23.02.2009 yildagi 10-0820/4905-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilingan javobgar xoʻjalik sudining majlisiga kelmasa, nizo uning yoʻqligida hal qilinishi mumkin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar — “Art festival” MChJ xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar — “Avtoglass lyuks” MChJdan 5563000 soʻm asosiy qarz, 2698055 soʻm penya undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2008-yil 30-maydagi hal qiluv qarori bilan daʼvo talabi rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2008-yil 3-sentabrdagi qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining 2008-yil 5-noyabrdagi qarori bilan sud qarorlari bekor qilingan va ish yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2008-yil 3-dekabrdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilgan. “Avtoglass lyuks” MChJdan “Art festival” MChJ foydasiga 5563000 soʻm asosiy qarz, 1126000 soʻm penya undirilgan. Daʼvoning qolgan qismi rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida hal qiluv qarorini bekor qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birgalikda oʻrganib chiqib, hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, taraflar oʻrtasida 2008-yil 18-yanvarda mahsulot yetkazib berish haqida qiymati 5563000 soʻmlik shartnoma tuzilgan. Shartnomaga koʻra, daʼvogar javobgarga mahsulot qiymatini oldindan yuz foiz toʻliq oʻtkazib berishi, javobgar esa pul hisob raqamiga kelib tushgan vaqtdan boshlab besh ish kuni davomida buyurtmali mahsulotlarni taqdim etilgan namunalarga mos holda tayyorlab berishi lozim boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar tomonidan javobgarning hisob raqamiga 5563000 soʻm pul mablagʻi 2008-yil 16-yanvar kuni 17-sonli toʻlov topshiriqnomasiga asosan oʻtkazilgan va daʼvogarning shartnomadagi majburiyati toʻliq bajarilgan. Shartnomaga koʻra javobgar 2008-yilning 23-yanvariga qadar mahsulotni tayyorlashi lozim boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammo 2008-yil 28-fevralda taraflar oʻrtasida taqqoslash dalolatnomasi tuzilgan boʻlib, unda mahsulot qabul qilinmaganligi sababli javobgarning daʼvogar oldidagi qarzi 5563000 soʻmni tashkil qilishi aks ettirilgan va ushbu taqqoslash dalolatnomasi javobgar tomonidan hech qanday eʼtirozsiz imzolangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 420-moddasiga muvofiq, oldindan toʻlangan summani olgan sotuvchi tovarni topshirish boʻyicha majburiyatni bajarmagan taqdirda sotib oluvchi haqi toʻlangan tovarni topshirishni yoki sotuvchi topshirmagan tovar uchun oldindan toʻlangan summani qaytarib berishni talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati bayon etilganlarga asoslanib, daʼvogar tomonidan majburiyat toʻliq bajarilgan bir paytda javobgarning oʻz majburiyatini shartnomada belgilangan muddatda bajarilganligini isbotlovchi dalillar sudga taqdim etilmaganligini inobatga olib, birinchi instansiya sudi tomonidan asosiy qarzni toʻliq undirish haqida asosli toʻxtamga kelingan deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 420-moddasining 3-bandi talabiga koʻra, agar sotuvchi oldindan haqi toʻlangan tovarni topshirish majburiyatini bajarmasa va oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, oldindan toʻlangan summa uchun ushbu Kodeksning 327-moddasiga muvofiq, tovarni topshirishi lozim boʻlgan kundan boshlab tovar sotib oluvchiga topshirilgan yoki unga oldindan toʻlagan summasi qaytarib berilgan kungacha foizlar toʻlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 163-sonli qarorining 11-bandida agar pul majburiyatini bajarmaganlik yoki uning bajarilishini kechiktirganlik uchun Fuqarolik kodeksining 327-moddasiga muvofiq belgilangan foizlar miqdori (stavkasi) pul majburiyati bajarilishini kechiktirish oqibatlariga ochiqdan-ochiq nomutanosib boʻlsa, sud foizlarni qoplash tabiatini hisobga olib, Fuqarolik kodeksining 326-moddasiga mos holda, Fuqarolik kodeksining 335-moddasiga asosan foizlar miqdorini (stavkasi) kamaytirishga yoki kreditorga uni undirishni butunlay rad etishga haqli ekanligi qayd etilgan. Shu sababli birinchi instansiya sudi tomonidan asosiy qarz undirilib, daʼvoning penya undirish qismi asosli ravishda kamaytirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 121-moddasida ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni yuritish vaqtida oʻz manzillarining oʻzgarganligi haqida xoʻjalik sudiga xabar berishlari shart. Bunday xabar berilmagan taqdirda protsessual hujjatlar xoʻjalik sudiga maʼlum boʻlgan oxirgi manzilga yuborilib, garchi oluvchi shu manzilda boʻlmasa yoki yashamayotgan boʻlsa ham, yetkazib berilgan deb hisoblanadi. Shu Kodeksning 130-moddasida ishni koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilingan javobgar xoʻjalik sudining majlisiga kelmasa, nizo uning yoʻqligida hal qilinishi mumkinligi nazarda tutilgan boʻlib, birinchi instansiyasi sudi ushbu qonun normalariga asoslangan. Yaʼni, sudning 2008-yil 18-noyabrdagi ajrimi pochta orqali javobgar manzilgohiga — Toshkent shahar, Tursunqulov koʻchasi 11-uyga yetkazib berilgan. Ushbu holat pochta aloqa boʻlinmasining bildirishnomasi bilan tasdiqlangan boʻlib, javobgarning kassatsiya shikoyatidagi shu mazmundagi vajlari bilan kelishib boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda sudlov hayʼati birinchi instansiyasi sudi tomonidan moddiy huquq normalari bilan asoslantirilgan hal qiluv qarori qabul qilingan deb hisoblab, hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini qanoatlantirmasdan qoldirishni, ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish bilan bogʻliq davlat boji va sud xarajatlari javobgar tomonidan toʻlanganligini inobatga olishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 23-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-0820/4905-son