05.03.2014 yildagi 50-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq vrachlik punktlarini yanada maqbullashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, qishloq joylarda birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini tashkil etish tizimini takomillashtirish, qishloq aholisiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifati va samaradorligini tubdan oshirish, qishloq vrachlari va oʻrta tibbiyot xodimlarining masʼuliyatini va kasb faoliyati natijadorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish normalari va qoidalariga muvofiq boʻlmagan moslashtirilgan binolarda joylashtirilgan hamda foydalanish xavfsizligi talablariga javob bermaydigan 1-ilovaga* muvofiq 243 ta kam quvvatli va samarasiz ishlayotgan qishloq vrachlik punktlarini tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika mintaqalari boʻyicha qishloq vrachlik punktlari tarmoqlarini 2-ilovaga* muvofiq maqbullashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy tuman koʻp tarmoqli poliklinikalarida xodimlarning umumiy soni doirasida poliklinika mudirining oʻrinbosari — qishloq vrachlik punktlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi lavozimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzoqdagi, borish qiyin boʻlgan va choʻldagi aholi punktlarida joylashgan 3-ilovaga* muvofiq qishloq vrachlik punktlarining umumiy amaliyot vrachlariga mehnatning alohida shart-sharoitlari uchun tarif stavkasiga nisbatan 25 foiz miqdorida maxsus oylik ustamalar joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq vrachlik punktlari patronaj tibbiyot hamshiralarining uzluksiz ish staji davomiyligi uchun ustamaning eng koʻp miqdorini tarif stavkasining 20 foizidan 40 foizigacha oshirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi qishloq vrachlik punktlarining yangi shtat normativlarini ishlab chiqsin hamda 2014-yil 1-martdan boshlab amalga kiritsin, ularda biriktirilgan har bir oilaning qishloq vrachlik punktiga kelishi uchun shart-sharoitlarni taʼminlash maqsadida qishloq vrachlik punktlari patronaj tibbiyot hamshirasiga yuklamaning amaldagi normalarini kamaytirishni, shuningdek hamshiralik ishi tashkil etilishi, dori-darmonlarni hisobga olish, saqlash va ularni toʻgʻri sarflash uchun masʼul boʻlgan katta tibbiyot hamshirasi lavozimini joriy etishni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2014-yil 1-apreldan boshlab respublikaning Boʻstonliq, Oʻzbekiston, Shahrisabz, Xiva va Jomboy tumanlarida eksperiment tartibida quyidagilarni nazarda tutuvchi qishloq vrachlik punktlarining patronaj tibbiyot hamshiralari ishi samaradorligini reyting baholash tizimi joriy etilishini taʼminlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy funksional vazifalar bajarilishining toʻliqligi – ayollar va bolalarni uyda patronaj tartibida borib koʻrish, vrachning koʻrsatmalarini bajarish, aholining sanitariya-epidemiya boʻyicha xotirjamligini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni, sanitariya-gigiyena jihatidan tarbiyalash va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patronaj tibbiyot hamshiralari faoliyatining sifati va pirovard natijalari — profilaktika emlashlari, flyuorografik tekshirishlar bilan qamrab olish, kasallikka chalinishni pasaytirish, bolalar va onalar oʻlimi mavjud emasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 1-noyabrgacha eksperiment natijalari umumlashtirilsin va Vazirlar Mahkamasiga ish samaradorligini baholash tizimini respublikaning barcha mintaqalarida qishloq vrachlik punktlarining boshqa tibbiyot xodimlariga tatbiq etish hamda umuman qishloq vrachlik punktlari tomonidan koʻrsatilayotgan tibbiy yordamning toʻliqligi va sifatini baholash tizimini, uni joriy etish boʻyicha ishlarga tashkiliy-metodik rahbarlikni taʼminlagan holda joriy etish yuzasidan takliflar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tanqidiy tahlil qilish asosida ikki oy muddatda qishloq vrachlik punktlarining umumiy amaliyot vrachlari va tibbiyot hamshiralarining malakasini oshirish hamda kasbiy darajasini takomillashtirishning mukammallashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha quyidagilarni oʻz ichiga oladigan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot oliy taʼlim muassasalari huzuridagi umumiy amaliyot vrachlarini tayyorlash kafedralari hamda Respublika oʻrta tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ixtisoslashtirish markazining viloyat filiallari moddiy-texnika bazasini yangilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari negizida tarmoqli kompyuter asbob-uskunalari bilan jihozlangan taʼlim berish sinflarini tashkil etgan holda joylarda umumiy amaliyot vrachlarini masofadan oʻqitish va bilimlarini baholashni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangilangan “Umumiy amaliyot vrachi” qoʻllanmasini nashr etish va ular bilan har bir qishloq vrachlik punktini taʼminlash hamda yilning har choragida nashr etiladigan “Oʻzbekiston umumiy amaliyot vrachlari axborotnomasi” jurnali tirajini koʻpaytirish, bir vaqtning oʻzida maxsus veb-saytlarda jurnal sonlarining elektron versiyasi nashr etilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, qishloq vrachlik punktlari tarmogʻini maqbullashtirish va qishloq vrachlik punktlari tibbiyot xodimlarining ayrim lavozimlari yuklamalari normalarini tartibga solish natijasida boʻshab qoladigan mablagʻlar umumiy amaliyot vrachlari malakasini va kasbiy darajasini oshirish tizimini takomillashtirish tadbirlarini amalga oshirishga hamda sogʻliqni saqlash muassasalarining dori-darmonlari, reaktivlar, inventar va sarflash materiallari bilan taʼminlanganligini yaxshilashga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda tugatiladigan qishloq vrachlik punktlari tomonidan ilgari xizmat koʻrsatib kelingan aholini sogʻliqni saqlash birlamchi boʻgʻinining yaqin joylashgan muassasasiga biriktirish chora-tadbirlari kompleksini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda quyidagilarga alohida eʼtiborni qaratsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq vrachlik punktlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida aholini keng xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangidan biriktiriladigan aholi kontingenti uchun vrachlar tomonidan malakali tibbiy yordami koʻrsatilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilayotgan qishloq vrachlik punktlarining tibbiy uskunalari va boshqa mol-mulki saqlanishini, berilishini va ulardan samarali foydalanilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqbullashtirish natijasida boʻshab qoladigan qishloq vrachlik punktlari xodimlarini ishga joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha ravishda biriktiriladigan aholi kontingentini hisobga olgan holda sogʻliqni saqlash birlamchi boʻgʻini muassasalarini oʻz vaqtida moliyalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi Nizomga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 5-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-martdagi 50-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 24-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“qishloq vrachlik punktlari (QVP) vrachlariga va patronaj tibbiyot hamshiralariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng koʻp miqdori vrachlar uchun — 50 foiz, patronaj tibbiyot hamshiralari uchun esa — 40 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
poliklinikalarning hududiy uchastkalari uchastka terapevtlariga, oʻsmirlar vrachlariga, uchastka pediatrlariga va uchastka tibbiyot hamshiralariga, poliklinikalardagi terapiya va pediatriya boʻlimlari mudirlariga, oilaviy poliklinikalarning umumiy amaliyot vrachlariga, umumiy amaliyot tibbiyot hamshiralariga hamda boʻlimlari mudirlariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng koʻp miqdori — 40 foiz”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nizomga quyidagi mazmundagi 241-band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“241. Qishloq vrachlik punktlarining umumiy amaliyot vrachlariga — tarif stavkasiga nisbatan 25 foiz miqdorda maxsus har oylik ustama belgilanadi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 10-son, 108-modda)