Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MURUVVAT YORDAMIDAN VA BEGʻARAZ TEXNIK KOʻMAKDAN MAQSADLI FOYDALANILIShINI TAʼMINLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasiga xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar, shuningdek xorijiy hukumat tashkilotlari va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar tomonidan koʻrsatilayotgan muruvvat yordamidan va begʻaraz texnik koʻmakdan qatʼiy maqsadli foydalanilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 46-son, 350-modda)
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
muruvvat loyihalarining amalga oshirilishi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida muruvvat yordami yuklarini taqsimlash va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish bilan bogʻliq masalalarning muvofiqlashtirilishi uchun masʼuliyat — Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga;
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 22-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 41-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
texnik koʻmaklashish mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish bilan bogʻliq masalalarning muvofiqlashtirilishi uchun masʼuliyat Moliya vazirligiga yuklansin.
(2-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 22-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 41-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasiga muruvvat yordami va begʻaraz texnik koʻmaklashish doirasida tushgan tovarlardan tijorat maqsadlarida foydalanish qatʼiy taqiqlansin.
Koʻrsatib oʻtilgan tovarlar sotilgan, ijaraga berilgan yoki ulardan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq qatʼiy javobgarlikka tortiladilar.
4. Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksi ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga muruvvat yordami boʻyicha doimiy ishlovchi ishchi guruhning yangilangan tarkibini tasdiqlash uchun kiritsin, unga qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasining mutaxassislarini kiritsin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar tasdiqlangan Muruvvat yordami yuklarini qabul qilish, hisobga olish, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlash va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisidagi Nizomni hisobga olgan holda muruvvat yordami boʻyicha tegishli ravishda hududiy va tarmoq komissiyalari tashkil etsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 4-son, 42-modda)
ikki hafta muddatda “Muruvvat yordami olinishi va undan maqsadli foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobot” va “Texnik koʻmaklashish mablagʻlari olinishi, taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobot”ning davlat statistika hisoboti shakllarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qarori bilan chiqarib tashlangan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
har chorakda muruvvat yordami va texnik koʻmaklashish mablagʻlari olinishi va ulardan maqsadli foydalanilishi toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalaridan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish, hisobga olish va nazorat qilish departamentiga taqdim etsin.
(6-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 22-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 41-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi muruvvat yordami yuklarini kuzatib boruvchi va begʻaraz koʻmaklashish loyihalarini amalga oshirishda qatnashuvchi shaxslarga kelish vizalari konsullik yigʻimlari undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
muruvvat yordami yuklari Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab transportda tashilishi chogʻida ularning saqlanishini taʼminlasin;
begʻaraz koʻmaklashish dasturlari doirasida ishlovchi xorijiy fuqarolarga davlat bojlari undirmasdan koʻp martalik vizalar bersin va ularning muddatini uzaytirsin, vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazsin va roʻyxatdan oʻtkazish muddatini uzaytirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 26-iyul,
268-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 46-son, 350-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 46-son, 350-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida muruvvat yordami dasturlarini muvofiqlashtirish toʻgʻrisida” 1995-yil 25-apreldagi 146-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarning 1-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarning 10-bandi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 5-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalarini, konsullik muassasalarini, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalarini hamda ular xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilish tartibi”ga 1-ilova 1-bandining “v” kichik bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 14-son, 112-modda; 2003-y., 4-son, 42-modda; 2004-y., 17-son, 199-modda; 2005-y., 8-9-son, 67-modda, 46-son, 350-modda; 2009-y., 5-son, 41-modda, 46-son,498-modda; 2012-y., 36-son, 412-modda, 44-son, 507-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son; 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son, 25.08.2018-y., 09/18/680/1791-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)