Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 30.03.2004 yildagi 150-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA INSTITUTINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy o‘quv yurtlari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish, qishloq xo‘jaligida bozor islohotlarini chuqurlashtirishga doir zamonaviy talablarga muvofiq qishloq va suv xo‘jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashni maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qishloq va suv xo‘jaligi uchun yuqori va malakali kadrlar tayyorlashni maqbullashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha ilovaga muvofiq tarkibda maxsus komissiya tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maxsus komissiya o‘z ishlarida quyidagi muammolarni hal etish zarurligidan kelib chiqsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, respublikada tarmoqlar va ishlab chiqarishlar kompleksi sifatida qishloq xo‘jaligida yerlarning, eng avvalo, sug‘oriladigan yerlarning unumdorligini saqlashdan tortib mahsulotlarni yetishtirish va dastlabki qayta ishlash, saqlash va sotishgacha bo‘lgan o‘zaro bog‘liqlik va yaxlitlik yo‘qotilgan, bu borada ularni jahon yutuqlari darajasida qishloq xo‘jaligi ekinlarini o‘stirishning zamonaviy texnologiyalari va usullariga yo‘naltirish ayniqsa muhimdir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, O‘zbekiston bugungi kunda jahon bozorida mehnat taqsimotining to‘la huquqli subyektlaridan biri bo‘lib qolayotganligi tufayli qishloq xo‘jaligi va uning tarmoqlarini ixtisoslashtirish masalasi hal etilishi zarur bo‘lgan g‘oyat muhim muammolardan biridir. Eng avvalo, yetishtirilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini ta’minlash hamda respublikaning jahonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda munosib o‘rin egallashi zaruriyati ustuvor vazifa hisoblanadi. Bunda O‘zbekistonning geografik jihatdan joylashishi, uning tabiiy-iqtisodiy xususiyatlari, yerlar unumdorligining holati g‘oyat muhimdir. Suv resurslari bilan ta’minlash, ulardan oqilona va samarali foydalanish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bizning sharoitlarimiz uchun eng muhim va hal qiluvchi omillar hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, bugungi kunda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, birinchi navbatda, yerlar unumdorligini ta’minlash, seleksiya, urug‘chilik, ilg‘or texnologiya va agrotexnikani joriy etgan holda ekinlarni o‘stirish bilan bog‘liq masalalar bilan qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi bir nechta oliy o‘quv yurtlari, shu jumladan Toshkent davlat agrar universiteti va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi filiali, Andijon va Samarqand qishloq xo‘jaligi institutlari shug‘ullanmoqda. Vazifalar kompleksini, shu jumladan qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash bilan bog‘liq vazifalarni hal etish bilan mamlakatning ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlari shug‘ullanishi lozimligi qonuniy holdir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchidan, mahsulotlarning 95 foizdan ko‘prog‘i sug‘oriladigan yerlardan olinadigan O‘zbekiston sharoitlari uchun hamda ekologiya va yerlarning holati yomonlashib borayotganligini hisobga olgan holda ilmiy izlanishlarni va amaliy tadqiqotlarni chuqurlashtirish va shu asosda, birinchi navbatda, irrigatsiya va yerlarni melioratsiyalash kabi ixtisoslashgan hayotiy muhim yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlashni tashkil etish katta ahamiyat kasb etadi, bunda qishloq xo‘jaligining kelajagi ko‘p jihatdan ushbu muammolarning hal etilishiga bog‘liqligi nazarda tutilishi kerak. Ularga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) suv resurslarining taqchilligi tobora ortib borayotgan, davlatlararo suv oqimlarini boshqarishda muammolar mavjud bo‘lgan sharoitlarda suv xo‘jaligi asosiy fondlarining zamonaviylashtirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv oqimlarini to‘plash va tartibga solish, yerlarning sho‘rlanishi va botqoqlanishini bartaraf etish, gidrotexnika inshootlarining ishonchliligi va xavfsizligini ta’minlash, suvni taqsimlash, uning sarflanishini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish, atrof muhitni muhofaza qilish masalalarini hal etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) suv resurslari cheklangan sharoitda fermer xo‘jaliklari sonining jadal o‘sishi suvdan oqilona va tejamli foydalanishni talab qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) respublikada foydalanish uchun ilmiy va innovatsion yondashuvni hamda ularni zamonaviylashtirish uchun yuqori malakali kadrlarni talab qiladigan ko‘plab gidrotexnika inshootlari, suv omborlari, sug‘orish va drenaj muhandislik tizimlariga ega bo‘lgan murakkab va qudratli irrigatsiya tizimlarining faoliyat ko‘rsatishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) yerlarning qoniqarsiz meliorativ holatining, kollektorlar, mavjud yopiq va vertikal drenaj tarmoqlari texnik holatining sug‘oriladigan yerlar unumdorligiga salbiy ta’sirining oldini olish zaruriyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti negizida Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya 2004-yil 1-iyungacha bo‘lgan muddatda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutiga aylantirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirsin. Mazkur ishni amalga oshirishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining mutaxassislar tayyorlashda tutgan o‘rni va roliga, ularning qishloq xo‘jaligi yetakchi tarmoqlari — melioratsiya va suv xo‘jaligidagi faoliyatiga xolisona baho berilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
institutdagi ta’lim yo‘nalishlari va kadrlar tayyorlashning ixtisoslashuvi o‘rganilsin, ularning irrigatsiya va melioratsiya sohasidagi zamonaviy talablarga va dolzarb vazifalarga nechog‘lik muvofiqligi tahlil qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning 2-bandida bayon qilingan asosiy yo‘nalishlari va vazifalariga javob beradigan institutning fakultetlar yo‘nalishi va o‘quv bazasining mazmunini, kafedralarning ixtisoslashuvini belgilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
institutning ilmiy izlanishlari va amaliy tadqiqotlarini quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga — suv resurslari sifatini yaxshilash, ulardan foydalanishni maqbullashtirish va ularni tejashga, tuproq unumdorligini oshirish uchun yerlarni sug‘orishning ilg‘or metodlarini ishlab chiqishga va keng qo‘llanishga, gidrotexnika inshootlarining ishonchliligini va foydalanish uchun xavfsizligini ta’minlashga qaratish chora-tadbirlari amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maxsus komissiya, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat agrar universiteti, Andijon va Samarqand qishloq xo‘jaligi institutlari tuzilmasini va o‘quv-moddiy hamda metodik bazasi yo‘nalishini, shuningdek ularga Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutidan tegishli mutaxassisliklar olib berilishini hisobga olgan holda tayyorlanadigan kadrlar mutaxassisliklari ixtisoslashuvini qayta ko‘rib chiqsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda, tegishli ixtisosdagi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olgan holda, 2004/2005 o‘quv yili va keyingi o‘quv yillari uchun Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutiga qabul qilish kvotalari bo‘yicha belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti bilan birgalikda 2004/2005 o‘quv yili boshlangungacha respublika ta’lim standartlariga muvofiq Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 30-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
150-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-martdagi 150-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xo‘jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashni maqbullashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha maxsus komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Azimov R.S.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Maxsus komissiya raisi ‎
Yusupov M.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv bo‘yicha) ‎
Begaliyev S. ‎ —‎‎ Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri ‎
G‘ulomov S.S.‎ —‎‎ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri ‎
Alixonov B. ‎ —‎‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi ‎
Abdurahmonov M.S. ‎ —‎‎ Moliya vazirining o‘rinbosari ‎
Alimuhamedov B.B.‎ —‎‎ Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining o‘rinbosari ‎
Qo‘ziyev R.Q.‎ —‎‎ Yer resurslari davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari‎
Xudoyberdiyev T.S.‎ —‎‎ Toshkent irrigatsiya i melioratsiya institutining rektori ‎
Bo‘riyev X.Ch.‎ —‎‎ Toshkent davlat agrar universitetining rektori‎
Mahmudov E.J.‎ —‎‎ Fanlar akademiyasining Suv muammolari instituti direktori ‎
Ikromov R.K.‎ —‎‎ SANIIRI ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining direktori‎
Abdullayev U.V.‎ —‎‎ “O‘zgipromeliosuvxo‘jalik” institutining direktori‎
Husanov R.H.‎ —‎‎ Bozor islohotlari ilmiy-tadqiqot institutining direktori ‎
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 13-son, 152-modda)