Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.09.2017 01.12.2015 yildagi 350-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.09.2017
Hujjat 09.12.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq vrachlik punktlarining patronaj tibbiyot hamshiralarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-sentabrdagi 718-sonli “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilashga, oʻtkazilayotgan profilaktika tadbirlarining samaradorligi uchun masʼuliyatni oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq joylarda dastlabki tibbiy-sanitariya yordami sifatini yanada yaxshilash, qishloq vrachlik punktlari patronaj tibbiyot hamshiralari mehnatini ragʻbatlantirishni ularning kasalliklar profilaktikasi, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini va sanitariya-gigiyena madaniyatini targʻib qilish chora-tadbirlarini roʻyobga chiqarishdagi faoliyatining ahamiyati va yetakchi rolini hisobga olgan holda oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining qishloq vrachlik punktlari patronaj tibbiyot hamshiralari ish samaradorligini reyting baholash natijalariga bogʻliq ravishda ular mehnatini moddiy ragʻbatlantirish va taqdirlash tizimini 2016-yil 1-yanvardan boshlab joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga biriktirilgan hududda oilalarning patronaj bilan toʻliq qamrab olinishini taʼminlaydigan va oʻz faoliyatida ijobiy yakuniy natijalarga, shu jumladan kasalliklarni kamaytirishga, bolalar va onalar oʻlimiga barham berishga erishgan patronaj tibbiyot hamshiralariga tarif stavkasining 5 foizidan 20 foizigacha miqdorda har oylik shaxsiy ustama belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng yuqori darajada namuna koʻrsatgan patronaj tibbiyot hamshiralarini va patronaj tibbiyot hamshiralari faoliyatini tashkil etish uchun masʼul boʻlgan qishloq vrachlik punktlarining vrach-tibbiyot xodimlarini ularning faoliyatini har chorakda baholash asosida, lekin tegishli xodimni yiliga ikki oylik maoshdan koʻp boʻlmagan miqdorda mukofotlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qishloq vrachlik punkti patronaj tibbiyot hamshirasi ishlarining samaradorligini reyting baholashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 64-modda) 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil va keyingi yillar uchun Davlat budjeti parametrlarida ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 1-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
350-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 1-dekabrdagi 350-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq vrachlik punkti patronaj tibbiyot hamshirasi ishlarining samaradorligini reyting baholashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq vrachlik punktlarini yanada maqbullashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi 50-son qaroriga muvofiq qishloq vrachlik punkti patronaj tibbiyot hamshirasi (keyingi oʻrinlarda QVP patronaj tibbiyot hamshirasi deb ataladi) ishlarining samaradorligini reyting baholashni oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. QVP patronaj tibbiyot hamshirasi ishlari samaradorligini reyting baholashni oʻtkazish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat sifatini va uning yakuniy natijalarini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy funksional vazifalarning toʻliq bajarilishini taʼminlash — ayollar va bolalarni xonadoniga borib patronaj tartibida koʻrish, vrachning koʻrsatmalarini bajarish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash, sanitariya-gigiyenik tarbiyalash tadbirlarini va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktik emlashlar, flyuorografik tekshirish bilan qamrab olish, kasallikni kamaytirish, chaqaloqlar va onalar oʻlimini bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. QVP patronaj tibbiyot hamshirasi ishlari samaradorligini reyting baholash ish hajmi koʻrsatkichlariga, yuqori sifatga va hisobot davri mobaynidagi natijadorlikka asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. QVP patronaj tibbiyot hamshirasi ishlari samaradorligini reyting baholash koʻrsatkichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. QVP patronaj tibbiyot hamshirasining kundalik ishlari maxsus jurnalda qayd etiladi, uni toʻldirish shakli va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. QVP patronaj tibbiyot hamshirasi ishlari samaradorligini reyting baholash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha, uning faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari asosida har chorakda bir marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. QVP patronaj tibbiyot hamshirasi ishlari samaradorligini reyting baholash uch bosqichda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqichda — QVP patronaj tibbiyot hamshirasining asosiy funksional vazifalari toʻliq bajarilishi koʻrsatkichlari baholanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqichda — QVP patronaj tibbiyot hamshirasi faoliyati yakuniy natijalarining salbiy koʻrsatkichlari baholanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi bosqichda — reyting baholashning toʻplangan yakuniy ballaridan kelib chiqib ragʻbatlantirish/jazolash choralari belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. QVP patronaj tibbiyot hamshirasi ishlari samaradorligini reyting baholash tegishli tuman tibbiyot birlashmasi, shu jumladan tegishli tuman tibbiyot birlashmasi huzuridagi maxsus monitoring guruhi (keyingi oʻrinlarda maxsus monitoring guruhi deb ataladi) tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maxsus monitoring guruhi tarkibi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq tuman tibbiyot birlashmasining boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus monitoring guruhi uch oyda bir marta har bir qishloq vrachlik punktining faoliyatini oʻrganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. QVP patronaj tibbiyot hamshirasi ishlari samaradorligini reyting baholash quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) biriktirilgan aholi oʻrtasida kasallikka chalinishning oldini olish boʻyicha asosiy funksional vazifalar bajarilishining toʻliqligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish uchun uy xoʻjaliklari patronaji;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolgʻiz keksalar, nogironlar va parvarish qilishga muhtoj shaxslar patronaji;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh oilalar patronaji;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keksa yoshdagi aholini chaqiriq boʻyicha profilaktik koʻzdan kechirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) fertil yoshdagi ayollar, homiladorlar, shuningdek koʻzi yoriganlar oʻrtasida kasalliklarning oldini olish boʻyicha asosiy funksional vazifalar bajarilishining toʻliqligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homilador ayollarni xonadoniga borib koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fertil yoshdagi ayollarni chaqiriq boʻyicha profilaktik koʻzdan kechirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻzi yoriganlarni tuqqanidan keyin 42 kun mobaynida xonadoniga borib koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bolalar oʻrtasida kasallikka chalinishning oldini olish boʻyicha asosiy fuknksional vazifalar bajarilishining toʻliqligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 yoshgacha bolalarni xonadoniga borib koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogiron bolalarni xonadoniga borib koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarni chaqiriq boʻyicha profilaktik koʻzdan kechirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bolalarni profilaktik vaksinatsiyalash va revaksinatsiyalash boʻyicha asosiy funksional vazifalar bajarilishining toʻliqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarni profilaktik vaksinatsiyalash va revaksinatsiyalash bilan qamrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaksinatsiyadan keyingi taʼsir yuzasidan monitoring olib borish boʻyicha nazorat tartibida borib koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) maxsus monitoring guruhining xulosasi boʻyicha asosiy funksional vazifalar bajarilishining salbiy yakuniy natijalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QVP patronaj tibbiyot hamshirasining aybi bilan homilador ayollarni 12 haftadan kech muddatlarda roʻyxatga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onalar oʻlimi mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 yoshgacha chaqaloqlar oʻlimi mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QVP patronaj tibbiyot hamshirasi faoliyati yuzasidan aholi oʻrtasida asosli shikoyatlar mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. QVP patronaj tibbiyot hamshirasi ishlari samaradorligini reyting baholash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. QVP patronaj tibbiyot hamshirasi qishloq vrachlik punktining oʻz vrachi rahbarligida har oyda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobot shaklini toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq vrachlik punktining vrachi mavjud boʻlmaganda ushbu shakl qishloq vrachlik punktining mudiri rahbarligida QVP patronaj tibbiyot hamshirasi tomonidan toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Hisobot davri (chorak) tamom boʻlgandan keyin QVP patronaj tibbiyot hamshirasining bajargan ishlari toʻgʻrisidagi hisobotning toʻldirilgan shakli hisobot davridan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay qishloq vrachlik punkti mudiriga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. QVP patronaj tibbiyot hamshirasi ishlarining natijalari bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotning toʻldirilgan shakli asosida hisobot davridan keyingi oyning 15-kunigacha har chorak yakunlari boʻyicha qishloq vrachlik punktining mudiri va katta tibbiyot hamshirasi tomonidan baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Maxsus monitoring guruhi tomonidan hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan soʻng har chorak yakunlari boʻyicha birlamchi hujjatlarni (QVP patronaj tibbiyot hamshirasining jurnalini) tahlil qilish asosida har bir qishloq vrachlik punkti boʻyicha 10 kundan koʻp boʻlmagan muddatda QVP patronaj tibbiyot hamshirasining ishlari natijalarining salbiy koʻrsatkichlari oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Hisobot davrida QVP patronaj tibbiyot hamshirasi ishlarining salbiy koʻrsatkichlari maxsus monitoring guruhi tomonidan oʻrganilishi natijalari ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda ikki nusxada maʼlumotnoma shaklida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotnomaning bir nusxasi qishloq vrachlik punktida saqlanadi, ikkinchi nusxasi saqlash uchun tuman tibbiyot birlashmasiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Maxsus monitoring guruhi qishloq vrachlik punktining mudiri bilan birgalikda tekshirish maʼlumotlari asosida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq qishloq vrachlik punkti patronaj tibbiyot hamshirasining bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisoboti shakliga hisoblab chiqilgan ballarni kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QVPning har bir patronaj tibbiyot hamshirasi ishlari samaradorligini reyting baholash yakunlangandan keyin tegishli yakuniy ballar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Eng koʻp toʻplanishi mumkin boʻlgan ballarning 85 foizini va undan yuqori yakuniy ballarni toʻplagan QVP patronaj tibbiyot hamshiralari lavozim tarif stavkasining 5 foizidan 20 foizigacha miqdorda shaxsiy ustama belgilash shaklida navbatdagi reyting baholashlar yakunlarigacha moddiy ragʻbatlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Shaxsiy ustamalar miqdorlari toʻplangan yakuniy ballar sonidan kelib chiqib quyidagi tartibda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyting ballari eng koʻp miqdorining 85 foizidan 87 foizigacha — 5 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyting ballari eng koʻp miqdorining 87 foizidan 91 foizigacha — 10 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyting ballari eng koʻp miqdorining 91 foizidan 96 foizigacha — 15 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyting ballari eng koʻp miqdorining 96 foizidan 100 foizigacha — 20 foiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qishloq vrachlik punkti xodimlarini qoʻshimcha ravishda ragʻbatlantirish maqsadida reyting baholash yakunlari boʻyicha har chorakda eng yuqori namuna koʻrsatgan QVP patronaj tibbiyot hamshiralari va ushbu patronaj tibbiyot hamshiralari faoliyatini tashkil etish uchun masʼul boʻlgan qishloq vrachlik punkti vrachlari mukofotlanadilar, biroq bir yilda 2 lavozim maoshidan ortiq emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Eng koʻp toʻplash mumkin boʻlgan ballarning 55 foizidan 85 foizigacha miqdorda yakuniy ballar toʻplagan QVP patronaj tibbiyot hamshiralari qoʻshimcha ravishda moddiy ragʻbatlantirishsiz belgilangan tartibda oʻz lavozim maoshini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Eng koʻp toʻplash mumkin boʻlgan yakuniy ballarning 55 foizidan kam ball toʻplagan QVP patronaj tibbiyot hamshiralariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq intizomiy jazolar qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. QVP patronaj tibbiyot hamshirasi ishlari samaradorligini reyting baholash oʻtkazilishini nazorat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. QVPning har bir patronaj tibbiyot hamshirasi bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotning belgilangan shakliga kiritiladigan maʼlumotning ishonchliligi uchun oʻzi javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. QVP patronaj tibbiyot hamshirasining bajarilgan ishlari hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning nomuvofiqligi, shuningdek QVP patronaj tibbiyot hamshirasi ishlari natijalarining salbiy koʻrsatkichlari birlamchi hujjatlarni va hisobot shakllarini tanlab oʻrganish asosida maxsus monitoring guruhi tomonidan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Maxsus monitoring guruhi faoliyatini nazorat qilish tekshirishlar rejasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Nazorat inspeksiyasining mintaqaviy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. QVP patronaj tibbiyot hamshirasi ishlari samaradorligini reyting baholashning xolisonaligi, toʻgʻriligi va uni oʻtkazish tartibiga rioya qilinishi uchun tegishli ravishda qishloq vrachlik punktlarining rahbarlari, maxsus monitoring guruhi aʼzolari, shuningdek sogʻliqni saqlashning yuqori boshqaruv organlari rahbarlari javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq vrachlik punkti patronaj tibbiyot hamshirasi ishlarining samaradorligini reyting baholashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq vrachlik punktlarining patronaj tibbiyot hamshiralari ishlari samaradorligini reyting baholashni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq vrachlik punkti patronaj tibbiyot hamshirasi ishlarining samaradorligini reyting baholashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎“TASDIQLAYMAN”
‎ Tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi _______________________
(‎F.I.O.)
‎20___yil “____”________

__________ tumani tibbiyot birlashmasi huzuridagi maxsus monitoring guruhining
‎NAMUNAVIY TARKIBI

T/r‎

F.I.O‎.

Lavozimining nomi

1.‎

‎fivfivfivfivfvivfivfivfivf

Guruh rahbari — markaziy tuman koʻp tarmoqli poliklinikasi mudirining oʻrinbosari — qishloq vrachlik punkti faoliyati koordinatori

Guruh aʼzolari:

2.‎

Tuman tibbiyot birlashmasining tashkiliy-metodik boʻlimi mutaxassisi

3.‎

Tuman tibbiyot birlashmasining salomatlik markazi mutaxassisi

4.‎

Davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining tuman markazi mutaxassisi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: maxsus monitoring guruhi tarkibiga tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻining ixtiyoriga koʻra boshqa mutaxassislar ham qoʻshimcha ravishda kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq vrachlik punkti patronaj tibbiyot hamshirasi ishlarining samaradorligini reyting baholashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qishloq vrachlik punkti patronaj tibbiyot hamshirasining bajarilgan ishlari toʻgʻrisidagi
‎HISOBOT ShAKLI

QVPning nomi __________________________________________________
‎Patronaj tibbiyot hamshirasining F.I.O. ___________________________________ Vrachning F.I.O. _____________________________
‎Egallangan stavka _______ (0,25; 0,50; 0,75; 1,00; 1,25; 1,50). ‎‎
‎Birkitilgan aholi soni _________________ (kishi)‎

T/r

Baholash koʻrsatkichlari

Yuklama normativi

Hisoblash metodikasi

Hisoblash natijalari boʻyicha aniqlanadigan ball

20___ yil ___chorakdagi yakuniy ballar

bajarish foizi

tegishli ball

1 oydagi

2 oydagi

3 oydagi

Chorakda jami

I. Birkitilgan aholi oʻrtasidagi kasallik profilaktikasi boʻyicha vazifalarni toʻliq bajarish koʻrsatkichi indikatorlari

1.

tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish uchun uy xoʻjaliklari patronaji

bir oyda 144 ta uy xoʻjaligi

patronaj bilan qamralgan uy xoʻjaliklari soni
---------------------------------------------------------------- x 100
144 x egallangan stavka

85 — 100%‎

20‎

‎‏

72 — 84%‎

15‎

55 — 71%‎

5‎

kamida 55%‎ ‎ ‎

0‎

2.‎‏

parvarishga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar, nogironlar va shaxslar patronaji

bir oyda bir marta

parvarishga muhtoj yolgʻiz keksalar, nogironlar va shaxslarning patronaj bilan qamrab olingan soni
‎ ------------------------------------------------------------------ x 100 birkitilgan hududda yashaydigan parvarishga muhtoj yolgʻiz keksalar, nogironlar va shaxslar soni

85 — 100%‎

10‎

72 — 84%‎

7‎

55 — 71%‎

4‎

kamida 55%‎ ‎ ‎

0‎

3.‎‏‎

yosh oilalar patronaji

bir yilda 2-marta

patronaj bilan qamralgan yosh oilalar soni x 6
‎------------------------------------------------------------------ x 100
‎birkitilgan hududda yashaydigan yosh oilalar soni

85 — 100%‎

5‎

72 — 84%‎

4‎

55 — 71%‎

3‎

kamida 55%‎ ‎ ‎

0‎

‎‏4.

keksa yoshdagi aholini profilaktika koʻrigiga chaqirish

bir yilda bir marta

profilaktika koʻrigi bilan qamrab olingan keksa yoshdagi shaxslar soni x 11
------------------------------------------------------------------ x 100
birkitilgan hududda yashaydigan keksalar soni

85 — 100%‎ ‎

5‎

‎‏
‎‏
‎‏

‎‏
‎‏
‎‏

‎‏
‎‏
‎‏

‎‏
‎‏
‎‏

72 — 84%‎ ‎

4‎

55 — 71%‎ ‎

3‎

kamida 55%‎ ‎ ‎

0‎

II. Fertil yoshdagi, homilador, shuningdek koʻzi yorigan ayollar oʻrtasidagi kasalliklar profilaktikasi

‎‏5.

homiladorlar xonadoniga borish

bir oyda bir marta

patronaj bilan qamralgan homiladorlar soni
------------------------------------------------------------------ x 100
birkitilgan hududda yashaydigan hisobda turgan homiladorlar soni

85 — 100%‎ ‎ ‎

10‎

‎‏

‎‏

‎‏

‎‏

72 — 84%‎ ‎ ‎

7‎

55 — 71%‎ ‎ ‎

4‎

kamida 55%‎ ‎ ‎

0‎

‎‏6.‎

koʻzi yorigan ayollar xonadoniga borish (koʻzi yorigandan keyin 42 kun mobaynida)

koʻzi yorigandan keyin 42 kun mobaynida kamida 3-marta

Koʻzi yorigandan keyin 42 kun mobaynida koʻzi yorigan ayollar
------------------------------------------------------------------ x 100
birkitilgan hududda yashaydigan 42 kun mobaynida koʻzi yorigan ayollar soni x 2,14

85 — 100%‎ ‎ ‎

10‎

‎‏‏

‎‏

‎‏

72 — 84%‎ ‎ ‎

7‎

55 — 71%‎ ‎ ‎

4‎

kamida 55%‎ ‎ ‎

0‎

7.

fertil yoshdagi (15 — 49 yosh) ayollarni profilaktika koʻrigiga chaqirish

bir yilda bir marta

profilaktika koʻrigi bilan qamrab olingan fertil yoshdagi ayollar x 11
------------------------------------------------------------------ x 100
birkitilgan hududda yashaydigan fertil yoshdagi ayollar soni

85 — 100%‎ ‎ ‎

5‎

‎‏
‎‏
‎‏

‎‏
‎‏
‎‏

‎‏
‎‏
‎‏

‎‏
‎‏
‎‏

72 — 84%‎ ‎ ‎

4‎

55 — 71%‎ ‎ ‎

3‎

kamida 55%‎ ‎ ‎

0‎

III. Bolalar oʻrtasidagi kasalliklar profilaktikasi boʻyicha vazifalarni toʻliq bajarish koʻrsatkichi

‎‏8.‎

1 yoshgacha boʻlgan bolalar xonadoniga borish

bir oyda bir marta

1 yoshgacha boʻlgan bolalar xonadoniga borishlar soni
------------------------------------------------------------------ x 100
birkitilgan hududda yashaydigan 1 yoshgacha boʻlgan bolalar soni

85 — 100%‎ ‎ ‎

10‎

‎‏

‎‏

‎‏

‎‏

72 — 84%‎ ‎ ‎

7‎

55 — 71%‎ ‎ ‎

4‎

kamida 55%‎ ‎ ‎

0‎

‎‏9.‎

nogiron bolalar xonadoniga borish

bir oyda bir marta

nogiron bolalar xonadoniga borganlik soni
------------------------------------------------------------------ x 100
birkitilgan hududda yashaydigan nogiron bolalar soni

85 — 100%‎ ‎ ‎

10‎

‎‏

‎‏

‎‏

‎‏

72 — 84%‎ ‎ ‎

7‎

55 — 71%‎ ‎ ‎

4‎

kamida 55%‎ ‎ ‎

0‎

‎‏10.‎

bolalarni profilaktika koʻrigiga chaqirish

bir yilda bir marta

profilaktika koʻrigi bilan qamrab olingan bolalar soni x 11
------------------------------------------------------------------ x 100
birkitilgan hududda yashaydigan bolalar soni

85 — 100%‎ ‎ ‎

5‎

‎‏
‎‏
‎‏

‎‏
‎‏
‎‏

‎‏
‎‏
‎‏

‎‏
‎‏
‎‏

72 — 84%‎ ‎ ‎

4‎

55 — 71%‎ ‎ ‎

3‎

kamida 55%‎ ‎ ‎

0‎

I‎‎V. Bolalarni profilaktik vaksinatsiyalash va revaksinatsiyalash boʻyicha vazifalarni toʻliq bajarish koʻrsatkichi indikatorlari

‎‏11.

bolalarni profilaktik vaksinatsiyalash va revaksinatsiyalash bilan qamrab olish

immunizatsiyalashning milliy rejasiga muvofiq

mazkur davrda immunizatsiyalash bilan qamrab olingan bolalar soni
------------------------------------------------------------------ x 100
mazkur davrda immunizatsiya qilinadigan bolalar soni

85 — 100%‎ ‎ ‎

5‎

‎‏

‎‏

‎‏

‎‏

72 — 84%‎ ‎ ‎

4‎

55 — 71%‎ ‎ ‎

3‎

kamida 55%‎ ‎ ‎

0‎

‎‏12.‎

vaksinatsiyadan keyingi reaksiya monitoringi boʻyicha xonadonga nazorat tartibida borish

SanPiNa.ga muvofiq

xonadoniga borilgan immunizatsiya qilingan bolalar soni
------------------------------------------------------------------ x 100
immunizatsiya qilingan bolalar soni

85 — 100%‎ ‎ ‎

5‎

‎‏

‎‏

‎‏

‎‏

72 — 84%‎ ‎ ‎

4‎

55 — 71%‎ ‎ ‎

3‎

kamida 55%‎ ‎ ‎

0‎

Jami toʻplangan ballar

V. Maxsus monitoring guruhi xulosasi boʻyicha vazifalarni bajarishning yakuniy natijalari salbiy koʻrsatkichlari indikatorlari (ballar salbiy miqdorda)

13.‎

QVP patronaj tibbiyot hamshiralari aybiga koʻra 12 haftadan keyingi muddatlarda homilador ayollarni roʻyxatdan oʻtkazish

Patronaj tibbiyot hamshirasining har bir isbotlangan aybdorlik (beparvolik) holati uchun

x‎

x‎

-3‎

x‎‎

x‎‎

x‎‎

x‎‎

14.‎

onalar oʻlimi mavjudligi

x‎

x‎

-5‎

x‎‎

x‎‎

x‎‎

x‎‎

15.‎

1 yoshgacha boʻlgan chaqaloqlar oʻlimi mavjudligi

x‎

x‎

-3‎

x‎‎

x‎‎

x‎‎

x‎‎

16.‎

QVP patronaj tibbiyot hamshirasi faoliyati yuzasidan aholi oʻrtasida shikoyatlarning mavjudligi

x‎

x‎

-2‎

x‎‎

x‎‎

x‎‎

x‎‎

Jami salbiy ballar

x‎‎

x‎‎

x‎‎

x‎‎

BALLARNING HAMMASI

x‎‎

x‎‎

x‎‎

x‎‎

‎‎
Patronaj tibbiyot hamshirasining imzosi ______________

‎Rahbar vrachning imzosi______________

‎‎Maxsus monitoring guruhi aʼzolarining imzolari:
‎F.I.O. _________________________________ __________
‎F.I.O. _________________________________ __________
‎F.I.O. _________________________________ __________
‎F.I.O. _________________________________‎ __________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq vrachlik punktining patronaj tibbiyot hamshirasi ishlari samaradorligini reyting baholashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

___________ tumani tibbiyot birlashmasining___________
‎qishloq vrachlik punkti patronaj tibbiyot hamshirasi
‎ishlarining 20___ yil ___ chorakdagi ishlarining salbiy
‎koʻrsatkichlarini maxsus monitoring guruhi tomonidan
‎oʻrganish natijalari toʻgʻrisidagi
‎ MAʼLUMOTNOMA

1. Oʻrganish uchun asos

‎‎_________________________________________________________
‎(tibbiyot birlashmasi buyrugʻining №, sanasi)

2. Oʻrganish obyekti

‎‎_________________________________________________________
(muassasaning nomi, STIR raqami)‎

3. Oʻrganish sanasi va muddati

‎‎_________________________________________________________
(tekshirish boshlangan kun va vaqt, tekshirish tugallangan kun va vaqt)‎

4. Oʻrganish guruhining tarkibi

‎‎_________________________________________________________
(guruh rahbarining F.I.O. va lavozimi)‎

‎‎_________________________________________________________________________________
‎(guruh aʼzolarining F.I.O. va lavozimi)
‎_________________________________________________________________________________

5. Asosiy qism

‎‎_________________________________________________________________
(Nizomga 3-ilovadagi har bir indikator natijasi oʻrganiladi va qayd etiladi)‎

‎‎_______________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________

6. Tekshirish xulosasi

‎‎_________________________________________________________
(ballarning yakuniy yigʻindisi)‎

_______________________________________________________________________
Guruh rahbari
‎F.I.O.

‎Guruh aʼzolari:
‎F.I.O.
‎F.I.O.
‎F.I.O.

‎Qishloq vrachlik punktining mudiri:
‎‎F.I.O.

‎Maʼlumotnoma imzolangan sana:
‎20___ yil “___” _______

‎imzo

‎‎imzo
‎imzo
‎imzo

‎imzo‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 1-dekabrdagi 350-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 4-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “3-ilovaga muvofiq” soʻzlaridan keyin “, qishloq vrachlik punktlari uchun esa — 31-ilovaga muvofiq” soʻzlari qoʻshilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi mazmundagi 31-ilova qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga
31-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va sarflash yoʻnalishlari (qishloq vrachlik punktlari uchun)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish manbalari (qishloq vrachlik punktlari uchun):

Moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini sarflash yoʻnalishlari:

moddiy ragʻbatlantirishga

moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga, muassasani modernizatsiyalash va taʼmirlashga, kreditorlik qarzlarni toʻlashga

QVP uchun budjet mablagʻlari umumiy hajmining 5 foizigacha

homiylik va donorlik tashkilotlaridan, pulli davolash va xizmatlardan, intizomiy jazoni qoʻllashdan tushadigan, jarimalar mablagʻlari

hisobot choragining oxirgi ish kuni tugashida paydo boʻlgan budjet mablagʻlaridan tejamlar (kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablagʻlardan tashqari)

vaqtinchalik foydalanilmayotgan xonalarni va boshqa davlat mulkini oʻzga tashkilotlarga ijaraga berishdan olingan mablagʻlar

koʻpi bilan 75%

kamida 25%

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: tejalgan mablagʻlar mavjud boʻlgan taqdirda ushbu mablagʻlar vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz xodimlarga toʻlanmagan nafaqalarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi mumkin”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 48-son, 607-modda)