zarur shart-sharoitlar yaratadi; |
elektron davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan axborot tizimlari va axborot resurslarining uzluksiz ishlashini taʼminlaydi; | elektron davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan axborot tizimlari va axborot resurslarining uzluksiz ishlashini taʼminlaydi; |
axborot tizimlari va axborot resurslarining axborot xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻradi; | axborot tizimlari va axborot resurslarining axborot xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻradi; |
elektron hukumat sohasida xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish choralarini koʻradi; | elektron hukumat sohasida xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish choralarini koʻradi; |
elektron hukumat sohasidagi davlat dasturlariga va boshqa dasturlarga uzviy bogʻliq holda axborot tizimlarini, axborot resurslari va tarmoqlarini rivojlantirishning idoraviy rejalarini (dasturlarini) ishlab chiqadi; | elektron hukumat sohasidagi davlat dasturlariga va boshqa dasturlarga uzviy bogʻliq holda axborot tizimlarini, axborot resurslari va tarmoqlarini rivojlantirishning idoraviy rejalarini (dasturlarini) ishlab chiqadi; |
oʻz rasmiy veb-saytlarining doimiy ishlashini, shuningdek ularda elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi axborot eʼlon qilinishini taʼminlaydi; | oʻz rasmiy veb-saytlarining doimiy ishlashini, shuningdek ularda elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi axborot eʼlon qilinishini taʼminlaydi; |
oʻz tarkibiy boʻlinmalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini taʼminlaydi; | oʻz tarkibiy boʻlinmalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini taʼminlaydi; |
elektron davlat xizmatlari koʻrsatilishining borishi toʻgʻrisidagi axborotning ariza beruvchilar tomonidan oʻzaro hamkorlikning turli shakllari orqali olinishi imkoniyatini taʼminlaydi; | elektron davlat xizmatlari koʻrsatilishining borishi toʻgʻrisidagi axborotning ariza beruvchilar tomonidan oʻzaro hamkorlikning turli shakllari orqali olinishi imkoniyatini taʼminlaydi; |
elektron hukumat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi. | elektron hukumat toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi. |
Davlat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. | Davlat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. |
17-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida elektron hukumatni rivojlantirish | 17-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida elektron hukumatni rivojlantirish |
Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida hududiy rivojlantirish dasturlari elektron hukumat sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlar bilan oʻzaro bogʻliq boʻlishi kerak. | Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida hududiy rivojlantirish dasturlari elektron hukumat sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlar bilan oʻzaro bogʻliq boʻlishi kerak. |
Mahalliy davlat hokimiyati organlari elektron davlat xizmatlarini joriy etish, idoralararo elektron hamkorlikni tashkil qilish loyihalarini elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ bilan kelishilgan holda amalga oshiradi. | Mahalliy davlat hokimiyati organlari elektron davlat xizmatlarini joriy etish, idoralararo elektron hamkorlikni tashkil qilish loyihalarini elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ bilan kelishilgan holda amalga oshiradi. |
3-bob. Elektron davlat xizmatlari koʻrsatish | 3-bob. Elektron davlat xizmatlari koʻrsatish |
18-modda. Elektron davlat xizmatlarining turlari | 18-modda. Elektron davlat xizmatlarining turlari |
Elektron davlat xizmatlari axborot va interaktiv davlat xizmatlari tarzida boʻlishi mumkin. | Elektron davlat xizmatlari axborot va interaktiv davlat xizmatlari tarzida boʻlishi mumkin. |
Axborot davlat xizmati ariza beruvchilarning axborotga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan, davlat organining faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni eʼlon qilish va boshqacha tarzda tarqatish yoʻli bilan koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatidir. | Axborot davlat xizmati ariza beruvchilarning axborotga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan, davlat organining faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni eʼlon qilish va boshqacha tarzda tarqatish yoʻli bilan koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatidir. |
Interaktiv davlat xizmati ariza beruvchiga ariza beruvchi va elektron davlat xizmati koʻrsatuvchi davlat organi oʻrtasida ikki tomonlama elektron hamkorlik yoʻli bilan koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatidir. | Interaktiv davlat xizmati ariza beruvchiga ariza beruvchi va elektron davlat xizmati koʻrsatuvchi davlat organi oʻrtasida ikki tomonlama elektron hamkorlik yoʻli bilan koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatidir. |
19-modda. Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestri | 19-modda. Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestri |
Elektron davlat xizmatlari Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak. | Elektron davlat xizmatlari Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak. |
Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestrida elektron davlat xizmati koʻrsatish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarning roʻyxati hamda hajmi, shuningdek ularning taqdim etilishi uchun masʼul boʻlgan davlat organlari toʻgʻrisidagi axborot koʻrsatilishi kerak. | Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestrida elektron davlat xizmati koʻrsatish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarning roʻyxati hamda hajmi, shuningdek ularning taqdim etilishi uchun masʼul boʻlgan davlat organlari toʻgʻrisidagi axborot koʻrsatilishi kerak. |
Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestrini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestrini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
20-modda. Elektron davlat xizmatlariga doir talablar | 20-modda. Elektron davlat xizmatlariga doir talablar |
Axborot davlat xizmatlari toʻliq va ishonchli axborotni oʻz ichiga olishi kerak. | Axborot davlat xizmatlari toʻliq va ishonchli axborotni oʻz ichiga olishi kerak. |
Interaktiv davlat xizmatlari: | Interaktiv davlat xizmatlari: |
qonun hujjatlari asosida va axborotni toʻplash, saqlash, unga ishlov berish, uni uzatish hamda almashish boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar asosida tashkil etilishi; | qonunchilik asosida va axborotni toʻplash, saqlash, unga ishlov berish, uni uzatish hamda almashish boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar asosida tashkil etilishi; |
elektron davlat xizmatlarining tasdiqlangan reglamenti asosida koʻrsatilishi; | elektron davlat xizmatlarining tasdiqlangan reglamenti asosida koʻrsatilishi; |
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishni nazarda tutuvchi xizmatlardan ariza beruvchilarning xavfsiz foydalanishini taʼminlashi; | shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishni nazarda tutuvchi xizmatlardan ariza beruvchilarning xavfsiz foydalanishini taʼminlashi; |
soʻrov yuborish va elektron davlat xizmatining natijasini olish imkoniyatini taʼminlashi; | soʻrov yuborish va elektron davlat xizmatining natijasini olish imkoniyatini taʼminlashi; |
toʻliq, ishonchli boʻlgan va ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilingan axborotni oʻz ichiga olishi kerak. | toʻliq, ishonchli boʻlgan va ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilingan axborotni oʻz ichiga olishi kerak. |
21-modda. Elektron davlat xizmati koʻrsatish toʻgʻrisidagi soʻrovga doir talablar | 21-modda. Elektron davlat xizmati koʻrsatish toʻgʻrisidagi soʻrovga doir talablar |
Elektron davlat xizmati koʻrsatish toʻgʻrisidagi soʻrovning tarkibiga, hajmiga, identifikatsiyasiga, uni rasmiylashtirish va yuborish tartibiga doir talablar elektron davlat xizmatining reglamenti bilan tasdiqlanadi. | Elektron davlat xizmati koʻrsatish toʻgʻrisidagi soʻrovning tarkibiga, hajmiga, identifikatsiyasiga, uni rasmiylashtirish va yuborish tartibiga doir talablar elektron davlat xizmatining reglamenti bilan tasdiqlanadi. |
Ariza beruvchining identifikatsiyalanishini talab etuvchi elektron davlat xizmati koʻrsatish toʻgʻrisidagi soʻrov, qoida tariqasida, elektron hujjat tarzida boʻlishi kerak. | Ariza beruvchining identifikatsiyalanishini talab etuvchi elektron davlat xizmati koʻrsatish toʻgʻrisidagi soʻrov, qoida tariqasida, elektron hujjat tarzida boʻlishi kerak. |
Elektron davlat xizmati koʻrsatish toʻgʻrisida elektron hujjat tarzida yuborilgan soʻrov qogʻoz shaklida yuborilgan soʻrovga tenglashtiriladi. | Elektron davlat xizmati koʻrsatish toʻgʻrisida elektron hujjat tarzida yuborilgan soʻrov qogʻoz shaklida yuborilgan soʻrovga tenglashtiriladi. |
22-modda. Soʻralayotgan elektron davlat xizmati boʻyicha beriladigan javobga doir talablar | 22-modda. Soʻralayotgan elektron davlat xizmati boʻyicha beriladigan javobga doir talablar |
Soʻralayotgan elektron davlat xizmati boʻyicha beriladigan javobning tarkibiga, hajmiga, identifikatsiyasiga, uni rasmiylashtirish va yuborish tartibiga doir talablar elektron davlat xizmatining reglamenti bilan tasdiqlanadi. | Soʻralayotgan elektron davlat xizmati boʻyicha beriladigan javobning tarkibiga, hajmiga, identifikatsiyasiga, uni rasmiylashtirish va yuborish tartibiga doir talablar elektron davlat xizmatining reglamenti bilan tasdiqlanadi. |
Soʻralayotgan elektron davlat xizmati boʻyicha ariza beruvchiga yuboriladigan javob, qoida tariqasida, elektron hujjat tarzida boʻlishi va elektron davlat xizmatining reglamentida belgilangan muddatlarda yuborilishi kerak. | Soʻralayotgan elektron davlat xizmati boʻyicha ariza beruvchiga yuboriladigan javob, qoida tariqasida, elektron hujjat tarzida boʻlishi va elektron davlat xizmatining reglamentida belgilangan muddatlarda yuborilishi kerak. |
Soʻralayotgan elektron davlat xizmati boʻyicha elektron hujjat tarzida yuborilgan javob qogʻoz shaklida yuborilgan javobga tenglashtiriladi. | Soʻralayotgan elektron davlat xizmati boʻyicha elektron hujjat tarzida yuborilgan javob qogʻoz shaklida yuborilgan javobga tenglashtiriladi. |
23-modda. Ariza beruvchining elektron davlat xizmatlarini olish chogʻidagi huquqlari | 23-modda. Ariza beruvchining elektron davlat xizmatlarini olish chogʻidagi huquqlari |
Ariza beruvchi quyidagi huquqlarga ega: | Ariza beruvchi quyidagi huquqlarga ega: |
elektron davlat xizmatlarini oʻz vaqtida va elektron davlat xizmatlarining tasdiqlangan reglamentlariga muvofiq olish; | elektron davlat xizmatlarini oʻz vaqtida va elektron davlat xizmatlarining tasdiqlangan reglamentlariga muvofiq olish; |
elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida toʻliq va ishonchli axborot olish; | elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida toʻliq va ishonchli axborot olish; |
elektron davlat xizmati koʻrsatilishining borishi toʻgʻrisida oʻzaro hamkorlikning turli shakllari (rasmiy veb-sayt, telefon, elektron pochta, tezkor aloqa va boshqalar) orqali axborot olish; | elektron davlat xizmati koʻrsatilishining borishi toʻgʻrisida oʻzaro hamkorlikning turli shakllari (rasmiy veb-sayt, telefon, elektron pochta, tezkor aloqa va boshqalar) orqali axborot olish; |
elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organlarga yoki mansabdor shaxslarga yoxud sudga belgilangan tartibda shikoyat qilish; | elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organlarga yoki mansabdor shaxslarga yoxud sudga belgilangan tartibda shikoyat qilish; |
elektron davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini baholashda ishtirok etish; | elektron davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini baholashda ishtirok etish; |
elektron davlat xizmatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish. | elektron davlat xizmatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish. |
Ariza beruvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. | Ariza beruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. |
24-modda. Elektron davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini baholashni amalga oshirish tartibi | 24-modda. Elektron davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini baholashni amalga oshirish tartibi |
Elektron davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini baholash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan uslubiyot, shuningdek jamoatchilik fikrini oʻrganish asosida elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. | Elektron davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini baholash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan uslubiyot, shuningdek jamoatchilik fikrini oʻrganish asosida elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. |
Elektron davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini baholash natijalari muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi kerak. | Elektron davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini baholash natijalari muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi kerak. |
Elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari baholash natijalarini hisobga olgan holda ushbu xizmatlarning koʻrsatilish sifatini oshirish boʻyicha choralar koʻrishi shart. | Elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari baholash natijalarini hisobga olgan holda ushbu xizmatlarning koʻrsatilish sifatini oshirish boʻyicha choralar koʻrishi shart. |
4-bob. Elektron hukumatning ishlashini tashkil etish | 4-bob. Elektron hukumatning ishlashini tashkil etish |
25-modda. Elektron hukumat infratuzilmasi | 25-modda. Elektron hukumat infratuzilmasi |
Elektron hukumat infratuzilmasi: | Elektron hukumat infratuzilmasi: |
markaziy maʼlumotlar bazalaridan; | markaziy maʼlumotlar bazalaridan; |
idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimidan; | idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimidan; |
davlat organlarining axborot tizimlari va axborot resurslari hamda ularning majmualaridan; | davlat organlarining axborot tizimlari va axborot resurslari hamda ularning majmualaridan; |
davlat organlarining rasmiy veb-saytlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan; | davlat organlarining rasmiy veb-saytlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan; |
Maʼlumotlarga ishlov berish markazi va idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻidan iboratdir. | Maʼlumotlarga ishlov berish markazi va idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻidan iboratdir. |
26-modda. Elektron hukumatning markaziy maʼlumotlar bazalari | 26-modda. Elektron hukumatning markaziy maʼlumotlar bazalari |
Elektron hukumatning markaziy maʼlumotlar bazalari yagona markazlashtirilgan axborot manbalarini taqdim etuvchi davlat axborot resurslari boʻlib, ularda davlat xizmatlari koʻrsatish hamda idoralararo elektron hamkorlik qilish uchun davlat organlarining asosiy maʼlumotlari umumlashtiriladi va saqlanadi. | Elektron hukumatning markaziy maʼlumotlar bazalari yagona markazlashtirilgan axborot manbalarini taqdim etuvchi davlat axborot resurslari boʻlib, ularda davlat xizmatlari koʻrsatish hamda idoralararo elektron hamkorlik qilish uchun davlat organlarining asosiy maʼlumotlari umumlashtiriladi va saqlanadi. |
Elektron davlat xizmatlari koʻrsatish chogʻida, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilish jarayonida elektron hukumatning markaziy maʼlumotlar bazalaridagi axborotdan foydalaniladi. Elektron davlat xizmatlari koʻrsatish uchun, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilish uchun zarur boʻlgan boshqa axborot davlat organlarining axborot tizimlari va axborot resurslarida saqlanishi mumkin. | Elektron davlat xizmatlari koʻrsatish chogʻida, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilish jarayonida elektron hukumatning markaziy maʼlumotlar bazalaridagi axborotdan foydalaniladi. Elektron davlat xizmatlari koʻrsatish uchun, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilish uchun zarur boʻlgan boshqa axborot davlat organlarining axborot tizimlari va axborot resurslarida saqlanishi mumkin. |
Elektron hukumatning markaziy maʼlumotlar bazalarini yaratish, ulardan foydalanish va ularni saqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Elektron hukumatning markaziy maʼlumotlar bazalarini yaratish, ulardan foydalanish va ularni saqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
27-modda. Idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimi, davlat organlarining axborot tizimlari va axborot resurslari hamda ularning majmualari | 27-modda. Idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimi, davlat organlarining axborot tizimlari va axborot resurslari hamda ularning majmualari |
Idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimi elektron davlat xizmatlari koʻrsatish chogʻida davlat organlarining funksiyalari va vazifalarini amalga oshirish maqsadida ularning oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi. | Idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimi elektron davlat xizmatlari koʻrsatish chogʻida davlat organlarining funksiyalari va vazifalarini amalga oshirish maqsadida ularning oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi. |
Davlat organlari tomonidan axborot tizimlarini va axborot resurslarini yaratish chogʻida idoralararo elektron hamkorlik qilishni taʼminlash uchun elektron hukumatning markaziy maʼlumotlar bazalari bilan ularning integratsiyalashuvi imkoniyati nazarda tutilgan boʻlishi kerak. | Davlat organlari tomonidan axborot tizimlarini va axborot resurslarini yaratish chogʻida idoralararo elektron hamkorlik qilishni taʼminlash uchun elektron hukumatning markaziy maʼlumotlar bazalari bilan ularning integratsiyalashuvi imkoniyati nazarda tutilgan boʻlishi kerak. |
Idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimi axborotni toʻplashga, saqlashga, unga ishlov berishga, uni uzatishga va almashishga doir talablar asosida ishlaydi. | Idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimi axborotni toʻplashga, saqlashga, unga ishlov berishga, uni uzatishga va almashishga doir talablar asosida ishlaydi. |
Davlat organlarida foydalaniladigan hujjatlar elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq, asosan elektron hujjatlar tarzida yaratilishi, joʻnatilishi va saqlanishi kerak. | Davlat organlarida foydalaniladigan hujjatlar elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq, asosan elektron hujjatlar tarzida yaratilishi, joʻnatilishi va saqlanishi kerak. |
Idoralararo elektron hamkorlik qilish vositasida uzatiladigan hujjatlarning va axborotning roʻyxati elektron davlat xizmatlarining reglamentlari bilan belgilanadi. | Idoralararo elektron hamkorlik qilish vositasida uzatiladigan hujjatlarning va axborotning roʻyxati elektron davlat xizmatlarining reglamentlari bilan belgilanadi. |
Idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimining ishlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimining ishlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
Davlat organlarining elektron hukumatdagi axborot tizimlari va axborot resurslari ushbu organlarning vakolatlari doirasida axborotni toʻplashni, saqlashni, izlashni, unga ishlov berishni, shuningdek undan foydalanishni taʼminlaydi. | Davlat organlarining elektron hukumatdagi axborot tizimlari va axborot resurslari ushbu organlarning vakolatlari doirasida axborotni toʻplashni, saqlashni, izlashni, unga ishlov berishni, shuningdek undan foydalanishni taʼminlaydi. |
Davlat organlarining elektron hukumatdagi axborot tizimlari va axborot resurslari axborotni toʻplashni, saqlashni, izlashni, unga ishlov berishni, shuningdek ushbu organlarning oʻzaro elektron hamkorligi jarayonlari avtomatlashtirilishini taʼminlaydigan majmualarga birlashtirilishi mumkin. | Davlat organlarining elektron hukumatdagi axborot tizimlari va axborot resurslari axborotni toʻplashni, saqlashni, izlashni, unga ishlov berishni, shuningdek ushbu organlarning oʻzaro elektron hamkorligi jarayonlari avtomatlashtirilishini taʼminlaydigan majmualarga birlashtirilishi mumkin. |
28-modda. Davlat organlarining rasmiy veb-saytlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali | 28-modda. Davlat organlarining rasmiy veb-saytlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali |
Elektron davlat xizmatlari ariza beruvchilarga davlat organlarining rasmiy veb-saytlari orqali hamda davlat organlari tomonidan koʻrsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanishning yagona nuqtasi boʻlgan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatiladi. | Elektron davlat xizmatlari ariza beruvchilarga davlat organlarining rasmiy veb-saytlari orqali hamda davlat organlari tomonidan koʻrsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanishning yagona nuqtasi boʻlgan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatiladi. |
Elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi axborotni oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi. | Elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi axborotni oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi. |
29-modda. Elektron hukumatning maʼlumotlarga ishlov berish markazi va idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi | 29-modda. Elektron hukumatning maʼlumotlarga ishlov berish markazi va idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi |
Elektron hukumatning maʼlumotlarga ishlov berish markazi elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlarining idoraviy va idoralararo axborot tizimlari hamda axborot resurslarining, elektron hukumat markaziy maʼlumotlar bazalarining saqlanishini va integratsiyalashuvini taʼminlaydi. | Elektron hukumatning maʼlumotlarga ishlov berish markazi elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlarining idoraviy va idoralararo axborot tizimlari hamda axborot resurslarining, elektron hukumat markaziy maʼlumotlar bazalarining saqlanishini va integratsiyalashuvini taʼminlaydi. |
Elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari idoraviy va idoralararo axborot tizimlarining hamda axborot resurslarining, elektron hukumat markaziy maʼlumotlar bazalarining oʻzaro hamkorligi elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali amalga oshiriladi. | Elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari idoraviy va idoralararo axborot tizimlarining hamda axborot resurslarining, elektron hukumat markaziy maʼlumotlar bazalarining oʻzaro hamkorligi elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali amalga oshiriladi. |
5-bob. Yakunlovchi qoidalar | 5-bob. Yakunlovchi qoidalar |
30-modda. Elektron hukumatni shakllantirishga va rivojlantirishga doir faoliyatni moliyalashtirish | 30-modda. Elektron hukumatni shakllantirishga va rivojlantirishga doir faoliyatni moliyalashtirish |
Elektron hukumatni shakllantirishga va rivojlantirishga doir faoliyatni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. | Elektron hukumatni shakllantirishga va rivojlantirishga doir faoliyatni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. |
31-modda. Nizolarni hal etish | 31-modda. Nizolarni hal etish |
Elektron hukumat sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. | Elektron hukumat sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. |
32-modda. Elektron hukumat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik | 32-modda. Elektron hukumat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik |
Elektron hukumat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi. | Elektron hukumat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi. |
33-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish | 33-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: |
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; | hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; |
davlat boshqaruvi organlarining ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin. | davlat boshqaruvi organlarining ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin. |
34-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi | 34-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi |
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi. | Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi. |
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV | Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2015-yil 9-dekabr, | 2015-yil 9-dekabr, |
OʻRQ-395-son | OʻRQ-395-son |