17.11.2015 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Pokiston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protokol
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Pokiston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, bundan keyin yakka tartibda “Tomon”, birgalikda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlari oʻrtasida doʻstlik aloqalari va hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamda oʻzaro qiziqish uygʻotadigan boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarni sherikchilik, tenglik va oʻzaro manfaatdorlik prinsiplari asosida rivojlantirishga koʻmaklashish istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni faollashtirish zaruriyatini taʼkidlagan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz davlatlari oʻrtasida tuzilgan bitimlarni amalga tatbiq etilishiga koʻmaklashish niyatida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari, oʻzaro qiziqish uygʻotadigan mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama qilish maqsadida maslahatlashuvlar oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ushbu Protokolning 1-moddasida koʻrsatilgan masalalar boʻyicha maslahatlashuvlarni doimiy asosda navbat bilan Oʻzbekiston va Pokistonda yoki xalqaro tadbirlar doirasida oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Delegatsiyalar darajasi, maslahatlashuvlar kun tartibi va muddatlari diplomatik kanallar orqali kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatlashuvlar quyidagi masalalarni qamrab olishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oʻzaro konsullik aloqalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikki tomonlama bitimlarning bajarilishi boʻyicha axborot almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻzbek-pokiston munosabatlarining shartnomaviy-huquqiy bazasini inventarizatsiya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz vakolatlari doirasida ikkala mamlakatning davlat boshqaruv organlari va muassasalari, shuningdek jamoatchilik va ilmiy tashkilotlari oʻrtasida bevosita aloqalarning oʻrnatilishi va rivojlanishiga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar har ikki mamlakat davlat muassasalari tomonidan oʻtkaziladigan xalqaro munosabatlar va xalqaro huquq sohasida malaka oshirish va maxsus kurslar tashkil etish orqali oʻz diplomatlari tajribasi va malakasini oshirishda oʻzaro koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning xalqaro konferensiyalar va uchrashuvlarda ishtirok etayotgan vakillari, shuningdek uchinchi davlatlar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlardagi ikki davlat diplomatik missiyalari oʻzaro qiziqish uygʻotadigan masalalar boʻyicha maslahatlashuvlar olib borishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Protokolni talqin qilish va qoʻllashda yuzaga keladigan barcha nizo va kelishmovchiliklar Tomonlar oʻrtasida maslahatlashuv va muzokaralar orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra, ushbu Protokolga yozma ravishda qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Protokol Tomonlar imzolagan sanadan kuchga kiradi va uch (3) yil davomida amal qiladi hamda Tomonlardan biri boshqa Tomonni Protokolning amal qilishini tugatish niyati toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali uch (3) oy avval xabardor qilmasa, oʻz-oʻzidan keyingi uch (3) yillik muddatlarga uzayaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2015-yil 17-noyabrda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.

(imzolar)