16.03.2010 yildagi 20-0902/13714-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tovarning bojxona qiymatini boshqa usullar yordamida aniqlash mumkin boʻlmasa, baholanayotgan tovarlarning bojxona qiymati bojxona organida mavjud boʻlgan narxlarga doir axborot asosida belgilanadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyat prokuraturasi “ROSTEXSTROY” masʼuliyati cheklangan jamiyati manfaatida xoʻjalik sudiga murojaat qilib, Buxoro viloyat bojxona boshqarmasidan 4545592,82 soʻm ortiqcha toʻlangan bojxona toʻlovlarini undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2010-yil 27-yanvardagi qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida sud qarorlarini bekor qilib, daʼvoni rad etish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati shikoyat vajlarini muhokama qilib, ishdagi hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra sud qarorlarini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlarga koʻra, “ROSTEXSTROY” masʼuliyati cheklangan jamiyati 2009-yil 30-apreldagi 09/38-sonli shartnomaga asosan Turkiya Respublikasining “BERSA TEKSTIL VE KIMYA SANAYI LTD” kompaniyasidan 21030 t. “pigment” va “berkolin” mahsulotlarini 25680 AQSh dollariga sotib olib, 2009-yilning iyulida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ROSTEXSTROY” masʼuliyati cheklangan jamiyati Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilgan ushbu mahsulotlarning qiymatini shartnomada belgilangan narxlarda hisoblab, bojxona deklaratsiyalarini bojxona organiga taqdim qilgan. Ammo, bojxona organi mahsulotlar uchun bojxona qiymatini rezerv usulda belgilashni talab qilgan va daʼvogar mahsulotni qisqa muddatlarda bojxonadan oʻtkazish uchun davlat bojxona xizmati organi belgilagan summa hisobidan bojxona toʻlovini toʻlashga majbur boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib kelingan mahsulotlar uchun bojxona toʻlovlarini hisoblashda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1998-yil 13-yanvarda 390-son bilan roʻyxatga olingan “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan tovarlarning bojxona qiymatini belgilash boʻyicha” Yoʻriqnoma 2.1-bandining oltinchi xatboshisida koʻrsatilgan oltinchi usul, yaʼni rezerv usulidan foydalanilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lekin, “Boj tarifi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida agar tovarning bojxona qiymatini boshqa usullar yordamida aniqlash mumkin boʻlmasa, baholanayotgan tovarlarning bojxona qiymati bojxona organida mavjud boʻlgan narxlarga doir axborot asosida belgilanishi koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilgan Yoʻriqnomaning 2.6-bandida oltinchi usul rezerv usul hisoblanishi, u bojxona qiymatini belgilash uchun bundan oldingi usullardan hech birini qoʻllab boʻlmaganida qoʻllanilishi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dyemak, bojxona organi daʼvogar tomonidan olib kelingan mahsulotlarning bojxona qiymatini oltinchi usul boʻyicha hisoblab, daʼvogardan 4545592,82 soʻm ortiqcha bojxona toʻlovi undirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 55-moddasiga koʻra, ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʻz talab va eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak boʻlsa-da, bojxona organi olib kelingan tovarlar qiymatini oltinchi usuldan oldingi usullar boʻyicha hisoblash mumkin emasligini isbotlab bermagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli, birinchi instansiya sudi daʼvoni toʻgʻri qanoatlantirgan, apellatsiya instansiyasi sudi esa hal qiluv qarorini asosli ravishda oʻzgarishsiz qoldirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati sud qarorlarini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 16-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-0902/13714-son