23.11.2015 yildagi 335-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatadigan yagona markazlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-2412-son qarori amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek “yagona darcha” tamoyili boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatadigan yagona markazlarni (keyingi oʻrinlarda “yagona darcha” markazi deb ataladi) zamonaviy tashkiliy texnika va kompyuter uskunalari bilan qoʻshimcha ravishda jihozlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasining zarur zamonaviy tashkiliy texnika va kompyuter uskunalarini markazlashtirilgan tarzda xarid qilish yoʻli bilan “yagona darcha” markazlarini qoʻshimcha ravishda jihozlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Tender savdolari oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 14-sentabrdagi 264-son qarori bilan tashkil etilgan Axborot texnologiyalarini va kommunikatsiyalarni rivojlantirish sohasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari doirasida tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish boʻyicha idoralararo tender komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yagona darcha” markazlarini qoʻshimcha ravishda jihozlash uchun zamonaviy tashkiliy texnika va kompyuter uskunalari yetkazib beruvchilarni aniqlash boʻyicha eng yaxshi takliflarni, istisno tariqasida, oʻn kun muddatda tanlab olsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilinadigan tashkiliy texnika va kompyuter uskunalari belgilangan minimal talablarga muvofiqligi yuzasidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilgan tanlov natijalari boʻyicha “yagona darcha” markazlarini qoʻshimcha ravishda jihozlash uchun 1-ilovaga* muvofiq tarkibda va miqdorda zamonaviy tashkiliy texnika va kompyuter uskunalari xarid qilishga yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan minimal talablarni hisobga olgan holda “yagona darcha” markazlari 2015-yil oxirigacha zarur mebel, inventar va boshqa asbob-uskunalar bilan qoʻshimcha ravishda jihozlanishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mintaqalar boʻyicha “yagona darcha” markazlarini qoʻshimcha ravishda jihozlash uchun zamonaviy tashkiliy texnika va kompyuter uskunasini xarid qilishni moliyalashtirish manbalari 2-ilovaga* muvofiq belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vakolatli bank bilan birgalikda “yagona darcha” markazlarini qoʻshimcha ravishda jihozlash uchun zamonaviy tashkiliy texnika va kompyuter uskunalari xarid qilish uchun mablagʻlar belgilangan tartibda konvertatsiya qilinishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 23-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
335-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 47-son, 598-modda)