20.10.2009 yildagi 15-09-09/17360-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur boʻlganida, yuk chiqarib yuborilganidan soʻng bojxona organlari bojxona qiymati miqdorini aniqlash maqsadida tekshirish oʻtkazishi mumkin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkor Sh. Fayzimatov xoʻjalik sudiga murojaat qilib, Fargʻona viloyat bojxona boshqarmasining 3864550 soʻm undirish haqida 2009-yil 18-iyundagi 29-sonli inkasso topshiriqnomasini ijro etilishi mumkin emas deb topishni, Fargʻona viloyat bojxona boshqarmasi va Fargʻona viloyat moliya boshqarmasidan inkasso topshiriqnomasiga asosan undirib olingan 724000 soʻm, ortiqcha oʻtkazilgan 550000 soʻm va 5000 soʻm pochta xarajatlarini undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizo yuzasidan hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar daʼvogar daʼvo predmetini oʻzgartirib, Fargʻona viloyat bojxona boshqarmasidan ortiqcha oʻtkazilgan 2364804 soʻm, inkasso topshiriqnomasiga asosan undirib olingan 724000 soʻm undirishni, 2009-yil 18-iyundagi 29-sonli inkasso topshiriqnomasini ijro etilishi mumkin emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo rad etilgan, shuningdek Davlat bojxona qoʻmitasiga xususiy ajrim yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni qanoatlantirish, kassatsiya shikoyati yuzasidan bildirilgan yozma fikrda esa, hal qiluv qarorini kuchda qoldirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati shikoyat va yozma fikr vajlarini muhokama qilib, ishdagi hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, yakka tartibdagi tadbirkor Sh. Fayzimatov tomonidan Koreya Respublikasidan olib kelingan 3 dona “HYUNDAI AVANTE” rusumli avtomashinalarning har biriga 14729 AQSh dollari bojxona qiymati belgilanib, erkin muomala rejimiga chiqarish uchun bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkor Sh.Fayzimatov tomonidan Birlashgan Arab Amirliklaridan olib kelingan 2 dona “TOYOTA COROLLA” rusumli avtomashinalarning har biriga 15182 AQSh dollari bojxona qiymati belgilanib, erkin muomala rejimiga chiqarish uchun bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirilgan. Rasmiylashtirilgan deklaratsiyalar bojxona organi tomonidan qabul qilib olingan hamda avtomashinalarning chiqarilishiga ruxsat berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammo Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan bojxona yuk deklaratsiyalari oʻrganilganda, ularda bojxona qiymatlari kam koʻrsatilganligi, buning natijasida esa davlat budjetiga 3864550 soʻm bojxona toʻlovlari kam undirilganligi aniqlangan hamda bojxona yuk deklaratsiyalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkor tomonidan bojxona toʻlovlari ixtiyoriy ravishda amalga oshirilmaganligi sababli bojxona organi tomonidan uning bankdagi hisob raqamiga 2009-yil 18-iyunda 29-sonli inkasso topshiriqnomasi qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan norozi boʻlgan tadbirkor Fargʻona viloyat bojxona boshqarmasidan ortiqcha oʻtkazilgan 2364804 soʻm, inkasso topshiriqnomasiga asosan undirib olingan 724000 soʻmni undirishni hamda qoʻyilgan inkasso topshiriqnomasini ijro etilishi mumkin emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1998-yil 13-yanvarda 390-son bilan roʻyxatga olingan “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan tovarlarning bojxona qiymatini belgilash boʻyicha” Yoʻriqnomaning 9.1-bandiga muvofiq zarur boʻlganida, yuk chiqarib yuborilganidan soʻng bojxona organlari bojxona qiymati miqdorini aniqlash maqsadida tekshirish oʻtkazishi mumkin. Tekshirish natijalariga koʻra bojxona qiymati qayta hisob-kitob qilinishi, shuningdek bojxona toʻlovlarining yana toʻlanishi lozim boʻlgan summasi aniqlanishi va ularning undirilishi yoki qaytarilishi amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar tomonidan olib kelingan avtotransport vositalarining bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtiruvini amalga oshirgan “Yulinter” xususiy korxonasi tomonidan olib kelingan avtotransport vositalarining bojxona qiymatini belgilashda Oʻzbekiston Respublikasi “Boj tarifi toʻgʻrisida”gi Qonuni va yuqoridagi Yoʻriqnoma talablari notoʻgʻri qoʻllanilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, yakka tartibdagi tadbirkor Sh. Fayzimatov tomonidan Koreya Respublikasidan olib kelingan avtomashinalarning har biriga 14729 AQSh dollari, Birlashgan Arab Amirliklaridan olib kelingan avtomashinalarning har biriga 15182 AQSh dollarida bojxona qiymati belgilangan. Biroq, bojxona organi maʼlumotlar bazasida “HYUNDAI AVANTE” rusumli avtomashinalarning respublikada oʻrtacha bojxona qiymati 16000 AQSh dollari miqdorida, “TOYOTA COROLLA” rusumli avtomashinalarning respublikada oʻrtacha bojxona qiymati 15805 AQSh dollari miqdorida belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan bojxona yuk deklaratsiyalari uchun davlat budjetiga 3864550 soʻm bojxona toʻlovlari kam toʻlanganligi holati oʻz isbotini topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi moddiy va protsessual huquq normalarini toʻgʻri qoʻllab, daʼvoni toʻgʻri rad etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 20-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-09-09/17360-son